Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".  ( 44172 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:21:02

-Nima bo’ldi Aysel?
-Yo’q, hech narsa, onajon, bir tush ko’rdim.
-Inshaalloh yaxshilikkadir.
Onalik mehri ila yonimga o’tirib, qo’llarimdan tutdi, yuzlarimni siladi.
-Sizni ham bezovta qildim, shundaymi?
-Yoq’, yo’q, bezovta deganing nimasi. Shundog’am tong otay deb qoldi. Xoja afandi masjidga ketdi. Men ham namozga turgandim.
Qanchalar mehribon ayol. Gaplarini maroq bilan tinglardim. Xoja ayolini"Xonim afandi", xonim esa uni "œXoja afandi" deydi. Ovozlari shunchalik nazokatliki, bunday baxtli muhitni ko’rib, bu baxtli oilaga hasad qildim. Yana yotdim, uxlashga urundim, lekin uxlolmadim. Ko’rgan tushimni har soniyasini balki yuz martalab tahlil qildim. Akam, onam bilan quchoqlashishim, ularning hidi dimog’imga o’rnashib, go’yo ichimga ham singib ketgandek. Har nafasda xuddi shu bo’yni tuymoqdaman. Tong otgach, birinchi navbatda, uyimizga borib, onam menga qoldirgan ikki omonatni olaman. Ammo u tashlandiq uydan qo’rqaman. Imomning ayoli kelsa birga boramiz. Dadam nega yo’q edi. Nega uning hisobi cho’ziladi? Onamning bu gapidan hech narsa tushunmadim. Tushimni Imom afandi ta’bir qildi.
-Sizni tabriklayman, qizim,-dei u. U ko’rgan tushing Rahmoniydir. Ya’ni haqiqat tush. Tushda ko’rganing jannat. Onang va akang jannati bo’lishgan. Demak, dadangni hisob beradigan ishlari bor. Ha, o’ziga yarasha ta’bir. Haqiqat bo’lmasa ham, buni bilish quvonchli. Onamning, akamning huzur-halovatga erishgani ham taskin beradi. Imom afandi bu tush ta’sirida qoldi. Ayoli bilan yig’lay boshladi. Balki ular bir narsani bilishgani uchun shunday qilishayotgandir.


Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:22:28

Omonatni qidirdik.
Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi.
Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi. Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha ruxsatingiz bilan"¦

Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun tanamni azoblayapti.Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman. Negaki"¦ tuyg’ularimga asir bo’lmayman.
Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi.
-Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa"¦
Onamning yodgorliklari"¦Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a"¦Achinaman sizga.

Eng achchiq, chorasiz kunimda mening,
Bo’ldingiz menga yor onajonginam.
Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz,
Yana mehr-la quching, oanjonginam.
Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim,
Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim.
Sizni har joydan izlar ko’zlarim,
Sizdan ayrildim-a, onajonginam"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:23:29

Boshqa bir kishi gapga aralashdi:"Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana"¦
Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. Ham u qoldirgan ikki omonatda"¦Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men.Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik. Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq ko’rdim. Onamdan yodgorlik"¦Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi. Joyimda o’tirib qoldim.Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi yonar, o’rtanar edi.Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.
-Bittasi Qur’oni karim,-dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi "œSo’zlar"nomli kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa"¦Onamning omonati"¦Ular men uchun naqadar qimmatli "¦ Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi:
-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy,-dedi Kitoblari butun dunyoda qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.
Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:26:42

Imom afandi — huquqshunos.

Imom afandi davom etdi:
-Men huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Ko’p foyda oldim. Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.
To’xta,to’xta"¦Demak, Imom afandi — huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham huquqshunos.,shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman, ba’zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni ko’p ajablantirishadi. Goho mutaassib odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi"¦
Imomning rafiqasi kun bo’yi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va muhabbatini berib men bilan ko’p suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli kishi edi. Hamma u kishidek bo’lsa, na dahriylik na jamiyat muammolari bo’lardi. Ruhiyatshunos kabi insonni o’ziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur o’ylab, qo’rslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki o’qituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar o’qituvchilar bola va o’smir ruhiyatini bilsalar edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim o’qishga yoshlikdan behafsala bo’lmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib bo’ladimi? Avvalo, bolaning, o’smirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yo’llarini o’rganishsa, muammo qolarmidi"¦Xuddi imom afandi kabi"¦ Suhbat davomida biroz asabiylashdim:
-Johillar,eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu ko’yga solishdi. O’z holimizhca yashashga qo’yishmadi,-dedim.
Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni noto’g’ri tushunishdi. Imom afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato qilganimni angladim.Tuzatmoqchi bo’ldim, lekin nimadan so’z boshlashni bilmasdim. 

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:27:30

.  Imom afandi o’ta nazokat bilan:
-Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yo’q,-dedi Bizlar aybdormiz, to’g’ri gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga o’rnak bo’lishimiz kerak. Bizlar ko’p bilgan, ko’p o’qigan to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi insonlar bo’lishimiz lozim. Imom afandi o’ta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib qo’ydim. Uyida mehmon bo’l, senga bag’rini, ko’nglini ochsin-u, sen uni "œaqidaparast","reaksioner" deb aybla. Bu qnaday bedodlik"¦Gar u oddiy qo’pollik bo’lsa ham"¦Bunday qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. To’g’rirog’I, o’zimni munosib ko’rmadim. Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur’oni karimni olib ketishga haqqi yo’q. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.
-Sneda qolsa, juda yaxshi bo’lardi, senga kuch bag’ishlardi, tayanch bo’lardi,-dedi, ammo men bunaqa qiz emasdim.  Meni kuzatib qo’yishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli sumkamga qo’l solgandek bo’ldi. Bu ham Onado’liga xos nazokat edi. Keyin qarasam, biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:"Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen jannatlarga loyiq bir qizsan. Har qanday qayg’uli onlaringda, sevinchli kunlaringda do’st kabi senga quchoq ochishga hozir ekanimizni unutma".
Ko’zlarim yoshga to’ldi. Qanday yaxshi odamlar. Shunchalik yaxshi bo’lish zarurmi sizlarga? To’g’risi, qalbimni, mehrimni oldingiz. Yuragimni sizga qoldirdim. Umid qilamanki, sizlarni yo’qlaydigan darajada sof va pokiza bir tuyg’u haligacha qalbimga begona emas. Ammo qayerda u"¦Bu qahqirlar davrasida sof va pokiza qolish mumkinmi? G’uborli hislarim bilan o’zimni bu yerda begonadek sezdim. Ajoyib, pokiza va huzurbaxsh muhitni buzishga haqqim yo’q edi. Shuning uchun barcha sirlarni ortda qoldirib, yo’lga chiqdim. Yana sovuq chehralar, jirkanch rejalar to’la manfaatlari har narsadan ustun bo’lgan bir muhitga qochayotgandeim. Baxtsiz inson baxtiyorlikni ham his etolmaydi. Ko’ramiz,"jondek aziz do’stlarim" menga yana qanday tuzoqlar qurisharkin?

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:30:30

Istanbulda, qahqirlar davrasida.
Mana, Istanbuldaman. Bir huquqshunos talaba dunyoni tuzatishga kirishdi. Yuksak orzular yo’liga tushgan buyuk sohaning vakili bo’lmoqchi yolg’iz yosh qiz. Amina ham Anqarada. U ham tibiiyot fakultetiga kirdi. Bilaman uning kelajagi porloq. U o’zini himoya qila oladigan va tahlikani oldindan sezadigan aqlli qiz. Uning fikr dunyosini va g’oyalarini yoqtirmasam ham, bu haqiqatni tan olaman.  Men-chi? Bulg’angan, toptalgan, zulmatli bir keljak. Chunki men burnimning uchini ko’rolmaydigan qoloq fikrli odamman. Har qancha ilg’or, inqilobiy nutqlar so’zlasam ham"¦ Amina va ota-onasi men uchun ko’p qayg’urishdi. "œSenga ishonchli bir joy topamiz. Istanbul katta shahar, ko’chalarda har turli tahlika kezadi. Yolg’iz o’zing qiynalasan", deyishdi ular"¦ Yo’q"¦ Yana qaysarligim tutdi. Keljagimni o’zim tanlayman. Kuch qudratimni isbot qilaman. Hech kimning hayotimga aralashuvini xohlamayman. Davlat yotoqxonasiga joylashdim. Ammo mening nomim, ovozam o’zimdan avval yetib kelgan ekan"¦Atrofimni bir guruh "œipini uzgan" yoshlar o’rab olishdi. Ilg’orlar, nurlilar,hurriyatchilar va yana shu kabi toifa vakillari"¦ Men kim bo’libman o’zi? Topilmas bir aksilon yoki to’shaklarni isituvchi et-ustixon yig’indisimi? Bunaqa savollar hech tugamasdi. Xato niyatli, qoloq fikrli, qat’iy qarorli bo’lganim uchun emas, menga shundaylar uchrayotgani uchun. Boshda darslarga yaxshi qatnashdim. Ammo menga osilganlar yanada kuchli chiqdi

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:31:01

 U yoq bu yoqqa tashlay boshladim. Maktabga bormay qo’ydim. Ilk borganlarim har xil guruhlar, "œsotsial faolliklarni oshirish" nomi ostida iflos ishlar qiladigan joylar edi. Inqilobchilar, komunistlar, marksistlar, eronchilar, giyohvandlar, bilmayman yana nimalar"¦ Qorishiq, iflos"¦Har tomon ostin-ustun. Va bir yosh qiz. Sohasini, g’oyasini asta sekin yo’qotgan, kuchi, irodasi nuragan bir qiz"¦ "œOrtimga tushgan, qo’limdan tutgan yoshlar soyasidan burnimni har teshikka suqardim. Ilk yoqtirgan odamim juda fe’li tez chiqdi. Uni tutib keltirishdi. Qilmishi yo davlatga qarshi bir namoyish yoki geroin tijorati"¦ Har ikkisidan ham bor. Dinni bilmaydi,Allohni tanimaydi. Ba’zi o’xshashliklarimiz bor. Ammo uning ahloqsizliklari menikidan o’tadi. Shunaqa daydiliklari na yaxshi fikr qoldiradi, na umid uyg’otadi. Asl maqsadi pul, foyda. Yana soxtalik va tuzoq. Aytish joiz bo’lsa ayatman. Huquq fakulteti haqidagi shirin hayollar tugadi. Har kuni qilganimiz ichkilik ichish, qo’shiq kuylash va uchish. Ha, uchish"¦Keyin esa dunyoni qutqarmoqchi bo’lgan bir daydining yotog’ida ko’zlarimni ochaman. Mana senga va’da qilingan "œideal hayot". Istanbul meni juda tez yutib yubordi. Qarshimda yana bir zarba muallaq turibdi. Ularga qo’shilishga majburman. Pul yo’q, joy yo’q, ovqat yo’q. Allohning qahriga uchrasin bunaqa inson. O’zimdan jirkanaman. O’zimcha "œzamonaviy hayot ayoli" bo’ldim. Ba’zi inqilobchi o’rtoqlarimni fikricha, bu yaxshi. Ayol ham, erkak ham o’zi xohlaganidek yashashi kerak. Shunday yashash mumkinm, bilmayman? Ba’zi narsalarni bila turib tepaman. O’zim xohlab, o’zim yig’layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim, albatta. O’jarligim ularni ko’rishga, ergashishga to’siq bo’lardi. Amina, dadasi, Imom afandi, matematika o’qituvchisi"¦Bu insonlar meni juda yaxshi ko’rishdi. Himoya qilmoqchi bo’lishdi. Yordam bermoqchi bo’lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg’or fikrli, inqilobchi bo’laman, deb ularni mensimadim. Ko’zing ko’r bo’lsin. Bilaturib jarga qulash deganlari shu-da"¦


Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:32:22

Shu erkinlikmi?
Istanbulda mustaqilman,shundaymi? Sho’ri qursin bu erkinlikning. Tashqariga chiqsang ortingdan bir suruv it"¦To’satdan oromingni buzishadi. O’qishga ketyapman. Juda orqadaman. Tartibga kelishim qiyin. Yotoqxonadan ayrildim. Uy topishim kerak. Ammo ijaraga katta haq to’lanadi. Har galigi to’lov ruhimdan, rostg’oyligimdan, xayollarim va idelimdan bir parchasini olib ketadi. Shumi erkinlik? Yo’q, azizim, yo’q. Sen erkin falonchi emassan. To’rt devor ichida yashayotgan qishloq qizining fikrlarida sening bu qarashlaringdan ilg’orroq bir erkinlik bor. Gapir? Amina, Imom afandi mendan ko’ra erkin emasmi? Men zamonaviy,ular eskicha. Miyamga bunday mantiqsiz fikrlar qaydan keldi? Endi ulardan qutulolmayapman. Chiqarib tashlolmayapman. Ichishni xohlayapman, bo’lmaydi. Uchishni xohlayapman. Qayg’ularimni unuttiruvchi sehr kerak. Shu ahvolda ketsam manzil juda yaqin. Kinlarim yomon xonalarda, iflos uylarda, tark etilgan burchaklarda o’tmoqda.U yerlarda ichar, faqat ichardim. Keyin esa ukol. Topsam, albatta. Hozircha piyodaman. Ukollarni tashiydigan qizlar bor. Bu ham bir tijoratmi? Keyin esa chidab bo’lmas iztirob. Mudhish bo’shliq"¦Nega yashayotganimni, qayerdaligimni unutaman. Qaniydi, umuman uyg’onmasam. Bir mikrob yo’qolardi. Ba’zan inqilobchi do’stlarim majlisiga qatnashaman. Haqiqat haqidagi yolg’on gaplarga kulib qo’ya qolaman. Oh, haqiqatlar, tildagidek toza bo’lsa, to’g’ri chiqsa. "œObro’li kurash, to’g’ri hayot, inson haqlari"¦"qanchalar go’zal emasmi? Xuddi shunday deb hayqirganlarning hayotimizni zulmatga aylantirishi, bizni bir matohdek ishlatib, so’ngra tashlashi? Mana shuning uchun isyon qilardim. Shuning uchun ichib alamlarimni unutmoqchi bo’lardim. Kunlarim azobli, oylar umidsiz. Zo’rg’a ikkinchi kursga o’tdim. Bu yog’I yoz mavsumi. Aminaning yuzlarcha da’vatlari ortda qoldi. Necha marotaba Imom afandining ayoli va matematika o’qituvchim yo’qladi. Yo’q, yo’q. Yonimga kelmang, mendan yaxshilik kutmang. Ular bilan gaplashsam, yanada terslashardim. Aminaning ahvol so’rashi, matematika o’qituvchimning chin dildan samimiy bir tarzda "œQandaysan,qizim?" deyishi"¦Imom afandini ayolining "œSeni sog’indik" deyishi yuragimga bir og’riq solardi. Bu yaxshi insonlarni ko’rgach, ichimda bir mudhish kurash boshlanardi. O’zimni hisob berishga majburlovchi bir tuyg’u"¦Qilmishlarim uchun meni ayblovchi bir ovoz. Shunday paytlarda o’zimni burda-burda qilib tashlagim kelardi. Nega men bunchalik yomon odamman, deb ezilardim.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:33:00

. Eng yaxshisi ular bilan ko’rishmaslik. Ichaman, ichaveraman, o’zimni yo’qotaman, alamlarimni unutaman. Yozda yana bekorchiman. Ish topishim kerak. Ammo meni o’g’irlaganlar also o’z holimga qo’yishmaydi."Biz senga pul, ovqat, yoradigan joy beramiz". To’g’ri berishadi"¦Ammo endi yetar, axir mening ham izzat-nafsim bor-ku"¦Nomim, ishim, obro’yim, ayolligim bo’lishi kerak. Yo’q hammasi bir-biriga qorishib ketadi. O’zgarmas vat ark etilmas bir muhitdaman. Necha to’shak, necha "œsevgili" necha aldagan insonlar yoki aldanganlar"¦Titrayman, uyalaman, boshimni devorlarga uraman. Meni xalos etuvchi yo’qmi"¦Ammo qutqarmoqchi bo’lganlarga ham yaqin yo’lamayman. Bu holat meni yiqitadi. Ular yonimga kelishganida o’zimcha ulardan intiqom olardam. Qanday qilib, deysizmi? Ayollarni matohdek biluvchi va ko’pxotinlikni yo’qlovchi va bu haqda nutqlar so’zlovchi oxirgi "œsevgilimni" atay aldadim. Tabiiyki, aqldan ozayozdi"¦
Bir daqiqa,xojam, xoanmga yana oq xalatlilar kirishdi. Ikki vrach, ikki hamshira. Natijalar haqida bahslashishmoqda. Ko’zlarida umidsizlik seziladi. Men soxta tabassumlaridan payqadim. Ishlar to’g’ri ketyapti. Yetar, bu umrga ko’p narsani sig’dirdim. Balki bir necha kishining hayotini yashadim. Bular ketishsin, keyin davom etamiz"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2007, 12:33:28

Ayolim ikkimiz joylashib olgan xonaga o’g’lim va qizim kirib kelishdi. Bizni ko’zlarimiz yoshli, bezovta va g’amgin ko’rib sababini so’rashdi.
-Maktub,-dedik. Ammo bu safar umuman boshqacha. Shuni o’qiyapmiz. Qaysar qiz ekan, bir qancha to’g’ri odamlarni yaxshi ko’rmaydi. Shu sabab boshiga tushmagan balo yo’q.Qaraylik-chi, qanday tugarkin. Biroz suhbat qurib, dam olgan bo’ldik. Bunday hayot to’zonida, aybning katta qismi Ayselning o’zida. Yordamga cho’zilgan shuncha qo’lni ortga surdi. Onasining omonatlarini olmagandan keyin, oladigani nima bo’lardi"¦Yig’layinmi, jahl qilayinmi? O’qiylik, ko’ramiz natija nima bo’larkin?

Qayd etilgan