2; 80-yillar o’rtalaridan esa vaziyat o’zgardi. Diniy, millatchilik yorliqlari yopishtirilgan va o’rganishi taqiqlangan milliy xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy voqea, hodisalar, allomalar faoliyatini tadqiq etishga biroz erkinlik berildi. Natijada islom dini, uning ahamiyati, so’fiylik, tasavvuf masalalariga oydinlik kiritila bosblandi. O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, jadidchilik harakati, oktabr to’ntarishi, «bosmachilik» (istiqlolchilik), «Hujum» harakati, sovet davrining boshqa masalalari yangicha tafakkur asosida talqin etila boshlandi.
Mazkur davrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Shayxzoda va boshqalarning millatchilikda, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on qilinganliklarining tub sabablari ochib tashlandi. 30—40-yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. “Chig’atoy gurungiâ€, “Milliy ittifoqâ€, “Milliy istiqlol†“Botir gapchilar singari «aksilinqilobiy guruh»lar vakillari aslida madanivatimiz va tari-ximizning yetuk ziyolilari, millat gullari ekanliklari, istiqlol uchun jon fido qilganliklari ma'lum bo’ldi. Birgina 1937—1939-yillar orasida ichki ishlar xodimlari tomonidan qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyolining qatag’on qismati o’rganildi, keyinchalik mamlakatimiz siyosiy rahbariyatining sa'y-harakatlari bilan ulaj oqlandilar
O’zbekistonda 80-yillar o’rtalaridan boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy uyg’onish sovetlar ma'muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy, aksilinsoniy tomonlarini ochib tashladi.
Ayni paytda ta'kidlash lozimki, hech qanday real, ilmiy asosga ega bo’lmagan «qayta qurish» g’oyasi asosida amalga oshirishga harakat qilingan demokratiya siyosiy jihatdan cheklangan edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, kommunistik mafkuraning yakkahokimligi sharoitida demokratik tartiblarni o’rnatish, qonun ustuvorligiga erishish mumkin emasdi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va demokratiya hech qachon bir-birini e'tirof etmaydigan tushunchalar edi.