Muallif Mavzu: Sog'inch haqida she'rlar  ( 168454 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #60 : 01 Yanvar 2011, 19:57:55 »
Dunyo g’alat, jumbog’i bisyor,
Mayligami, bir savol so’rsam?
Berasizmi menga ixtiyor
Qalbingizga sir bo’lib kirsam?

Umr bo’yi bo’lay bahori,
Ham hamrohi, chin do’stu yori,
Qarshimasmi ko’nglingiz tori,
Qalbingizga sir bo’lib kirsam?

Na rad va na bahona toping,
Yolg’on ersa, zabonim choping.
Chiqarmangiz,
Eshigin yoping,
Qalbingizga sir bo’lib kirsam.

Vujudimda uyg’ongan havas
Aylanmasin armonga abas.
Boshqa narsa istamayman, bas
Qalbingizga sir bo’lib kirsam.

Quvonchlarim bilmas nihoya,
Duolarim ketmaydi zoe,
Bir so’z aytmang;
 menga kifoya,
Qalbingizga sir bo’lib kirsam...

(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #61 : 04 Yanvar 2011, 22:14:40 »
Yurtim,
Kengliklaring qo’msadi ko’nglim,
Jonim qolib ketgan kun chiqqan yoqda.
Qaniydi, shu damda to’yib kezsaydim,
Cheksiz dalalaring yalang oyoqda.

Sog’inchim dilimda o’sib-ulg’aygan,
Diydoring ko’rishga ko’zlarim giryon,
Jizzax olmasidek yuzim sarg’aygan,
Quva anoridek qalbim to’la qon.

Bu yerda yomg’irlar senikidekmas,
Quyosh ham yil bo’yi turmas charaqlab.
Tollarning sochlari suvlarga tegmas,
Sabo uyg’otgani kelmas so’roqlab.

Bu joyning bog’lari gullamas tugal,
Qushlarning sayrashi ezmas yurakni.
O’nlab o’rmonlardan bilaman afzal,
Yo’ling chetidagi mirzaterakni...

Bu yer...,
Yo’q gapirmay, so’yla o’zingdan,
Tog’laring halitdan qor qoplagandir?
Hozir mevalarga rosa boydirsan?
Obi nonlaringga to’lganmi tandir?

Gulzorin bezarmi atirgul, rayhon
Past-baland bo’y chozgan fayzli uylarin?
Butun qishloq ahlin to’plarmi hamon,
Gumburlab o’tajak xalqim to’ylari?

Ming turli savolga to’lgandir ichim,
Kutishdan yo’l qarab tolgandir ichim,
Yurtim, seni o’ylab bedor tunimda,
Ichim timdalaydi tilsiz sog’inchim...

Jizzax olmasidek yuzim sarg’aygan,
Quva anoridek qalbim to’la qon.


2010 yil, kuz
(c)

Saliha

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 863
  • -oldi: 1120
  • Xabarlar: 477
  • Jins: Ayol
  • eng befayz hayot,umidsiz yashashlikdir.
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #62 : 05 Yanvar 2011, 00:14:44 »
Yomgir yogayabdi, yuragim ezib,
Soginching qiynaydi meni onajon.
Uydan ketganimga o'n yil bo'lgandek,
Go'yoki qalbimda, tuganmas hijron.....

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #63 : 07 Yanvar 2011, 12:31:09 »
Men ketaman.
Afsuslarga bosh urasiz.
Terib oling,
singan dilni to`kib ketgum.
Ko`zingizdan ikki tomchi yosh oqqanda-
O`shal sog`inch yoshlariga cho`kib ketgum..
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #64 : 10 Yanvar 2011, 03:16:48 »
Кўнгил яшилликка интиққан чунон,
Юринг, баҳорларни кутайлик бирга.
Зиёга талпиниб типирлайди жон,
Орзулар юртига кeтайлик бирга.

У ерда асрдeк чўзилмайди тун,
Кутиш онлари ҳам бундан бошқача.
У жойда ҳар жуфтнинг юраги бутун,
Қуёш ҳам чарақлар шомдан тонггача.

У юртда саробга айланмагай ишқ,
Вафо ўз маъносин тўлиқ оқлайди.
Фано ҳeч кимсага бўлмайди ташвиш,
Ҳeч ким ҳасад билан ортдан боқмайди.

Ғамдан фориғ  гўзал ўшал заминда
Армон, дeган ёвга қўйишган тузоқ.
Ишонч ва садоқат гуркирар унда -
Ҳижрон азоблари жудаям узоқ.

Оқибат бeзайди барча шаҳарин,
Ðœeҳрдан яралган ҳар битта қишлоқ.
Азон бошлаб бeрар эрта саҳарин,
Инсонлар қалблари қор мисол оппоқ...

Юринг,
     ÑžÑˆÐ° Ñ‘ққа кeтақолайлик,
Мавҳум дунёларда нима қиласиз?

(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #65 : 03 Mart 2011, 07:32:39 »
Сeнинг фаслинг кeлди
Дeрзангдан боқ,
Кўнглингдeк оқ гулга ўралган олам.
Ðœeн уни сeндан ҳам кутгандим кўпроқ,
Балки Яратганга етибди нолам.

Сeнинг фаслинг кeлди,
Қара, табиат
Бeзанмиш кeлинчак мисоли гўзал.
Аллоҳга шукр-ла, қиламан ният:
Бахтинг кўклам мисол гулласин тугал.

Сeнинг фаслинг кeлди.
Диллар шод-хуррам,
Истаранг мисоли исимоқда кун.
Бойчeчак гулининг юзларида нам -
Қор остида қолиб, бўлганди забун.


Сeнинг фаслинг кeлди;
Мусаффо, нафис.
Тонгги ҳаволардан ютаман қониб.
Қалбимнинг тубида йил бўйи ётган,
Энг нозик туйғулар чиқар ийманиб.

Сeнинг фаслинг кeлди.
Орзу-ҳаваслар
Энди азиз бошинг узра бўлар тож.
Имкони бўлса гар, топиб бир илож,
Шу баҳор баҳона юрагингни оч.

Нeга жимсан?

(c)

Umidvor_Banda

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 10
  • -oldi: 21
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #66 : 03 Mart 2011, 10:30:11 »
Sevgi Nima ? Ayriliq , hijron,
Yoki tushga aylangan sevgi,
Sen ketding-u yuragim vayron,
Qaytmas qushga aylangan sevgi.
Sevsang shunday sevki dodd desin Hijron
tan bersin hattoki yulduzli osmon
Titrasin sevgidan jumlai jahon
lol qolsin hattoki odami jon....

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #67 : 12 Mart 2011, 08:42:20 »
Юрагим сиз томон кетмоқликка шай,
Қай замон, билмадим, боғланди риштам.
Саҳарги шабнамдек секин, билдирмай,
Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам.

Нигоҳингиз маъюс, қарашлар маҳзун,
Кўзингиз афсусдан ҳеч кўрмасин нам.
Бахтни чиндан туйиб яшашингиз чун,
Қалбим керак бўлса, олинг, фариштам.

Ғам нима, қайғу-ÑŽ, дарднинг барчасин,
Унутиб шодликка сингиб кетар дам,
Ҳис қилиб қовурғам битта парчасин,
Ёнимда тоабад бўлинг, фариштам.

Ҳаёт хаёлотдан ўзга тушунча;
Баъзида тотли ҳам, баъзан аччиқтаъм.
Қанча умр берса, тинмай ўшанча
Ойдек, осмонимда тўлинг, фариштам.

Оҳим кўкларгами бормоқда етиб?
Ёки ниятларим тоза, саришта...
Зулматларни кундек чароғон этиб,
Тунимда қуёшдек кулинг, фариштам.

Соғдек кўринсам-да, шу дилим хаста,
Фақат ташрифингиз жонимга малҳам.
Саҳарги шабнам Ñ‘ ёмғирдек аста,
Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам.

(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #68 : 27 Mart 2011, 11:51:32 »
Shodligim ichimga sig’amagan onim,
Dardlardan siqilib ketganda jonim,
Baxtdan kalovlanib qolsa zabonim,
Yelkangizga boshim qo’ysam, maylimi?

Boshingizdan nelar kechar, bilgani,
Sog’inchlarga to’lib orom olgani,
Umrbod Siz bilan birga qolgani,
Yelkangizga boshim qo’ysam, maylimi?

Do’stlardan topmayin oxir ilojim,
Nogoh ketsa hamki iqbolning toji,
Bir chimdim mehrning bo’lib muhtoji,
Yelkangizga boshim qo’ysam, maylimi?

Yurakdan istasam halovati chin,
Tuyib ich-ichimdan tuyg’uning kuchin,
Dunyolardan zumga olmoq uchun tin,
Yelkangizga boshim qo’ysam, maylimi?

(c)

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #69 : 08 Aprel 2011, 14:22:28 »
Sog'inch nima? Siz bilmaysiz, his qilmaysiz,
Sog'insamda holim so'rab bir kelmaysiz.
Mening telba sevgim nazarga ilmaysiz,
Beparvoyim, hayolimdan ham jilmaysiz...

Sizni o'ylab necha yilki, devonaman,
Taqdiridan noligan sho'r peshonaman.
Yo'llaringiz poylab mushtoq parvonaman,
Bilmam, nechun bu sarobga ishonaman.

AzizBEK (R) 08.04.2011 y.
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #70 : 07 Iyun 2011, 15:18:31 »
Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring?
Salomatmi orzularing, havaslaring.
Qulogimdan ketgani yoq nafaslaring...
Seni yana bir korishga ulgursaydim,
Kozlaringga termulsaydim, termulsaydim.
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Rabella

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 183
  • -oldi: 758
  • Xabarlar: 250
    • www.mumina.uz
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #71 : 25 Iyun 2011, 11:02:00 »
Xayollar parishon, o’y daydi,
Nigohim ko’klarni alqaydi,
Tanda jon sog’inchdan sarg’aydi,
Ko’zimni sog’indim, ko’zimni.

So’zlardan so’ndi-ku ishtiyoq,
Ro’yodan charchadim, dil siyoh,
Berganim va’damni al-miysoq –
So’zimni sog’indim, so’zimni.

Go’daklik chog’imda ufurgan,
Onamga ifordek tuyulgan,
Balog’at obida yuvilgan –
Isimni sog’indim, isimni.

Nafs otda, ruhim-chi, piyoda,
Savobdan gunohim ziyoda,
Unutib qo’yganim dunyoda –
O’zimni sog’indim, o’zimni…
                                                                         Nurmuhammad Shoyoqub

Muhammad Yusuf

  • Na chin musulmonmiz, Na kofir tamom .
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 53
  • -oldi: 441
  • Xabarlar: 369
  • Jins: Erkak
  • Hasbunalloh va ne'mal vakil.
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #72 : 25 Iyun 2011, 11:38:44 »
Sizni juda ham sog'indim Rasululloh
Hamisha ummatim der edingiz
Sizni buyuk darajalarga yetkazsin
Olloh
Faqat ummatingiz g'amin yer edingiz.

Dunyoda munosib ummat bo'lib yashagim keladi
Yo Rasululloh, ikki dunyoda ham faqat sizga o'xshagim keladi.
Olloh to'g'ri yo'lga boshlamaganda, uni hech qachon topolmas edik.

Agar yozgan postlarimdan biror yaxshilik topsangiz - ALLOHDAN, nuqson va kamchilik topsangiz - kaminadan , deb bilgaysiz.

So'zlarning eng yaxshisi ALLOH TAOLOning so'zlari.
Yo'llarning eng yaxshisi MUHAMMAD S.A.V.ning yo'llari.

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #73 : 21 Oktyabr 2011, 20:08:20 »
Kel dunyoning g'amlarin unut
Baxt quyoshing to'smasin bulut,
Saqlamasdan qarshimda sukut
Bir ayt meni sog'inganingni.

Hayajondan qizarsa yuzlar,
Bir-biriga to'ymasa ko'zlar,
Izlamasdan chiroyli so'zlar,
Bir ayt meni sog'inganingni.

Shunda baxtni yetay men
anglab,
Ololmasdan hushimni o'nglab ,
Mast bo'layin shu so'zni tinglab,
Bir ayt meni sog'inganingni.

Men- umringning bahor,
yoziman,
Muhabbatning dardli soziman,
Sevishingni aytma roziman.
Bir ayt meni sog'inganingni!!!
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Dostonbek

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 2
Re: Sog'inch haqida she'rlar
« Javob #74 : 10 Yanvar 2012, 09:19:08 »
Bilmagani, sorab organgan olim,orlanib suramagan uziga zolim. Deganlariday men ham bir kongil quliman menham oz sherlarimdi biror joyda sizlarga taqdim qisam boladimi? Iltimos maslahat bering.

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 344914
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 28925
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 18124
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 56627
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 15447
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720