14-bob. E'tikof o'tirgan kishi biror hojat birlan masid eshigi oldigacha boradimi?
Safiyya raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikofda o‘tirganlarida ko‘rgani bordim»,- deydilar. Keyin, Safiyya Janob Rasululloh huzurlarida bir oz suhbatlashib o‘tirganlaridan so‘ng qaytish uchun o‘rinlaridan turibdirlar, Janob Rasululloh ham ul kishi birlan birga turib, masjidning eshigi oldigacha birga boribdirlar. Shunda, ansorlardan ikki kishi o‘tib ketayotib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berishibdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- debdirlar. Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: «Subhonalloh»,- deyishibdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Shayton insonning qon tomirlarida yurib, vasvasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vasvasa qilib, xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim»,- debdirlar.