Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286817 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 20 B


AbdurRohman  04 Noyabr 2007, 11:23:09

MASNAVIY. Lug'aviy ma'nosi "ikkilik". Masnaviyning har bir bayti o'zaro qofiyalanadi. Mumtoz adabiyotimizdagi eng yirik she'riy asarlar masnaviy janrida yozilgan.
                 To'rt devon birla nazmi panj ganj
                 Dast berdi chekmayin anduhu ranj.

                 Nazmi nasrin kotibi taxminshunos
                 Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos.

Alisher Navoiy "Me'zon ul-avzon" risolasida masnaviy janrini "Vase' maydon" deb ta'riflagan.

MURABBA'. Lug'aviy ma'nosi "to'rtlik". har bir bandi to'rt misradan iborat bo'lgan she'riy janr. Murabba'ning birinchi bandi o'zaro qofiyalandi, keyingi bandlarining 1-2-3- misralari o'zaro qoyfiyalanib, 4-misrasi birinchi banda qoyifalanadi yoki birinchi bandning 4-misrasi takrorlanadi.
                 Hamdu sanolar aytay xudoga,
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?
                 Yetgaymu dodim nozuk adoga,
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

                 Shum toleimdan ko’rdum jafoni,
                 Zolim raqiblar ko’rdi vafoni,
                 Holim so’r emdi, bergil davoni
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?


MUXAMMAS. Lug'aviy ma'nosi "beshlik". Har bir bandi 5 misradan iborat bo'lgan she'riy janr. Mumtoz adabiyotimizda muxammasning 2 xil ko'rinishi bor:
1.Muxammasi tabi xud. Bunda shoir muxammasni to'lig'icha o'zi ijod qilib yozadi.
2.Maxammasi taxmis (tazmin). Bunda ijodkor o'zga shoirning g'azalidan ta'sirlanib, o'sha g'azalning vaznini qofiyalanishini, g'oyasini saqlagan holda, g'azalning har bir baytidan oldin 3mirsa o'zi ijod qilib qo'shadi. Bunday muxammaslarining oxirgi bandida har ikki ijodorning taxallusi bo'ladi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=31.150
 

Qayd etilgan


Robiya  04 Noyabr 2007, 13:48:03

Tuyuq — bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo’lib, qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo’lgan, misra oxirida radiflar omonim so’zlardan iborat bo’lgan she’r.Tuyuq sof turkcha so’z bo’lib yechilmaydigan qilib tuymoq degan ma’noni bildiradi.A.Navoiy tuyuqni "œturk shuarosining xossasi" deb ta’kidlagan.Turkiy yozma adabiyotida dastlabki tuyuqni Yusuf Xos Hojib yaratgan.Qofiyalanishi: a-a-a-a, a-a-b-a

Ruboiy — o’zbek mumtoz adabiyotida keng qo’llanib kelingan, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan, to’rt misradan iborat ishqiy, axloqiy,siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.Forsiylarda dubaytiy deb ham atalgan.
 Ruboiylar ikki xil bo’ladi:
 1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy): qofiyalanishi: a-a-b-a-
2.Tarona ruboiylar(taronai ruboiy) : qofiyalanishi: a-a-a-a

Musammat — bandli she’rlar bo’lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi.Bu atama arabcha bo’lib, ipga terilgan marvarid degan ma’noni anglatadi.

Qayd etilgan


Robiya  04 Noyabr 2007, 13:50:58

Musallas — uch misrali band usulida yozilgan she’r.G’arbda tersina deb atashadi.Qofiyalanishi : a-b-b,v-g-g

Murabba’ — o’zaro qofiyalangan to’rt misralik band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a,v-v-v-a,"¦

Muxammas — beshlik band usulida yozilgan she’r.Muxammaslar ikki xil bo’ladi:
 1.Bir shoirning o’z muxammasi (mustaqil muxammaslar)
 2.Taxmis — boshqa shoirga ergashib,izdoshlik,uning g’azalidan ta’sirlanish,ilhomlanish usulida yozilgan muxammaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a

Musaddas — har bir bandi olti misradan iborat bo’lgan she’r.Musaddaslar ham ikki xil bo’ladi:
 1.Mustaqil yaratilgan musaddaslar
 2.Boshqa shoir tomonidan yaratilgan g’azallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a

Musabba’
— har bandi yetti misradan tashkil topgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a

Musamman — sakkiz misrali band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a

Mutassa’ — har bandi to’qqiz misradan iborat she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a

Muashshar
— har bandi o’n misradan iborat she’r shakli.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a


Qayd etilgan


Robiya  04 Noyabr 2007, 13:52:28

Tarkibband — har bir hajman g’azlaga teng bo’;lgan va g’azal singari qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r bo’lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra mustaqil ophangdoshlikka ega bo’ladi.

Tarje’band — qofiya tuzilishi tarkibbandnikiga o’xshash she’r shakli.Farq shundaki, tarkibbandda bandlar oxiridagi bir bayt mustaqil qofiyalansa, tarje’banddagi hamma bandlar oxirida bir xil bayt takrorlanib keladi.

Mustazod — orttirilgan degan ma’noni ifodalaydi, g’azalga monand she’r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi,oqibatda har qatori bir yarim misralik she’r hosil bo’ladi.A.Navoiy mustazodni qo’shiq deb atagan.Mustazod hazaji axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan g’azalga qo’shimcha ikki rukn orttirilgan she’r hisoblanadi.O’zbek adabiyotida Ogahiynga nisbatan "œmukammal mustazod kashfiyotchisi" degan ta’rif qo’llaniladi.Chunki u mustazoddagi yarimta misrani juftlashtirgan.

Muammo — bir bayt, ba’zan ikki-uch baytdan iborat bo’lgan, arab harflari orqali biror narsani yashirishga suyangan ta’kid yoki ishora asosida yozilgan topishmpoq-she’r.

Qayd etilgan


Robiya  06 Noyabr 2007, 16:19:11

Chiston — biror narsa yoki hodisaning o’ziga xos xususiyatlari, belgilarni ta’riflash orqali o’quvchilarni o’sha narsa yoki hodisani topishga undaydigan topishmoq-she’r.Adabiyotda lig’z deb ataladi.

Qasida — shohlar,amirlar,mashhur kishilar,tarixiy voqealarga bag’ishlangan maqtovli va dabdabali xarakterga ega bo’lgan she’r.Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo’lmaydi.Qasida voqelikni aks ettirish usuli,xarakteri va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
 1.Qasidai bahoriya — bahor tasviriga bag’ishlangan qasida
 2.Qasidai holiya — o’z ruhiy holati ifodalangan,taqdirdan,hayotdam shikoyat qilish g’oyalari asosiy o’rin tutadigan qasida
 3.Qasidai ishqiya — ishqiy mavzudagi qasida
 4.Qasidai xamriya — shoirning o’z-o’zodan faxrlanishga bag’ishlangan qasida.
 5.Qasidai hajviya — biror shaxs va voqea hajviga bag’ishlangan qasida.
 6.Qasidai xazoniya — kuz fasliga bag’ishlangan qasida
 7.Qasidai masnu’ — san’atli,ya ni bezakli qasida.Qofiyalanishi: a-a.b-a,v-a,"¦

Marsiya — biror kishining vafoti munosabati bilan g’am-alamni ifodalagan lirik she’r

Mufradot — ayrim baytlardan tuzilgan mustaqil asar,fardlar majmui.

Soqiynoma — soqiyga murohaat bilan boshlanib, lirik qahramon kechinmalarini masnaviy tarzida yoziluvchi, goho qisqa lirik,goho liro-epik poemani eslatuvchi she’rdir.

Nazira — lirikada ergashish yo’li bilan, javob va o’xshatiash tariqasida yoziladigan she’r

Shiru-shakar — ma’lum bir tartibda ikki til ishtirokida yozilgan she’r


Qayd etilgan


Robiya  09 Noyabr 2007, 16:21:54

Noma — xat,maktub.Badiiy adabiyotda maktub tarzida yozilgan she’riy asarning bir turi.
 
Madhiya — biror kishi, hodisa yoki qadrli narsaga atab, uni madh etib yozilgan she’r

Muvashshah — ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr.Bunda she’r asosan g’azal shaklida yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi.


Qayd etilgan


Robiya  09 Noyabr 2007, 16:23:55

II.   Zamonaviy she’riy janrlar.

Sonet (italyancha jaranglamoq) — jahon she’riyatida keng tarqalgan lirik janr.Sonet 14 misradan tashkil topadi, ko’pincha a-b-b-a,a-b-b-a, v-v-g-, d-g-d- shaklida qofiyalandi.U dastlab XII asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan.O’zbek adabiyotiga 20-30 yillarda kirib kelgan.Sonetning go’zal namunasini 30-yillarda Usmon Nosir yaratdi.Hozirgi zamon she’riyatida B.Boyqobilov bu janrda barakali ijod qilib kelyapti

Oq she’r — vazni va turog’i aniq, lekin qofiyasiz she’r.Vazni,misralardagi rang-barang ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi.O’rta srlarda o’zbek afabiyotida "œharora" deb nom olgan qofiyasiz she’r navi bo’lgan.Oq she’r termini misralarning qofiyalanmay qolishidan,ya’ni oq qolishidan olingan.O’zbek adabiyotida Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda,R.Parfi kabi shoirlar ijodida oq she’rning ajoyib namunalari uchraydi.

Sochma (nasriy) she’r — lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo’shqin ritmi bilan she’rga monand bo’lsa, sochma(nasriy) she’r bo’ladi.Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o’zbek she’riyatiga schma shaklini olib kirgan.

Ballada — liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.

Qo’shiq — kuyga solib aytiladigan she’r

Sarbast — bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim  misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.

O’rama — o’rama so’zi qofiyalash tartibiga oiddir.

To’rtlik — o’zbek lirikasining ruboiy va tuyuq vaznida yozilmagan, to’rt isradangina iborat bo’lgan janri.

Keyingi mavzu: "Badiiy san'at turlari"

Qayd etilgan


Robiya  11 Noyabr 2007, 12:48:21

3-MAVZU Badiiy san’at turlari
San’at, sun ya’ni, yaratmoq so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish demakdir.Badiiylik yaratishning yo’llari ko’p.Badiiy san’atlar quyidagi iki turga bo’linadi:
1.Ma’naviy (ma’noga tegishli) sanlatlar.
2.Lafziy (shaklga oid) sana’tlar.
Quyida badiiy san’atlarning asosiylari bilan tanishasiz:
 Allegoriya (majoz) — ramzning bir ko’rinishi bo’’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni iifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli.Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, bo’ri — ochko’z, chumoli — zahmatkash kishi va hokazo.

 Antiteza (qarshilantirish) — badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi.
 Misol: Menga nomehribon yor o’zgalarga mehribon emish,
Mening jonim olib,ag’yorga oromijon emish.   (A.Navoiy)

  Anafora (takror) — she’r yoki banddagi misra,gaplarning boshidagi so’z yoki so’zbirikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi.Misol:
Endi odam quldek sotilmas,
Endi odam o’tga otilmas,
Endi unga qafas bo’lmas jon,
Endi dunyo bo’lmaydi zindon. (H.Olimjon)

  Apostrofa — jonlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilinadi yoki yo’q shaxsga xuddi bordek qaraladi.
 Misol: Go’zal oy, senga bir gap
Demakka ko’p hayronman.
Bemahal to’lganingdan
Toza ham pushaymonman. (H.Olimjon)

 Antifraz — shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish.Bunda so’zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi.
 Misol: Erkalanib yotadi
U Vatan tuprog’ida
Yosh bola yotganiday
Onaning quchog’ida (H.Olimjon)

 Alliteratsiya — she’rda,jumlada,bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlarning takrorlanishi.Tovushlar ohangdorligi,asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.
 Misol: Qaro qoshing,qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing,qiz
Qilur qatlimga qasd,qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz"¦ (Erkin Vohidov)

 Jonlantirish — odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar,tabiat hodisalari,hayvon,parranda,qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usulidir.
 Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H.Olimjon)

Jonlantirishning ikki xil ko’rinishi bor:
1.Tashxis — jonsiz narsalarni jonlantirish.
2.Ishtoq — nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash
 Misol: Shaftoli der,kulib: kuz choqlari
        Sharbat bilan lim-lim to’laman,
Yemagan armonda,yegan darmonda
Ming dardingga shifo bo’laman

Yaprog’iga berkinib olib,
-Suqing kirar,ko’p nazar solma!
Qizil yuzlarimdan bir o’pganing
Armoni yo’q,der yoqut olma  (Uyg’un)

Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 12:16:43

Zulqofiyatayn (qo’sh qofiya keltirish) — bayt misralarida so’zni qofiyadosh qilib keltirish san’ati
  Misol:   Boqay desa dog’i quvvati yo’q,
               Boqmay desa dog’i toqati yo’q.  (Uyg’un "œKuz qo’shiqlari")

 Istiora (Metafora) — Istiora arabcha so’z bo’lib, biron narsani omonatga (vaqtincha ) olmoq degan ma’noni ifodalab, asarlarda so’zni o’z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo’llash san’ati hisoblanadi.Bu san’at so’z ma’nolari ko’chishinining bir turi bo’lib, u narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi.Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga yaqin turadi.U ko’pincha tashbihi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi.Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.Tuzilishga ko’ra bir so’zdan yoki iboradan tashkil topgan istiora sodda istiora birikmali istioralar murakkab istiora sanaladi.
Navoiyning :   Furqatingdin za’faron uzra to’karmen lolalar,
                       Lolalar ermaski, bag’rimdin erur parg’olalar — baytidagi "œsarig’ yuz" ma’nosidagi "œza’faron" so’zi sodda istioraga, "œqonli yosh to’kaman" ma’nosidagi "œto’karmen lolalar" iborasi murakkab istioraga misol bo’la oladi.

 Metonomiya — ikki tushuncha o’rtaisdagi yaqinlikka asoslangan o’xshashsiz ko’chim.Metonomiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga ko’chiriladi, biroq bu nomlash narsalar o’rtasidagi o’xshashlikka emas,balki ular o’rtasidagi yaqinlikka,aloqadorlikka asoslanadi.Bu ko’chim bir qancha ko’rinishlarga ega:
 1.Kishi yoki narsaga xos xususiyat o’sha kishi yoki narsaning nomiga o’tkaziladi:           Ahyon-ahyon gazetlarda ko’rinasan,
                          O’qiguncha yopishaman juda iazman    (G’.G’ulom)

2.Muallifning nomi uning asari o’rnida qo’llaniladi:                    Fuzuliyni oldim qo’limga,
                    Majnun bo’lib yig’lay qichqirdi"¦  (H.Olimjon)

3.Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga ko’chiriladi: 
                 Uning perosi qasos o’ti bilan yonardi.     
4.Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
                   Po’lat qush ham qomatin rostlab,
                   Bulutlarni etar tumtaroq.     (H/Olimjon)
5.Ma’lum joydagi  kishilar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi:             
                Majlisga butun qishloq keldi.        (A.Qahhor)

Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 12:22:31

Irsoli Masal — she’rda maqol,matal,hikmatli so’zlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
 Misol:         Hunob ichar vaqtimda xush kelding, ko’ngulkim, xalq aro,
                     Yaxshi masaldurkim: "œKelur yaxshi kishi osh ustina".
   
                    Sabr qilsang g’o’radin holva bitar,
                    Besabrlar o’z oyog’idan yitar.        (Gulxaniy)
Iyhom (arabcha shubhaga solish, adashtirish) — she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.Uning mohiyati shundaki, she’riy misralarda iki ma’noli so’z qo’llanadi, ammo bu ma’nolardan biri aniq sezilsa ham ikkinchi ma’no payqalmasligi mumkin.Shoir aslida ikkinchi ma’noni ko’zda tutsa ham dastlab yaqin, birinchi ma’no e’tiborni tortadi.
                   Ulus ichinda turur o’z begim qiyo ko’zluk,
                   Xayoli to’ktamish andin ko’ngil saroyinda.    (Lutfiy)
Bu baytda "œo’z begim" so’zi "œo’zimning begim" va "œo’zbegim" ma’nolarini ifodalaydi.Bunda Lutfiy "œxalq" ma’nosini ko’zda tutayotganini payqash qiyin emas. "œTo’ktamish" va "œsaroy" so’zlarida ham shu xususiyat bor.

Ishtiqoq (so’zdan so’zni ajratmoq) — she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati.
  Misol:        Ganja Vatan , ko’ngli oning ganjxez,
                     Xotiri ganjuru tili ganjrez      (A.Navoiy)

                    Jonimdek o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
                    Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.    (Bobur)

Iltifot — fikrda burilish yasash san’ati.
  Misol:        Bas yetr,cholg’uvchi,bas qil sozingni,
                    Bas, yetar,ko’ksimga urmagil xanjar"¦
                    Agar aldamasa shu sovuq simlar,
                    Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo.
                    Sen beshik emassan,jallodsan dunyo!       (A.Oripov)


Qayd etilgan