Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".  ( 44168 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Munira xonim  28 Oktyabr 2007, 10:17:03

Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim"¦

Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan, yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata bo’lar"¦Gap va hayollar xirmonidir balki"¦
Yana ham qat’iyatliman"¦
Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar"¦"Yo’qolasan, harom o’lasan,inshaalloh" kabi duoyibadlar.
O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato usul.
O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach,yana ham ko’proq yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning mehrsiz munosabatlari edi.
Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan, ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Oktyabr 2007, 10:17:27

Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yahshi bir ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan keyin"¦.
Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yahshigina qo’llay boshladik. Dadam avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman, der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta.
Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi.Voqealarning farqiga borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga keltirardi:"Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan so’rolmaysan". Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a!
Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im, yagona do’stim, yagona sirdoshim edi.
Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Oktyabr 2007, 10:18:09

Yagona sirdoshim — akamni ham yo’qotdim.

Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, hayotimning ildizi qo’porilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim so’nib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, Hayot! Nima ko’rdim sendan?
Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib o’lgan edi. Yoki boshqacha bo’lgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli bo’l. Bola qalbing bilan qanday chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli bo’l.Yolg’iz boshingga qanday uddalay olasan?
Falakning eng og’ir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta bo’lsa-da ko’rolmaganim oanm, ikkinchisi esa, jon do’stim, borlig’im, mehribongina, kichik pahlavonim akam"¦Oh, u tirik bo’lsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek bahtiyor bir oilada bo’lardim. Oh, u tirik bo’lsaydi, hech bir yitqich bo’ri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot bo’lsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qo’ysa edi"¦Hech qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuyg’usiga qo’l siltamagan, yuzi yorug’, boshi tik bir inson bo’larmidim"¦
Oh, u yonimda bo’lsaydi"¦
Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam.Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu yonish olovdan ham kuchliroq bir qo’rdir. Buni ichi yonganlar biladi.
Qo’llarim titrayapti shu lahzalarda.Gaplarimni tushunayotgan bo’lsangiz kerak. Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar bo’yi yig’lashga ko’nikka ko’zlarim yana yosh to’kyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yig’lash, eng katta qurolim. Kuchsizning kuchi ko’zyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, chidolmayapman, xojam"¦"

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Oktyabr 2007, 10:18:31

Ha, chidash mumkin emas. Bu yoshdagi bola bardosh qiladigan azob emas bu.
Qahvalarimizni ham ichishni unutdik. Biz ham ko’zyosh to’ka boshlagan edik. Ayniqsa, xotinim hech chiday olmasdi. Alloh hech kimni bunday azoblarga giriftor qilmasin. Xotinim qahvani yangilashga turdi. Men ham biroz o’zimga kelish uchun stol yonidan uzoqlashdim. Bu qayg’uga chidolmasdim. Vaqti-vaqti bilan yuragim siqilganini his qilardim"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:38:58

Juda ajib hikoya iltimos davomini tezroq qoying!!

Assalamu alaykum.
Opajon, albatta, Alloh qodir qilganicha qo'yib boraman,Inshaalloh.
Duo qilib turing.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:39:38

Biroz o’zimizga kelgacha yana maktubga qaytdik:
Yotoqxonada endi yolg’iz qolgandim. Har kuni yig’lardim. Bu shunday hasratli yig’I ediki, go’yo o’zimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta ko’zlarim shishdi, mikrob tushdi. Doktorga ko’rsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbag’ir insonlar edi. Har gal yig’laganimda, tasalli berish o’rniga ozor berib to’xtatishga harakat qilishardi. O’qituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yahshi kishi edi. Kelar, men bilan qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga to’la inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea ham men uchun quvonarli bo’lmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi. Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni "œshakarlarim,chechaklarim" deya erkalardi. Eng katta azobni esa o’n yoshimda uchinchi sinfga ko’chganimda kechirdim.
Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi o’quvchilar uni mudir ota deyishardi. Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat ko’rsatishini hohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin so’zlar aytib, yonimga keldi. Buning sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni so’radi. "œQo’rqma qizim, gapir, senga yordam beraman", dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni aytdim.
"œBo’pti, bularning hammasi bo’ladi,-dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan,- deya davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qayg’uni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir"¦
Nihoyat, qayg’u to’la hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni so’ndirgan, o’n yoshimda o’limga hukm etgan "œbomba" portladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:43:31

Dadam ham o’lgandilar.

-Qizim juda qayg’udaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli bo’libdi.
U so’nggi so’zlarini aytib tugatmasdan, mening butun borlig’im yonib tamom bo’lgan edi. Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar, eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, o’rtasida bir jarlik paydo bo’ldi va u yerga to’g’ri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima bo’lganini bilmayamn.
Ko’zimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam"¦Bir olov vujudimni kuydirardi. O’sha kuni ichimga tushgan hayot olovi hech so’nmadi. Bugun ham o’sha otashning azoni, yong’ini ichidaman. O’n yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda bo’lgan. Hayotda yakkayu yolg’iz. Allohning birorta quli yo’qki, unga tasalli bersa, suyanchiq bo’lsa. O’ylab ko’ring, taqdiringiz shunday bo’lsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qo’rqinchli emasmi?
Nech kunlar och, suvsiz yig’ladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim. Umuman, holdan toydim, yiqildim. O’sha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim. Go’yo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal bo’lsang, maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? O’sha yillarda menga yagona tasalli beruvchi kishi ishchi Usmon afandi bo’ldi. Meni har kuni yo’qlardi. Sochlarimni silab:"Mening shakarim, gulim", deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina bo’lsa-da, uchqun ham bahtiyorlik nuri bo’ladi. Bugun ham hurmat bilan hotirlayamn. Unga nima bo’ldi, hozir qayerda, bilmayman. Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yo’qlamadi. Dardlarim bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni to’g’rilamadi ham. Holbuki, u so’z bergan edi. Nega shunday insonlar bunday muasssasalarga qo’yiladi? Bilmayman. U yerdagi bolalar eng ko’p mehrga, muhabbatga muhtoj bolalardir. Bu yerda ishlaydiganlar esa sevgi va mehrni umuman bilishmas, qalbi borlari sanoqli edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:45:35

 O’sha yillari izzat-nafsimga tekkan bir boshqa hodisa ham esimda. Bir kuni juda och qoldim va oshhonaga borib bir parcha non, ozgina pishloq oldim. Pulim yo’q edi, bufetdan ololmasdim. Buni oshpaz Komil afandi ko’rdi, qo’limdan tutdi va mudir yordamchisiga sudrab bordi. U ham bo’lmag’ur qiliqlarni topdi. Bir burda non, bir bo’lak pishloq uchun.
-Sizlar non uchun o’zingizni ham sorasiz. O’g’rilar, nomusszialr kabi so’zlar bilan shunday haqorat qildiki"¦
Holbuki, shu yoshdagi qiz shunchalar och, behad qiyin ahvolda qolmasa, bir parcha non uchun shunday sharmandlari ahvolga tushishni hohlaydimi? Bu insonlar qanaqa tarbiyachi o’zi? Qilgan ishim qoidadan tashqari bo’lsa-da, shunchalikka boorish kerakmi?
Ammo ko’p o’tmay mudir yordamchisi, bir qancha yosh onalarning shikoyati bilan yotoqxonadan ketishga majbur bo’ldi. Qizlarni bezovta qilar emish. Bu tarbiyachiga nomunosiz ish. Insonalrga o’rnak bo’ladigan kishi boshqalardan farqli, afzal, pokiza va to’g’ri bo’lishi lozim. Yo’qsa, bizlar kimdan o’rnak olamiz. Endi bular meni umuman qiziqtirmaydi. Ammo men biror hamdard kishim bo’lishini juda — juda hohlar edim"¦
Maktab yillarim ham bundan unchalik farq ilmadi. Ammo atrofdagi odamlar, maktab o’qituvchilari qobiliyatli ekanimni gapirishar edi. O’sha yillari xotirlashga arzigulik ikki ta’sirli voqea bo’lgan edi. Mana birinchisi eshiting:
Sunfdoshim Oyshaning dadasi badavlat edi. Juda yahshi kiyinardi. Doimo puli bo’lar edi.Har tanaffusd bir nimalar olib yer, men esa uni uzoqdan havas bilan kuzatar edim. Chunki, umuman, pulim bo’lmasdi. Bir kuni u men juda yahshi ko’radigan va kiyishni hohlaganim bir tufli kiyib keldi. Buni ko’rib xo’rligim keldi, ko’p yig’ladim. Allohga ilk marta isyonim ana o’sha kunlari boshlandi. Din o’qituvchilari Allohning, dinning va taqdirning qanchalar shafqatli ekanini tushuntirishardi. Unday bo’lsa qani? Na onam, na dadam, na akam? Na besh so’m pulim bor? Hayotda yakka-yolg’iz hamma narga muhtoj qiz? Shu ham shafqatdanmi? Allohning menga ortiqcha zulm ko’rgizganini, meni unutganini va nazaridan qoldirganini o’ylardim.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:46:45

O’qituvchimizning dahriylikni tushuntirishi.

Dahriylik va markscha fikrlar bilan tanishuvimda eng kuchli ta’sir etgan turk tili o’qituvchimiz bo’ldi. Ya’ni, turk tili o’qituvchimizning mahsus harakatlari bilan biz dahriy bo’la boshladik. U bizga alohida e’tibor berar edi. Oqshomlari bizni yotoqxonada to’plar yoki yonimizga kelar, har gal meva, shokolad, qand yoki shunga o’hshash narsalar olib kelar, bizga tarqatar, biz ham sevinchimizdan sakrar edik. Ketayotganida ortidan:"Eng buyuk o’qituvchi Erdal o’qituvchi" deya qichqirishardik.
U bizlarni yoniga o’tirg’izar, sochlarimizni silar, mehribonchilik ko’rsatar, keyin esa suhbatni boshlar edi. Go’zal, ta’sirchan so’zlar edi. Bizga va bizdan boshqalarga ham xitob qilardi. Chunki u yerdagi qizlarni hammasi yo yetim, yo qarovsiz, xullas, mehrga muhtoj edi. O’qituvchimiz esa bundan juda yahshi foydalanar edi.
-Alloh, degan biror narsa yo’q,-derdi u. —Agar Alloh bor bo’lsa, nega adolatli emas. Nega ba’zi qizlarni ota-onasi, uyi va imkoniyatlari bor-u, sizniki yo’q? Nega insonlar teng emas? Agar insonlarni Alloh yaratgan bo’lsa,nega hammasini teng qilmagan. Agar insonalr orasida "œadolat, tengllik" degan narsa yo’q ekan, demak Alloh degan narsa ham yo’qdir. Payg’ambar, din va Qur’on ham uydirmalardir. Bular ba’zi ta’magir insonalar to’qigan narsalardir. Insonlar bu hayotda o’z ko’ngillaricha, hohlaganlaricha yashashlari kerak. Chunki ular o’lgach, hayot tugaydi, insonlar tuproqqa aylanishadi. Insonlar bu dunyoda bahtiyor qilish esa, sotsialistik boshqaruv bilangina mumkindir. Agar sotsializm kelsa, hamma teng bo’ladi, birov-birovni kamsitmaydi.
O’qituvchimizning bunday fikrlari juda ta’sirli bo’lardi. Bizlar ham Allohga ishonmasligimizdan va sotsialist bo’lganimizdan faxrlanardik.Ammo e’tirofim etishim lozimki, o’lganda keyin tuproqqa aylanib ketish mavzusini hozir ham ko’nglimga sig’dirolmayman. Ya’ni, ichimda yangidan tirilish ovozlari har doim yuksalaverardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2007, 12:47:23

Ikkinchi unutlmas hodisa din darsi o’qituvchimiz bilan bog’liq.
O’rta maktabning ikkinchi sinfidaman. Din darsi o’qituvchimiz mening ahvolimdan xabardor. Menga juda yahshi munosabatda bo’lardi. Vaqti-vaqti bilan katta-kichik ehtiyojlarimni ta’minlar edi. Ayniqsa bayramlarda menga harj puli berardi. Bu payt bu o’qituvchimizning harakatlari bilan dinni va Allohni seva boshlagandim. Dinga qiziqishim o’sha yillari boshlandi. Ammo voqealarning boshqacha tus olishi bois uzoqqa cho’zilmadi. Din o’qituvchimiz doimo yahshi o’qisam muvaffaqiyatga erishuvim haqida uqtirar edi.
-Sen baxtli bo’lishing kerak. Senda o’zgarish bor. Yo bahtli bo’lasan, yoki tamom bo’lasan. Yolg’iz bir qizga yashash juda qiyin. Bundan tashqari juda kuchli bo’lishing kerak. Agar harakat qilsang, eng katta yordamching Alloh bo’ladi. Qayg’urma, bu kunlar o’tkinchidir.
Balki, ishonchi kerakli, mantig’I to’g’ridir. Ammo bu hayot yo’llari shunchalr chigal va o’nqir cho’nqirki, o’qituvchim aytgan maqsadlarga erisholmadim. Yana bugun ichimda din va ishonchga doir hech bir rag’bat bo’lmasa-da, din darsi o’qituvchimizni hurmat bilan hotirlayapman. Bugun kelsa ham, uni huddi shunday hurmat bilan qabul qilar va tinglar edim.
Nimalarni tushuntirayin. Yozilmagan ko’p narsalar bor. "œTuyada quloq bor" deydilarku, axir"¦Ammo dengizdan qatra bo’lsa ham, misollar ko’p narsani anglatadi, deb o’ylayman.
Charchadim, biroz dam olishim kerak. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi. O’zimga kelsam davom etarman.Kelolmasam ish joyida qoladi"¦

Qayd etilgan