Muallif Mavzu: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)  ( 560568 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #15 : 19 Iyun 2006, 05:10:19 »
13-bob.

Ollohni dil ko’zi bilan ko’rmoq, tanimoq kerak(ya’ni,iymon kalima keltirish bilangina bo’lmaydir,balki Ollohga qalbdan e’tiqod qilmoq lozim).Oyati karimada:”(Olloh taolo) og’zingizdan beixtiyor chiqib ketgan qasam uchun gunohkor qilmagaydir, lekin dilingizga tugilgan yomonliklaringiz uchun gunohkor qilgaydir” deyilgan.
Oisha onamiz aytganlar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam sahobalariga qudrati yetadigan ishni buyurgan edilar,sahobalar:”Biz siz singari emasmiz-ku,Olloh sizning ilgarigi va kelgusi gunohlaringizni kechirgan(shuning uchun ham bizga ko’proq ish buyuravering,biz ko’proq riyozat chekmog’imiz lozim)”,-dedilar.Rasulullohning g’azablari kelgani yuzlaridan bilindi:”Oralaringizda eng taqvoliroq va Ollohni tanidiganroq kishi menman”,-deb javob qildilar”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #16 : 19 Iyun 2006, 05:10:36 »
14-bob. Qayta kofir bo’lmoqni o’tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq iymondandir

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Quidagi 3 narsa kimda bo’lsa, u iymondan halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko’rsa;
— yaxshi ko’rgan kishisini faqat Olloh yaxhsi ko’rgani uchun yaxshi ko’rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o’tga tushgandek yomon ko’rsa”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #17 : 19 Iyun 2006, 05:10:57 »
15-bob. Iymon ahlining hayotlarida qilgan ishlariga ko’ra bir-birlaridan afzalliklari.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam deganlar:”Ahli jannat jannatga kirgaydir,ahli do’zax do’zaxga kirgaydir, keyin Olloh taolo maloikalriga:”Qalbida zarracha iymoni bor odamni do’zaxdan chiqaringiz!”,-deb aytadir. Ular shundan so’ng, kuyib, qorayib ketgan holda do’zahdan chiqgaydirlar, hayot daryosida cho’milgaydirlar, yomg’irdan keyin giyohlar ungandek badankari ko’rkam bo’lg’usidir”.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Tushimda ko’rsam, odmlarning ko’ylaklari etagi ko’kraklari barobarida, ba’zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor,uning ko’ylagi uzun,hatto yerda sudralib yuribdir”.Sahobalar so’radilar:”Nimaga yo’ydingiz?”.”Dinga yo’ydim”,-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #18 : 19 Iyun 2006, 05:11:10 »
16-bob. Hayo iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam birodariga iymondan o’git berayotgan ansorlardan birining yonodan o’ta turib,unga bunday dedilar:”Qo’yavergil uni,hayo iymondandir!”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #19 : 19 Iyun 2006, 05:11:26 »
17-bob. Amal qilmoq iymondandir.

Olloh taolo oyati karimasida:”Mushriklar(Ollohning birligini inkor qiluvchilar),agar tavba qilib,iymonga kelsalar, namoz o’qisalar va zakot bersalar, ularni tinch qo’yingiz!”,-deb aytgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bu xususda bunady deganlar:”(Olloh) menga:”Odamlar kalimai shahodit aytib, namoz o’qiydirgan, zakot beradirgan bo’lgunlariga qadar kurashgil!”,-deb buyurgan.Agar bunga amal qilsalar,mollari-yu jonlari mendan omon qolgaydir. Uxraviy hisoz-kitobi(oxirat xisob-kitobi) Ollohning o’ziga havola, zero islomda gunoh deb hisoblangan ishlarni qilsalar, albatta jazosiz qolmaslar”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #20 : 19 Iyun 2006, 05:11:46 »
18-bob. Iymon-islom amriga amal qilmoq

Olloh taolo oyati karimasida:”Jannat-qilgan amali solihlaringiz evaziga berilgandir”,-deydi. Boshqa bir oyatda esa:”Rabbing, muqarrarkim, barchadan ”Lo iloha illalloh”ga qanday amal qilganlarini so’ramay qo’ymas”,-deyiladi. Yana bir boshqa oyatda:”Najot istaganlar amal qilsinlar!”,-deyilgan.
Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Qaysi mal afzaldir?”.“Olloh va uning Rasuliga ishonmoq”,-deb javob berdilar.”Undan keyin qaysi?”,-dedilar.”Olloh yo’llida jihod qilmoq”,-deb aytdilar.”Undan keyin-chi?”,-deb so’radilar.”Qabul bo’lguchi hajdir”,-deb javob qildilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #21 : 19 Iyun 2006, 05:12:05 »
19-bob. Islomni o’limdan qo’rqqanidan yoki itoatkorlik yuzasidan qabul qilgan kishining iymoni iymon emas!

Olloh taolo oyati karimasida:”Badaviylar:””Iymon keltirdik”,-deb ayturlar, siz ularga:”Iymon keltirmadingiz, balki, taslim bo’ldik ,deb aytingiz!-deng”,-deyilgan. Islomning haqiatdan qabul qilingani iymon keltirmoq bilan isbotlangaydir.Olloh taolo boshqa bir oyatida:”Olloh uchun maqbul yo’l faqat islom yo’lidir”, yana bir oyatida esa :”Kimki islomdan boshqa yo’lni istasa,zinhor qabul qilinmaydir”,-deyilgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam 5-10 odamga sadaqa ulasha boshladilar.Men ham shu yerda o’tirgan edim.Rasululloh bir kishiga sadaqa bermadilar, u esa men yoqtirgan(solih) kishi edi.Men:”Yo Rasululloh,falonchiga nega bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman”,-dedim.”Musulmon deb emasmi?”,-dedilar.Ozgina jim qoldim,so’ngra u odam haqida ba’zi bir bilgan narsalarimni aytib, yana so’radim:”Nega falonchiga bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman”. Rasululloh dedilar:”Musulmon deb emasmi?”. Biroz jim turib,yana so’radim. Rasululloh aytdilar:”Ey Sa’d, u kishiga berar edim-u, lekin undan ko’ra boshqalarga berganim ma’qulroqdir, chunki Olloh ularni do’zaxga tushirishidan qo’rqgayman”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #22 : 19 Iyun 2006, 05:12:22 »
20-bob. Salom berish islom amallaridandir.

Sahoba Ammor aytganlar:”Uchta hislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:
— insofli va adolatli bo’lmoq;
— barchaga salom bermoq;
— kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan bir kishi so’radi:”Islomda eng yaxshi hislatlar qaysidir?”.Dedilar:”Ochlarga taom bermoqlik,tanigan va tanimaganga salom bermoqlik”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #23 : 19 Iyun 2006, 05:12:42 »
21-bob. Erning qadriga yetmaslik kufrga yaqin narsadir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Menga do’zax ko’rsatildi,qarasam,undagi odamlarning ko’pi inkor qiluvchi xotinlar ekan”.Sahobalar:”Ollohni inkor qilganmi?”,-deb so’radilar.”Erning yaxshiligini inkor qilganlar,erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko’rsa:”Sendan nima ko’rdim,xech yaxshilik ko’rmadim”,-deb aytadir”,-deb javob berdilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #24 : 19 Iyun 2006, 05:13:05 »
22-bob. Gunohlar jaholat qilmishidir.

Gunoh qilguchi kishi kofir bo’lmaydir,illo shirk keltirgan kishigina kofir bo’ladir.
Rasululloh bir gunoh qilgan kishiga:”Senda jaholatdan bor ekan”,-deganlar. Olloh oyati karimasida:”Olloh shirkni kechirmaydir,qolgan hamma narsani, xohlasa kechirishi mumkin”,-degan
Sahoba Ma’ruf rivoyat qiladilar:”Rabza degan joyda Abu Zarrni o’zi ham,quli ham chopon kiyib kelayotgan holatda ko’rdim. Nechun bir xil kiyinib oldingizlar?”,-deb so’radim. Abu Zarr:”Men bir kishini(Bilolni),ey qora xotinning bolasi!-deb haqorat qildim.Rasululloh menga:”Ey Abu Zarr,onasini haqorat qilibsan,senda jaholatdan bor ekan”,-dedilar va yana :”Birodarlaringiz xizmatkoringizdir. Olloh taolo ularni sizlarning qo’llaringizga topshirib qo’yibdi. Kimniki birodari qo’lida bo’lsa, yeganidan yedirsin,kieganidan kiydirsin. Kuchi yetmaydigan ishga buyurmangiz,mobodo,buyursangiz,yonlarida yordamlashib ishlangiz”,-deb qo’shib qo’ydilar”,-dedi”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #25 : 19 Iyun 2006, 05:13:32 »
23-bob. Ikki guruh mo’mionlar bir-birlari bilan urishsalar,o’rtalariga tushib,yarashtirib qo’yingiz,zero Olloh ularni ham mo’minlar deb atagan

Sahoba Ahnaf rivoyat qiladi:”Mana bu kishini himoya qilgani yo’l oldim.Yo’lda Abu Bakr yo’liqdi. ”Qayoqqa ketyapsan?”,-dedi.”Mana bu kishiga yordamlashgani ketyapman”,-dedim.”Qayt,men Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan eshitganman,agar ikki musulmon qilich yalong’ochlab bir-biriga hamla qilsa,o’ldirgan ham, o’lgan ham, do’zaxga tushgaydir.”Yo Rasululloh,o’ldirgan-ku mayli-ya,o’lgan nega tushgaydir?”,-deganimda,”U ham sherigini o’ldirmoqqa jazm qilgandir”,-deb aytganlar”,-dedi”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #26 : 19 Iyun 2006, 05:15:04 »
25-bob. Munofiqning alomati.

Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: Munofiqning uchta alomati bor: so'zlasa yolg'on so'zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur, - deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: Quidagi to'rtta xislat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa, unit ark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
„- omonatga xiyonat qilgaydir;
„- so'zlasa, yolg'on so'zlagaydir;
„- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
„- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #27 : 19 Iyun 2006, 05:15:32 »
26-bob. Laylat ul-Qadr kechasida ibodat qilib chiqmoq iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:”Kimki Laylat ul-Qadr kechasining xaqligiga ishonib, Ollohdan savob umidida ibodat qilib chiqsa,qilgan gunohlarining hammasi kechirilgusidir”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #28 : 19 Iyun 2006, 05:15:57 »
27-bob. Olloh yo’lida jihod qilish iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Olloh taolo o’z yo’lida jihodga chiqqan odamni qadrlab:”Menga bo’lgan iymoni va payg’ambarlarimga bo’lgan ishonch tufayli jihodga chiqqan bo’lsa,uni ajr yoki o’ljalar bilan qaytarg’umdir,halok bo’lsa,jannatimga kirgizg’umdir”,-deydi”,-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam yana bunday deganlar:”Agar ummatimni qiyin ahvolda qoldirishdan qo’rqmasam edim, birorta jangdan qolmagan bo’lur erdim, men Olloh yo’lida jon nisor etib, keyin tirilsam, yana o’lib, yana tirilsam va yana o’lib yana tirilsam va yana o’lsam, der erdim”.

Laylo

  • Mehmon
Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
« Javob #29 : 19 Iyun 2006, 05:16:14 »
28-bob. Ramazonda kechalari ibodat qilib chiqmoqlik iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam dedilar :”Kimki Ramazon kechalarini, Ollohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o’tkazg’usidir, uning qilgan gunohlari mag’firat qiling’usidir”.

 

Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (2-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1106
Ko'rilgan: 308164
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:13:41
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1135
Ko'rilgan: 299183
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:09:40
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 958
Ko'rilgan: 315474
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:04:32
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad

Muallif UmarbekBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1153
Ko'rilgan: 381371
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:38:47
muallifi AbdulAziz
Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 676
Ko'rilgan: 162194
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:44:50
muallifi AbdulAziz