Onamni quchdim, xushbo’y hidlarini tuydim"¦
Onamning chehrasi, bo’ylari, go’zalligi xuddi xayolimdegidek. Ya’ni, men oanmni xuddi ko’rgandek xayol qilar kanman. Quchog’iga tashladim o’zimni. Ichimni yondirgan, yuragimni qon qilgan "œOna"¦" faryodi ila"¦Bu ovozga, bu hidlarga,bu mehr, bu quchoqqa qanchalar mushtoq edim"¦
-Bolajonim, Ayselim,-derdi u yuragimni titratib, butun alam va iztiroblarimni to’kib, uloqtiruvchi bir ovozda. Men yig’lardim, tinmay yig’lashni xohlardim. Shu yoshgach faqat shu xayol bilan ovundim. Bo’lsaydi, meni ursaydi, sochlarimdan sudrab tortsaydi, degan onam"¦Boshimni ko’ksiga qo’yib olgandim. Imkon qadar xushbo’y hidiga to’yib olay der edim"¦ Oh, onam, tush bo’lsa ham, xayol bo’lsa ham, bu uchrashuv, bu diydorning lazzatini hech narsa berolmaydi. Ammo bu tush, mana g’ayritabiiy bir hol, nur kabi o’tadi-ketadi.
-Senga ikkita omonat qoldirdim,Ayselim,-dedi. Ular mening eng sevimli omonatim. Uyimizda, kichkina shisha sandiqning ichida. Ularni ol. Senda qolsin. Ularga juda yaxshi qara, xo’pmi?
-Dadam qayerda?-so’radim men.
-U haligacha kelmadi. Biz akang bilan birgamiz. Uning hisobi cho’zilib ketdi, kutyapmiz. Inshaalloh, hisobi tugar va kelar"¦
Shu lahza uyg’onsam, ko’rpa ichida terlab ketibman. Negadir o’zimga kelolmas, qo’rqqanimdan baqirardim. Tushning ta’siri bo’lsa kerak. Imomning ayoli so’zlarkan o’zimga keldim.