Yagona sirdoshim — akamni ham yo’qotdim.
Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, hayotimning ildizi qo’porilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim so’nib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, Hayot! Nima ko’rdim sendan?
Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib o’lgan edi. Yoki boshqacha bo’lgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli bo’l. Bola qalbing bilan qanday chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli bo’l.Yolg’iz boshingga qanday uddalay olasan?
Falakning eng og’ir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta bo’lsa-da ko’rolmaganim oanm, ikkinchisi esa, jon do’stim, borlig’im, mehribongina, kichik pahlavonim akam"¦Oh, u tirik bo’lsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek bahtiyor bir oilada bo’lardim. Oh, u tirik bo’lsaydi, hech bir yitqich bo’ri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot bo’lsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qo’ysa edi"¦Hech qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuyg’usiga qo’l siltamagan, yuzi yorug’, boshi tik bir inson bo’larmidim"¦
Oh, u yonimda bo’lsaydi"¦
Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam.Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu yonish olovdan ham kuchliroq bir qo’rdir. Buni ichi yonganlar biladi.
Qo’llarim titrayapti shu lahzalarda.Gaplarimni tushunayotgan bo’lsangiz kerak. Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar bo’yi yig’lashga ko’nikka ko’zlarim yana yosh to’kyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yig’lash, eng katta qurolim. Kuchsizning kuchi ko’zyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, chidolmayapman, xojam"¦"