Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 205924 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  27 Iyul 2008, 16:15:45

                                                 Komil Xorazmiy
 
                                                       (1825 - 1899)
 
 
Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulug’lanadi. Hajviy she’rlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. "œKomil", "œIkki sho’x" va "œQasidai Navro’z" kabi ma’rifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil — bastakor va musiqashunos sifatida "œMurabbai Komil", "œPeshravi Feruz" va "œTanbur chizig’i (notasi)" kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning "œMahfiloro", Safiyning "œLatoyif ut-tavoyif", Mirxondning "œRavzat us-safo" singari yirik asarlarini tarjima qilgan.



Manbalar:
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, O’zadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393-408 betlar.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:16:40

                                               Muhyiddin Muhyi
 
                                                      (1835 - 1911)
 
Muhyi Qo’qon adabiy muhitiga mansub shoir bo’lib, ikki tilda ijod qilgan. She’rlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.

Muhyining g’azal-munojotlari shoirning dunyoqarashi in’ikosidir. ("œO’tub umrim xato birlan kechurgaysan gunoh, yo rab", "œMani ishqi majoziyg’a giriftor aylama, yo rab").



Manbalar
She’rlar. "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi, 1992 yil 9 oktyabr.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:18:18

                                      Feruz (Muhammad Rahimxon II)
 
                                                          (1844 - 1910)
 
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va san’at rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, san’atkor ham talabchan muxlis bo’lgan.

Shoir she’riyatining bosh mavzui — ishq. Uning "œUl oy vasfini vird etsam zabonda", "œOlsa jonim qoshu ko’zing, ikki lab", "œSoldi olam ichra g’avg’o, ey malaksiymo, ko’zing", "œGulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur" kabi ishqiy g’azallari juda mashhur.



Nashr qilingan asarlari:
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:20:19

                                                     Muqimiy
 
                                                      (1850 - 1903)
 
Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. "œOshiq bo’libman", "œAyrilmasun", "œO’zim har joydaman", "œAqlu hush uchdi boshimdin..." kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . "œTanobchilar", "œTo’y", "œSaylov", "œMoskovchi boy ta’rifida", "œHajvi Viktor boy", "œVoqeai Viktor" kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan "œSayohatnoma" janrini boshlab bergan.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:21:27

                                                         Zavqiy
 
                                                          (1853 - 1921)
 
 
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy o’rin egallaydi. Zavqiyning "œKelmasa kelmasun netay?" radifli g’azali o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal an’analarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning "œZamona kimniki?", "œDar mazammati zamona", "œBo’l", "œMuncha ko’p" kabi she’rlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari bo’lib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning "œVoqeai qozi saylov", "œQahatchilik" dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.



Manbalar:
Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:23:57

                                                          Furqat
 
                                                             (1859 - 1909)
 
  Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.

Furqat 1859 yili Xo’qand shahrida tug’ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg’in ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.

Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir 1891 yili chet ellarga chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo’lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg’un bo’lib qoladi. U 1909 yili 50 yoshida vafot etdi.

Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy o’ylar aks etgan, inson erki va g’urbat ohanglari ifodalangan, diniy ma’rifatparvarlikka alohida e’tibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.

Uning o’z boshidan kechirganlari haqidagi "œAhvolot" (ba’zi tadqiqotlarda "œSarguzashtnoma", "œFurqatnoma"), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan "œQavoidi Chin va umuroti siyosiy" kabi nasriy asarlari ham bor.



Manbalar:
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990 yil 14 dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:28:17

                                                Ishoqxon Ibrat
 
                                                         (1862 - 1937)
 
 
Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk o’zbek matbaachilaridan.

"œUsuli jadid" maktablari uchun yozilgan "œSan’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy", "œIlmi Ibrat" she’riy to’plami, tilshunoslikka oid "œLug’ati sitta al-sina", "œJomi’ ul-xutut" kabilar, "œTarixi Farg’ona", "œTarixi madaniyat", "œMezon uz-zamon" kabi tarixiy asarlar adibning qalamiga mansub.

Ibrat ilk o’zbek matbaachilaridan biri sifatida "œMatbaai Ishoqiya" va "œKutubxonai Ishoqiya"ni tashkil qilgan.



Manbalar:
Ishoqxon Ibrat. "œTarixi Farg’ona". Toshkent, 1992.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Ishoqxon Ibrat. Tarixi Farg’ona. Qo’lyozma, O’zMU prof. G’. Karimov fondida saqlanadi.
Ishoqxon Ibrat. Jome’ ul-xutut. Namangan, 1912.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:29:49

                                                Anbar otin
 
                                        (1870 - vafot yili ma'lum emas)
 
Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira.

Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg’ularini o’ziga xos kuylovchi shoira.

Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko’tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o’rin egallaydi. ("œQarolar falsafasi", "œQo’shulub mulki Farg’ona...", "œEy go’zal Farg’ona, o’zingni kel emdi shod qil").



Ilmiy adabiyotlar:
Anbar Otin. She’rlar. Risola. Toshkent, 1970.
Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
Karimov G’. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
O’zbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:31:30

                                                  Siddiqiy Ajziy
 
                                                     (1864 - 1927)
 
  Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tug’ilgan. Madrasa ta’limini olgan.

U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900 yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901 yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi...

U keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni o’z ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.

Siddiqiy 1919 yilda Samarqand viloyati adliya bo’limi mudirining o’rinbosari, keyinroq esa bo’lim mudiri bo’lib ishladi.
 
S. Ajziyning 1903 yilda Halvoyida ochgan maktab binosi
1922 yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927 yilda esa vafot etdi.

Shoir adabiy merosi professor B. Qosimov tomonidan to’plab, nashr qilingan. "œAyn ul-adab" ("œOdob ko’zi", Samarqand, 1916, o’zbekcha), "œGanjinai hikmat" ("œHikmat xazinasi", Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) she’riy to’plamlari, "œMir’oti ibrat", "œAnjumani arvoh" kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol "œShinel"i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi.

She’rlari Kavkazda "œMulla Nasriddin", "œDirilik" jurnallarida bosilgan.

 Nashr qilingan adabiyotlar: Siddiqiy-Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973.
Ajziy. Mir’oti ibrat. To’plamda: Milliy uyg’onish. T., 1993, 96-107 betlar.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:33:00

                                                Karimbek Kamiy
 
                                                      (1865 - 1922)
 
Karimbek Sharifbek o’g’li Kamiy — Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.

Kamiy 1865 yilda Toshkentning Sevzor dahasida tug’ildi. Dastlabki ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oladi. Keyin "œBeklar begi" madrasasida o’qidi. Oila qurmagan. 1922 yilda o’zi tug’ilgan hovlida vafot etgan.

Kamiydan bizga olti ming misraga yaqin she’riy hamda nasriy asarlar va o’zi tuzgan bir necha qo’lyozma bayozlar saqlanib qolgan.

 
 
Karimbek Kamiy. Dilni obod aylagil.
She’rlarining aksariyat qismi an’anaviy ishqiy mavzuda. Shunga qaramasdan, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy she’rlari ham borki, bular shoir ijodining bosh yo’nalishlarini tashkil etadi.

Kamiy ijodini ilmiy jihatdan o’rganish G’. Karimov, A. Jamolov, M. Hamidova va O. To’laboevlar tomonidan amalga oshirilgan.

 
 

Qayd etilgan