Iymon va e'tiqod haqida she'rlar  ( 72947 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:39:09

MEN KIMGA SUYANGUM

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
1992

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:39:30

MUHABBAT

Har mo‘min dilida bir orzu faqat,
Har damda o‘yida Mahsharning kuni.
Alloh gunohlarin qilib mag‘firat,
Zora noil etsa jannatga uni.

Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol,
O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb.
Sening vasling garchi eng oliy visol,
Rahm etgil va lekin holimga qarab.

Mening ham tilagim ol inobatga,
Qovushtir orzular olami bilan.
Rasululloh demish: Kishi jannatga
Kirgaydir sevikli odami bilan.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


siddiqa  08 Yanvar 2009, 08:57:42

 Tavallo

Faqat sen bor
Faqat sen ozod,
Abadiysan faqat sen ,
poksan .
tomirimga sevgi qo'ygan zot.

               Men-chi
               bandang-
               dunyoda tolgan,
               Goh qum,goh loylarga botdim ,
                Ulkan boshoq ostida qolgan ,
               chumoliman ....
               yo'lni yo'qotdim .
     
 Sarbon o'zing.
to'g'ri yo'l ko'rsat,
Hal qiluvchi palla-
shu fursat.
toki dilim bog'lab diningga,
omon yetib olay
Inimga. 

    Nodirjon Jonuzoq.Hilol .2005.

Qayd etilgan


siddiqa  16 Yanvar 2009, 07:14:54

 Azon..........................
Tun....G'aflat uyqusi elitgan ko'zni ,
hilvatlarda uyulgan gunohdan hirmon .
shu payt zulmatning bag'rini so'kib ,
qalblarni uyg'otib jaranglar azon.
 
Yuksalar uyg'otar biloliy azon ,
o'shal hidoyatning hurriyat marshi
chorlab Tavhidga ,najot -qullikka
yo'llagay viqorla kufrga qarshi .

Haqiqiy Bilolim ,ey Bilollarim ,
sim -sim oqib sasing yurakka yetsin ,
tug'yoni isyongga mingan nafs shayton ,
o'shal yuraklardan abadiy ketsin.

yetar ,bitsin tamom ,kufr jaholat ,
kibrdan o'taylik qul a'moliga ,
zero ,azon ortidan sajda qilganlar
chorlanar azon -la haq dargohiga . 
                                             
                                                 Ahror ,hilol taqvmi .

Qayd etilgan


Muhseena  16 Yanvar 2009, 15:11:16

                     O'zingga yuzlandim.         
 Gohida onam ham bilmasa dardim,
 Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
 Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
 O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

 Bahorim keldi-yu gullayolmadim,
 Quyoshim kuldi-yu nurga qonmadim.
 Boshim toshga tegib,unsiz yig'ladim,
 O'zinga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

 Bog'larimda undi na gul,na nihol,
 Mehnatdan qomatim bukildi behol.
 Yodga soldim Seni,tiklandim darhol,
 O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim!

                                      Habiba Burhon qizi("Hidoyat"jurnalidan.

Qayd etilgan


Kamol.uz  27 Yanvar 2009, 16:16:49

                     O'zingga yuzlandim.         
 Gohida onam ham bilmasa dardim,
 Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
 Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
 O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

 Bahorim keldi-yu gullayolmadim,
 Quyoshim kuldi-yu nurga qonmadim.
 Boshim toshga tegib,unsiz yig'ladim,
 O'zinga yuzlandim,yaratgan Rabbim.

 Bog'larimda undi na gul,na nihol,
 Mehnatdan qomatim bukildi behol.
 Yodga soldim Seni,tiklandim darhol,
 O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim!

                                      Habiba Burhon qizi("Hidoyat"jurnalidan.

Haqiqatda judayan ta'sirli she'r ekan.

Yana bo'lsa joyluvring.

Oldindan, kotta Rahmat.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  23 Fevral 2009, 18:26:34

Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan
Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Alangladim yon-atrofga havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar,
Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar,
Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir,
Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech sahardir,
Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb,
Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb,
Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo’lindilar,
Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa,
Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa,
Fir’avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hech biri "œne bo’lar" demas qiyomatda,
Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda,
Pora halol hisoblangan bu ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar,
Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo’ydan kichik tevalari,
Don eksalar dondan kichik mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birontasi kechar bilmas molu jondan,
Alloh uchun boshqarmas xonadondan,
Munofiqni ajratolmam musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon bozor,
Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor,
Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq.
Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q.
Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot.
Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik,
Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik,
Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir,
Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla.
O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig’la,
Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti,
Yigirma birinchi asr kashfiyoti,
Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan,
Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan,
Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan,
Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Dinim deya, yanoqlari namlar qani?
Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani?
Har qishlog’i olim bergan damlar qani?
Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p,
Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p,
To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p,
She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz,
Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz,
Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz,
Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish,
Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish,
Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish,
Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni,
O’ylab chiqib turlik tuman balolarni,
So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni,
Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir,
Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir,
Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir,
Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ilmlisi ko’p kulodir otib handa,
O’zgalarning axvoloti parokanda,
Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda,
Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar,
Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi,
Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi,
Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi,
Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Aytishardi jannat asli erur Vatan,
Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan,
Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan,
Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar.
Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan,
Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan,
Qara telba dunyo seni qaritmasdan,
Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.

Hayrullo Hamidov

Qayd etilgan


Muhammad Amin  23 Fevral 2009, 18:27:37

Buxoriy maqbarasi qoshida.

Samarqandga bordim, qo'yib bir ixlos,
Safar azobiga qilib ming toqat.
Mening bir niyatim bor edi xolos,
Buxoriy bobomni qilmoq ziyorat.

Bordim-u, hayratning qoldim ostida,
Bu qabr bir paytlar ediku g'arib,
Bugun muhaddisning qabri ustida,
Kimdir farzand so'rar unga yolvorib.

Sal nari yuraman boshqa bir odam,
Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz,
Buxoriy aniq bu holni ko'rgan dam,
Uni mushrik deya atardi shaksiz.

Biroz nariroqda cho'mib hayolga,
Bir ayol qabrni aylardi tavof,
Buxoriy kim o'zi degan savolga,
Bular berolarmi biror bir javob?

Alam qildi menga, alamki juda,
Go'yo toza suvdan chiqqandek chirklar.
Endi buxoriyni topganimizda,
Uning qabri uzra avjida shirklar.

Uzoq moziylarga safar qiliblar,
Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi.
Bugun bu ishlarni qilayotgan avom
Buxoriyni yurtdan quvg'inlar qildi.

Buxoriyni sotgan shularmasmi, deb,
Mushrik qavmga bir tashladim nazar.
Qabrni ziyorat qilishga kelib,
Tashrifdan ilk bora qilgandim hazar.

Yo, Rabbiy, bu ne hol dedimu qaytdim,
Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni,
Uyga keldimu, so'ng qo'limga oldim,
Buxoriy rivoyat qlgan hadisni.

Buxoriy haqiqiy avliyo ekan,
U zot payg'ambardan bo'lmishlar voiz:
Ziyoratni agar qasd qilmoq bo'lsang,
Faqat uchta joyga bormog'ing joiz.

Muqaddas Makkayu, Madina, hamda,
Quddusdagi masjid - ziyorat qilsang.
Boshqa biron maskan, biron bir o'lka,
Qasd qilib safarga arzimas bilsang".

Mana shu hadisni o'qib ming diqqat,
Izladim o'zimning holimga chora,
Hatto Buxoriyning qabrin ziyorat,
Qilmoq lozim ekan, hadisga ko'ra.

Bas, endi har ishni hadisga solib,
Hadis asosida hayot quramiz.
Alloh rozi bo'lsin Imom Buxoriy,
Sizni Alloh uchun yahshi ko'ramiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  23 Fevral 2009, 18:28:20

Olimlik.

Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga!
Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?"
Biz ham olimdirmiz bilganimizga!

Talab qilinmaydi bizlardan uchmoq,
Yo yulduz misoli tezlikda ko'chmoq.
Faqat bilib qo'ydik, shu erur sitmoq,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Quyoshning taftidan chiqqan ezgulik,
Butun bashar uchun rahmat degulik,
Birodar shu ekan senga, ko'rgulik,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlar Qur'onni olishganda yod,
Hadisdan ko'ngilga quyuladi dod,
Bizga ham yetarli ashyolar, hayhot,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Olimlik aslida payg'ambardan iz,
Rasullar yo'lida bo'lmoqlik shart hargiz.
Hadisda kelgani - ehtimol bizmiz,
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.

Bugun ilm ahli tinmasdan so'zlar,
Bu go'zal so'zlarga tikilgan ko'zlar,
U qadar hotirjam bo'lmaylik do'stlar
Biz ham olimdirmiz bilganimizga.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  23 Fevral 2009, 18:29:12

Bunga...

...Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas,
Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab...
Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Zino-yu, fahshga yetaklar holat,
El ichra deyilsa bu oddiy odat,
Turli seriladan olinsa ibrat,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Oila deganda obro' yo'qolsa,
Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa,
Ota o'z qiziga shim sotib olsa,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

Ko'ring, bu bechora ota soqovni,
Toqati tugamish yengolmay g'ovni,
Ona zimmasida topish kuyovni,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.

"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?"
Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda.
Bozorda onalar, otalar uyda,
Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.

Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun,
Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun,
Birodar, bemalol tomoshang nechun,
Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.

Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.

Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.

Uning sha'ni uchun turib bersinlar,
Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar,
Ahli oilaga jonlari fido,
Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.

So'nggi hitobimni baribir aytgum,
Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar:
Naslimiz hurmati fitrati toza,
Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.

Chunki ayollarga bog'liq har narsa,
Ayol bor, oila erur muqaddas...
Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa,
Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...

Qayd etilgan