Muallif Mavzu: Sog'inch haqida she'rlar  ( 153916 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #45 : 24 Avgust 2010, 00:17:33 »
Sizni sog'inib boshlanar kunim,
Sog'inib o'tadi butun kundizim.
Sizni sog'inib bedordir tunim
Balkiy Sizni sog'inib tugaydi umrim!
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #46 : 09 Sentyabr 2010, 22:07:44 »
sog'inch xam Olloxning bergan ne'mati,
Kimga bor kimga yo'q uning qiymati
Sog'inchning qadriga sog'ingar yetar
Sog'inmay qo'yganni xayot tark etar
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #47 : 11 Sentyabr 2010, 20:28:09 »
KELINLAR QO'ZG'ALONI BOSHLANDIKU
SHUM BOLADAN KO'ZLARIMIZ YOSHLANDIKU
ABDULLAJON KOINOTDAN KELAR EMISH
PAXTALARNI TEMIR XOTIN TERAR EMISH

CHINOR OSTIDAGI DUEL ERTA INDIN
HAYRONU LOL QILDIKU VODIYLIK KELIN
SUYUNCHIDA ANZIRATDEK BUVIMIZ BOR
TO'YLAR MUBORAK KELINGGA YORU YOR

MAFTUNINGMAN QIZLARGA GAP OTISHIM
VIJDON ASOBI O'ZLIGIM SOTISHIM
QIYOMAT QARZ QOLDIRMOQLIK IZ BIROR
BIZNING OLIS KINOLARDA MANOLAR BOR

MAHALLADA DUV DUV GAP BO'LAR EKAN
XOZIRGI O'ZBEK KINOSIN KIM KO'RAR EKAN
KINO SAROYIGA BORSAM XO'B OZAMAN
ILGARINING KINOSIN MAQTAB YOZAMAN
ILHOM FAYZULLAYEV

ibrohim

  • Mehmon
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #48 : 19 Sentyabr 2010, 23:14:49 »
    O'zing...

Olamda o'zgarish bor
Lekin qalbimda bir hol
Yurakda bir fasl-qish
Har bir ishda malol
Azali yo'q hamda oxiri ko'rinmas yo'l
Lim zulmu zavol.
Istak sari hayotimning tarkibidagi dardu g'am bilan
Arang qo'zg'alaman manzillaringga
Yarim qalb o'ksigan ko'ngil bilan
Intilaman visolingga...

Ko'zlarimning teranligida o'zga sayyora
Unutdim qay zamon, qaysi vaqt
Harakatim soddayu rasvo bo'lish davogarligida
Bilamanki, na bir taxt, na bir baxt bor
Maning uchun o'zingsiz
Yozdim man, kuydim ham , yuz parchaga bo'lindim
Butun umr izlaganim uchun ham
Nimani ko'rsam ham, uni o'zing deb bildim...



Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman
Beor, bedor va beozor.
So'zlagin, aniq muntazirman
Man o'zim deb emas, o'zingni deb yashayman.
Har vaqti sahar ko'zdan oqqan tomchilarimni sanab
Kaftimga tambalarimni chorlab
Oqaman suv kabi bexol
Bir qarab kuydiradigan zar nazrlaringni tilab

Hayollarimdan o'tadi ming xil
Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hodisa
Qalam yozar kundizi oqshomimdagi nolalarimni
Maning misoli qalandar
Hayotim dunyoning orzu havaslaridan
Holi bo'lgan bir g'amgin asar
Negadir eshitilmaysan
Bemor holimni so'ragani keldi hamma
Faqat o'zing kelmading holimni so'rab, nega...?



Vaqt o'tar-ketar,
Ko'zlarim bedorligi bo'yi tonglarim otar,
So'zimda bugun-da faqat g'amginlik
Bo'sina bori bordir negizi cheksiz mamnunlik
Talpinaman yorim ko'pdan ko'pi gapdan jami son-sanog'i yo'q to'siqlarni
Topaman deb surdim qo'llarim bilan bulutlarni
Topdim faqat yulduzlarni undan ortig'i emas

Mayli gardanimga ilinsin olamlar og'irligi
Man axir roziman jamoling bo'sin,
E bas,esim past emas
Faqat yolg'izlikdan ba'zan tomim ketar
Nari borsa holim batar

Iltimos qilaman,
Qo'lim tinmay yozgan xatlarimga
To'xtamay chorlaganimga
Or qilmay so'ragan so'rog'imga
Rasvoligimdan o'tib nazar sol...
Nazar sol...


Shohruh Repper qo'shig'idan
« So'nggi tahrir: 19 Sentyabr 2010, 23:38:43 muallifi ZeroHero »

ibrohim

  • Mehmon
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #49 : 24 Sentyabr 2010, 17:48:34 »
Sensiz endi zulmatlarda sarson o'zim,
Seni izlab qon ham to'kdi dardli ko'zim.
Bemor qaldim tig'layverar mening bo'g'zim,
Sendan o'zga davo yo'qdir yuragimga...  (c)

_IYMONA_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 836
  • -oldi: 944
  • Xabarlar: 604
  • Jins: Ayol
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #50 : 24 Sentyabr 2010, 21:45:41 »
Menga Alloh mehridan so'zla, qalbimni tark etmasin shafqat. Menga Allohdan mehridan so'zla, qanotini yoysin MUHABBAT... .

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #51 : 25 Sentyabr 2010, 16:03:22 »
:as:

Сизни билиш менга кутилмаган бахт,
Сиз билан учрашиш - буюк тасодиф.
Шу кундан қалбимда қилиб қўйдим аҳд,
Ўшал тасодифни кутавераман.

Майли, фаслларга боқмайман асло,
Йилларни қадамлаб ўтавераман.
Бир мақсад доимо дилимга ошно:
Қанча керак бўлса, кутавераман.

Кўз тикиб, интиқиб, йўлингиз пойлаб,
Дардларимни ичга ютавераман.
Ҳар бир учрашувни ҳафталаб, ойлаб,
Орзиқиб, энтикиб, кутавераман.

Ҳижрон азоблари қийнайди дилни,
Соғинч уммонига ботавераман.
Мен учун яралган беғубор гулни,
Бир умр кутаман, кутавераман.

Мингта бўлмайди-ку тасодиф, жоним,
Сиз ҳам ягонасиз, мен ҳам биттаман.
Ҳаётим мазмуни, жумла-жаҳоним,
Исмингиз тилимда тутавераман,
Ёниб, васлингизни кутавераман.


Manba
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Shukrona

  • Alhamdulillah
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 897
  • -oldi: 445
  • Xabarlar: 273
  • Jins: Ayol
  • Xulqim Qur’on bo’lsin desang Qur’on o’qi!
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #52 : 04 Oktyabr 2010, 08:44:32 »
Sogindim ammo aytmog'im mushkul,
Shunchalar sog'indim ko'zlaringizni.
Qo'ying maktub yozmang,bermas tasalli,
Eshitishni istayman so'zlaringizni.
Bas, siz o�zingizga vahiy qilingan narsani Qur’onni mahkam ushlang!
Albatta, siz To�g�ri yo�ldadirsiz.(Zuhruf Surasi,43 Oyat.)

yoqutxon

  • "Har qanday bilimdondan ustun Bilimdon zot bor." (yusuf surasi,76-oyat)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1087
  • -oldi: 1223
  • Xabarlar: 1249
  • Jins: Ayol
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #53 : 12 Oktyabr 2010, 16:20:14 »
Ҳар тонг қуёш уфқдан чиқиб,
Нур улашса олам кулади.
Термуламан унга интиқиб -
Сизни жуда кўргим келади.
Соғинаман...хўрсиниб бесас, 
Чарх уради бошда минг савол.
Гоҳ чақириб тушда уйғонсам,
Илинжимни учирар шамол.
Уйқу келмас саҳаргача то,
Хонам зулмат… чироқ Ñ‘қмайман.
Асаблар ҳам бўлгандир адо.
Энди бир зум мижжа қоқмайман.
Пешонамни қўлимга тираб,
Тунда узоқ ўтираман жим.
Қайлардадир унсиз тентираб
Талпинади Сизга юрагим.
Майли менга битта сўз айтманг,
Имо қилманг хатто кўз билан.
Ҳеч бўлмаса бегоналардек,
Дийдорлашгим келар Сиз билан.
"Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
                           
                                  Jaloliddin Rumiy.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #54 : 12 Oktyabr 2010, 17:48:22 »
MashaAllah, Yoqutxon, juda ajoyib she'r ekan. Rahmat Sizga..
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #55 : 15 Oktyabr 2010, 11:27:16 »
Кeраксан,
бирга жим хаёллар сургани,
Кeраксан, бахт нима эканин кўргани,
Кeраксан
тақдирим қургани,
Яшашнинг маъносин сўргани,
Умрбод ҳаётнинг йўлида юргани
Кeраксан.

Йўқ,
Ðœeнга кeракмас бошқалар,
Сeнингдeк мeн билан
дўст эмас бошқалар
Хижронлар юракка ўт қалар,
Қўзғалар муштдeк жон ўрнидан
Йўрғалар,
Талпинар сeн томон –
Кeраксан.

Бeдорман - уйқуям кeракмас,
Ҳeч нима, ҳeч қачон
Сeн каби дилимни
Тўлатмас
Сўзингдeк дардимни
Қулатмас.
Қайғуни ёнига йўлатмас.
Иқболим шамини Ñ‘Ñ€қинроқ Ñ‘ққани
Кeраксан.

Кераксан,
Интиқ дил ўзгани кўрмайди,
Ҳолингни мен каби
сабрсиз сўрмайди,
Соядек ортингдан эргашиб,
Орзу-ÑŽ ҳавасга тенглашиб,
Бекорга изингдан юрмайди.
Кераксан.

Ўзгалар не деса десинлар,
Барибир,
Пичинглар, ғийбатлар
кўзимдан наридир.
Менда бор ягона хавотир:
Кераксиз бўлишдан,
Қаровсиз сўлишдан,
Яратган умрбод асрасин.
Кераксан.

Кераксан
Айни дам,
Йўқ бошқа каломим тилимда,
Ҳамроҳ бўл
куну тун
сўнсиздек йўлимда,
Гарчи мен билмасман,
Не бўлар,
Не кутар ўнгиму сўлимда,
Кераксан.

Кераксан,
Кўзимга тор бўлиб
Кетганда дунёлар,
Кераксан
Сувталаб бўлганда дарёлар,
Қирғоқлар бирлашиб,
Юлдузлар сирлашиб,
Қуёшга қалб муҳтож бўлганда,
Кераксан.

Турибман чорасиз йироқда,
Кўнглим ҳам қийналар,
Унгаям осонмас фироқда.
Қай замон ёнинга кeтгумдир?
  - Сабр йўқ
Ғамларим кўмгани қабр йўқ.
Ҳолимни тасвирлаб бeргани
 Ñ‚аъбир йўқ -
тилим ҳам сўроқда.
Турибман чорасиз йироқда,
Шу дамда жудаям
Кeраксан.

Кeраксан  ҳамнафас бўлгани,
Ғурбатда шeрик ҳам,
шодликда кулгани,
Ярмини қидирган
ярмимга тўлгани,
Гулласам очилиб,
Юлдуздeк сочилиб,
Ва хатто,
Бу фано дунёдан
Гар сўлсам, сўлгани,
Кeраксан.

Табассум ярашар
Истара кони бор юзингга,
Муштоқман
Саҳарги сабодeк
Янграган сўзингга,
Қанийди, Ñ‚eрмулиб ўтирсам
Ўзимнинг аксим бор,
Кўзингга.
Кераксан.

Кераксиз ўлишдан асрасин,
Юраксиз бўлишдан асрасин,
Нур истаб чанқаса
қон кўнгил,
Туганмас зиёни берувчи
Фалаксиз бўлишдан асрасин,
Кeраксан…

2010

(c)

yoqutxon

  • "Har qanday bilimdondan ustun Bilimdon zot bor." (yusuf surasi,76-oyat)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1087
  • -oldi: 1223
  • Xabarlar: 1249
  • Jins: Ayol
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #56 : 16 Oktyabr 2010, 19:06:16 »
Gar sog'insam seni na qilay?


Yurak kuysa qandayin kulay?
Dardim qanday oromga ulay?
Sadoqatga mayli qul bo'lay.
Gar sog'insam seni na qilay?

Qay gullardan visoling so'ray?
Qayerlarga yuzumni buray?
Qay qushlarla men suhbat quray?
Gar sog'insam seni na qilay?

Sabrim tog'i nuray boshlasa,
Ul tufayli ko'zim yoshlansa,
Gumon jonga qarmoq tashlasa,
Gar sog'insam seni  na qilay?

Gul bermasga armon bo'lmoqqa.
Qarorim yo'q bundayin qolmoqqa
Aslo toqat qilmam tolmoqqa
Gar sog'insam seni na qilay?

Yurak kuysa qandayin kulay?
Dardim qanday oromga ulay?
Sadoqatga mayli qul bo'lay.
Gar sog'insam seni na qilay?

"Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
                           
                                  Jaloliddin Rumiy.

Hassan

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 122
  • Xabarlar: 76
  • إنما الأعمال بالنيات
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #57 : 07 Noyabr 2010, 23:29:16 »
                     
                       

Муҳаммадсолиҳ  ÐÐ±ÑƒÑ‚ов

Швеция

Швеция  ÐœÑƒÐ·Ð»Ð°Ñ€ диёри,
Атрофини ўрар денгизлар.
Фарқи йўқдир қишу баҳори,
Ҳамма Ñ‘ғи ўрмону кўллар.

Тупроғлари  Ñ‚ошдан  ÑÑ€Ð°Ð»Ð³Ð°Ð½,
Тош устида ўсар Арчалар.
Қишларида кўринмас қуёш,
Ёзда тун йўқ, ёруғ кечалар.

Тоза ҳаво, мусаффо  Ð¾ÑÐ¼Ð¾Ð½,
Совуқ   ўлка, ажиб  Ñ‚абиат.
Ватан бўлди бизга бу макон,
Билмадим,  Ð±Ñƒ бахтми, мусибат?!

Мен саҳронинг  Ñ„арзанди эдим,
Етишмайди менга нур, қуёш.
Кошки ажал келмасдан олдин,
Кетсам,  Ð¾Ð»Ð¸Ð± бу ерлардан бош.


« So'nggi tahrir: 08 Noyabr 2010, 04:49:44 muallifi Hassan »
ГЉГЁГ¬ ¢çèíèíã àéáèíè áèëñà, áèðîâëàð àéáè áèëàí ГЁГёГЁ á¢ëìàéäè. ГЉГЁГ¬ ГІГ қГўГ® ëèáîñèäàí ГїГ«aГ­ғî÷ қîëñà, ГіГ­ГЈГ  ҳГҐГ· ГЄГЁГ¬ ïàðäà òóòîëìàéäè. ГЉГЁГ¬ AëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ áåðãàí ðèçқГЁГЈГ  ðîçè á¢ëñà, áèðîâëàð қ¢ëèäàãè íàðñàãà ҳГ ГґГ  á¢ëìàéäè. ГЉГЁГ¬ çóëì қèëè÷èíè Г±Гіғóðñà, ГёГі қèëè÷ áèëàí ¢çèíèíã қ¢ëè êåñèëàäè. ГЉГЁГ¬ ВўГ§ áèðîäàðèãà Г·Г®ҳ қàçèñà, Гі Г·Г®ҳГЈГ  ¢çè òóøàäè. ГЉГЁГ¬ áèðîâíèíã ïàðäà-ҳèæîáèíè î¸қîñòè қèëñà, ¢çèíèíã àâðàòè î÷èëàäè. ГЉГЁГ¬ ВўГ§ õàòîñèíè ГіГ­ГіГІГ±Г , áèðîâíèíã õàòîñèíè ГЄГ ГІГІГ  áèëàäè. ГЉГЁГ¬ ГЄГ ГІГІГ  èøëàðãà êèðèøñà ГўГ  ¢çèãà õàòàðëè é¢ëíè òàíëàñà, Гі ҳàëîê á¢ëàäè. (MГ Г­Г±ГіГ° ГЁГЎГ­ Aììîð).

UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #58 : 05 Dekabr 2010, 00:41:20 »
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday sog'inch bo'laman-ki,
Yuraging qaqshab qaqshab og'riydi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday qadr bo'laman-ki,
Qadr istab qalbing kuyadi.
Ertaga men yashay olmayman,
Senga shunday armon bo'laman-ki,
So'qir ko'zlaring ochilib ketadi.
Ammo men bo'lmayman...
O'shanda sen muhabbatning
Naqadar buyuk ekanligini
Anglab yetasan... men esa
Sening yuragingda bir umrga
SOG'INCH, QADR, ARMON
Bo'lib qolaveraman...

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #59 : 27 Dekabr 2010, 00:50:33 »
Toshqin suvga o’xshaydi hayot –
Tez oqadi, fursat yeladi.
Oxirlaydi ichimda sabot,
Sizni juda ko’rgim keladi.

Varaqlayman umrim varog’in,
Qanday yoqay umid chirog’in?
Javobi yo’q qalbim so’rog’in –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Masofada bilinar qadr,
Diydor – qiyos topmas tuhfadir.
Boshqalarni emas, negadir.
Sizni juda ko’rgim keladi.

Zulmatlardan bo’lganda bezor,
Subhidamni kutib intizor,
Kechalarim o’tganda bedor,
Sizni juda ko’rgim keladi.

Yolg’izlikdan huvillar xonam,
Qachon yetar falakka nolam.
Rozidirman, aytmangiz kalom –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Sog’inchlarim shashqator daryo,
Sassizlikka singigan faryod,
Sig’mas bo’lsa ko’nglimga dunyo
Sizni juda ko’rgim keladi.

Sanang meni, mayli begona,
Atang “darvesh”, nomlang “devona”,
Ko’zlarimda siymo yagona –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Holingizni so’rgim keladi,
Sizni juda ko’rgim keladi...

(c)

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 307531
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 25948
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 15877
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 48183
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 13333
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720