Muallif Mavzu: Oxirat haqida she'rlar  ( 15955 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Oxirat haqida she'rlar
« : 26 Oktyabr 2007, 15:35:17 »
OXIRAT

Nimadandir g‘ashdir ko‘ngillar,
Tikanakka burkanmish gullar.
Boqqa nogoh adashib kirsang,
G‘azab bilan sayrar bulbullar.

Qonga to‘lmish Mirrixning ko‘zi,
Ummonlarning sachraydi tuzi.
Allaqachon bol tommas tildan,
Shoirlarning zaqqumdir so‘zi.

Yo‘lga boqsang ko‘ringaydir jar,
Go‘daklarning tushida ajdar.
Tuni bo‘yi yigitlar bedor,
Yostiqlarin tagida xanjar.

Bilib bo‘lmas _ kimda bor imkon,
Olag‘ovur mahshardir zamon.
Ne qilarin bilmay hayratda
Dengiz kabi qalqir olomon.

Xabar bordir na do‘st, na yordan,
Na do‘stu yor, balki, diyordan.
Yolg‘iz Hazrat mehrob qoshida
Madad tilar parvardigordan.
1990

Abdulla Oripov

azizaxon

  • " Alloh qalblarimizni iymon nurlari ila poklasin amin!!! "
  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 69
  • Jins: Ayol
  • Muniraxon
    • forum.ziyouz.com
Re: Oxirat haqida she'rlar
« Javob #1 : 11 Dekabr 2007, 10:40:17 »
Assalomu Alaykum!!!
Yana she'rla bo'lsa yozvoriyla iltimos.
Har bir ishqing og'irligi,gashti bor,
Hayotning ham gul bog'i-yu dashti bor .
Har bir reja ,qadamingni o'ylab bos,
Har bir ishning o'z me'yori,shashti bor.

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: Oxirat haqida she'rlar
« Javob #2 : 17 Yanvar 2008, 11:49:30 »
O'ning o'ttiz bo'lsa tutganing tillo
Xudoni unitma qilsangda yallo
Xar kuni tavba qil ming bor tavallo
Beshkunlik dunyoda qolib ketmassan
Dunyodan molingni olib ketmassan
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

Shukurulloh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 252
  • Jins: Erkak
Re: Oxirat haqida she'rlar
« Javob #3 : 17 Fevral 2008, 21:05:33 »

Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar
Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar
Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

YOd nazardan qochib parda tutub yuzga
Ibrat bo'lib behayoyu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy
Misli bulut arosida kulganday oy
Or hayoga burkanibdi oydey chiroy
Kiyim kiygan yalong'ochlar rashkda kuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko'zdan asrasin Olloh har joyda
Betovfiqlar mayli nima desa desin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Muhofaza etib o'zni yod nazardan
Besh mahramni qutqardingiz aHli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sagardan
Ochiq sochiq yurganlar ham esin yig'sin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Dunyo sinov haq yolida sobit qolin
Hatarlardan eson omon o'tib olin
Jannat uzra bunda poyondozlar solin
Olloh sizga o'zi chin baht ato qilsin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin


Odila

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 33
  • Jins: Ayol
Re: Oxirat haqida she'rlar
« Javob #4 : 19 Fevral 2008, 15:44:05 »
Zolim zulmiga quldir,
Olim ilmiga quldir,
Faqir hilmiga quldir,
TO SENI TANIMASA!

Podshoh quldir taxtiga,
Nokas tuzgan ahdiga,
Boy qul foniy baxtiga,
TO SENI TANIMASA!

Go'zal yuz-ko'ziga qul,
Shoir gap-so'ziga qul,
Har kim o'z-o'ziga qul
TO SENI TANIMASA!

Umr bir damligini,
Dunyo bir kamligini,
Bilmas odamligini-
TO SENI TANIMASA!

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Oxirat haqida she'rlar
« Javob #5 : 28 Mart 2008, 12:12:11 »
Azizlar bu lahadga yuz tuman armon bilan keldim,
Hisobi yo’q gunohi, beadad armon bilan keldim.

Qolib ehli ayolim, qasru ayvon, molu mulkim ham,
Ketib jonim jasaddan, ohu ming afg’on bilan keldim.

Kafandan boshqa hech narsa yo’q emdi bisotimda,
Ko’zimda ketdi  nuru, bu tani bejon bilan keldim.

Solib tobutga murdamni, o’qib do’stlar janozamni,
Ko’tardingiz lahad soriga bu imkon bilan keldim.

Eshigi, tuynugi, ayvoni yo’q uyga qo’ydingiz,
Bu uyga na oshu, na to’shak na bir non bilan keldim.

Bu yer, navbat-banavbat odam avlodini yer erdi,
Lahad komiga men ham ushbu dasturxon bilan keldim.

Umidim bu qorong’u qabr ichra nur sochur albat,
Dilmda naqsh bo’lgan oyati Qur’on bilan keldim.

Meni rahmatli deb, kim esga olsa uhga ming rahmat,
O’limga bo’ysunib,Haq aylagan farmon bilan keldim.

Duoda Chustiyni ham fotihangizdan quruq qo’ymang,
Bihamdilloh, musulmon ahliman, iymon bilan keldim.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 339721
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 28567
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 17938
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 55605
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 15166
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720