Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 170899 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #120 : 02 Iyun 2008, 20:35:58 »
                                      Ahmad Al-Farg'oniy (797-865)

Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.

Allomaning ijodiy faoliyati Bag‘dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan «Baytul hikma» bilan bog‘liq. Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqtsagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yudduzlar jadvali» dagi ma’lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998 yilda Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o‘rnatildi va istirohat bog‘i barpo etildi.

Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi’’ boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #121 : 02 Iyun 2008, 20:37:49 »
                                     Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.

Ma'lumotlarda  yozilishicha  uning 152  ta  kitobining  nomi  na'lum.  Bizgacha  ulardan  27  tasigina  yetib  kelgan.  Uning  bir  qancha  kitobi  tabiiyot  ilmiga  bag'ishlangan. Bu  sohaning  rivojlanishida  Beruniyning  tabiiyot  va  tabiat  hodisalarini  o'rganish  usullari  ,  harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi  hodisalar, modda  tuzilishi  haqidagi  ijodiy  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  bo'ladi.

Beruniyning  o'sha  davrda  yaratgan  kashfiyotlaridan  biri - globus  ixtiro etganligidir.

U  Quyosh atrofida  sayyoralar  aylanishini,  Yer  esa  ana  shu  sayyoralardan  biri  ekanligini  aytadi.

Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #122 : 02 Iyun 2008, 20:41:14 »
                                        Abu Ali ibn Sino (980-1037)

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.

Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.

Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #123 : 08 Iyun 2008, 17:14:08 »
                                          "Xamsa"chilik tarixidan

«Xamsa» - «beshlik» degani. U beshta mustaqil dostondan iborat bo‘lib, har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng hamda atroflicha masnaviy yo‘li bilan yoritib beradi. Har bir asar «Xamsa» atalmog‘i uchun:

a)    besh dostondan tashkil topmog‘i;
b)    birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i;
v)    ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i;
g)    uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i;
d)    to‘rtinchi doston Bahrom haqida bo‘lmog‘i;
e)    beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.

Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar «Xamsa» yaratishgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #124 : 08 Iyun 2008, 17:21:53 »
                                                  NIZOMIY GANJAVIY
                             (1141 - 1143 yillar orasida tug‘ilgan, vafoti - 1209 yil)


Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan.

Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341 yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini Ogahiy tarjima qilgan. Navoiydan tortib barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan.

Asarlari: «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», 1173 - 1179 yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan), 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181, bu doston Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, muhabbat va qahramonlikni ifodalaydi), 3. «Layli va Majnun» (1188, unga 118 ta nazira bitilgan. Bu asar Shirvonshohlardan Axsatan 1 buyrug‘iga ko‘ra yozilgan), 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal», bu asar 1196 yilda Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan yuzaga kelgan. «Haft paykar» Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan asar bo‘lib, doston voqealariga bog‘lanmaydigan besh hikoya berilgan. Nizomiyning bu dostonidagi daraxt shoxiga osib qo‘yilgan it hikoyasida Bahromshoh xiyonatkorlikdan, adolatsizlik kuchayayotganidan ogohlantiriladi. Asar so‘nggida Bahrom ov izidan g‘orga kirib ketib qaytib chiqmaydi), 5. «Iskandarnoma» (1196-1201, bu doston 2 qismdan iborat: a) Sharafnoma b) Iqbolnoma).
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #125 : 08 Iyun 2008, 17:25:54 »
                                                     XUSRAV DEHLAVIY
                                                             (1253 - 1325)


Yamuniddin Abulhasan Amir Xusrav ibni Amir Sayfuddin Mahmud Dehlaviy 1253 yilda Hindistonning Patyoli degan shaharchasida dunyoga keladi. Uning otasi asli shahrisabzlik bo‘lib, avlodi turkiy elatlarning lochin urug‘idan bo‘lgan. Ammo u mo‘g‘ullar hujumining dastlabki yillaridayoq tarki vatan etib, Dehli hukmroni Shamsiddin Eltutmish saroyiga xizmatga kiradi va 1261 yilda mo‘g‘ullarga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Xusrav Dehlaviy bobosi Imodulmulk qo‘lida tarbiyalandi, Qozi Sa’duddin Muhammad ta’limini oldi. 20 yoshida Xusrav iste’dodli shoir, qomusiy bilim sohibi - olim, sozanda va bastakor bo‘lib yetishdi. U umri davomida 7 hukmdorning dargohida xizmat qilib, umrining oxirgi 30 yilini Dehlida o‘tkazadi. Ulug‘ shoir 1325 yili Dehlida vafot etgan. Xusrav Dehlaviyning she’rlari 5 ta devonga jamlangan bo‘lib, u 400000 dan ortiq bayt ijod qilgan. Abdurahmon Jomiyning ta’kidlashicha, Xusrav Dehlaviy 99 ta kitob muallifidir. Dehlaviy Nizomiy «Xamsa» siga hammadan yaxshiroq javob aytgan shoirdir.

Asarlari: «Xamsa» (1299-1301, uning tarkibida quyidagi 5 doston mavjud: 1. «Matla’ ul-anvar» («Nurlarning boshlanmasi»), 2. «Shirin va Xusrav», 3. «Majnun va Layli», 4. «Hasht behisht» («Sakkiz jannat», Ogahiy tarjima qilgan. Husrav Dehlaviy "Hasht behisht" dostonining Nizomiy "Haft paykar" idan farqlari shundaki, unda kanizakning nomi Dilorom deb o‘zgartirilgan, yetti hikoya hind eposidan olingan), 5. «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi»)), «Tuhfat us-sig‘ar» («Yoshlik tuhfasi»), «Vasat ul-hayot» («Hayot o‘rtasi»), «G’urrat ul-kamol» («Kamolot ibtidosi»), «Baqiyai naqiya» («Saralarning sarasi»), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot cho‘qqisi»), «Qiron us-sa’oayn» (Ikki saodatli sayyoraning qo‘shilishi), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar kaliti»), «Xazoyin ul-futuh» («G’alabalar xazinalari»), «Duvalroniy va Xizrxon», «Nuh sipehr» («To‘qqiz qavat osmon»), «Tug‘uluqnoma», «Tarixi Dehli», «E’jozi Xusraviy («Xusrav mo‘jizasi») va boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #126 : 08 Iyun 2008, 17:28:25 »
                                                   ABDURAHMON JOMIY
                                                       (1414-1492)
Ulug‘ fors-tojik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy 1414 yil 7 noyabrda Xurosonning Jom shahrida shayxulislom - Nizomiddin Ahmad oilasida tug‘ilgan. Jomiy go‘dakligida uning oilasi Hirotga ko‘chib boradi.

Shoir dastlab maktabda, keyin Hirotdagi Dilkash va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasalarida ta’lim oladi. Mavlono Junayd qo‘lida, keyinroq Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va Aloiddin Ali Samarqandiylardan ta’lim olgan.

Abdurahmon Jomiy Samarqandga kelib Qozizoda Rumiy darslariga qatnashgan. U til, adabiyot, falsafa, matematika, astronomiya, huquq va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. Din va tasavvufni sinchkovlik bilan o‘rgangan. Jomiy Shayx Sa’diddin Koshg‘ariydan tasavvuf bo‘yicha ta’lim olgan. Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan.

A. Jomiy Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonining muqaddimasida filga qiyoslab madh etilgan.

Asarlari: «Xaft avrang» («Yetti taxt», dastlab «Xamsa». Unga «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol» (1480-81), «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi», 1481-82), «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482-83), «Yusuf va Zulayho» (1483), «Layli va Majnun» (1483), «Xiradnomai Iskandariy (1485) kabi dostonlar kirgan), «Bahoriston» (o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf uchun yozgan), «Aruz haqida risola», «Arab tili darsligi», «Ruboiy sharhi», «Munshaot», «Qofiya haqida risola», «Naqshi fusus» («Javohirlar naqshi»), «Lujjat ul-asror» (qasida), «Nafohatul-uns («Do‘stlik tarovati») va boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #127 : 14 Iyun 2008, 14:58:57 »
                                                        ALISHER NAVOIY
                                                          (1441 - 1501)
   
    Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, “Ilk devon” (1464-65) tuzgan edilar, so’ngra “Badoyiul-bidoya” (“Go’zallikning boshlanishi”), “Navodirun-nihoya” (“Nodirliklar nihoyasi”) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to’rt devon (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari “oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, “majoz - haqiqat ko’prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidagi zohiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

“Nazmul-javohir” (1485) Hazrat Alining “Nasrul-laoliy” asarining turkiy nazmga solingani bo’lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta’limiy qarashlar o’z aksini topgan.

Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

“Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostoni(1499)da, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”(1495-96)da, “Tarixi anbiyo va hukamo”(1485-8), “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan. (To'liqroq: www.literature.uz )
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #128 : 21 Iyun 2008, 03:49:25 »
                                      ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
                                                  (1483 - 1530)
 
          Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.

Lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni” ga jamlangan. To’liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulug’ asari “Boburnoma” bo’lib, uni “Vaqoe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to'ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

“Boburnoma”ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan.

Yangi alifbo-“Xatti Boburiy”ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot” (1521), aruz vazni haqidagi "Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor. “Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining “Volidiya” asarini o’zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #129 : 21 Iyun 2008, 03:54:30 »
                                                 SO'FI OLLOHYOR
                                                   (1644 - 1721)
   Yirik o'zbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlog'ida (1644) tug'ilgan. O'n yoshlarida Buxoroga o'qishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bo'lib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navro'z qo'lida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri o'sha yerda.

So'fi Ollohyorning “Maslakul-muttaqiyn” (“Taqvodorlar maslagi”), “Sabotul-ojizin”, “Maxzanul-mute'in” (“Mute'lar xazinasi”), “Murodul-orifin” asarlari mavjud. “Bayozi alamkash”da 73 she'ri bor.

So'fi Ollohyorning mashhur asari “Sabotul-ojizin” bo'lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So'fi Ollohyorning o'zi uni o'zbek tiliga she'riy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq “Sabotul-ojizin” asarining tuzilishi ham o'ziga xos.

“Maslakul-muttaqiyn” asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo'li (tarmog'i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #130 : 27 Iyul 2008, 15:39:45 »
                                             Boborahim Mashrab
                                                      (1653 - 1711)
Ulug’ o’zbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qo’lida o’qiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xo'ja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan (1711) dorga osiladi.

Majzub Namangoniyning “Tazkiratul-avliyo”, Ishoq Bog’istoniyning “Tazkirai qalandaron”, Maleho Samarqandiyning “Muzakkiri asxob” kabi tazkiralarida, Hakimxon to’raning “Muntaxabut-tavorix”, Mirzo Olimning “Ansobus-salotin” asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba “Qissai Mashrab” (“Shoh Mashrab”, “Devonai Mashrab” nomlari bilan ham uchraydi)dir. Uning ko’pgina qo’lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.

Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Shoir merosi “Qissayi Mashrab” orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.

“Mabdai nur” va “Kimyo” asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997 yilda “Mabdai Nur” (Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy”siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.

Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; o’zbek adabiyotshunoslari Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Mo’minov, G’afur G’ulom, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, A.Abdug’afurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari bor.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #131 : 27 Iyul 2008, 15:44:27 »
                                                    Turdi Farog'iy

Turdi Farog`iy Buxoro adabiy muhitining yirik vakillaridan biridir. U XVII asr o`rtalari-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Turdining hayotiga oid ma`lumotlar juda kam saqlanib qolgan.
Turdining hayot yo`li o`sha davr shohlarining ichki nizolari tufayli ko`plab dilxiraliklar bilan o`tdi. U Rahimbiy va Norbo`tabiy kabi hukmdorlarni ko`rdi. Ulardan o`ziga, yurtiga, xalqiga saodat tilab, ko`p bora himmat va saxovat so`radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o`zga farog`at ko`rmadi.
Shoirning she`rlarida isyonkorlik ruhi kasb etishi o`sha davr muammolari bilan bog`liqdir. U amalda janggohga aylangan jamiyatda ko`rgan-kechirganlarini o`z she`rlarida yoritdi.
Turdi Farog`iyning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni, adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she`ri yaqqol tasavvur uyg`ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg`a bahri talotum Turdiman.
Qiriq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.
Rishtadek ming bor ro`ze chashmi so`zandan o`tar,
Bovujudi e`tibori chashmi mardum Turdiman.

Turdining hayotiy kechmishini aks ettiruvchi manbalardan biri uning Oqbo`tabiy hukmronligi davrida bitgan bitta turkiy muxammasidir.
Bizgacha Turdi ijodidan 434 misradan iborat ja`mi 18 ta she`ri yetib kelgan. Bu merosning tarkibi 5 ta muxammas, 12 ta g`azal, 1 ta farddan iboratdir.
Turdi zullusonayn shoir bo`lgan. Ya`ni, misralarining 397 tasi o`zbek tilida, 37 misrasi esa tojik tilida yozilgandir.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #132 : 27 Iyul 2008, 15:53:56 »
                                      MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY
                                                        (XVIII asr)
Taniqli o’zbek shoiri, liro-epik she’riyat tarraqqiyotida alohida o’ringa ega. Xorazm (1701)da tug’ildi. Ijodiy merosidan lirik she’rlari va “Husnu Dil” dostoni yetib kelgan. She’rlari “G’azaliyot va muxammasoti Nishotiy”, “Bayozi mutafarriqa”, “Bayozi majmuai ash’or” kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan ko’chirilgan devoni (1903) O’R FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.

Yirik asari “Husnu Dil” dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur bo’lib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, ko’ngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, G’amza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-ta’limiy g’oyalari ifodalangan. “Qushlar munozarasi” asari ham allegorik - majoziy harakterga ega bo’lib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning o’zaro bahsu-munozaralari orqali o’z qarashlarini bayon etadi.

Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixo’jaev, M.Qosimova v.b. tomonidan o’rganilgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #133 : 27 Iyul 2008, 15:56:43 »
                                           XO’JANAZAR HUVAYDO
                                                      (1704 - 1780)
Xo‘janazar G’oyibnazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi o‘shlik bo‘lib, uning o‘zi Farg‘onaning Chimyon degan qishlog‘ida tug‘ilgan va umrining oxnrigacha shu yerda yashab, ijod etgan. Uning tug‘ilgan yili noma’lum. Huvaydo boshlang‘ich ta’limni Chimyondagi maktabda oladi, Qo‘qon madrasalarida o‘qiydi, muallimlik bilan shug‘ullanadi, to‘quvchilik san’ati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shoir Noseh Huvaydoni bunday tavsif etadi:

Tutub suhbat davom umrin boricha,
Bayoron ta’lim erdi fikru yodi.
Dabistonda sa’y aylab tunu kun,
Yozilg‘on necha tolibning savodi.
Muningdek olihimmat er anodin,
Du bora tug‘magay dar hech bilodi

Huvaydo taxminan 1780 - 1781 yillarda vafot etgan. Uning sulolasidan Sirojiy, Salohiddin Soqib, Samar Bonu kabi shoirlar yetishib chiqqan. Huvaydoning adabiy merosi «Devoni»da to‘plangan. Bu devondan shoirning 100 dan ortiq g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi, 1 musammani, 1 mustahzodi va 3 masnaviysi o‘rin olgan. Shoirning «Rohati dil» (didaktik (o‘git) hikoyatlardan tuzilgan masnaviy asar) dostoniga kirgan «Bayoni g‘addoriyi dunyo» hikoyati pandnoma xarakterida bo‘lib, unda aka-ukalarning fojiali qismati, mehnatsiz topilgan boylik hech kimga nasib qilmasligi bayon qilingan.

Adabiy merosi: «Na qildim sanga man...», «Hoki poyi yaxtilar bo‘l...» (bu g‘azal mazmun va g‘oyaviy yo‘nalishi hamda shakliy-badiiy xususiyatlari, hatto aynan bir so‘zning radif qilib olinishiga ko‘ra ham Turdi Farog‘iyning «Jismi qonundin nafas tori uzulmasdan burun» misrasi bilan boshlanuvchi turkiy muxammasiga hamohangdir), «Nafsing seni qattig‘ balo...», «Qoshingga sajda qildim...», «Topolmasman» kabi she’rlari, «Ibrohim Adham» qissasi va boshq.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #134 : 27 Iyul 2008, 16:01:01 »
                                              Shermuhammad Munis
 
                                                          (1778 - 1829)
 
Yirik o’zbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlog’ida Avazbiy mirob oilasida (1778) tug’ildi. 1800 yilda otasi va og’a-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning o’g’li Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis “Firdavsul-iqbol” nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha bo'lgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.

Munis “Munisul-ushshoq” (“Oshiqlar do’sti”) nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda ko’chirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari O’zFAShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning she’riy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning “Ravzatus-safo” asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi. 1804 yilda arab alifbosini o’rganishga bag’ishlangan “Savodi ta’lim” nomli she’riy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya.G’ulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.




G’AZALLAR


Qilmangiz

Do’stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar bo’lsa bir mahbub ila bazmi nishot,
Mensiziz suhbat tuzarga maylu rag’bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yod etmay meni,
Zor ko’nglumni asiri dog’I furqat qilmangiz.

Men kibi yo’qdur aroda, mankubu maxmuri aysh,
Kimsaga mendin ziyoda boda shafqa qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jam’I nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do’st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do’stidin,
Munis ahvolin ko’rub tarki muhabbat qilmangiz.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 260900
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91419
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257389
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 30234
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324881
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun