Muallif Mavzu: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".  ( 36473 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« : 27 Oktyabr 2007, 13:42:29 »
Aldangan Ayselning tavbasi (qissa)



Muallif: Xolid Erto'g'rul
Hajmi: 194 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish
Online o'qish
« So'nggi tahrir: 01 Mart 2010, 09:05:05 muallifi AbdulAziz »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #1 : 27 Oktyabr 2007, 14:02:12 »


Alamli bolalik yillarim.

"Birin-ketin butun oila azo'larimni yo'qotdim. Falokat ustiga falokat yog'ilar edi. Dunyoda yakkayu yolg'iz qolgandim go'yo. Mehribon va tigak bo'ladigan biror kishim yo'q edi. Men uchun yagona tasalli ko'z yoshlarim edi. Oldinda hayotning og'ir kulfatlari kutib yotardi..."


Qayg'uli maktub.

Ramazon oyi. Xoanmdagi jimjitlikni xiqqilashlarim buzardi. Necha soatlardan buyon stol yonida ko'z yosh to'kardim. O'qiganim uzundan uzoq maktubning har bir so'zi go'yo ichimni yoqar, yuragimni dog'lardi. Butun o'y-hayollarimni ostin-ustun qilgandi bu maktub.
Muxlislarimdan har kuni son-sanoqsiz maktub olaman. Har bir maktub ayri bir qayg'uni, ayri bir mushkulot, ayri bir xursandchilikni xabarchisi edi. Ba'zisidan yordam va dalda ovozlari yuksalar, ba'zilaridan shirin bir mujda eshitilar, ba'zilarida esa har xil muammolarga yeshim so'ralardi. Umuman, barcha maktublar samimiy slaom bilan boshlanib, yahshi duolar bilam yakullanrdi.
Bu maktub esa bulardan farqli o'laroq, har bir harfi ko'zyoshlar, faryod va alam bilan bezalgan edi. Shunchalar og'ir dard hasratga to'la ediki, "bir inson buncha azobni qanday yenga oldiykin?', deya ajablanardim. Bu maktub egasiga go'yoki yuzlab qassob qo'llarida o'tikir pichoqlar bilan hamla qilayotgandek tuyulardi.
Har turli insonlar, oilalar, tarbiyachilar, rahbarlarning maktublarni o'qib bitirdim. Nihoyat, shu maktubni tugatar ekanman, bola kabi yig'lashga tushdim.
Xiqqilashlarimni eshitgan xotinim yonimga keldi. Qrashimdagi maktublarni ko'rib"
- Yana shularmi?- deya so'radi.
- Ha,- dedim. Ammo bu galgisi juda boshqacha ekan.
Xotinim uni qo'liga oldi. kelgan maktublarni bizni dardkash do'stlarimiz edi. Maktublar qayg'uli, iztirobli bo'lsa, birga ko'z yosh to'kamiz, sevinchli bo'lsa, birga shodlanar va bahtiyor bo'lardik.
Maktubda:"Yagona choram qoldi, u ham bo'lsa, o'zimni o'zim o'ldirib qutulishdi", deyilgandi. "Bu dunyoda iflos, gunohkor va ortiqchaligimni his qildim. Poklanish uchun o'lishim kerak. Men uchun yashashdan va umid qilishdan boshqa narsa qolmagani cuhun shunday qilmoqchiman".
Maktub shunday umidsiz boshlangandi. Ammo juda ibratli va hayratlantiruvchi bir shaklda yakunlagndi.
Hayoti azoblar ichida o'tgan yosh qizning o'lim to'shagida yozgan bu ibratli maktubini o'qishda davom etdim.
- Hurmatli Ertug'rul bey,- deya murojaat qilgandi u.
Ushbu maktubimni xush ko'ring. Chunki buni o'lim to'shagida yozyapman. O'lim to'shagidagi insonni qanchalar qayg'u ichida, muvozanatsiz bo'lishini yahshi bilasiz. Jumlalarim uzuq yuluq, yozuvlarim egri bugri. Zero, bu maktubni adabiyot asari bo'lishi uchun yozayotganim yo'q.
Maqsadim shuki, insonlar buni o'qib, o'zlaridan uyalishsin, ko'chalarda qarovsiz qolgan kishilarga odamdek munosabatda bo'lishsin. men hamma narsamni - butun pokligimni, rostgo'yligimni, o'zligimni yo'qotdim. Hamma yahshi narsalarimni tortib olishdi.Endi o'zimdan ham, boshqa narsalardan ham uyalaman. Bu hayot boshqa birovda takrorlanishini hohlamayman. Shuning uchun bu maktubni yozdim.
Men sog'lom odam emasman. O'limimga oldindan rozi bo'lganman. Bu ishni o'zim bir daqiqa bo'lsa ham oldin tugatmoqchi edim. Xullas, ortiqcha bir inson o'limni tanlamoqchi. Bu nopok odamning chor-atrofni kirlatishga hech ham haqqi yo'q....
« So'nggi tahrir: 01 Mart 2010, 09:04:02 muallifi AbdulAziz »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #2 : 28 Oktyabr 2007, 10:11:09 »
Nega bu maktubni sizga yozyapman?

Nega bu maktubni boshqa birovga emas, sizga yozyapman? Buni hozir tushuntirib bera olmayamn. Tabiiyki, jumlalarim ravon emas.
O’tagna hafta o’lim to’shagida yotib, so’nggi bor insonlarga, jamiyatga nafrat yog’dirmoqchi bo’ldim. Mening hamma narsamni tortib olishdi. Hammasining yuziga tupuraman. Ichimni yondirgan olovga ozgina bo’lsa ham suv sepaman.
Kasalxonadan qochdim. Ammo uzoq yura olmadim. Faqat hovlidan ko’chaga chiqdim, xolos. Nafratimni, qarg’ishlarimni dilga tugib, u yoq bu yoqqa qaradim. So’ngra bir buffet yonida cho’kkaladim. “Ey, insonlar!”, dedim. O’zingizga ehtiyot bo’ling, bu la’natilarga aldanmang. Nimangiz bo’lsa oladilar, hech achinmaydilar. “Or-nomus”, degan, “Izzat-nafs” degan narsalaringiz tugasa, szi ham tamom bo’lasiz. Ortingizda shunday boylik qoladiki, uni faqat kafanlikka, hapdoriga, arqon sotib olishga ishlata olasiz”.
Zulmatga aylangan hayotim bilan o’zimcha vidolashar ekanman, buffet qarshisidagi kitob do’koni diqqatimni tortdi. Ikki kitob yonma yon turardi. “O’zini izlagan odam”, “O’zimni topdim”. Narxi qimmat bo’lgani uchun sotib ololmasligimni bilganim uchun xo’rsindim. Shunday bo’lsada, “Oz’imni topdim” kitobini qo’limga oldim. Sotuvchi esa, ahvolimni ko’rib, hech vaqosi yo’q bir daydi ekanimni tushunib, kitobni menga hadya etdi. Hayotda ilk marta ta’masiz yahshilik ko’rdim. Hayron bo’ldim. Bu insonlar ichida shundaylari ham bormi?
Nega bu kitobni oldim? Buni bilmayamn. O’lishga qaror qilgan kishi bu kitobni nima qiladi? Buni ham bilmayamn.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #3 : 28 Oktyabr 2007, 10:11:32 »
Kasalxonaga qaytdim. Yana shifokorlardan dashnom ustiga dashnom eshitdim.
-   O’zingga qaramaysan, qo’limizda qolasan, o’lib ketasan…
-   Qayerda o’sha kunlar! Oh, qaniydi o’lsam…
-   Ham narkotikka qarshi davolanyapman, ham ruhiy muolaja olyapamn. Ular mendan kasalligimni yashirishar, ammo ichgan dorilarimdan bilardim. Taqdir ekan-da. Zero, o’lishni istamayamn. Og’riq vujudimni uvishtira boshlagach, kitobni qo’limga oldim. Shunchaki ko’z yugurtira boshladim. Esiz o’tgan umrim… Holbuki, yahshi bir inson bo’lishim mumkin edi. Afsus umr o’tdi. Kitobda sizga yozilgan bir qancha maktublar bor edi. Boshqalarga ham kerakli bir shaxs ekaningiz ma’lum. Sziadn yordam kutuvchilar o’z muammolarini tushuntirganlar. Mening kitob o’qishim bunaqa mushohada uchun emas. Zero, hech narsani bunday aqlimni to’plab, chuqur fikr qilib o’qiyolmayamn.
-   Kitobda men kabi oqqon kasaliga chalingan bir xastaning maktubi diqqatimni tortdi. To’g’risi bu hayotda o’qiganim eng jiddiy bir hat edi. U qalbimda ba;zi hissiyotlarni uyg’otib, aks-sado berdi. Faqat fikrimda shunchalik zulmat, dilim iztiroblar bilan to’la bo’lgani uchun bu tuyg’ular beiz ketgan edi.
-   Farroshga iltimos qildim. Menga qog’oz va qalam keltirdi. Sizga maktub yoza boshladim. Balki ibrat uchun kitoblaringizga kiritarsiz, chekkan azoblarimdan dars oluvchi yoshlar chiqar….Och bo’rilardan uzoq yurishni o’rganishar. Hech bo’lmaganida shuni umid qilaman.
-   Agar bu maktubni itira olsam va sizga jo’natishga ulgursam, yahshi bir ish qilgan bo’laman. Hayotimni zulmatga aylantirganlarning yuziga so’nggi marta tupurganim va so’nggi marotaba ularni qarg’aganim uchun biroz bo’lsada, taskin toparmidim…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #4 : 28 Oktyabr 2007, 10:12:12 »
Onamni ko’rmaganman. Dadam ko’p ichar edi.

O’zimni sizga tanishtirishni bolaligimdan boshlamoqchiman. U kunlarga qaytishni also istamayman, hatto xotirlashni ham hohlamas edim. Har kuni, har yili, har sahnasi iztirob, nafrat, ko’zyosjlarga to’la edi.
To’rt kishilik bir oila edik. Dadam, onam, mendan bir yosh katta akam va bahtiqaro men. Onamning mehriga to’yish baxti nasib qilmadi. Ehtimol, eng katta omadsziligim ham onam bilan hamnafas bo’lolmaganimdir. Agar hayot qiyinchiliklarida onam yonimda bo’lsaydi, kim biladi, balki bu qiyinchiliklar ozgina kamaygan bo’larmidi. Balki bugun kasalxonada yolg’iz qolmagan, oilam, bolalarim o’rtog’im yonimda bo’larmidi.
Bunday baxtiyorliknii ko’p sog’indim, ko’p hayol qildim, ammo bo’lmadi. Bo’lmadi, chunki onam meni dunyoga keltirganida, ko’p qon yo’qotishi sabab oldamdan o’tgan edi. Mening holim esa ma’lum…Chunki nochor, kambag’al bir uyda yangi tug’ilgan chaqaloq, onasi yo’q, kasalamnd, aroqxo’r otaning qo’lida….Buyog’ini o’zingiz tushunib olavering.
Onaga, dardimni to’kadigan bir mehribon, meni tushundigan. Mas’uliyat sezadigan bir odamga juda-juda muhtoj yashadim.
Koshki, oanm bo’lsaydi, xato qilganimda sochlarimdan sudrasaydi, xonaga qamab qo’ysa, dadamga aytib kaltaklatsa edi. Oanm meni och bo’rilarning qo’liga topshirib qo’ymagan bo’lardi. Balki ba’zan meni tizzalariga olib sochlarimni silar, yanoqlarimni o’par, boshimni o’sha qaynoq, mehri to’la quchog’iga bosardi. Men esa biroz oldin yegan kaltaklarimni unutar, bolaligimning go’zalligiga berilarmidim…
Oanmning yo’qligi, yetim o’sishim, va dilni yondiruvchi ona sevgisi, sopg’inchi meni sh’er shaydosi qilib qo’ygandi. Qachon, qayerda ona haqida sh’er uchratsam, onam xotirasi, uning omonaidek saqlab qo’yardim yoki yodlab olardim.
To’plagan she’rlarimni qiynalgan, qayg’uga botgan va bir sirdosh do’sr qidirgan kezlarim o’z-o’zimga pichirlab,ha o’qir, ham yig’lardim.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #5 : 28 Oktyabr 2007, 10:13:12 »
Barcha yosh qizlarga.

Ba’zida barcha yosh qizlarga shunday hayqirgim keladi:”Meni tinglang, holimni ko’ring!Ibrat oling, ya’ni qattiqqo’lligiga qaramay hamisha ota-onangizni yonida bo’ling. Eng yomon ona eng yahshi begonadan ko’ra marhamatli, bexavotirroqdir. Eng yomon oila eng zo’r farog’atli joylardan ko’ra yahshidir. Chunki, hech qursa, joningiz va nomusingiz ishonchli qo’llarda bo’ladi. O’sha o’ziga tortuvchi, ko’zni qamashtiruvchi, rang-barang va serhasham joylar….Keling, mendan so’rang, ualr nimalarimni olib qo’yishganini….”
Mavzudan uzoqlashdim, so’zimga qaytayin. Qo’limda emas, fikrimni bir joyga jamlay olmayapman. Onam o’lgach, men bir chaqaloq, bir yoshli akam, o’pka kasali bo’lgan dadam, ikki xonali (biri oshhona) uyda dardlar, alamli qayg’ular bilan qoldik.
O’shanda:” taqdirda yordam beraman”, deguvchilar ham chiqqan edi, ammo bari og’izda qolib ketdi. Qarindosh bo’lsa, jondan ko’ngildan bo’lsin. Onam yetimlikda ulg’aygani uchun ham hech yaqinlari qarindoshlari yo’q edi. Dadamning yaqinlari – amakim va ammam yahshi munosabat ko’rsatishmadi. Zero, amakimning o’zi ham falaj edi. Ko’p yashamadi. Ammamning esa ziqna bir eri bor edi. Har kuni kaltak, so’kish bilan o’tadi. Xullas, qayg’ularga ko’milib qolganik.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #6 : 28 Oktyabr 2007, 10:13:38 »
Dadam yo’qchilikka va qayg’ularga bir yil chidadi. O’zi ham o’pka kasali bo’lgani uchun bardosh berolmadi. Dadam bilan ochiq suhbatlasholmas, kasalligi haqida aniq bir narsa bilmas edik. Men o’n bir yoshga kirganimda dadam vafot etdilar. U kishi ko’p sigaret chekardi. Yoshligida ichkilik ham ichgan. Har holda o’pkasini ishdan chiqargandi. Yo o’pkasi shishgan yoki sil bo’lgan. Aniq bilmayamn. Dadam o’ziga qaramas, e’tiborsiz, ertani o’ylamaydigan kishi edi. Topganini ichradi. Shu bois juda kambag’al edik. Ammo onam unaqa emas, juda pokiza va tartibli ayol edilar. Ibodatlarini kanda qilmas edilar. Uyda har doim Qur’on va boshqa kitoblarni o’qirdilar. Nurli va idrokli ayol edilar.
Onamning dindorligini bilganim uchun eng qiziqqon dahriy bo’lgan davrimda ham dindor insonlardan jahlim chiqmasdi. Ularni kamsitmasdim. Balki oanm tirik bo’lsaydi, bu fanatic fikrlarim, dahriyona qarashlarim va umidsizligim bo’lmasmidi. To’g’risi, bu dahriy va moddiyunchi haytimdan mamnun bo’lganimni aytolmayman. Dindor kishi bo’lsaydim, bahtiyor bo’larmidim. Endi bu foydasiz. Bo’m-bo’sh bir dunyoda bo’m-bo’sh qalb bilan o’limimni kutardim. Tuproqqa aylanib, hashoratlarga yem bo’lish uchun. Juda achinarli hol, ammo haqiqat.
Qo’rqmayman.O’limning sovuq nafasi juda yaqin. Shu eshikni bir kuni o’lim ochishiga ishonaman. O’lim dahshati kuchli. Shuncha ezilsam-da, azobim cho’zilsa-da, o’lganim yo’q…
Yana mavzudan uzoqlashdim. Qaytaman.
Tanaffus barishga majburman. Yana bir qancha film, tahlillar. Hech yoqtirmayman. Meni qutqarishlaridan qo’rqamna. Yashashni istamagan bir kishi qutqarishda unga bir yomonlikni o’ylashmaydi. Keyin juda ham sovuq va mehrsiz insonlar. Shifokorlar va hamshiralar nega bunaqa? Odamni sira ham mensishmaydi. Biror narsa demoqchi bo’lsang gaping og’zingda qoladi. Ehtimol, olim bo’lish boshqa, odam bo’lish boshqadir. Maktablarimiz bilim odami yetishtirishadi, ammo odamni tarbiyalashmaydi. Barcha muallimlarni yomon demayamn. Oralarida yahshilari ham bor. Ammo umumiy ahvol yomon.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #7 : 28 Oktyabr 2007, 10:14:17 »
Yosh doktorga mehrim tovlandi.

Hohlasangiz ikkita misol keltiraman.
Birinchisi yomon bir misol.
Narkotiklar sabab davolanishim kerak edi. Chunki, jigarimda ba’zi o’zgarishlar, og’riqlar boshlangandi. Shuning uchun davolanishga qaror qildim. Bir o’qituvchim yordami bilan kasalxonaga yotdim. Meni davolagan doktorlardan birining oshkora tahdidiga uchradim. Juda nomusli bo’lganim uchun emas. Ammo tibbiyot xodimi og’ir ahvoldagi bemorga bunday munosabatda o’lmasligi kerak edi. Kechsi xonamga keldi. Eshikni yopdi, keyin ma’lum aldovlar:”Seni sevaman, sen bilan turmush qurishni hohlayamn…” Narkotiklar ta’sirida jigarini tugatgan bemor bilanmi? Bu yolg’onni ko’p eshitdik. Shunday yolg’onlar sababli yoshligimning eng go’zal damlarini zulmatga aylantirdim.
Qichqirdim, baqirdim. Yugurib kelishdi. Qyasidir biri yuzimga shapaloq tushirdi. “Bu qiz quturibdi, menga majburan munosabat taklif qilyapti. Qo’lidan qutulolmayapman”, deya aybini yashirdi. Tushunyapsizmi? Qaysi kasal ayol zo’rlab, erkak kishiga tajovuz qila oladi? Dardingni kimga tushuntirarding? Tajovuzga uchragan men bemor, ikki kundan keyin eshikdan haydaldim. Keyin menga o’qituvchim ham qaramdi. Unga men haqimda juda yomon gaplar aytishgan shekilli. Sog’liqni saqlash vazirligiga shikoyat yozdim. Natijasi nima bo’ldi, bilmayamn. Vaqt topib u yerdagilarga uchrashganim yo’q.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #8 : 28 Oktyabr 2007, 10:14:43 »
Ikkinchisi esa yahshi bir misol:
Yana jigarim og’riyapti. Kasalxonadamn. Bir mehmonxona boshlig’ining ko’magi bilan davolanyapman. Shifohonaning yosh va yoqimtoy assisenti. Unga nisbatan dilimda umidsiz bir iliqlik.Har kuni ertalab keladi, men bilan gaplashadi. O’ta ko’ngilchan, samimiy. Hamma bemorlarga shundaqa edi. Tasalli berishga harakat qiladi. Tabiiyki, men eshitmagan, bizning dunyoga begona so’lzar edi bular.
- Sabr qil. Hastalik bir imtihondir. Inshaalloh,gunohlaringni to’kadi. Eng katta shifo kayfiyatdir…va hokazo.
Yangi bir muhabbat hayajoni ichidaman. Kimligimni bilsa yonimga yaqinlashmasdi. Chunki men hamma narsasini yo’qotgan bir qizman…O’tkinchi sevgiga yo’l bo’lsin…Hovliga chiqaman.Kuz. Assisent xonamga keldi. Qalbimdagi tuyg’ularimni oshkora aytdim.
-Sen juda yahshi qizsan,-dedi u. Bu ish mening falsafamga to’g’ri eklmaydi. Sen bemorimsan, men esa sening doktoringman. Keyin nima deyishadi: kuchsiz va hasta bemorining tuyg’ularini suiste’mol qildi deyishmaydimi? Sen juda yahshilarga loyiqsan. Inshaalloh, bahtli bo’lasan. Seni duo qilaman.
Ha, bunaqalari ham bor. Ikkisi ham bir insitutni bitirgan, bir xil kioblarni o’qigan. Xo’sh, bu farqlilik nimadan? Bilgan izoh bersin, marhamat.
To’htatdim. Qaytganimdan keyin yozishga kirishaman”.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #9 : 28 Oktyabr 2007, 10:15:10 »
Mudhish bir maktub. Stolimda xotinim bilan birga karaxt bo’layozdik. Shu sahnalarga hayolan kirish, bunday hayot bilan hayolan tanishish dahsahtli. Mudhish bir drama, ishnilmas hayot hikoyasi edi bu o’qiganlarim. Biz ham chiday olmadik, tanaffus qildik. Xotinimning iltifotini kutardim. Qahva ichgach, yana o’qishda davom etdik, bardosh berib o’qiy olmasdik…
“Sziga yangidan salom hojam. Yozgan sari yozgim kelyapti. Meni tinglang…
Qalbingni tushunadigan bir inson borligini o’ylash ham kishiga madad beradi. Fikrlarim, taxminlarim barbod. Umid qiladigan biron narsam yo’q. Zero, bu ham mening istagim emasmi? Balki, bu o’lim meni bir zahmatdan qutqarar. O’z qo’lim bilan emas, sog’ bo’lgur jigarim yordamida hayotimni tugataman.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #10 : 28 Oktyabr 2007, 10:17:03 »
Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim…

Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan, yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata bo’lar…Gap va hayollar xirmonidir balki…
Yana ham qat’iyatliman…
Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar…”Yo’qolasan, harom o’lasan,inshaalloh” kabi duoyibadlar.
O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato usul.
O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach,yana ham ko’proq yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning mehrsiz munosabatlari edi.
Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan, ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #11 : 28 Oktyabr 2007, 10:17:27 »
Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yahshi bir ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan keyin….
Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yahshigina qo’llay boshladik. Dadam avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman, der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta.
Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi.Voqealarning farqiga borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga keltirardi:”Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan so’rolmaysan”. Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a!
Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im, yagona do’stim, yagona sirdoshim edi.
Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #12 : 28 Oktyabr 2007, 10:18:09 »
Yagona sirdoshim – akamni ham yo’qotdim.

Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, hayotimning ildizi qo’porilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim so’nib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, Hayot! Nima ko’rdim sendan?
Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib o’lgan edi. Yoki boshqacha bo’lgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli bo’l. Bola qalbing bilan qanday chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli bo’l.Yolg’iz boshingga qanday uddalay olasan?
Falakning eng og’ir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta bo’lsa-da ko’rolmaganim oanm, ikkinchisi esa, jon do’stim, borlig’im, mehribongina, kichik pahlavonim akam…Oh, u tirik bo’lsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek bahtiyor bir oilada bo’lardim. Oh, u tirik bo’lsaydi, hech bir yitqich bo’ri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot bo’lsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qo’ysa edi…Hech qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuyg’usiga qo’l siltamagan, yuzi yorug’, boshi tik bir inson bo’larmidim…
Oh, u yonimda bo’lsaydi…
Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam.Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu yonish olovdan ham kuchliroq bir qo’rdir. Buni ichi yonganlar biladi.
Qo’llarim titrayapti shu lahzalarda.Gaplarimni tushunayotgan bo’lsangiz kerak. Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar bo’yi yig’lashga ko’nikka ko’zlarim yana yosh to’kyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yig’lash, eng katta qurolim. Kuchsizning kuchi ko’zyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, chidolmayapman, xojam…”
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #13 : 28 Oktyabr 2007, 10:18:31 »
Ha, chidash mumkin emas. Bu yoshdagi bola bardosh qiladigan azob emas bu.
Qahvalarimizni ham ichishni unutdik. Biz ham ko’zyosh to’ka boshlagan edik. Ayniqsa, xotinim hech chiday olmasdi. Alloh hech kimni bunday azoblarga giriftor qilmasin. Xotinim qahvani yangilashga turdi. Men ham biroz o’zimga kelish uchun stol yonidan uzoqlashdim. Bu qayg’uga chidolmasdim. Vaqti-vaqti bilan yuragim siqilganini his qilardim…
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
« Javob #14 : 29 Oktyabr 2007, 12:38:58 »
Juda ajib hikoya iltimos davomini tezroq qoying!!

Assalamu alaykum.
Opajon, albatta, Alloh qodir qilganicha qo'yib boraman,Inshaalloh.
Duo qilib turing.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6693
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13726
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7371
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7334
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 112620
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu