Iymon va e'tiqod haqida she'rlar  ( 109911 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Shukrona  05 Oktyabr 2010, 07:43:30

Davomi:Onasiga tik qarolmaydi,
Otasiga tik borolmaydi,
Ahliga ham o'shqirolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Umid qilmay aslo birovdan,
Do'zax qattiq degay olovdan,
Bilmas nedir qochishlik yovdan,
Kim tanisa Rasulullohni.

Bilishlik uchun,xilqat qilmini,
Va etishga kashf tilsimini,
O'rganadi dunyo ilmini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Obro' ila mansab talashmas,
Do'sti bilan marra talashmas,
Mo'min bilan mazxab talashmas,
Kim tanisa Rasulullohni.

Hargiz ilm tomon otlatar,
Ba'zan majbur qilib dodlatar,
Bolasiga Yosin yodlatar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tillarini tiyib yuradi,
Dinim deya kuyib yuradi,
Toza kiyim kiyib yuradi,
Kim yanisa Rasulullohni.

Saxovatdan hulla to'n bichar.
Faqirlarga kiyimin yechar,
Shaxsiyatdan din deb voz kechar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Din ishiga xodim bo'ladi,
U o'lsa gar motam bo'ldi,
Eng chiroyli odam bo'ladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Rizqlarini haloldan terar,
Va uyiga jilmayib kirar,
Salomini birinchi berar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Siyrat ila dil topar malham,
Ul zot uyi ma'naviy mahram,
Ozor bermas chumoliga ham,
Kim tanisa Rasulullohni.

Peshonasin shamol ham silar,
Baliqlar ham saodat tilar,
Qalbida ham tahorat qilar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Birodar der har bir kishini,
Kulsa oydek ko'ring tishini,
O'ngda qilmas chap qo'l ishini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Faqirligi juda ham chiroy,
O'rta holi,ko'rmaydi saroy,
Boy bo'lsa ham eng chiroyli boy,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yosh holati ipakdan harir,
Yigitligi vazmin va og'ir,
Qarisa ham chiroyli qarir,
Kim tanisa Rasulullohni.

Halol yo'lda xorib,tolmaydi,
Haqiqatga indayolmaydi,
Savdo qilsa aldayolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yolg'ontakam gul tutolmaydi,
Musibatda bol yutolmaydi,
Qiyomatni unutolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tinglab dam olasiz so'zini,
Shod bo'lasiz ko'rib yuzini,
Tanigaydir hullas o'zini,
Kim tanisa Rasululohhni!!!
                                        H.Hamidov.

Qayd etilgan


Shukrona  05 Oktyabr 2010, 07:54:57

Payg'ambarim suygan,qo'nim topgan joy,
Mo'minlar osoyish,tinim topgan joy,
Haq dinimiz iqbol-unum topgan joy,
Payg'ambarim shaxri - Madinam mening,
Qalbim tubidagi xazinam mening.

Quboga,Uhudga to'ymadi ko'zim,
Kiprikdagi yoshim - muhabbat so'zim,
Munosib bir ummat bo'ldimmi o'zim?
Payg'ambarim shaxri - Madinam mening,
Qalbim tubidagi xazinam mening.

Ne -ne aziz zotlar fidosi bo'ldi.
Ko'plar bir ko'rsam deb gadosi bo'ldi.
Hoji Usmon husning shaydosi bo'ldi.
Payg'ambarim shaxri - Madinam mening,
Qalbim tubidagi xazinam mening.

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Oktyabr 2010, 09:27:33

Гунохим купдир А оббим, узинг кечир, А АЛЛОҲ!
Адаштирмагин мани, хидост бер А АЛЛЛОҲ!
Бошим сгиб йиглайман, муродим бер, А АЛЛОҲ!
Ўздингдан бошқа йсқдир меҳрибоним, А АЛЛОҲ!

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Oktyabr 2010, 09:40:13

ИЛОХИМ, ДАА ДИ ҲОЛИМАИ ҲАА  КИМГА АЙТСАМ А АД КИЛСА,
СЕАГА ТАВАЖЖУҲ А­ТГАЙМАА
ВА АГАА  СЕА А АД ҚИЛСААГ,
АЕТГАЙМАА ВА КИМГА КЕТГАЙМАА?
                                                    АЛИШЕА  ААВОИЙ

Qayd etilgan


siddiqa  12 Dekabr 2010, 05:39:02

Armonsiz ham bo'larkanmi umri aziz,
 Do'stim bundoq atrofinga solgin razm.
Yig'laysanmi, yayraysanmi qurib bazm,
Parvo qilib qo'yarmidi bizga dunyo

kaslar tow otib tursa panalardan,
Halol kiwi qutilolmas ta'nalardan
kast yuragi qonga to'lar ginalardan,
Parvo qilib qo'yarmidi bizga dunyo

ozgami ko'pga mehr ravo ko'rsak,
Vafo qilmas mol-davlatga bino qo'ysak
to'ylar qilib, tugaganda xino qo'ysak
parvo qilib qo'yarmidi bizga dunyo.

Qayd etilgan


y_doniyor_k  14 Dekabr 2010, 12:24:24

Tasanno

Qayd etilgan


siddiqa  30 Dekabr 2010, 04:58:18

Gulzebo Ibrohimova     

 
Endi o’ylamayman, men uchun Rabbim
Hamma-hammasini o’ylab qo’yibdi.
Xayron xayrli lahzalarni
Umrim soatiga joylab qo’yibdi.
Alhamdullillah"¦

Undan o’zgasiga yig’lamam endi,
Ko’zi yoshlaganni kim ham suyibdi.
Undan o’zgasini eslamam, also,
Men uchun hammasini eslab qo’yibdi.
Alhamdulillah"¦
 

Qayd etilgan


Shukrona  09 Mart 2011, 07:44:10

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.

Yurib-yurib bir sevgi topdim
Yilg'iz undan tiladim panox
Uni deya ne zotlar o'tgan
U sevganim yagona Alloh.


Qayd etilgan


Akbarjоn  07 May 2011, 23:20:11

Muazzam Ibrohimova


Илоҳий ишқ

Хақдан келган мухаббатнинг давоси йсқ,
Илохий ишқ сотилмайди савдоси йсқ,
Хақ севгиси юракларни айласин чсғ,
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Дуоси бор дарахтларин соссида,
Меҳри бисёр ҳар майсаю поссида,
Тун ибодат қилар Ойнинг зиёсида
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Баҳорлари келса гулу ифори бор,
Азда қуёш нурларида тумори бор,
Кузагин ҳам сзгача бир хумори бор,
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни.

Субҳидамдан салом айтар саболари,
Асли Аршдан келса азон садолари.
Ибодатин айлаб бслинг фидолари.
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Хар банданинг туз намагин слчови бор,
Ҳар бандани сийлагувчи парвардигор,
Бизни севиб бу оламни стди нисор.
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Қиблагоҳим десангиз ҳам отангизни,
Фариштам деб суйсангиз ҳам онангизни.
Жондан ортиқ ксрсангиз ҳам болангизни,
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Дил бандидан инъом стар дилбандингиз,
Диёнатла камол топсин фарзандингиз,
Қанча ширин бслса ҳамки пайвандингиз.
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Қсшганини қсш қаритсин парвардигор,
Яратгандан икром срур иймонли ёр.
Арга меҳр берсангиз ҳам бисёр - бисёр
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Хақдан келган мухаббатнинг давоси йсқ,
Илохий ишқ сотилмайди савдоси йсқ,
Хақ севгиси юракларни айласин чсғ,
Аллоҳимни севинг фақат Аллоҳимни...

Qayd etilgan


ummugulsumm  12 May 2011, 13:34:59

      Dunyoga keldikmi,ketish bor bir kun,
      Barisin hisobin berish bor bir kun.
      Mahshar kunida yigilib bashar,
      Sirot kuprigidan utish bor bir kun.   

Qayd etilgan