Iymon va e'tiqod haqida she'rlar  ( 72878 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


siddiqa  21 May 2009, 11:02:55

Muslima tavbasi

Allohim kechirgin bor gunohimni,
Rabbim using avf etgin, menday gumrohni.
Yelkamga qo'yibsan ikki hamrohni,
Savob gunohimni yozguvchi ikki guvohni.

Boshimga o’ramay yoshlikdan hijob,
Kalomingni avvalroq qilmadim hitob.
Hech bo’lmasa o’qimadim Islomiy kitob,
Keyin bilsam bariga bor ekan hisob.

Qiyomat kunida yig’ilib barcha,
Mahshargohda navbatlarin kutarlar ancha.
Seni tanimagan bandang bor qancha,
Jahannam o’tida o’tindir parcha.

Asragin ey Robbim mushrik bo’lishdan,
Do’zahning o’tida kuyib yonishdan.
Seni bilib turib fosiq bo’lishdan,
Qabrimga kirganda azob ko’rishdan.

Qalbimga taratgin ziyo nurini,
Sifat qilib bergin hayo durini.
Hamroh qilib bergin Jannat hurini,
Adashtirmay ko’rsatgin Islom yo’lini.

Allohim gunohlarim kechirgin bu kech,
Sening zikringni aytib tildan qo’ymam hech 
     
www.uzform

Qayd etilgan


Zamiraxon  07 Iyun 2009, 21:45:13


       Hayot zarbalari boshga tushganda,
       O'kinma, chekinma - duo qil, banda.
       "Ollohim, kuch-quvvat, sabr-toqat,
       To'g'ri yo'l ber, undan ozdirma faqat".


      Toat-ibodatda bo'lgin sabrli,
      Bir kun o'qib bomdodni,
      Ertasiga unutma uni.
      Yodingda tut: Namozsiz musulmon -
      Boshsiz vujuddir begumon.
                                              Zamiraxon

Qayd etilgan


siddiqa  04 Sentyabr 2009, 04:54:56

 ALLOHdan mehribon rahmli yo'qdir!
Madorsiz qalbingni YOSINga to'ldir,
Bu dunyo ishida nafsingni o'ldir,
Savobli ishlarni doimo qidir,
ALLOHdan mehribon rahmli yo'qdir!

Sajdaga bosh qo'ygin iymonli inson,
Noumid bo'lmagin,ALLOHga ishon,
Amaling bo'lsin HADIS va QUR'ON,
ALLOHdan mehribon rahmli yo'qdir!


Iymonsiz dunyoning lazzati yo'qdir,
Iymonli hayotning armoni yo'qdir,
Doimo sen shuni yodingda tutgil,
ALLOHdan mehribon rahmli yo'qdir!

Qayd etilgan


siddiqa  07 Sentyabr 2009, 08:42:55

Bir kun qaytishing bor yolg’iz Hudoga.

Dunyo yo’ldir, manzil qabr. Shoshma, odamzot,
Ko’ngil qo’yma bu bevafo molu dunyoga,
Bir kun kelar hech bir narsa  bermagay najot,
Ahir bir kun qaytishing bor yolg’iz Hudoga.
                     
Ruhing qushdir, jisming qafas, haloskor ajal,
Paymon to’lsa, ozod bo’lib uchar samoga.
Qiyomat kun eru osmon tutashgan mahal,
Shak-shubhasiz qaytishing bor yolg’iz Hudoga.                     
           
Umr karvon. Agar iymon bo’lsa sarboning,
Jaholatdan olib chiqar nuri ziyoga.
Birodarim, omonatdir shu shirin joning,
Tavba qilgin, qaytishing rost yolg’iz Hudoga.

Qayd etilgan


siddiqa  18 Sentyabr 2009, 05:51:23

KIBRU-HAVO


EY ODAMZOD KIBRDAN
TOPMAGAYSAN HECH ROHAT
UNDAN KO'RA DOIMO
RAXMONGGA QIL IBODAT

AMOLINGGA HECH QACHON
KIBR DOG'I BO'LMASIN
QALBINGDA IYMON O'TI
BIR UMRGA SO'NMASIN

KIBR ASLI MAQTANMOQ
BANDAGA BU NE HOJAT
MUSULMON BO'LSANG INSON
SUKUTDA QIL QANOAT

JANNATNING HIDI HECH VAQT
KIBRLIGA SEZILMAS
OXIRATDA ALLOXIM
UNI MAG'FIRAT QILMAS

DUNYONI GAR DESANGGIZ
KIBRNI TUNIN KIYING
ALLOXNI BIR DESANGGIZ
QALBDAN SHAYTONNI QUVING 

Qayd etilgan


siddiqa  18 Sentyabr 2009, 05:53:17

Allohim

Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.

Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik

Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.

Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...

Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb
O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli.
Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb,
Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli.

Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan
O’ziga ilohlar yaratib olmish.
Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on
Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish.

Allohim, bu ikki bandang hikmati
Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun.
Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti
So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


siddiqa  10 Oktyabr 2009, 05:20:25

Qalbdagi iymoning salomat bulsin.
Ey odam, mol-dunyo utginchi havas,
Utkinchi tuygular - insonga qafas,
Dunyo yolgonlardan iborat emas,
Qalbdagi iymoning salomat bulsin.

UMRIMIZ BIR UQDIR, KAMONGA KELDIK,
HAYOT DEGAN SIRLI UMMONGA KELDIK,
ASLIDA BESH KUNLIK MEHMONGA KELDIK,
QALBDAGI IYMONING SALOMAT BULSIN.

BIROVNING XAQQIGA ETMA XIYONAT,
VIJDON MEHROBIDA ETGIN IBODAT,
USHANDA IKKILA DUNYOING OBOD,
QALBDAGI IYMONING SALOMAT BULSIN.

ASLI TUPROQ EDING, TUPROQ BULARSAN,
MAHSHAR AZOBIDA TITROQ BULARSAN,
JANNAT BOGLARIDA YAPROQ BULARSAN,
QALBDAGI IYMONING SALOMAT BULSIN.


Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 07:42:04

Sarob

Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib o’tguvchi — yo’lovchi karvon,
Iymon qo’lin tutsalar yo’llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.

Iymonni unutsalar, cho’llarda sarson,
Jaholatga bo’tmoq ham bo’ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo’ladi hazon.

Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko’zlarda yosh o’rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,

Essiz bosgan yo’llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko’proq,
Sarson bo’lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo’ladi uzoq.

Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning — taxting,

Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.

Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo’y o’zganing izzat-hurmatin,
O’qib, uqib Qur’onni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.

Shunda kezgan sahroying chaman bo’lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!

                                Jimmy

Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 07:44:59

Deydilar: "Alloh, Alloh!"

Suvda suzgan baliqlar,
O’sib chiqqan tariqlar,
Deydilar: "œAlloh, Alloh!
O’zing ber bizga panoh".

Suvda suzgan qunduzlar,
Osmon ichra yulduzlar,
Deydilar: "œAlloh, Alloh!"
Har kechayu-kunduzlar.

Yerdagi o`t-o`lanlar,
Dalaga don ekkanlar,
Deydilar: "œAlloh, Alloh!
O’zing ber bizga panoh".

Uchib yurgan qushchalar,
Yoqqan qoru-parchalar,
Deydilar: "œAlloh, Alloh!"
Har kuni har kechalar.



Jimmy

Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 07:47:44

Ҳажрингда ст киби куйиб кул слай,
Ишқ ила ул жонни садпора қилай...
Қуллик айламакка насиб слмасам,
Юракдин айри жаҳаннам бслай...

Амонда қолдиму бслмадим авло,
Ва лек "жон" "алиф"ин ксраман раво.
Заррадек анда ксролсанг ғубор,
Мангу айрилиққа айла гирифтор...

Qayd etilgan