Muhammad Rizo Ogahiy
(1809 - 1874)
Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.
Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. "œTa’vizul-oshiqin" ("œOshiqlar tumori") nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.
O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U "œRiyozud-davla" (1844), "œZubdatut-tavorix" (1845-1846), "œJome’ul-voqeoti Sultoniy" (1856), "œGulshani davlat" (1865), "œShohidi iqbol" (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z ishlarida foydalanishgan.
Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning "œHaft paykar" (nasr bilan), Sa’diyning "œGuliston", Kaykovusning "œQobusnoma", Mirxondning "œRavzatus-safo", Muhammad Mahriy Astrabodiyning "œTarixi Jahonkushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "œBadoe’ul-vaqoe’", Mahmud G’ijduvoniyning "œMiftohut-tolibin", Muhammad Muqim Hirotiyning "œTaboqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshiyning "œTazkirayi Muqimxoniy", Rizoqulixon Hidoyatning "œRavzatus-safoyi Nosiriy", Husayn Voiz Koshifiyning "œAxloqi Muhsiniy", Muhammad Vorisning "œZubdatul-hikoyat", "œSharhi daloyilul-hayrot", Jomiyning "œYusuf va Zulayho", Badriddin Hiloliyning "œShoh va gado", Nizomiyning "œHaft paykar" kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.
O’zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodini ilmiy tadqiq etish, asarlarini chop etish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida G’.Karimov, S.Dolimov ishlari salmoqli. Shuningdek, Ogahiy ijodi bilan V.Abdullaev, R.Majidiy, A.Abdug’afurov, Q.Munirov, N.Komilov, A.Pirimqulov, M.Matyoqubova, Q.Sultonova, T.Matyoqubova, v.b. tadqiqot yaratganlar.
Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizul-oshiqin. —T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jaev v.b.) . — T.: 1999.