Sevgi va muhabbat haqida she'rlar  ( 358285 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:38:09

SIZNI UCHRATGUNCHA

Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim...
1986

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:05:41

ISTAYSIZMI-YO‘QMI

Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

1998

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


shoir  25 Iyul 2008, 15:03:53

KUZATISH

Ko‘zlar ko‘zga yana nigoron,
Boshga tushdi beshafqat hijron.
Muhabbatga yo‘ldosh imtihon,
Yuragingda meni olib ket.

Sensiz bedor tunlarim bilan,
She’rga sirdosh kunlarim bilan,
Ozurda jon unlarim bilan,
Yuragingda meni olib ket.

Ko‘zlarimda uchqunlar marjon —
Quyoshdan-da balki nurafshon,
Adashtirmas yo‘lingdan mijgon,
Yuragingda meni olib ket.

Shabadalar men bo‘lib o‘psin,
Sochlaringni to‘zitib o‘tsin,
Har makonda mehrim gul tutsin,
Yuragingda meni olib ket.

Ayriliqning dardi ko‘p yomon,
Gul chehraning zardi xo‘p yomon,
Baxtimga sen oy bor, kel, omon,
Yuragingda meni olib ket.

Tushlarimga kirganda kulcha,
Darak bersa subhidam qushcha,
Jaranglatib gar pichoq tushsa,
Seni kutgum sabri betoqat,
Baxtimga sen kel tezroq faqat...

Gulchehra Jo'rayeva

Qayd etilgan


siddiqa  09 Iyun 2010, 07:32:23

Seni sevmay qo'ydim

Seni sevmay qo'ydim, rosti gap,
Eslamay ham qo'ydim, ko'p bo'ldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.

Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuyg'ularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qayg'ularimni.

Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim o'zimni-o'zim.
Faqat... Men barini inkor etaman.
Faqat... Fosh etadi sevgimni ko'zim.

Garchi takrorlayman, "Sevmayman seni,
Yodlamay ham qo'ydim, gapning rosti shu."
Faqat... Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat... Qoldi menda muzlagan tuyg'u.

Islom hamro

Qayd etilgan


Mas'ud  09 Iyun 2010, 23:08:11

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,
Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?


(c)

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Avgust 2010, 00:13:19

sevgini xor qilganni basharasiga tufu
sevgini xor qilganni quvlasin qutulgan it
kechasi uxlaganda talasin kana-u bid
uchrashuvga chiqqan payt shimi yirtilib ketsin
[/color]
Xay xay Mavlona Siz yozyapsizmi yoki forumdagilarni qo'rqityapsizmi

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 15:37:34

EY OLLOXIM BILMAM QANDOQ GUNOX QILDIM,
QAYSI NOPOK MANZILLARGA QO'YDIM QADAM.
ARMON BO'LIB O'Z-O'ZIMNI BAG'RIM TILDIM,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

ASLIDA BAXTIM XAM SHUSIZ BUT-BUTUN,
DO'STLARIM YONIMDA PARVONA BUGUN.
EY OLLOXIM BILMAM NE UCHUN,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

YILLAR O'TIB BORAR, DARDIM ICHIMDA,
KO'RGIM KELAR UNI XATTO TUSHIMDA.
SHU TASHVISH KAM EDI MENI BOSHIMDA,
SHUNDOQ... MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM...

ENDI SOG'INMAYMAN, BO'LDI YETAR, BAS!
O'YLAMAY YASHAYMAN SIZNI MEN BIR DAM.
YURAGIM SO'ZIMGA ITOAT QILMAS,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 16:02:44

SENI SEVAR EDIM DUNYODA TANXO,
SENI YONIB-YONIB SEVAr EDIM.
O'ZLIGIMDAN, O'ZIMDAN XATTO.........
...DUNYOLARDAN TONIB SEVARDIM.

-TA'RIFLASHGA SENING KO'ZLARING,
MEN O'ZIMNI OJIZ SEZARDIM.
MENGA JONBAXSH ZILOL SO'ZLARING,
CHASHMASIDAN QONIB SEVARDIM.

-YURAGIMGA O'Q TEKKANIDA,
TAQDIRIMDAN NOLIB YIG'LARDAIM.
SENI TO'YING BO'LGAN O'SHA KUN,
XUDOYIMDAN BAXTING TILARDIM

-O'YLAMADING, UNUTDING MENI,
MEN NIMA XAM QILA OLARDIM.
IZLAMADIM QIYOSING SENI,
AXIR TANXOLIGING BILARDIM.

TITRAMASIN QO'LLARING ENDI,
NOMALARIM IZLARING O'PSIN...........
MEN=KU SENGA YETA OLMADIM,
ENDI SENI SHE'RLARIM TOPSIN.........

Qayd etilgan


yoqutxon  21 Sentyabr 2010, 00:11:43

Ko'p  kezma  daraxtzor  bog'lar  ichinda,
Daraxtlar  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Chorlasang  kelolmas,yonib  qucholmas,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.

Ko'p  qolma  jarang  suv  buloq   bo'yinda,
Buloq  ham  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Qaynashim  chashmadan  teran  joydandir,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.

Ko'p  titma   muhabbat  kitoblarini,
Kitoblar  dil  do'sting  bo'lolmas  sening,
Bu  ishqning  tarixi  mening  qalbimda,
Sen  faqat  mening  bo'l,
                                meniki,
                                          mening.
 

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Sentyabr 2010, 20:48:17

Yuragim hamon, faqat seni deb uradi,
Meni yonimda doim, seni surating yuradi.
Dushmanlarim endi meni ustimdan kuladi,
Buyog’i hudodan endi ne bo’lsa bo’ladi.

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Seni sevaman deb, sen meni aldading
Do’stlarimni oldida, dushmanimni tanlading.
Javob kelmasligin bilib, senga maktub yozaman,
Xiyonatingni ko’rib men aql hushimdan ozaman

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Yaxshiyam do’stlarim bor, dalda beradi menga,
Nega meni aldading ishonardim men senga,
Sen meni hayotimni jonim, aylading barbot
Keyin kelib yalinsang chiqmaydi mendan najot

Qayd etilgan