Bu maktubni o’qigan o’zini hisob qiladi.
Maktub bitdi. Ammo biz ham adoyi tamom bo’ldik. Bu go’yo maktub emas, bir insonning girdobdan qanady qutulgani haqidagi tarixiy bir hujjat edi. Dindan, iymondan mahtum etib tarbiyalangan qizning bu qayg’uli hayot hikoyasini o’qib, kimlardir uyaladi, kimlardir g’amga botadi. Tarbiyachilar,ota-onalar,o’qituvchilar,jamiaytdagi hamma"¦Bu maktub necha qo’llarga boradi, hamma o’qiydi va har kim qilgan xatolari haqida o’zini so’roqqa tutadi. Bugun Aysel bo’lsa, ertaga boshqa bir qiz"¦Bunday tuzoqlar yana ko’p yoshlarni kutayotgani sir emas. Bu maktubni o’qib ushbu haqiqatni yana bir nagladim:
"œIymon insonni inson qiladi. Kufir insonni tuban hayvonga aylantiradi. Agar iymon bo’lmasa yohud isyon bilan iymondan uzoqlashsa, inson hayoti zohiriy, qisqa bir zavq va lazzat bilan o’tsada, undan ming marotaba uzoq va ortiq alamlar iztiroblarga giriftor bo’ladi.Qarshimda katta yong’in, olovi ko’kka o’rlaydi. Ichida farzandlarim, iymonim yonyapti, yong’inni o’chirmoqchi bo’laman. Yo’lda kimdir meni to’smoqchi bo’ladi, oyog’im tegadi, nima ahamiyati bor"¦"
Ha, yoshlikning iymoni o’tga tutilgan. Bu yong’in bir avlodning natijasidir. Bu yong’in o’chirilmasa, jamiyat tinchimaydi. Ota-onalar, faryod chekish bilan, tarbiyachilar esa iymonini yo’qotgan anarxistlar bilan shug’ullanishda davom etishga majbur. Bu yong’in har biro damning Allohga ishonchi bilan nega yashayotganini, kimligini va qimmatini tushunishi bilan so’nadi. O’ylab ko’ring, o’lganidan keyin tirilishga ishongan inson jamiyatga zarar yetkaza oladimi? Hayotini g’ayriqonuniy yo’lda o’tkazadimi? Yoshligini zaharlab, umrini tijorat matosi qilib ishlata oladimi? Millatiga xoinlik qila oladimi? Insonni to’xtatishning, uni nazorat qilib, namunali va go’zal axloqli qilib tarbiyalashning Allohdan qo’rqish va qullik shuurini anglatishdan boshqa yo’li yo’qdir"¦
Mana eng katta misol"¦Biz o’qigan shu maktub"¦Nima ham qilardik? Butun oila a’zolari bilan bahslashamiz. Nimadir qilishimiz, o’lim to’shagida yotgan qizga yetishuvimiz kerak. Ammo qanday qilib? Maktub oxirida faqat "œAysel" ismi yozilgan edi. Na manzl, na u yotgan shifoxona aniq emas. Ammo maktub Anqaradan kelgan edi. Qiz maktubda yozishicha, onkologiya bo’limida davolangan. Anqaradagi hamma kasalxonalarni qidirib chiqish kerak. Shunday qildik.