Ko'tarishib tugunlarini,
Kirib keldi uyga sovchilar...
So'zga chechan, avrashga usta,
Bir oz ayyor, bir oz lofchilar...!
Choy ichishgach bir piyoladan,
So'z ochishdi Kuyov boladan,!
Musichaday beozor yuvvosh,
Tili shirin zo'r Qaynonadan...!!!
Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman...
Kelin bo'lay, bor alamimni,
O'sha bezoridan olaman...
Zar xunarmand mulla deyishdi,
G'irt bezori bolalarini,
Obro'sini ro'kach qilishdi,
So'ng ammayu xolalarini...
Erkagina jayron edima,
Tillo zanjir solib ketishdi,
Aylantirib Onam boshini,
Meni boshim bog'lab ketishdi...!
Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman,?!
Kelin bo'lay, bor alamimni,
O'sha bezoridan olaman.
Y. Usmonova
"xato chunmelayu lekin uyimga keladigan odamlani orqasidan suv sepvoraman...(qaytib kemasin dib)
"