Muallif Mavzu: Sog'inch haqida she'rlar  ( 154160 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #30 : 28 Sentyabr 2009, 01:26:18 »
Кутяпман...
Фақатки, вақÑ‚ кутмас экан,
Йиллар армонимга қўшади армон.
Ҳаёт махзунлигин олмаса-да тан,
Кўникиб бормоқда бу хисларга жон...

Кутяпман кимнидир, интиққанча, жим...
Узоққа термулиб, тун ўтар бедор.
Ҳеч ким тушунмаган дилдаги дардим,
Айтолмай юрагим йиғлаяпти зор...

Кутяпман, шу хаёл ҳеч этмайди тарк,
эрталаб ишга бор, кечқурун уйга...
Умрим ҳам куздаги мисли ҳазон барг,
Ўрганиб бормоқда тушкун туйғуга.

Кутяпман... Кутганман... кутаман яна,
Кўникиб ҳам қолдим кун ўтган сайин...
Соғиниб, энтикиб қалбим ўртана
Шу зайл дунёдан ўтмоғим тайин...

(c)

Jalol Ahmad

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 277
  • -oldi: 162
  • Xabarlar: 156
  • Jins: Erkak
  • Alloh Taolo huzurudagi maqbul Din Islom Dinidir!
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #31 : 28 Sentyabr 2009, 04:55:47 »
Nigohimga botdi qutsiz uy,
Birdan qisa boshladi ko'krak
Nega chalinmaydi hazin kuy
Nega yig'lamaydi og'rigan yurak?!

Dil g'amgamas, g'ashga to'ldiku
Esar kuzgi sarin shaboda
Qiynalaman, yozgim keldiku
Ammo, hislar sovuqsiz nega?

Chorasizman, taskin ham yo'q bir,
Tuyg'ulardek o'ylar ham sovuq
Yig'lamoqchi bo'lganda ohir,
Ko'zlarim ham uydek qup-quruq...

Jon-jonimga botdiku bo'shliq....
Rasululloh  :sw:  Abdulloh Ibn Umarga dedilar: Saharda uyg'onar ekansan, Oqshom orzusini qilma! Oqshomga etganingda, Sahar orzusini qilma! Hayotingdan o'lim uchun, sog'ligindan hastaligin uchun ulush ajrat. Chunki Ey Abdulloh, ertaga qanday nom olishingni bilmaysan..(Imom Buhoriy)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #32 : 04 Oktyabr 2009, 17:13:06 »

Kimdir qayerdadir,
Nigohingga zor,
So’zlashish ilinjda,
Izlar bahona.
Kimdir qayerdadir,
Bo’lib intizor,
O’zni qo’ygani ham,
Topmaydi xona.

Kimdir qayerdadir,
G’amlaring olib,
Bir olam quvonchni
Bermoq istaydi.
Niyatlaring qanday,
Orzular qanday
Barini erinmay,
So’rmoq istaydi.

Kimdir qayerdadir,
Isming qalamda,
Yozib qo’ymoqdadir
yurak she’riga.
Va uning o’zi ham
Balki shu damda,
Aylanib bormoqda,
Qalbing siriga.

Kimdir qayerdadir,
Seni topgandan,
Taqdirga beadad
Aytmoqda shukr.
Dilida ming umid
Milyonta havas:
Borliging uchun-da,
ming bor tashakkur…


© Oktyabr…2009

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #33 : 01 Noyabr 2009, 16:03:08 »
Ошиқлик кўнгилда, зоҳирда тилсим -
Қандайин сирларга қалбинг ўралган?
Гунча лаб сўз жуфтлаб очилади ним,
Менимча, дилинг ҳам гулдан яралган...

Шабнам томчисига интиқиб саҳар,
Кутмоқлик ишқида яшайди ғунча.
Умид-чи гулзорда тинмайин кезар,
Бахти топилгунча - гул очилгунча.

Ҳар битта гул барги - орзунгми сенинг?
Ҳар битта тиконинг - ишванг, нозингми?
Муаттар исларинг пиёласиз май -
Ё боғда таратган шўх овозингми?

Бунча чиройлисан – нафис капалак,
Бир зумда инсоннинг ақлин оласан...
Фақат битта тилак - фақат бир истак:
Музга талпинмагин - музлаб қоласан!


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #34 : 27 Noyabr 2009, 03:45:06 »
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #35 : 16 Dekabr 2009, 14:08:03 »
Siz uxlaysiz…
Qaydadir bir dil,
Tuni bo’yi
Sizni o’ylaydi.
Xayolida balki
U ko’ngil
Sirlarini
Sizga so’ylaydi…

Siz uxlaysiz,
Tinch ham osuda,
Tushingizda
xatto jilmayib.
Havasimni
keltirar juda…
Uyg’otmoqlik–
go’yo bir ayb…

Siz uxlaysiz,
Ma’sum, beg’ubor,
Osmonlarni,
Kezib ro’yoda
Ayni damda,
Qaydadir bedor,
Kimdir o’ylar
Sizni dunyoda…

Siz uxlaysiz…
Sezayapsizmi?
Oy ham so’nib,
Quyosh qaytmoqda…
O’sha kimdir,
Sizni topgan-chun,
Yaratganga
shukr aytmoqda…

Siz uxlaysiz…
kimdir uyqusiz…
Sizga alla aytar ichida…


(c)
___

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #36 : 30 Dekabr 2009, 05:57:21 »
Sokinlik dilimga o’rnashib olgan…
Jim xayol suraman tunda uyg’onib.
Yostiqqa botgan bosh o’ylashdan tolgan,
Mehr sharobidan ichmadim qonib.

Borgani ko’nglimdan o’zga makon yo’q,
O’zimga so’ylayman dardlarimni jim.
Tanamdan chiqishga sira imkon yo’q
Qushday chirqillaydi mahbus yurgaim.

Ko’zga ilingandek bo’ladi uyqu,
Seskanib kelaman yana xushimga.
Bir zum kipriklarim birlashsa tuyqus,
Kimsasiz sahrolar kirar tushimga.

Cho’chib uyg’onaman… Bedorlik yana
Boshlaydi ming xil o’y so’qmoqlariga.
Bariga qo’l siltab, dildan o’rtana
So’ng tushib ketaman g’aflat qa’riga.

Tong yaqin,
Bong yaqin,
Oppoq on yaqin,
Jimlik dunyosini men tark etaman
O’rgmchak misoli o’rangan to’rdan,
Istaru istamay chiqib ketaman…

Garchand tilim biyron,
Hayotim shovqin,
Sokinlik dilimga o’rnashib olgan…


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #37 : 11 Yanvar 2010, 04:04:19 »

Seni o’ylab tugaydi tunim,
Kunim siymong ila o’tadi.
Bilmam qachon bo’ladi tinim,
Yana qancha tonglar otadi.
Oshiqadi seni ko’rmoqqa,
Bedorlikdan qizargan ko’zlar.
Ahvolingni dildan so’rmoqqa,
Qalbim yana bahona izlar…
Intiqdirman, ham holim g’arib,
Dardlarimni satrga soldim…
She’rlarimdan seni axtarib,
Xayolimdan so’ng topib oldim.
Jim turibmiz…
Ancha kutgandim,
Jimligingni tinglamoqlikni
Shu ongacha ichga yutgandim,
O’ylarimni o’nglamoqlikni…
Mayli…
shunday turaver so’zsiz,
Mayli kalom dema iymanib
Umidimdan ayirib qo’yma,
Xayolimdan ketmay uyg’onib…

Bu suhbatni qanchalar kutdim…


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #38 : 26 Fevral 2010, 23:36:10 »
Begim, Sizni tabiat
raso qilib yaratgan...

Halima Xudoyberdiyeva

Gulim, Sizni Yaratgan
zebo qilib yaratgan,
Ham odobga andoza –
a’lo qilib yaratgan.
Duolarni ijobat,
niyatni ro’yob aylab,
Mazmunga zor hayotga
ma’no qilib yaratgan.

Yulduzlar –sirdoshingiz,
oy-chi, kichik singlingiz,
Qalbim uchun mehrga
kon bo’lib ulgurdingiz.
Tong kabi oq, musaffo,
shabnammisol ko’nglingiz,
Men uchun bir o‘zgacha
dunyo qilib yaratgan…

Xijronlarni zabt etib,
visolni boshlasin, deb,
Faqat xursandchilikdan
kiprikni yoshlasin, deb
Bir butunning qadrini
xis etib yashasin, deb,
Shu paytgacha ikkimiz
atay bo’lib yaratgan.

Men tomon qo’ysangiz poy,
Siz tomonga yugurgan,
Charchasayam umid-la,
Sizni eslab kun ko’rgan
Chap tarafda intiqib,
zo’rg’a duk urib turgan
Yuragim ust qovurg’a
qismin yulib yaratgan.

She’rlarimda ilhomim,
qo’shig’imda torimsiz,
Yo’llarimga ko’z tikkan,
yolg’iz intizorimsiz,
Ajralmasim – qadrdon,
umrim bo’yi borimsiz
Taqdirimga ming shukr –
baxtim bilib yaratgan…


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #39 : 12 Mart 2010, 08:41:46 »
Urushi olamga taralgan yurak,
Shaklini yo’qotib, buralgan yurak,
Bedor kechalardan nur olgan yurak
Qatra mehrlardan yaralgan yurak,
Seni ko’rsaydi…

Har kuni yod etib, qalbing shod etib,
O’zi-chi, dod etib, ham faryod etib,
Labga kulgu, lekin dil barbod etib
So’ngsiz xijronlardan ezilgan yurak…
Zumga tinsaydi…

Ko’ngil iliqlikka moyil bir damda,
Orzular tugamas ekan odamda.
Hikmatni qidirib har bir qadamda
Olam havaslarga burkangan yurak.
Yo’lin topsaydi…

Chap tomonim senga ko’proq intizor,
Rasmingga termulish qilmayapti kor.
Har tongda duodan bo’lib umidvor.
Mitti umidlarga o’rangan yurak
Ilinj istaydi…

Choklari sitilgan… Ko’rkam zohiri,
Mengayam ayonmas ko’ksimning siri…
Ko’z tikib, intiqib, yig’lab oxiri,
O’zi ham sog’inchga aylangan yurak…
Visol qo’msaydi…

Ko’nglim nimtalangan – shundan kulmayman,
Yo gullab ketmayman va yo so’lmayman…
So’nggi oylar ichra,
nega bimayman –
Yarmini behosdan yo’qotgan yurak,
Yarmin tusaydi…

Sen bularni bilarmikinsan?


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #40 : 13 Mart 2010, 00:49:00 »
Bilmam, nima,
Sen tomonga
xayolimni buradi,
“topib ber -, deb –
quvonchimni”,
Ahvolingni so’radi.

Bilmam, nima,
Xislarimni
uyg’otishni boshladi,
Kunim nursiz,
Tunlarimni bedor qilib
Tashladi.

O’sha narsa
Bir zumgina
Nigohingni tutsaydi,
O’yim bilan
O’zimniyam
birga olib ketsaydi…

Bilmam, nima,
g’ijimlaydi
Chap tarafim tinmasdan.
Qaysar juda,
Tinch qo’ymaydi,
zorimgayam
Ko’nmasdan…

Bilmam, nima,
Orzu, havas,
niyatlarni to’ldirar,
Yuzimga dam g’am soladi,
Dam beg’ubor kuldirar.

Bilmam, nima,
bir umrga
Mehrlaring qistaydi,
Shu davrda seni faqat,
Xursand ko’rmoq istaydi,

Bilmam, nima,
Undamoqda
she’r yozishga qalbimni.
Nima qilay,
Kerak so’zni
Topolmasam - aybimmi?

Bilmam, nima,
Xijronga yov –
Visolga-chi, mushtarak.
Zir yugurar,
Lek joyidan,
Siljimaydi bu yurak…

Bilmam, nima,
Yolvormoqda,
Poylarimga cho’kib zor,
So’ng jimgina,
Sen tarafga,
Ko’z tikadi,
Intizor…

Bilmam, nima –
Sog’inchmikin?


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #41 : 14 Mart 2010, 13:07:10 »
Iltimos,
Otirmay xayol pinjida,
Mehmon bo’lib ketgin, mayliga, zumga.
Boshim – osmon,
 qilsang qadam ranjida
Ko’ksimda asragan shinam joyimga

Iltimos,
Ko’z tashla, nigohim tolgan,
Quvonch ham, yupanch ham yolg’iz firoqdir.
Intiqish tanamni zabt etib olgan -
Qalbimning hududi senga mushtoqdir…

Iltimos,
rozi bo’l, mensiz kechirgan,
Xijron azobining ozu ko’piga.
Kel birga boraylik qolish-chun abad,
Senga ko’rsatmagan dilim tubiga

Iltimos…
ichingda bog’lanib qolgan
Turli tugunlarni yechib kel, gulim.
Qo’l siltab bariga,
Bor-buding tashlab,
Mening yuragimga ko’chib kel, gulim…

Iltimos…


(c)

JaviK

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1451
  • -oldi: 1144
  • Xabarlar: 2415
  • Jins: Erkak
  • Hammaga sevish, Sevilish nasib etsin!
    • forum.ziyouz.com
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #42 : 18 Mart 2010, 15:17:35 »
Hayat o'zu dushunilmaz
Alislere alib getejek
Jandan da artiq go'rajagingden
Ayriliqa mejbur etejek!
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #43 : 27 Mart 2010, 03:33:12 »
Бул кеча бўзлаб неча, соғиниб Ñ‘Ñ€ изладим,
Топмайин кўз гавҳаримни, оҳ чекиб, зор изладим.

Хаста дил, пайваста дил бунча ҳам дийдорталаб,
Оразин кўрмоқ илинжда, қанча гулзор изладим

Қон ютиб, жондин ўтиб, юз тутиб ағёрима,
Бу фано дунёда кечмас дўсту вафодор изладим.

Бесадо, айтмай видо кетмагайман бенаво,
Изтиробим басталовчи най ила тор изладим.

Тонг қадар, азон қадар кўрмайин гул юзлигим,
Таркидунё этгали тор, кимсасиз ғор изладим.

Танг ҳолим, зангранг ҳолим англагувчи оз экан,
Мен каби қалбида дарз, умри афгор изладим.

Хўб безиб, дунё кезиб, боргали тақдир томон,
Йўлга ҳамроҳ, қўлга хасса, белга зуннор изладим

Уриб фарёд, бўлган барбод кўнглим ҳеч масъуд эмас,
Не ажаб, йўқ меҳрибоним, гарчи минг бор изладим.


(с)

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #44 : 24 Avgust 2010, 00:08:44 »
Titroq lablarimda nomingni aytib,
Dunyoni unitib Sizga talpindim.
Xar kun ko'rmasamda ko'zlarim yonib,
Yurak yuragimdan Sizni sog'indim.
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 308009
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 26003
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 15926
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 48355
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 13365
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720