Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 168221 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #150 : 27 Iyul 2008, 16:35:03 »
                                      Mahmudho'ja Behbudiy
 
                                                    (1875 - 1919)
 
 
Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida tog’asi Muhammad Siddiq huzurida ta’lim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, so’ngra muftiylik lavozimiga o’tadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targ’ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi “Risolai jug’rofiyai umroniy”, “Risolai asbobi savod”, “Kitobat ul-atfol”, “Tarixi islom” kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi o’zbek dramaturgi va teatr arbobi. “Padarkush” p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da (“Turon” truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko’plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo'lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926-1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.



Nashr qilingan adabiyotlar:
Behbudiy. “Padarkush”. “Sharq yulduzi” jurnali, 1989, 7-son.
Behbudiy. “Ehtiyoji millat”. “Sovet O’zbekistoni” gazetasi, 1989.
Behbudiy. “Bayoni haqiqat”. “Fan va turmush”. 1992, 5-son.
Behbudiy. “Yoshlarga murojaat”, “Ikki emas, to’rt til lozim”. “Tafakkur” jurnali, 1994, 1-son.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #151 : 28 Iyul 2008, 15:51:16 »
                                                   Abdulla Avloniy
 
                                                         (1878 - 1934)
 
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tug’ildi. Madrasa ta’limini oldi.

1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi.
 
Abdulla Avloniy
1914-1915 yillarda advokat Ubaydulla Xo’jaev bilan “Sadoyi Turkiston” gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi she’r va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub.

U “Hijron” taxallusi bilan she’rlar yozdi. Maqolalarini esa “Mulla Abdulla”, “Avloniy”, “Abdulla Avloniy” nomlari bilan bosdirdi. So’ngroq uning ko’p ishlatgan laqablaridan biri “Indamas” bo’lgan edi.

1909 yili usuli jadid maktablari ta’minoti uchun “Jamiyati xayriya” ochdi.
Avloniy “Turon” jamiyati muassislaridan biri edi. Jamiyat qoshida “Turon” teatr truppasi tuzildi. Birinchi bo’lib Behbudiyning “Radarkush”i sahnalashtirildi.
 
Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, ”Biz va Siz”, “Ikki sevgi”, “Rortugaliya inqilobi” kabi dramalar yozdi.

Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin “Yashasin xalq jumhuriyati!” shiori ostida “Turon” gazetasini chiqardi.

1910-yillarda u “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud axloq”, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kabi kitoblar yozdi.
 Nashr qilingan asarlari
Avloniy. “Toshkent tonggi”. T., 1978.
Avloniy. O’son millat. T., 1993.
Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
Avloniy. Afg’on sayohati. Kundaliklar. “Sharq yulduzi”, 1990, 7-son.
Milliy uyg’onish. T., 1993.
Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, “Ma’naviyat”., T., 1998 y.


 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #152 : 28 Iyul 2008, 15:55:37 »
                                          Muhammadsharif So'fizoda
 
                                                           (1880 - 1937)
 
 
Muhammadsharif So’fizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tug’ildi.

So’fizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning “G’ubor dardu alam”, ”O’ray” kabi lirik g’azallari, “Dakaning”, “Bedanang” kabi hajviyalari, ma’rifat haqidagi “O’qing onalar”, “Gazeta to’g’risida”, “Vatan”, “Xonimlar isminda” kabi qator she’rlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida o’ziga xos yo’llanma bo’ldi. Shuningdek, 1893-1898 yillarda Qo’qonda yashab, Muqimiy to’garagida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining o’sishida o’ziga xos maktab bo’ldi.
 
1913 yilning oxirlarida Chustda yangi usuldagi maktab ochdi.

1935 yilning 29 yanvarida So’fizodaning tug’ilganiga 55 yil to’lishi munosabati bilan yubiley o’tkazilgan va 200 dan ortiq she’ri nashr etish uchun to’plangan edi
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #153 : 28 Iyul 2008, 15:58:06 »
                                                          Tavallo
 
                                                            (1883 - 1937)
 
To’lagan Xo’jamyorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunyoga keldi. “Beklarbegi” madrasasida, rus-tuzem maktabida o’qidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda she’r va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda “Nashriyot” shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa “Turon” jamiyatida faoliyat ko’rsatadi.
 
Uning yagona she’riy to’plami “Ravnaq-ul Islom” alohida holda 1916 yili nashr qilindi. Ushbu to’plam 1993 yili professor B. Qosimov tomonidan so’zboshi va izohlar bilan qayta nashr qilindi.

Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta bo’ladi. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qildi. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan.

 U 20-yillarda “Mushtum” hajviy jurnalining faollaridan edi. “Mag’zava” imzosi bilan o’nlab hajviy she’rlari chop etilgan, ular yig’ilgan, o’rganilgan emas.

1937 yil 14 avgustda Tavallo aksilinqilobiy “Turon”, “Sho’royi islom” “Ittihodi taraqqiy”, “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol” tashkilotlarining a’zosi, “Millionerning o’g’li”, “she’rlarida millatchilik g’oyalarini ilgari surgan”likda ayblanib, qamoqqa olinadi va otib tashlanadi.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #154 : 28 Iyul 2008, 16:00:59 »
                                             Sidqiy Hondayliqiy
 
                                                      (1884 - 1934)
 
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tug’ildi. 1903 yilda o’qishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda she’r mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shug’ullanadi.

Sidqiyning ilk she’rlari ishqiy she’rlar edi. Shoir “Shavkat” taxallusi bilan ikki to’plam (“Tuxfai Shavkat”, T., 1913; “Savg’oti Shavkat”, T., 1914) nashr ettirdi. Bir qator she’rlariga “Shevan” (“nola”,”fig’on”) taxallusini qo’ydi. Lekin so’ngroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop etdi. Hatto eski g’azallarini ham tahrir qilib, “Sidqiy”ga o’zgartirgan, devoninini nomini “Devoni Sidqiy” atagan edi.

Sidqiy 1934 yili vafot etdi.

Sidqiy serqirra, sermahsul ijodkor. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoir tarjima bilan ham jiddiy shug’ullangan (“Ming bir kecha”, Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston”i).

 Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy siyosiy she’rlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxo’r qozilar, ta’magir, tovlamachi amaldorlar, riyokor ruxoniylar haqida, ijtimoiy siyosiy she’rlari esa davrning muhim voqealariga bag’ishlangan. (“Muxoraba”, “Rabo(t)chilar namoyishi”, “Rabo(t)chilar kelishi”, “Toza hurriyat” kitobi).

Sidqiy nasriy asarlar ham yozdi. “Tazkirai Imomi A’zam”, “Sad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy”, “Mezoni shariat”, “Zarbumasali Sidqiy” an’anaviy nasrda yozilgan. Shuningdek, u “Hikoyai latifa”, “Bahrom va malikai Gulandom”, “Karimo tarjimasi”, “Ming bir kecha”, “Ajoyib ul-maxluqot”, “O’g’ri va qozi” kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi.

Mumtoz adabiyotimizda tarjimai hol harakteridagi asarlar yozish an’anasi qadimdan ma’lum. Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib, 1924 yili “Holoti Sidqiy”ni yozdi va uni “Iktisob” asariga yetti bet hajmda ilova qildi.

 Nashr qilingan adabiyotlar:
Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. G’azallar, doston, hikoyalar, qaydlar. T., 1984.
Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (matn, so’zboshi, lug’at), 2-jild. T.: Ma’naviyat, 1998.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #155 : 28 Iyul 2008, 16:04:10 »
                                               Abdurauf Fitrat
 
                                                       (1886 - 1938)
 
Fitrat O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
1886 yili Buxoroda tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, so’ng “Mir Arab” madrasasida o’qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So’ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo’ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909-1913 yillarda Istanbuldagi “Voizon” madrasasida o’qiydi va bu yerda “Buxoro ta’mimi (umumiy) maorif” jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. “Yosh buxorolilar” inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning “Hurriyat” (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o’zaro tenglik aloqalarini yo’lga qo’yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli “bolshevik balosi” bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini “Yurt qayg’usi” deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u “Qo’qon voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi.
Fitrat o'sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-20 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri “Chig’atoy gurungi” jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida “Tong” jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda “Chig’atoy gurungi” a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi.
 
1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug’ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o’qidi, professorlikka saylandi. Fitrat O’zbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U o’z hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo’yi matbuotida faol ishtirok etdi.

 1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi.

1909 yili “Munozara” (Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi”) asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili “Sayha” she’riy to’plami, 1912 yili “Sayyoh hindi” (“Bayonoti sayyohi hindi”) bosilib chiqdi. “Rahbari najot” (1915), “Oila” (1916), “Begijon” (1916), “Mavludi sharif” (1916), “Abo Muslim” kabi asarlari nashr etildi.

Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. “O’qu” (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan “Ona tili” (1918) darsligi, “Cho’zg’ilar” (“Unlilar”), “Bitim yo’llari” (1919), “Bedil” (1923, 1924) “O’zbek tili qoidalari”, Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), “Adabiyot qoidalari” (1926) kabi darslik-qo’llanmalari shular jumlasidandir.

Fitrat o’zbek dramaturgi sifatida “O’g’izxon”, “Temur sag’anasi” “Chin sevish” (1920), “Hind ixtilolchilari” (1923) “Abulfayzxon” (1924), “Shaytonning tangriga isyoni” (1924), “Arslon” (1926) kabi asarlarini yaratdi.

Ayni paytda, uning o’z ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan “Eng eski turkiy adabiyot namunalari” (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), “O’zbek adabiyoti namunalari” (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), “Sharq shaxmati” (1928), “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1927), “Fors shoiri Umar Hayyom” (1929) kabi ko’plab tadqiqotlari e’lon qilindi.

Adabiyot nazariyasiga oid “She’r va shoirliq” (1919), “Adabiyot qoidalari” (1926), “San’atning mansha’i” (1926), “Aruz haqida” (1936) asarlari bilan o’zbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga ko’tardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar bo’lgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.

Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.

Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta “tanitish” 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili “Fitrat” monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev “20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi” (T., 1996), I. G’aniev “Fitrat dramalari poetikasi” (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda.

Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.

 


Nashr qilingan asarlari:
Fitrat. She’rlar. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”, 1987 yil 11 dekabr.
Fitrat. She’rlar. “Sharq yulduzi”, 1991, 6-son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. “Sharq yulduzi”, 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. “Sharq yulduzi”, 1992.
Fitrat. O’zbek klassik musiqasi tarixi. T.: “Fan”, 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: “Ma’naviyat”, 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: “Adabiyot va san’at”, 1996.
Fitrat. Najot yo’li. T.: “Sharq”, 2002.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #156 : 28 Iyul 2008, 16:06:53 »
                                             Hamza Hakimzoda Niyoziy
 
                                                           (1889 - 1929)
 
 
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.

1889 yili Qo’qon shahrida tug’ildi. Eski maktabda, madrasada va ovrupocha maktabda ta’lim oldi.

Hamza usuli jadid maktablarining faol tashkilotchilaridan. U 1910 yili Toshkentda, 1911 yili Qo’qonda, 1914 yili Marg’ilonda, shu yili yana Qo’qonda shunday maktablar ochadi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan shug’ullanadi.

10-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishadi. “Kengash” (1917), “Hurriyat” (1917) jurnallarini ta’sis etadi, ularga muharrirlik qiladi.

1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun o’zi dramalar yozadi. “Tarjimai hol”ida ta’kidlashicha, bu truppada o’zi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.

U Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida bo’lgan. Haj amallarini bajargan.

1920 yili Qo’qonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921 yil so’nggida Toshkentga va undan Xorazmga o’tadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’basida ishlaydi. Xorazmdan Xo’jayliga borib, 1924 yil iyulgacha o’zi tashkil etgan internatda faoliyat ko’rsatadi. 1925 yili Farg’onaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shug’ullanadi.

1928 yildan unga nisbatan ta’qib va tazyiq ko’rsatila boshlaydi. Moddiy va ma’naviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshbo’ron qilinib, vahshiylarcha o’ldiriladi.

Shoirning “Gul” (1913-1916), “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi” (1915-1917) she’riy to’plamlaridagi “Yig’la Turkiston”, “Yaxshi holin yo’qotgan oqibatsiz Turkiston”, “Ko’zni oching, qardoshlar”, “Darmon istariz” kabi she’rlarida milliy uyg’onish g’oyasi katta mahorat bilan ifodalangan.

Hamza dramaturg sifatida “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” (1916), “Tuhmatchilar jazosi” (1919), “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi” (1926), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi” (1927) kabi asarlari orqali o’zbek adabiyotini boyitdi. “Yangi saodat” milliy romani o’zbek nasrining ilk namunalaridan.

Ma’rifat, milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.

Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiya va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-o’qitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan o’z faoliyatida samarali foydalandi.

Hamza ijodi bilan O’zMU professori L. Qayumov ko’p yillardan beri shug’ullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.

Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.
Nashr qilingan asarlari:
Niyoziy H.H. To’la asarlar to’plami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990.


 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #157 : 28 Iyul 2008, 16:09:11 »
                                              Abdulla Qodiriy
 
                                                     (1894 - 1938)
 
 
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.

U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904-1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908-1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917) ta’lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907-1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Eski shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), “Oziq ishlari” gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili “Mushtum” jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) o’qidi. 1919-1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi.

Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

  1914-1915 yillarda Abdulla Qodiriyning “Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari, “Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi” kabi hikoyalari, “Baxtsiz kuyov” dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman “O’tgan kunlar”ni yaratdi (1919-1920). Asar 1922 yili “Inqilob” jurnalida, 1924-1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani – “Mehrobdan chayon”ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib “Obid ketmon” qissasini yozdi.

Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning “Fizika” (1928), N.V. Gogolning “Uylanish” (1935), A.R. Chexovning “Olchazor” (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan “To’la ruscha-o’zbekcha lug’at”ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.

Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo’lat tajang nima deydir?” hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan.

 
Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy ishlar qilganlar.

O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’shjonov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

1991 yili O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

 Nashr qilingan asarlari:
Abdulla Qodiriy. To’la asarlar to’plami, 1-jild. She’rlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan, 1995.
Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #158 : 28 Iyul 2008, 16:14:09 »
Cho'lpon
 
  (1897 - 1938)
 
 
Abdulhamid 
O’zbek yangi she’riyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.

Cho’lpon 1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida o’qigan. 1914 yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan bog’laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog’chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo’lib ishlaydi. So’ng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. O’sha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va o’zbek tilida chiqadigan “Buxoro axbori” gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug’ullanadi. 1924-1926 yillarda Cho’lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O’zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.

Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho’lponni ham chetlab o’tmadi. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg’in ijodiy faoliyat bilan shug’ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktyabrda otib o’ldiriladi.

Cho’lponning “O’zbek yosh shoirlari” (1923), “Go’zal yozg’ichlar” (1925), “Adabiyot parchalari” (1926) majmualarida chop etilgan she’rlari, o’z she’rlari asosida nashr qilingan “Uyg’onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi to’plamlari yangi o’zbek she’iyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.

Uning “Kecha va kunduz” (1936) romani, “Do’xtur Muhammadyor” (1914), “Qor qo’ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr o’zbek nasri rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.

 Cho’lponning “Yorqinoy” (1920), “Xalil farang” (1921), “Cho’rining isyoni” (1926), “Yana uylanaman” (1926), “Mushtumzo’r” (1928), “O’rtoq Qarshiboev” (1928), “Hujum” (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi.

Milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Cho’lpon ijodining leytmotivini belgilaydi.

Cho’lpon Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” asarlarini, Gorkiyning “Ona” romani va “Egor Bulichev” pe’sasini, Lohutiyning “Evropa safari”ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shdi.

Cho’lpon ijodi bilan O’zMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Do’stqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Cho’lponga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning “Kecha va kunduz” romani asosida videofilm yaratilgan.

Nashr qilingan asarlari:
Cho’lpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va san’at. 1991.
Cho’lpon. Adabiyot nadir. T.: Cho’lpon, 1994.
Abdulhamid Cho’lpon. Go’zal Turkiston. T.: Ma’naviyat, 1997.
Cho’lpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #159 : 28 Iyul 2008, 16:19:56 »
                                               G'afur G'ulom
 
                                                      (1903 - 1966)
 
 
G'afur G'ulom 
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. “Shum bola” (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

“Dinamo” (1931), “Tirik qo’shiqlar” (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular “Qish va shoirlar” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylov” (1937), “Men Yahudiy” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi” (1945) singari she’rlarda aks etdi.

 â€œBog’” (1934), “Sog’inish” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko’chatlar” (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan “Sen yetim emassan” (1942), “Sog’inish” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizga” (1947), “Bahor taronalari” (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari, “Hiylai shar’iy” (1930), “Mening o’g’rigina bolam” (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini (“Navoiy va zamonamiz” (1948), “Folklordan o’rganaylik” (1939), “Jaloliddin” dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941)) yoritib berdi.

G’afur G’ulom ijodi O’zbekiston yurtining betakror qiyofasini, o’zbek xalqining o’ta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi.

Shoir G’afur G’ulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn etildi.
 
Asarlari:
G’afur G’ulom. Asarlar. O’n tomlik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970-1978.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #160 : 28 Iyul 2008, 16:28:43 »
                                                    Oybek
 
                                                    (1905 - 1968)
 
 
Oybek 
Oybek – 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug’ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. “Bolalik xotiralarim” (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabog’i, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
 
  1922 yildan unrining oxirigacha Oybek she’r, dostonlar yozdi. “Onamning mozorida” (1924), “Ovchiga” (1924), “Yoshlik xotiralaridan” (1925), “Gunafsha” (1927) singari she’rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. “Fanga yurish” (1930), “Fikr” (1931), “Tansiq” (1935), “Dala yo’lida” (1935), “Qishloq qizi student” (1933), “Brigadir ayol” (1935) singari she’rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir “Dilbar – davr qizi” (1932), “O’ch” (1932), “Navoiy” (1947), “Qizlar” (1947), “Davrim jarohati” (1965) singari poemalar yozgan.

 Oybek poemalarining qahramonlari “Qutlug’ qon” (1940), “Navoiy” (1944), “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) singari romanlariga ham o’tgan. “Quyosh qoraymas” (1954), “Ulug’ yo’l” (1963), “Nur qidirib” (1955), “Bola Alisher” (1967) – Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.

 Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Olim “Adabiyot qoidalari haqida” (1926), “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li” (1936), “Tanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o’t ochaylik” (1939), “Muqimiy asarlarida sotsial tiplar” (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.

U “Evgeniy Onegin”, “Sosunlik Dovud” kabi asarlarni o’zbek tiliga tarjima qildi.

Oybek 1968 yilning 1 iyulida vafot etgan, Chig'atoy qabristoniga dafn etilgan.

 Asarlari:
Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. Toshkent, “Fan”, 1990-1995.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #161 : 28 Iyul 2008, 16:32:50 »
                                                 Abdulla Qahhor
 
                                                      (1907 - 1968)
 
 
Talantli o’zbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qo’qonda tug’ildi. Oldin eski maktabda, “Istiqbol” maktab-internatida, so’ngra Qo’qon pedtexnikumida o’qidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926-1930 yillarda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.

A. Qahhor o’rinli so’z qo’llash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar to’plami 1932 yilda bosilgan.
 
“Sarob” (1934), “Qo’shchinor chiroqlari” (1951) nomli romanlari, “Sinchalak” (1958), “O’tmishdan ertaklar” (1965) kabi qissalari, “Boshsiz odam”, “Anor”, “Bemor”, “O’g’ri”, “Dahshat”, “Millatchilar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”, “O’jar”, “Asror bobo” kabi o’nlab hikoyalar yozgan.

“Shohi so’zana” (1949), “Og’riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.

Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy yo’nalish ustivorlik qiladi.

Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.

Nashr etilgan asarlar.
Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). –T. : G’. G’ulom nomidagi nashriyot, 1987-1989. 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #162 : 28 Iyul 2008, 16:36:33 »
                                                Mirkarim Osim
 
                                                      (1907 - 1985)
 
 
Toshkentda ziyoli oilasida tug’ildi. "Shamsulurfon" maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) o’qidi. San’at, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim bo’ldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.

 40-yillarning oxirida qatag’onga uchradi, 50-yillarda ozodikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: "O’tror", "To’maris", "Temur Malik”, "Aleksandr va Spitamen", "Astrobod", “Ulug’bek va Navoiy", "Zulmat ichra nur", "Aljabrning tug’ilishi", "Singan setor", "Mohlar oyim va Xonposhsha", "Karvon qo’ng’irog’i", "Elchilar", "Ibn Sino qissasi". Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985 yil fevralida vafot etdi.
 
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #163 : 30 Iyul 2008, 14:35:52 »
                                           Maqsud Shayxzoda
                                                    (1908 - 1967)


Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub bo’lib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tug’ilgan. O’rta ma’lumotni Oqtoshda olgan 1921-1925 yillarda Boku dorulmualliminida o’qigan. Keyin Dog’istonning Darband, Bo’ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida sho’rolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sig’inish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.

1967 yilda vafot etgan.

1932 yilda “O’n she’r” nomli birinchi she’rlar to’plami chiqqan. She’rlari falsafiy umumlashmalarga boyligi, mumtoz poetika ta’sirining kuchliligi bilan ajralib turadi. “Toshkentnoma” (1958) dostoni poytaxt haqida yozilgan badiiy faxriyadir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #164 : 30 Iyul 2008, 14:39:16 »
                                               Hamid Olimjon
                                                  (1909 - 1944)


Iste’dodli shoir. Lirik she’rlari bilan 20 asr o’zbek adabiyotiga munosib hissa qo’shgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limdan so’ng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. “Ko’klam” nomli birinchi she’riy to’plami 1928 yilda bosilib chiqqan. She’rlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.

“Holbuki, tun”, “Ofeliyaning o’limi”, “Qamal qilingan shahar tepasidagi oy”, “Ishim bordir o’shal ohuda” singari go’zal she’rlari mashhur. “Oygul bilan Baxtiyor” (1937), “Semurg’” (1939), “Zaynab va Omon” (1938) kabi dostonlar va “Muqanna” (1942), “Jinoyat” (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.


Nashr etilgan asarlari.
Mukammal asarlar to’plami (5 jildlik). Toshkent, “Fan”, 1975-1984.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 254229
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 89405
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 252796
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 29845
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 321117
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun