Sog'inch haqida she'rlar  ( 285606 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Mas'ud  28 Sentyabr 2009, 01:26:18

Кутспман...
Фақатки, вақт кутмас скан,
Йиллар армонимга қсшади армон.
Ҳаёт махзунлигин олмаса-да тан,
Ксникиб бормоқда бу хисларга жон...

Кутспман кимнидир, интиққанча, жим...
Узоққа термулиб, тун стар бедор.
Ҳеч ким тушунмаган дилдаги дардим,
Айтолмай юрагим йиғласпти зор...

Кутспман, шу хаёл ҳеч стмайди тарк,
срталаб ишга бор, кечқурун уйга...
Умрим ҳам куздаги мисли ҳазон барг,
Ўрганиб бормоқда тушкун туйғуга.

Кутспман... Кутганман... кутаман сна,
Ксникиб ҳам қолдим кун стган сайин...
Соғиниб, снтикиб қалбим сртана
Шу зайл дунёдан стмоғим тайин...

(c)

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  28 Sentyabr 2009, 04:55:47

Nigohimga botdi qutsiz uy,
Birdan qisa boshladi ko'krak
Nega chalinmaydi hazin kuy
Nega yig'lamaydi og'rigan yurak?!

Dil g'amgamas, g'ashga to'ldiku
Esar kuzgi sarin shaboda
Qiynalaman, yozgim keldiku
Ammo, hislar sovuqsiz nega?

Chorasizman, taskin ham yo'q bir,
Tuyg'ulardek o'ylar ham sovuq
Yig'lamoqchi bo'lganda ohir,
Ko'zlarim ham uydek qup-quruq...

Jon-jonimga botdiku bo'shliq....

Qayd etilgan


Mas'ud  04 Oktyabr 2009, 17:13:06


Kimdir qayerdadir,
Nigohingga zor,
So’zlashish ilinjda,
Izlar bahona.
Kimdir qayerdadir,
Bo’lib intizor,
O’zni qo’ygani ham,
Topmaydi xona.

Kimdir qayerdadir,
G’amlaring olib,
Bir olam quvonchni
Bermoq istaydi.
Niyatlaring qanday,
Orzular qanday
Barini erinmay,
So’rmoq istaydi.

Kimdir qayerdadir,
Isming qalamda,
Yozib qo’ymoqdadir
yurak she’riga.
Va uning o’zi ham
Balki shu damda,
Aylanib bormoqda,
Qalbing siriga.

Kimdir qayerdadir,
Seni topgandan,
Taqdirga beadad
Aytmoqda shukr.
Dilida ming umid
Milyonta havas:
Borliging uchun-da,
ming bor tashakkur"¦


© Oktyabr"¦2009

Qayd etilgan


Mas'ud  01 Noyabr 2009, 16:03:08

Ошиқлик кснгилда, зоҳирда тилсим -
Қандайин сирларга қалбинг сралган?
Гунча лаб ссз жуфтлаб очилади ним,
Менимча, дилинг ҳам гулдан сралган...

Шабнам томчисига интиқиб саҳар,
Кутмоқлик ишқида сшайди ғунча.
Умид-чи гулзорда тинмайин кезар,
Бахти топилгунча - гул очилгунча.

Ҳар битта гул барги - орзунгми сенинг?
Ҳар битта тиконинг - ишванг, нозингми?
Муаттар исларинг пиёласиз май -
А боғда таратган шсх овозингми?

Бунча чиройлисан — нафис капалак,
Бир зумда инсоннинг ақлин оласан...
Фақат битта тилак - фақат бир истак:
Музга талпинмагин - музлаб қоласан!


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  27 Noyabr 2009, 03:45:06

Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.

Qayd etilgan


Mas'ud  16 Dekabr 2009, 14:08:03

Siz uxlaysiz"¦
Qaydadir bir dil,
Tuni bo’yi
Sizni o’ylaydi.
Xayolida balki
U ko’ngil
Sirlarini
Sizga so’ylaydi"¦

Siz uxlaysiz,
Tinch ham osuda,
Tushingizda
xatto jilmayib.
Havasimni
keltirar juda"¦
Uyg’otmoqlik—
go’yo bir ayb"¦

Siz uxlaysiz,
Ma’sum, beg’ubor,
Osmonlarni,
Kezib ro’yoda
Ayni damda,
Qaydadir bedor,
Kimdir o’ylar
Sizni dunyoda"¦

Siz uxlaysiz"¦
Sezayapsizmi?
Oy ham so’nib,
Quyosh qaytmoqda"¦
O’sha kimdir,
Sizni topgan-chun,
Yaratganga
shukr aytmoqda"¦

Siz uxlaysiz"¦
kimdir uyqusiz"¦
Sizga alla aytar ichida"¦


(c)
___

Qayd etilgan


Mas'ud  30 Dekabr 2009, 05:57:21

Sokinlik dilimga o’rnashib olgan"¦
Jim xayol suraman tunda uyg’onib.
Yostiqqa botgan bosh o’ylashdan tolgan,
Mehr sharobidan ichmadim qonib.

Borgani ko’nglimdan o’zga makon yo’q,
O’zimga so’ylayman dardlarimni jim.
Tanamdan chiqishga sira imkon yo’q
Qushday chirqillaydi mahbus yurgaim.

Ko’zga ilingandek bo’ladi uyqu,
Seskanib kelaman yana xushimga.
Bir zum kipriklarim birlashsa tuyqus,
Kimsasiz sahrolar kirar tushimga.

Cho’chib uyg’onaman"¦ Bedorlik yana
Boshlaydi ming xil o’y so’qmoqlariga.
Bariga qo’l siltab, dildan o’rtana
So’ng tushib ketaman g’aflat qa’riga.

Tong yaqin,
Bong yaqin,
Oppoq on yaqin,
Jimlik dunyosini men tark etaman
O’rgmchak misoli o’rangan to’rdan,
Istaru istamay chiqib ketaman"¦

Garchand tilim biyron,
Hayotim shovqin,
Sokinlik dilimga o’rnashib olgan"¦


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  11 Yanvar 2010, 04:04:19


Seni o’ylab tugaydi tunim,
Kunim siymong ila o’tadi.
Bilmam qachon bo’ladi tinim,
Yana qancha tonglar otadi.
Oshiqadi seni ko’rmoqqa,
Bedorlikdan qizargan ko’zlar.
Ahvolingni dildan so’rmoqqa,
Qalbim yana bahona izlar"¦
Intiqdirman, ham holim g’arib,
Dardlarimni satrga soldim"¦
She’rlarimdan seni axtarib,
Xayolimdan so’ng topib oldim.
Jim turibmiz"¦
Ancha kutgandim,
Jimligingni tinglamoqlikni
Shu ongacha ichga yutgandim,
O’ylarimni o’nglamoqlikni"¦
Mayli"¦
shunday turaver so’zsiz,
Mayli kalom dema iymanib
Umidimdan ayirib qo’yma,
Xayolimdan ketmay uyg’onib"¦

Bu suhbatni qanchalar kutdim"¦


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  26 Fevral 2010, 23:36:10

Begim, Sizni tabiat
raso qilib yaratgan...

Halima Xudoyberdiyeva

Gulim, Sizni Yaratgan
zebo qilib yaratgan,
Ham odobga andoza —
a’lo qilib yaratgan.
Duolarni ijobat,
niyatni ro’yob aylab,
Mazmunga zor hayotga
ma’no qilib yaratgan.

Yulduzlar —sirdoshingiz,
oy-chi, kichik singlingiz,
Qalbim uchun mehrga
kon bo’lib ulgurdingiz.
Tong kabi oq, musaffo,
shabnammisol ko’nglingiz,
Men uchun bir o‘zgacha
dunyo qilib yaratgan"¦

Xijronlarni zabt etib,
visolni boshlasin, deb,
Faqat xursandchilikdan
kiprikni yoshlasin, deb
Bir butunning qadrini
xis etib yashasin, deb,
Shu paytgacha ikkimiz
atay bo’lib yaratgan.

Men tomon qo’ysangiz poy,
Siz tomonga yugurgan,
Charchasayam umid-la,
Sizni eslab kun ko’rgan
Chap tarafda intiqib,
zo’rg’a duk urib turgan
Yuragim ust qovurg’a
qismin yulib yaratgan.

She’rlarimda ilhomim,
qo’shig’imda torimsiz,
Yo’llarimga ko’z tikkan,
yolg’iz intizorimsiz,
Ajralmasim — qadrdon,
umrim bo’yi borimsiz
Taqdirimga ming shukr —
baxtim bilib yaratgan"¦


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  12 Mart 2010, 08:41:46

Urushi olamga taralgan yurak,
Shaklini yo’qotib, buralgan yurak,
Bedor kechalardan nur olgan yurak
Qatra mehrlardan yaralgan yurak,
Seni ko’rsaydi"¦

Har kuni yod etib, qalbing shod etib,
O’zi-chi, dod etib, ham faryod etib,
Labga kulgu, lekin dil barbod etib
So’ngsiz xijronlardan ezilgan yurak"¦
Zumga tinsaydi"¦

Ko’ngil iliqlikka moyil bir damda,
Orzular tugamas ekan odamda.
Hikmatni qidirib har bir qadamda
Olam havaslarga burkangan yurak.
Yo’lin topsaydi"¦

Chap tomonim senga ko’proq intizor,
Rasmingga termulish qilmayapti kor.
Har tongda duodan bo’lib umidvor.
Mitti umidlarga o’rangan yurak
Ilinj istaydi"¦

Choklari sitilgan"¦ Ko’rkam zohiri,
Mengayam ayonmas ko’ksimning siri"¦
Ko’z tikib, intiqib, yig’lab oxiri,
O’zi ham sog’inchga aylangan yurak"¦
Visol qo’msaydi"¦

Ko’nglim nimtalangan — shundan kulmayman,
Yo gullab ketmayman va yo so’lmayman"¦
So’nggi oylar ichra,
nega bimayman —
Yarmini behosdan yo’qotgan yurak,
Yarmin tusaydi"¦

Sen bularni bilarmikinsan?


(c)

Qayd etilgan