Mirtemir
(1910 - 1978)
O’zbek she’riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.
Mirtemir she’riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she’rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she’riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she’riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she’rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:
Yaltirar suyri tepa, yaltirar qir uzunchoq,
Kelinlar taqinchog’i, uzuk ko’zlarimi yo?
Chor atrof sabzalarda jimir-jimir ko’zmunchoq,
Bo’y-bo’y dilrabolarning suzuk ko’zlarimi yo?
Yo’q bu giryon ko’zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi tag’in onam yig’labdi-da chamasi.
Mirtemirning "œShu’lalar qo’ynida" (1928), "œZafar" (1929), "œQaynashlar" (1930), "œKommuna" (1931), "œTong" (1932), "œKipriklarim", "œYodgorlik" (1978) va boshqa she’riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub "œDilkusho", "œSuv qizi", "œOysanamning to’yida", "œSurat" (1957) dostonlari va "œQoraqalroq daftari" she’riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.
Mirtemirning "œBetobligimda", "œBitta o’zim bilaman", "œToshbu", "œBulut", "œOnaginam", "œShudring", "œBarqut", "œYali-yali", "œRatti", "œArmon", "œChirildoq", "œSutdek oydin", "œMen kelgum", "œHayda", "œOna yurtim", "œOna tilim", "œKo’klamda" singari yuzlab she’rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.
Asarlari.
4 jildlik. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.