Sog'inch haqida she'rlar  ( 285675 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:22:35

SOG‘INISH

U uzoq joylarga qilmasdi safar,
To‘kmang derdi ko‘zdan jolalarimni.
Derdi: Bir kungina ko‘rmasam agar
Sog‘inib qolaman bolalarimni.

Bedavo bir dardga chalindi sho‘rlik,
Dedi: Endi qaytib turmasam kerak.
Bo‘g‘ziga tiqilib kelsa ham xo‘rlik,
Bariga chidadi, bosiq va tiyrik.

Ketar chog‘ida ham yo‘qlikka tomon,
U taqdir hukmiga mardona ko‘ndi.
Faqatgina dedi: - Qiynar bir armon
Meni bolalarim sog‘inar endi...
1996

Abdullla Oripov

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Oktyabr 2007, 15:14:41

MENI  ESLAYSANMI?

Meni eslaysanmi, oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan baxmalim – yalpiz?
Kimni izlayapsan, chuvalchang bo‘lib
O‘rmalab ketgan ildiz?

Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho –
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...

1992

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


Fatima  02 Noyabr 2007, 15:31:16

Sog`inch

Sog`inch sochlari oqarib ketgan
Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi
Ishonchning qo`llari endi kesilgan
Baxtimning boshini gumon silaydi

Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam

Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham emaku yolg`on!

Nahot quyosh umri shunchalar qisqa
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat
Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa
Sevgiga go`rgov qilar xiyonat

Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan
Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi
Tirnog`im ostida zindonband shayton
Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi



Qayd etilgan


Foniy  03 Noyabr 2007, 12:55:41

***
Oro kirmay hayqirar, ingrar,
Og’rir goho butun vujudim.
Qaysar yurak to'xtovsiz yig'lar,
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!

Muallifi noma'lum

Qayd etilgan


Fatima  16 Noyabr 2007, 13:51:41

SENI SOG‘INIB

Qorako‘z qaldirg‘ochoyimsan o‘zing,
Ko‘ksim ayvon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘zimdan bir lahza ketmadi ko‘zing,
Ko‘zim giryon bo‘ldi seni sog‘inib.

Ko‘changdan kechalar o‘tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon,
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo‘ldi seni sog‘inib.
   
Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi seni sog‘inib.

Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni —
Mozorki, qarovsiz xarobazorni
Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi?
Dilim vayron bo‘ldi seni sog‘inib.

Sargardonlik majnun-layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
Bog‘im xazon bo‘ldi seni sog‘inib.

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


lolo  19 Noyabr 2007, 01:29:32

* * *

Sensiz yolg’izdayman bu keng dunyoda,
Quyoshsiz huvillab qolganday osmon.
Go’yo yashayapman sensiz ro’yoda,
Sog’inch yuragimni o’rtar beomon.

Seni sog’inaman ko’kda oy balqsa,
Yulduzlarga to’lsa har gal bu samo.
Yanada o’rtanar qalbim yangrasa
Bizning dardimizdan yaralgan navo.

Soginchdan yurakda o’tli ehtiros
Balki sevgimizda bu so’nggi tuyg’u.
Roziman azobli bo’lsada bu his,
Soginch-la qalbimiz birgadir mangu!

(noma'lum qiz)

Qayd etilgan


Mas'ud  16 Yanvar 2008, 17:04:16

Seni o‘ylayapman...
Qaydadir sen ham,
Olis yulduzlarga
Termulasan jim...
Kimnidir kutasan
Intiqib shu dam.
Men hali bilmagan,
Dilgir malagim.

Kichik bir nuqtada,
Jamuljam xayol...
Yo‘l qarab charchagan
Nigohing g‘amgin.
Toliqqan qarashda
Son mingta savol,
Orasta qalbingga.
Bermayapti tin.

Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi —
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni
Qaerdan olding?

Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi —
Yuzta iltijo.

Bas, yetar!
Qiynoqli damlaring
Ortda,
Unutib g‘amlarni,
Shodon kulamiz.
Ezgulikka to‘la
Ko’rkam hayotda,
Albatta ikkimiz
Baxtli bo‘lamiz...

Sog‘inib, o‘rtanib,
Entikib yonib,
Seni o‘ylayapman...


Kamina

2007 yil

Qayd etilgan


Mas'ud  17 Yanvar 2008, 11:03:20

Сени кутиб-кутиб чарчадим ғост,
Соғинмасдан қсйдим висолингни ҳам.
Армонларни туйиб, мана, ниҳост,
Тақдирга тан бердим. Ксзларимда нам.

Ксзим смас, менинг йиғлайди қалбим,
Юрак ҳам бир меъёр урмайди сира.
Сенга аён смас сснгсиз дардларим,
Билмасдинг сканинг хислар бокира.

Севгандим...Иложсиз ишқимдан кечдим,
Ҳаётга қизиқиш йсқолди тугал.
Севганим — гуноҳим, умидим — айбим,
Аоумид хаёллар бошимда чигал.

Сен бошқа келмайсан — бу менга аён,
Сени сслаганда дардга тсламан.
Кун келиб сен мени қсмсаган чоғинг,
Хижрон азобида слган бсламан.


Kamina

2005

Qayd etilgan


AL_laziz87  17 Yanvar 2008, 11:54:13

Jonim sizni birgina men emas mayus boqan ko'zlar sog'indi
Jonim sizni birgina men emas yurak qumsab ko'nglim sog'indi
Jonim sizni birgina men emas quchoq ochgan qalbim sog'indi
Jonim sizni birgina men emas sizga intiq lablar sog'indi

Qayd etilgan


Shirinqiz  21 Yanvar 2008, 14:28:05

Kendine iyi bak

Yan yana geçen geceler unutulup gider mi
Acilar birden biter mi ?
Bir bebek özleminde seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Suya hasret çöllerde beyaz güller biter mi
Dikenleri göğü deler mi ?
Bir menekşe kokusunda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Içimdeki firtina, kör kurşunla diner mi
Kavgalar kansiz biter mi ?
Bir mavzer çiğliğinda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Şu kahpe dünya seni bana düşman eder mi
Dostluklar birden biter mi ?
Bir kardaş selaminda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Qayd etilgan