10-bob. Rasululloh maslahatlari.
Bir qancha sahobalar o’rtasida Rasululloh aytdilar:"Ollohni bir deb bilgaymiz, unga shirk keltirmagaymiz,o’g’rilik qilmagaymiz, zino qilmagaymiz,farzandlarimizni o’ldirmagaymiz,tuhmat qilmagaymiz(zino va boshqa narsalar hususida),shariat amriga itoat qilgaymiz,deb menga so’z beringiz. Kimki ushbu so’zlarga vafo qilsa,Olloh yarlaqaydir,ammo kimki ushbu og’ir gunohlardan birortasini qilib qo’ysa va u bu dunyoda jazolansa,o’sha jazo unga kafforatdir(oxiratda qayta jazolanmaydi).Kimki shu gunohlardan birortasini qilsa-yu,Olloh yashirgan bo’lsa,bu o’ziga xavoladir,xohlasa kechgaydir,xohlasa azoblagaydir". Sahobalar:"Shunga so’z berdik",-deb aytdilar