Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 170812 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #135 : 27 Iyul 2008, 16:07:52 »
                                                 Jahon otin Uvaysiy
 
                                                           (1780 - 1845)
 
 
Atoqli shoira, o’zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Marg’ilonda tug’ilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo’lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qo’qonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Marg’ilonda vafot etadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin she’riy asarlari mavjud. Uning bir devoni O’R FA ShIda saqlanadi (inv.â„–1837). Unga shoiraning g’azal, muxammas, musaddas, murabba’lari va “Shahzoda Hasan” hamda “Voqeoti Muhammadalixon” dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan.“Shahzoda Hasan”, “Shahzoda Husayn” kabi dostonlari mavjud, “Voqeoti Muhammadalixon” nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. “Majmuai shoiron” tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yo’nalishda o’rganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan o’rganilgan.


 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #136 : 27 Iyul 2008, 16:09:28 »
                                             Amiriy (Amir Umarxon)
 
                                                         (1787 - 1822)
 
Yirik o’zbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qo’qonda tug’ilgan, Qo’qon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Marg’ilon hokimi (1807-1810), Qo’qon xoni (1810-22) bo’lgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. “Devon” tartib bergan, “Umarnoma” dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham e’lon qilingan, uning torshirig’i bilan “Muhabbatnoma” majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.

“Devon”ida Navoiy an’analarini davom ettirgan, she’riyatning 12 janrida qalam tebratgan. G’azallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda so’fiyona talqindagi g’oyalar ham mavjud. “Devon”ning qo’lyozma va bosma nashrlari O’R FA ShIda 3642, 4419, 90, 9993, 5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99, 153 raqamlari ostida saqlanadi.

O’zbek adabiyotshunosligida Amir Umarxon ijodi Fitrat, Vadud Mahmud, P.Qayyumiy, A.Qayumov, M.Qodirova, A.Madaminov, H.Boltaboev tomonidan o’rganilgan, asarlari e’lon etilgan. O’zMU da tadqiqotchilar Z.Qobilova, M.Yuldasheva shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #137 : 27 Iyul 2008, 16:11:27 »
                                                  Nodira (Komila)
 
                                                       (1792 - 1842)
 
 
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda o’sha paytda Marg’ilon hokimi bo’lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon o’rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo’qonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan so’ng o’g’li Ma’dalixon bilan birga Qo’qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning she’riy merosi bir nechta devonlarining qo’lyozmalari (inv. â„– 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.O’zbekcha she’rlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. G’azal, muxammas, ruboiy, fard kabi ko’plab janrlardan faol foydalangan. She’rlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil an’analarini davom ettirgan. Nodira g’azallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

  Nodira hayoti va ijodini o’rganish o’z davridanoq boshlangan. Hakimxon To’raning “Muntaxabut-tavorix”, Avazmuhammad Attorning “Tuhvatut-tavorix”, Ishoqxon To’raning “Tarixi Farg’ona”, Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin” kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning “Voqeoti Muhammadalixon”, Nodir-Uzlatning “Haft gulshan” nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.

Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohko’chalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qo’yilgan.
 
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #138 : 27 Iyul 2008, 16:13:14 »
                                         Muhammadsharif Gulxaniy
 
                                                            (18 - 19)
 
Taniqli o’zbek adibi, o’zbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. O’ratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tug’ilgan, hayot yillari noma’lum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. “Zarbulmasal” asari Umarxonning torshirig’i bilan yozilgan. U haqda Fazliyning “Majmuai shoiron”, Vozehning “Tuhfatul-ahbob”, Avazmuhammad Attorning “Tarixi jahonnoma” asarlarida ma’lumot bor.

“Zarbulmasal”da “Kalila va Dimna” va sharq mumtoz nasri an’analari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. “Zarulmasal” bir necha qo’lyozma va bosma nusxalari mavjud, ular O’R FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim she’rlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi o’zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qo’shjonov, M. Qo’shmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.



Nashr qilingan asarlari:
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
O’zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #139 : 27 Iyul 2008, 16:14:30 »
                                                  Muhammad Rizo Ogahiy
 
                                                                (1809 - 1874)
 
Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. “Ta’vizul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.

O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U “Riyozud-davla” (1844), “Zubdatut-tavorix” (1845-1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z ishlarida foydalanishgan.

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning “Haft paykar” (nasr bilan), Sa’diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Mirxondning “Ravzatus-safo”, Muhammad Mahriy Astrabodiyning “Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ul-vaqoe’”, Mahmud G’ijduvoniyning “Miftohut-tolibin”, Muhammad Muqim Hirotiyning “Taboqoti Akbarshohiy”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tazkirayi Muqimxoniy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzatus-safoyi Nosiriy”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Muhammad Vorisning “Zubdatul-hikoyat”, “Sharhi daloyilul-hayrot”, Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, Nizomiyning “Haft paykar” kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.

O’zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodini ilmiy tadqiq etish, asarlarini chop etish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida G’.Karimov, S.Dolimov ishlari salmoqli. Shuningdek, Ogahiy ijodi bilan V.Abdullaev, R.Majidiy, A.Abdug’afurov, Q.Munirov, N.Komilov, A.Pirimqulov, M.Matyoqubova, Q.Sultonova, T.Matyoqubova, v.b. tadqiqot yaratganlar.



Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizul-oshiqin. –T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jaev v.b.) . – T.: 1999.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #140 : 27 Iyul 2008, 16:15:45 »
                                                 Komil Xorazmiy
 
                                                       (1825 - 1899)
 
 
Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil – lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulug’lanadi. Hajviy she’rlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. “Komil”, “Ikki sho’x” va “Qasidai Navro’z” kabi ma’rifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil – bastakor va musiqashunos sifatida “Murabbai Komil”, “Peshravi Feruz” va “Tanbur chizig’i (notasi)” kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning “Mahfiloro”, Safiyning “Latoyif ut-tavoyif”, Mirxondning “Ravzat us-safo” singari yirik asarlarini tarjima qilgan.



Manbalar:
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, O’zadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393-408 betlar.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #141 : 27 Iyul 2008, 16:16:40 »
                                               Muhyiddin Muhyi
 
                                                      (1835 - 1911)
 
Muhyi Qo’qon adabiy muhitiga mansub shoir bo’lib, ikki tilda ijod qilgan. She’rlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.

Muhyining g’azal-munojotlari shoirning dunyoqarashi in’ikosidir. (“O’tub umrim xato birlan kechurgaysan gunoh, yo rab”, “Mani ishqi majoziyg’a giriftor aylama, yo rab”).



Manbalar
She’rlar. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1992 yil 9 oktyabr.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #142 : 27 Iyul 2008, 16:18:18 »
                                      Feruz (Muhammad Rahimxon II)
 
                                                          (1844 - 1910)
 
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va san’at rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, san’atkor ham talabchan muxlis bo’lgan.

Shoir she’riyatining bosh mavzui – ishq. Uning “Ul oy vasfini vird etsam zabonda”, “Olsa jonim qoshu ko’zing, ikki lab”, “Soldi olam ichra g’avg’o, ey malaksiymo, ko’zing”, “Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur” kabi ishqiy g’azallari juda mashhur.



Nashr qilingan asarlari:
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #143 : 27 Iyul 2008, 16:20:19 »
                                                     Muqimiy
 
                                                      (1850 - 1903)
 
Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. “Oshiq bo’libman”, “Ayrilmasun”, “O’zim har joydaman”, “Aqlu hush uchdi boshimdin...” kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . “Tanobchilar”, “To’y”, “Saylov”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Hajvi Viktor boy”, “Voqeai Viktor” kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan “Sayohatnoma” janrini boshlab bergan.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #144 : 27 Iyul 2008, 16:21:27 »
                                                         Zavqiy
 
                                                          (1853 - 1921)
 
 
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy o’rin egallaydi. Zavqiyning “Kelmasa kelmasun netay?” radifli g’azali o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal an’analarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning “Zamona kimniki?”, “Dar mazammati zamona”, “Bo’l”, “Muncha ko’p” kabi she’rlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari bo’lib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning “Voqeai qozi saylov”, “Qahatchilik” dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.



Manbalar:
Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #145 : 27 Iyul 2008, 16:23:57 »
                                                          Furqat
 
                                                             (1859 - 1909)
 
  Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.

Furqat 1859 yili Xo’qand shahrida tug’ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg’in ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.

Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir 1891 yili chet ellarga chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo’lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg’un bo’lib qoladi. U 1909 yili 50 yoshida vafot etdi.

Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy o’ylar aks etgan, inson erki va g’urbat ohanglari ifodalangan, diniy ma’rifatparvarlikka alohida e’tibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.

Uning o’z boshidan kechirganlari haqidagi “Ahvolot” (ba’zi tadqiqotlarda “Sarguzashtnoma”, “Furqatnoma”), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy” kabi nasriy asarlari ham bor.



Manbalar:
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990 yil 14 dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #146 : 27 Iyul 2008, 16:28:17 »
                                                Ishoqxon Ibrat
 
                                                         (1862 - 1937)
 
 
Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk o’zbek matbaachilaridan.

“Usuli jadid” maktablari uchun yozilgan “San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy”, “Ilmi Ibrat” she’riy to’plami, tilshunoslikka oid “Lug’ati sitta al-sina”, “Jomi’ ul-xutut” kabilar, “Tarixi Farg’ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon” kabi tarixiy asarlar adibning qalamiga mansub.

Ibrat ilk o’zbek matbaachilaridan biri sifatida “Matbaai Ishoqiya” va “Kutubxonai Ishoqiya”ni tashkil qilgan.



Manbalar:
Ishoqxon Ibrat. “Tarixi Farg’ona”. Toshkent, 1992.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Ishoqxon Ibrat. Tarixi Farg’ona. Qo’lyozma, O’zMU prof. G’. Karimov fondida saqlanadi.
Ishoqxon Ibrat. Jome’ ul-xutut. Namangan, 1912.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #147 : 27 Iyul 2008, 16:29:49 »
                                                Anbar otin
 
                                        (1870 - vafot yili ma'lum emas)
 
Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira.

Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg’ularini o’ziga xos kuylovchi shoira.

Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko’tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o’rin egallaydi. (“Qarolar falsafasi”, “Qo’shulub mulki Farg’ona...”, “Ey go’zal Farg’ona, o’zingni kel emdi shod qil”).



Ilmiy adabiyotlar:
Anbar Otin. She’rlar. Risola. Toshkent, 1970.
Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
Karimov G’. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
O’zbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #148 : 27 Iyul 2008, 16:31:30 »
                                                  Siddiqiy Ajziy
 
                                                     (1864 - 1927)
 
  Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tug’ilgan. Madrasa ta’limini olgan.

U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900 yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901 yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi...

U keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni o’z ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.

Siddiqiy 1919 yilda Samarqand viloyati adliya bo’limi mudirining o’rinbosari, keyinroq esa bo’lim mudiri bo’lib ishladi.
 
S. Ajziyning 1903 yilda Halvoyida ochgan maktab binosi
1922 yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927 yilda esa vafot etdi.

Shoir adabiy merosi professor B. Qosimov tomonidan to’plab, nashr qilingan. “Ayn ul-adab” (“Odob ko’zi”, Samarqand, 1916, o’zbekcha), “Ganjinai hikmat” (“Hikmat xazinasi”, Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) she’riy to’plamlari, “Mir’oti ibrat”, “Anjumani arvoh” kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol “Shinel”i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi.

She’rlari Kavkazda “Mulla Nasriddin”, “Dirilik” jurnallarida bosilgan.

 Nashr qilingan adabiyotlar: Siddiqiy-Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973.
Ajziy. Mir’oti ibrat. To’plamda: Milliy uyg’onish. T., 1993, 96-107 betlar.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #149 : 27 Iyul 2008, 16:33:00 »
                                                Karimbek Kamiy
 
                                                      (1865 - 1922)
 
Karimbek Sharifbek o’g’li Kamiy – Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.

Kamiy 1865 yilda Toshkentning Sevzor dahasida tug’ildi. Dastlabki ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oladi. Keyin “Beklar begi” madrasasida o’qidi. Oila qurmagan. 1922 yilda o’zi tug’ilgan hovlida vafot etgan.

Kamiydan bizga olti ming misraga yaqin she’riy hamda nasriy asarlar va o’zi tuzgan bir necha qo’lyozma bayozlar saqlanib qolgan.

 
 
Karimbek Kamiy. Dilni obod aylagil.
She’rlarining aksariyat qismi an’anaviy ishqiy mavzuda. Shunga qaramasdan, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy she’rlari ham borki, bular shoir ijodining bosh yo’nalishlarini tashkil etadi.

Kamiy ijodini ilmiy jihatdan o’rganish G’. Karimov, A. Jamolov, M. Hamidova va O. To’laboevlar tomonidan amalga oshirilgan.

 
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 260692
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91395
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257245
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 30226
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324763
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun