Sevgi va muhabbat haqida she'rlar  ( 358314 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Robiya  03 Oktyabr 2010, 14:48:34

:as:

SIZGA

Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
gullarning
borligi
kabi...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Yashil
Maysalarning
ovozi
yanglig‘.

Sizning
Borligingiz
naqadar
yaxshi,
Muqaddas
so‘zlarning
mavjudligidek...
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Samimiy
qo‘llarning
ehtiromidek.

Sizning
borligingiz...
Bu go‘zal ma’vo,
Osmon kabi go‘zal,
osmon kabi keng.
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
borligi
kabi XUDOning!!!

Guljamol Asqarova

Qayd etilgan


Robiya  11 Oktyabr 2010, 12:14:56

:as:

СИЗ ЙЎҚЛАБСИЗ...

Сиз йсқлабсиз «меҳр ксргизиб,
Келмаслар», — деб армонли.
Сиз бош сгиб йсқлайсиз-у
Асрмидик биз жонни.
Шундай йсқлаб келгандик бир,
Тополмадик, на илож,
Кийдирмоқчи сдик ахир
Бошингизга бахтдан тож.
Йслингизга алвон-алвон
Чечак сочсак дегандик.
Умр боғида шсх-шодумон
Ғунча очсак дегандик.
«Айтсам, рад стса, қсйса чек»,
Андишангиз сшитиб,
Биз сзимиз очмоқ бслдик
Толеингиз сшигин.
Излаб келсак, мана, йсқсиз,
Ғурурли дил хомталаш.
Қайтмоқдамиз йсл шукуҳсиз,
Қайтмоқдамиз кснгил ғаш.
Ўч ҳиссими ксзда қалқир,
Бир лоқайд, бир хотиржам.
А­ртанги кун йсқлаб балки,
Сиз топмайсиз бизни ҳам.

Халима Худойбердиева

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Noyabr 2010, 13:03:21

Ko'zlarimda suratingiz,
Dardlarimni bilolmaysiz,
Yig'lamaydi yuragingiz
Siz mendayin sevolmaysiz!
Siz tilagim desangiz xam,
Qon yuragim desangiz xam,
Yuz yil yig'lab sevsangiz xam,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Chidolmaysiz qiynoqlarga,
Xijron otli firoqlarga,
So'ng ketasiz firoqlarga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Jon beray bir so'zingizga,
Yoki tikilib ko'zingizga,
Jabr qilmang o'zingizga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Ko'z o'ngimda nigoxingiz,
Dardim og'ir bilolmaysiz,
Chunki yolg'iz gunoxingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz!

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Dekabr 2010, 01:07:05

 Osmon to'la yorqin yulduzlar,
Ko'zlar esa bir sizni izlar,
Sizsiz o'tar tunu-kunduzlar,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...

O'z tuyg'ularim etgandim oshkor,
Uyg'onar deb yuragingiz tubida xislar,
Naxot bu tuy'gular bexuda bekor,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar?...

Yuragingiz ekan tosh-muzlar,
Parvonadir sizga ko'p qizlar,
Ulardan azizroq bo'la olmadim,
Shuning chun Begona bo'ldikmi bizlar.

Xamon yo'lingizda intizor ko'zim,
Qalbimga o'rnashib olgandir kuzlar,
Yig'ilib qolgandir dildagi so'zim,
Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar.???...

Qayd etilgan


UzMuslim  02 Aprel 2011, 23:40:57

Sog'inib-sog'inib sog'inch tugadi,
Ishonib-ishonib ishonch tugadi.
Seni azoblaring davri butkul tugadi,
Qalbimda yo'q endi senga tuyg'ular!!!

Endi bor menda vafodor bir yor,
U go'zalni menday vafodori bor.
Bugun bo'lding mana mansiz hor,
Kechir menda qolmadi senga tuyg'ular!!!

Sen ayb qilarding lekin men gunohkor,
Goyoki men bevafoyu sen vafodor,
Seni chindan sevib bo'ldim aybdor
Bugun menda yo'q senga tuyg'ular!!!

Seni sevganman o'zimdan ortiq,
Senga edim birgina vafodor sodiq.
Dunyoda yo'q edi sendanda ortiq,
Lekin afsus qolmadi senga tuyg'ular!!!

Qayd etilgan


UzMuslim  02 Aprel 2011, 23:41:25

Hayot doim bo'lgan biri kam,
Kimdur kuladi kimning ko'zi nam,
Hayoting azobga ko'milganda ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Borib ko'z yoshlaring artolmasam ham,
Dardingni o'zimga ololmasam ham,
Yoningda umirbod qololmasam ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Ko'zlaring yoshlari qalbimni qiynar,
Ko'zlaring yoshidan yuragim yig'lar,
Yig'lasang azobdan baqirgim kelar,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Kulgin kulgingdan men ham quvonay,
Shunda barcha g'amim birdan unitay,
Mayli quvonchingdan quvonib o'lay,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Ota onang so'zlari og'ir botsa ham,
Do'stim do'stingmanku so'zim unitma,
Hayotda qiynalsang qiyin damda ham,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Yig'lashdan avval bir meni esla,
Aytgan so'zlarimni birma bir esla,
Menday do'sting bor buni unitma,
To tirik ekanman aslo yig'lama!!!

Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Aprel 2011, 08:01:55

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat hayolga tolib
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Bugun o'tli-totli boqishlar
Qarshisida turolmadim jim,
Qo'rqar edim sevib qolishdan,
Lekin...

Qayd etilgan


Hadija  14 Aprel 2011, 16:14:36

Muhabbatjon...

Diydor nadur? Diydor sening chin samimiy kulgularing,
O’zingday sof ham beg’ubor tozagina tuyg’ularing
Yana keldim aytmoq uchun armonlarim orzularim.
Kuyub o’tdim bu dunyodan dilda to’la alamimsan

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat"¦

Garchi kimlar tepib o’tdi ko’rsatmadim ko’zda yoshim
Yomonlikni ko’raverib yuzdan oshib ketdi yoshim
Do’st deganim oshimni yeb, keyin esa yeydi boshim"¦
Qo’shiq aytsam binafshaga qiqirlaydi so’lim rayhon"¦

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat"¦

Mehr nima odamlarda eng topilmas matomidi?!
Qahr nima nomardlarning og’rig’ida davomidi?!
Mehr berib mehr kutib yashashimiz xatomidi?!
Yon atrofim to’la odam, topilmaydi biron inson"¦

Tog’im deya suyanganim, odamlardan ko’nglim qoldi!
Har baloni ko’rib bo’ldim, ko’rmaganim o’ldim qoldi!

Muxabbatjon muxabbat yur ketamiz muxabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muxabbat"¦


Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 12:19:48

Agar sevish gunoh bo'lsa menman o'sha gunohkor
Buni bilgan faqat bitta guvoh bor
Endi u ham aytolmas hech kimga sirim
Chunki  u ham huddi mendek gunohkor.



Qayd etilgan


AL_laziz87  22 Iyul 2011, 19:50:03

Baxtning yo'llarida azoblar yutib
Har oqshom yurakdan sog'inib kutib
Orzular gullarini qo'limda tutib
Qalbimda yig'laydi sensiz muhabbat.

Qayd etilgan