41-bob. O’ljaning(mehnatsiz topilgan molning) beshdan birini (Bayt ul-Molga) berishlik iymondandir
Abu Jamra aytadilar:"Ibn Abbos bilan birga uning so’richasida o’tirar erdim. Menga dedi:"Mening huzurimda qolgin, qisman molimdan ham bo’lib beray". Xo’p, deb u kishi huzurida ikki oy yashadim(men forscha bilar erdim,u kishining forslar bilan muomalasida tarjimonlik qilib turdim). Bir xotin kishi kelib so’radi:"Ko’zada qilingan nabis(shirin musallas)dan ichsak maylimi?".Ibn Abbaos uni ichishdan qaytardilar va dedilar:"JAnob Rasululloh huzurlariga Abd ul-Qays qabilasidan bir jamoa keldi. Sallolohu alayhi va sallam:"Bu qaysi jamoa?",-deb so’radilar.Mehmonlar:"Biz Rabiya qavmidanmiz",-deb aytishdi."Xush kelibsizlar,marhamat,hijolatsiz kelaveringiz!",-dedilar Rasululloh."Yo Rasululloh, biz sizning oldingizga rajab oyidagina kela olurmiz(arablarda rajab oyida qabilalararo urishmoq man qilingan).Siz bilan bining o’rtamizda kofirlar qabilasi bordir.Shuning uchun bizga ajrim bir narsa buyursangiz. Biz bu to’g’rida kela olmaganlarga ham aytsak va unga amal qilib, jannartga kirsak",-deyishdi.SHundan so’ng ichimliklar to’g’risida ham so’rashdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ularga to’rt narsa buyurib va to’rt narsadan qaytardilar.Yolg’iz Ollohga iymon keltirishni buyurib,bunday dedilar:"Bilurmisiz,Ollohning yolg’iz o’ziga qanday iymon keltirilu?"."O’zingiz aytib bering",-dedilar. Rasululloh Kalimai Tayyibani aytdilar, so’ng ularga namoz o’qishni, zakot berishni, Ramazon ro’zasini tutishni, o’ljadan 1/5 qismini berishni buyurdilar hamda hintam, dibo, naqir, muzaffat(o’sha davrda musallas qilinadigan idishlar nomi)dan qaytarib,"Bu so’zlarni yodlab olingiz, eshitmaganlarga yetkazingiz!",-dedilar",-dedi".