19-bob. Islomni o’limdan qo’rqqanidan yoki itoatkorlik yuzasidan qabul qilgan kishining iymoni iymon emas!
Olloh taolo oyati karimasida:"Badaviylar:""Iymon keltirdik",-deb ayturlar, siz ularga:"Iymon keltirmadingiz, balki, taslim bo’ldik ,deb aytingiz!-deng",-deyilgan. Islomning haqiatdan qabul qilingani iymon keltirmoq bilan isbotlangaydir.Olloh taolo boshqa bir oyatida:"Olloh uchun maqbul yo’l faqat islom yo’lidir", yana bir oyatida esa :"Kimki islomdan boshqa yo’lni istasa,zinhor qabul qilinmaydir",-deyilgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam 5-10 odamga sadaqa ulasha boshladilar.Men ham shu yerda o’tirgan edim.Rasululloh bir kishiga sadaqa bermadilar, u esa men yoqtirgan(solih) kishi edi.Men:"Yo Rasululloh,falonchiga nega bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman",-dedim."Musulmon deb emasmi?",-dedilar.Ozgina jim qoldim,so’ngra u odam haqida ba’zi bir bilgan narsalarimni aytib, yana so’radim:"Nega falonchiga bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman". Rasululloh dedilar:"Musulmon deb emasmi?". Biroz jim turib,yana so’radim. Rasululloh aytdilar:"Ey Sa’d, u kishiga berar edim-u, lekin undan ko’ra boshqalarga berganim ma’qulroqdir, chunki Olloh ularni do’zaxga tushirishidan qo’rqgayman".