Sog'inch haqida she'rlar  ( 185353 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AL_laziz87  21 Yanvar 2008, 17:16:42

Xazonlar to'kilar daraxtlar g'arib
Qor yog'ib o'tadi zulmatni yorib
Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb

Qoshlarim qayrildi yo'lingiz qarab
Sanashdan adashdim tunu kun sanab
 Noxatki ayriliq xaqiqat yo Rab
Nechun siz kelmaysiz sog;inganman deb

Qayd etilgan


Mas'ud  25 Yanvar 2008, 17:39:41

Yolg‘iz tunlarimda uxlamay chiqsam,
Tongda quyosh kutib, bossa hayajon.
Mehrimni ko‘z yoshdan bittalab yiqsam,
Yuborgim keladi sizga onajon!

Dilimda gaplarim tplanib qolgan,
Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor.
Xattoki yuragim urishdan tolgan.
U sizga talpinar, mushfiq onajon.
 
Boshimga kechalar yostiqlar botsa,
Ishongan do‘stlarim sotsalar meni.
Saratonda yoshim kiprikda qotsa,
Dardlashgim keladi siz-la, onajon.

Dunyo tashvishidan to‘ldi bardoshim,
Qo‘l silab bariga, ketaymi, deyman.
Tizzangizga qo‘yib so‘ng dardli boshim,
Uxlagim keladi, munis onajon.
 
Mehribon tabassum o‘zim o‘ngida,
Uxlasam quloqda allalaringiz.
Har qachon duoim boshu so‘nggida,
Albatta, Siz borsiz, aziz onajon.

Qalbingiz misoli bir ohanrabo,
O’zingiz o‘kdagi porlagan quyosh.
Ovozingiz mayin — sahargi sabo,
Judayam sog‘indim, Sizni onajon


Kamina

Qayd etilgan


JaviK  26 Yanvar 2008, 07:39:53

Sog'inish
Armonning toshidan qurilgan,
Kulbada yotaman jimgina,
Devorlar shivirlar betinim,
"Otangni soginding, qizgina.."

Ukinch ham ilondek buralib,
Bugishni boshlaydi tezgina,
Urindiq gijirlar, kuy chalib,
"Otangni soginding, qizgina.."

Urnimdan turaman otilib,
Jom tomon uzalar qullarim,
Suvga-da jon bitar, pichirlar,
"Otangni soginding,qizgina.."

Kuchadan izlayman panohni,
Shamolda havoning tisgini,
U meni kuriboq soch yular,
"Otangni soginding,qizgina.."

Hech bulmas,qaytarman yotoqqa,
Otamning nigohi har yoqda,
Surati.. suz demas,zorgina
"Otangni soginding,qizgina.."

Alamning qadami uzilmas,
Ey, Hudo, bir yupanch bergina?!
Samodan sas kelar, nur kabi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Besh yilki, uzimni yuqotdim,
Keng dunyo tor buldi kuzima,
Tong ham hurkibgina uygotdi,
"Otangni soginding, qizgina.."

Uzga honadonga ketar kunimda
Men kimning tiziga uray boshginam,
Sarpolar yiglaydi usha tunimda,
"Otangni soginding, qizgina.."

Gohida ut quygim keladi,
Shifohona derlar, qiziga?!
Ulim qah-qah urib kuladi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Tutmadim sunggi bor qulidan,
Kuzata olmadim qabriga,
U hamon kutadi begina,
"Otangni soginding,qizgina.."

..Nihoyat, elitar shum charchoq,
Tushimda qabrida qizgaldoq,
Tebranar ohista,birgina,
"Otangni soginding,qizgina.."

Azizlar, bulurmi u rozi?
Qabriga tiz chuksam, bosh ursam,
Banogoh, jaranglar ovozi,
"Bahtingni bersina qizginam,
Bahtingni bersina qizginam..."

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Fevral 2008, 18:25:27

O`z o`zimga ishonmasdan,
Zorlandim men shu kecha,
Suratingni silab turib,
Sog`indim men bu kecha.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  07 Fevral 2008, 21:12:12

Sog'inish
Armonning toshidan qurilgan,
Kulbada yotaman jimgina,
Devorlar shivirlar betinim,
"Otangni soginding, qizgina.."

Ukinch ham ilondek buralib,
Bugishni boshlaydi tezgina,
Urindiq gijirlar, kuy chalib,
"Otangni soginding, qizgina.."

Urnimdan turaman otilib,
Jom tomon uzalar qullarim,
Suvga-da jon bitar, pichirlar,
"Otangni soginding,qizgina.."

Kuchadan izlayman panohni,
Shamolda havoning tisgini,
U meni kuriboq soch yular,
"Otangni soginding,qizgina.."

Hech bulmas,qaytarman yotoqqa,
Otamning nigohi har yoqda,
Surati.. suz demas,zorgina
"Otangni soginding,qizgina.."

Alamning qadami uzilmas,
Ey, Hudo, bir yupanch bergina?!
Samodan sas kelar, nur kabi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Besh yilki, uzimni yuqotdim,
Keng dunyo tor buldi kuzima,
Tong ham hurkibgina uygotdi,
"Otangni soginding, qizgina.."

Uzga honadonga ketar kunimda
Men kimning tiziga uray boshginam,
Sarpolar yiglaydi usha tunimda,
"Otangni soginding, qizgina.."

Gohida ut quygim keladi,
Shifohona derlar, qiziga?!
Ulim qah-qah urib kuladi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Tutmadim sunggi bor qulidan,
Kuzata olmadim qabriga,
U hamon kutadi begina,
"Otangni soginding,qizgina.."

..Nihoyat, elitar shum charchoq,
Tushimda qabrida qizgaldoq,
Tebranar ohista,birgina,
"Otangni soginding,qizgina.."

Azizlar, bulurmi u rozi?
Qabriga tiz chuksam, bosh ursam,
Banogoh, jaranglar ovozi,
"Bahtingni bersina qizginam,
Bahtingni bersina qizginam..."

Qayd etilgan


Muhammadali  12 Mart 2008, 21:48:38

OSHIQLAR SARDORI
Rasul HAMZATOV she’ri


Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.


Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan
Bilgilki eng avval gul tutgan menman.

Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.

Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,
Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa
Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval kelgani menman.



Qayd etilgan


Muhammadali  12 Mart 2008, 21:50:30

SENI BUGUN KO'RMASAM BO'LMAS

Iqbol Mirzo she'ri


G'amgin yurak, g'amga sol yurak,
Bechorani xo'rlasang bo"lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'masam bo'lmas...

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar bergaymi omon?..
Tushun, Seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Balki quyosh qular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga.
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Uzun tunlar bunchalar muhzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!


Qayd etilgan


Shirinqiz  28 Mart 2008, 14:41:20

çok özledim annem seni.

Ver öpeyim Ellerini
Işik Tut Bana Gözlerini
Sevgi Dolu Sözlerini
çok özledim Annem Seni

Boynum Bükük Yaban Elde
Bir Garibim Karanlik Köşede
Ismin Duadir Her An Dilimde
çok özledim Annem Seni

Helal Et Bana Hakkini
üzdüysem Güzel Canini
Geç Anladim Senin Farkini
çok özledim Annem Seni

öyle Hasretim Ki Sana
özenmiş Gözlerim Bulutlara
Yağar Her Gece Yastiğima
çok özledim Annem Seni

Qayd etilgan


shoir  06 May 2008, 13:04:47

SEN YO‘G‘INGDA

Bizning ko‘cha sog‘indi seni,
Dov-daraxtlar ketdi ichikib.
Ko‘tarolmay hijron yukini,
Simyog‘ochlar qoldilar cho‘kib.
Yo‘ling poylab qushlar sayradi,
Tentiradi soylar telbavor.
Loylar kechib bahor oylari,
Yig‘lab o‘tdi senga intizor.
Eh, meni qo‘y,
Qo‘yaver meni,
Ichikmadim daraxtlar kabi.
Simyog‘ochday cho‘ka bilmadim.
Sayrolmadim qushlar singari
Loylar kechib bahor fasliday,
Xun-xun yig‘lab o‘ta bilmadim.
Menmi,
Men... Eh, qo‘yaber meni...
Ko‘chalar ham sog‘indi seni.

Abdunabi Boyqo'ziyev

Qayd etilgan


Fatima  17 Iyul 2008, 11:22:13

SOG‘INISH

Yana qish"¦yana qor"¦yana izg‘irin,
Daraxtlar o‘y surgan mayus kelinchak.
Quyosh ham erinib sochadi nurin,
Go‘yo yorug‘likni qarz bergan falak.

"¦Hech kim tushunmaydi qalbim tilini,
Ba’zida o‘zim ham qolaman hayron.
Qo‘ldamas belgilash taqdir yo‘lini,
Bugun gullab tursa, ertaga vayron.

Ko‘nglim buzilgan uy, xaroba misol.
Hech kim yo‘lamaydi"¦ Huvillab qolgan"¦
Gohi o‘z-o‘zimga beraman savol:
"œNimadir hayotim bu kuyga solgan?"

Bilmam nima istar bu mo‘‘jaz yurak,
Kimga u sabrsiz talpinar tinmay.
Yolg‘izlik xissidan yoki bu darak,
Unum yo‘q kunimda, nima ish qilmay.

Balki "œsog‘inish",  deb atashar buni,
Yor vasli shu kecha hayolim oldi.
Sog‘inib, entikib kuniyu tuni,
Tanam ham yurakka aylanib qoldi.

Qayd etilgan