EY, KO'NGIL...  ( 32573 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimahon  28 Sentyabr 2012, 06:20:27

 :bsm3:
 :asl3:

Har kishini dardi bo'lsa

Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.

Qayd etilgan


Хадича  04 Noyabr 2012, 13:13:01

Yashamoq aslida tiriklik emas
Shunchaki umrni o'tkazish emas
Kimgadur qullik-u, podshohlik emas
Oxiratga borar bir karvon asli.

Ko'ngil qafasdagi ojiz qush emas
Xijronga tashlovchi mag'rur kibrmas
Kimgadur xorlik-u, kimga zorlikmas
Allohni sevuvchi bir bo'ston asli...

Aql telbalikka aybdor emas
Soxta obro'larga eltuvchi yo'lmas
O'tda yonib bitmas,salga qayrilmas
Komillikka eltuvchi bir ziyo asli.

Sevgi xiyonatga loyiq hirs emas
Zinodan keluvchi ojiz yoshlarmas
Ko'ngilni xatosi,armon yo'l emas
Ko'zlarda namoyon  bir Hayo asli...

Rizq bu yetib bo'lmas ko'kdagi oymas
Xarom bilan oshno bo'lgan ne'matmas
Shukr va Sabrsiz kutilgan nonmas
Allohning sinovli sevinchi asli.

Farzand xirsning guli,munchog'i emas,
Beparvo hayotning gultoji emas
Talab qilinuvchi oylik maoshmas
Yaratgan berguvchi bir Rayhon asli...


( 1yil diganda endi she'r yozdim. Xatolar bo'lsa ma'zur tutasizlar. InshaAlloh davomini yozish niyatidaman :)  )

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Noyabr 2012, 07:31:11

Хадича ma'noli she'r chiqbdi. Ijodingizga baraka.
Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^ degan mavzu bor, shu yer ga ham joylasangiz bo'ladi ijod na'munalaringizni.

Qayd etilgan