Hazil she'rlar  ( 94481 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 12:26:39

Insonlar o'tkinchi dunyolar uchun bor kuchlari bilan yelib yuguradilaru lekin, oxiratlari uchun ozgina g'ayrat ko'rsatishmaydi !

Abu Zarrin G'iforiy

Qayd etilgan


Secret  19 Avgust 2011, 23:18:19


Агент деган кизикда
Лул булмаса бузукда
Мухрлайди узига
Лол килади сузига
Утирасиз термилиб
А­рталабдан бир кириб
Мана каранг фаразлаб
Кимдир утир аразлаб
Кимдир куйган юракни
Кимлар сса куракни
Кимдир езар сринмай
Базилари куринмай
Кимдир куйган пивони
Балки ичар винони
Кимлардадир кетспман
Кимда сса укспман
Кимдир езар блокка
Лагмон осиб кулокка
Яна кимда мусика
Кимда сурат антика
А асмларда артистлар
Футболисту хаккистлар
Кимлардадир лолалар
Кимда жажжи болалар
Булмасин гапим хато
Базиларда "Ает фото"
Шундай ажиб олам бу
Кубикчалар каламку
Кимнинг купдир дустлари
Кирар ташлаб ишлари


Qayd etilgan


Muslimahon  01 Dekabr 2011, 07:28:38

Ko'tarishib tugunlarini,
Kirib keldi uyga sovchilar...
So'zga chechan, avrashga usta,
Bir oz ayyor, bir oz lofchilar...!

Choy ichishgach bir piyoladan,
So'z ochishdi Kuyov boladan,!
Musichaday beozor yuvvosh,
Tili shirin zo'r Qaynonadan...!!!

Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman...
Kelin bo'lay, bor alamimni,
O'sha bezoridan olaman...

Zar xunarmand mulla deyishdi,
G'irt bezori bolalarini,
Obro'sini ro'kach qilishdi,
So'ng ammayu xolalarini...

Erkagina jayron edima,
Tillo zanjir solib ketishdi,
Aylantirib Onam boshini,
Meni boshim bog'lab ketishdi...!

Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman,?!
Kelin bo'lay, bor alamimni,
O'sha bezoridan olaman.

Y. Usmonova
"xato chunmelayu lekin uyimga keladigan odamlani orqasidan suv sepvoraman...(qaytib kemasin dib)  :7"

Qayd etilgan


Abdul_Malik  23 Dekabr 2011, 19:43:35

Bo'lmaydi...


Futbolchi bilan hakamning o’rtasida gap-gashtak bo’lmaydi,
Nazoratchi hakamda hushtak bo’lmaydi.

 

Shifokorda butsa bo’lmaydi,
Grandlarni yutsa bo’lmaydi.

 

Erta bahorda hazon bo’lmaydi,
Stadionlarda yaxshi gazon bo’lmaydi.

 

Xonaki gul chamanda bo’lmaydi,
Homiy yo’q shaharda komanda bo’lmaydi.

 

Mumtoz musiqada "œbas" bo’lmaydi,
Qizg’anchiq futbolchida pas bo’lmaydi.

 

O’tovda "œfortochka" bo’lmaydi,
Laynsmenda kartochka bo’lmaydi.

 

Butsa yoki krassovkada poshna bo’lmaydi,
Futbolchi bilan hakam oshna bo’lmaydi.

 

Sababsiz "œshtarf" bo’lmaydi,
Sotilgan hakam betaraf bo’lmaydi.

 

Yem yemagan molning eti bo’lmaydi,
Sotilgan hakamning beti bo’lmaydi.

 

"œPaxtakor" bilan "œBunyodkor"ni yutib bo’lmaydi,
Yutib bo’lsa ham jadvalda ulardan o’tib bo’lmaydi
(Yoki hakamlardan yaxshilik kutib bo’lmaydi)

 

Penaltini hushtaksiz tepib bo’lmaydi,
Bir darvozabon bilan darvozani butkul yopib bo’lmaydi.

 

Futbolchi shoshilmasa offsayd bo’lmaydi,
Offsayddan kiritilgan gol qayd bo’lmaydi.

 

O’yinda ikkita to’p bo’lmaydi,
Poytaxt stadionlarida odam ko’p bo’lmaydi.

 

O’yin tugamasa bitta golga quvonib bo’lmaydi,
Futbolchining pasportiga ishonib bo’lmaydi.

 

Oq ayig’i bo’lmasa u — Arktika bo’lmaydi,
Hujum unutilsa bu — taktika bo’lmaydi.



Muallif: Rustam Sulaymonov

Manba: "œStadion" gazetasi


Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  03 Fevral 2012, 22:23:28

Tilshunos qiz

Tilshunos qiz mendan qiziq savol so'rading,
Hayotimdan qo'shma gapga misol so'rading.
Ushbu savol qarshisida turib qoldim lol,
Lekin dilda kechdi shunday bir shirin xayol.

- Ey tilchi qiz, bog'lovchisiz bog'lading meni,
Sen qo'shma gap bo'lmoqlikka chog'lading meni.
Bizlar asli alohida sodda gaplarmiz,
Va, hozircha, ayrim-ayrim holda gaplarmiz.

Kel, ikkimiz qo'shma gapni birga tuzaylik,
Sodda gaplik o'ylaridan ko'ngul uzaylik.
Yo'q! Yo'q! Bevaqt kelgan o'ylar, chiqing esimdan,
Baxtim izlay, avvalambor ega-kesimdan.

Tilshunos qiz, mendan qiziq savol so'rading,
Hayotimdan qo'shma gapga misol so'rading.

(Iqbol Nazariy)

Qayd etilgan


Muslimahon  29 Sentyabr 2012, 06:37:49

 :bsm3:
 :asl3:

- obbo, endi nima qilamiz?
- hammasi tamom bo'ldi (pessimist)
- harakat qilishimiz kerak (realist)
- hammasi yaxshi bo'ladi (stupid)

                                     FARHOD SULTON

Qayd etilgan