Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286790 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  30 Iyul 2008, 14:51:33

                                               Said Ahmad


Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining "œSamarqand darvoza" mahallasida tug’ilgan.

Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: agitplakatlar yozdi, artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda "œMushtum" jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda respublika radiosida, 1943-1947 yillarda "œQizil O’zbekiston" gazetasida, 1948-1950 yillarda "œSharq yulduzi" jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999 yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.

Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning "œCho’l burguti", "œLochin", "œBo’ston", "œTo’yboshi", "œJimjitlik", "œTurnalar", "œHayqiriq", "œAlla", "œMuhabbatning tug’ilishi", "œQorako’z Majnun" singari o’nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga katta e’tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o’qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo’yicha Qahhor an’analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning "œSobiq", "œQoplon", "œO’rik domla", "œMening do’stim Babbaev", "œMuzey", "œBo’ri ovi", "œXandonpista" kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.

Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi "œQadrdon dalalar" (1949), "œHukm" (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan "œQirq besh kun" (1974) "œHijron kunlari" (1964), "œUfq bo’sag’asida" (1969) romanlaridan iborat "œUfq" trilogiyasi, inson qismati turg’unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan "œJimjitlik" (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan "œSherzod va Gulshod" (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan "œKelinlar qo’zg’oloni" (1976), yolg’iz mo’ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan "œKuyov" (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:53:41

                                                 Shukrullo

Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tug’ildi. Otasi — Yusufho’ja Mahmudho’ja o’g’li emchi bo’lgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol bo’lgan.

Mahalladagi "œShayx Sa’diy" maktabini tugatib, 3-son pedbilim yurtida o’qiydi. O’qishni tugatgach (1938), Qoraqalpog’istonda o’qituvchilik qiladi. 1938 yilda Toshkent pedinstitutiga kiradi, o’qishni 1944 yilda tamomlab, shu yil SAGUning chet el adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha aspiranturasiga kiradi. 1946 yilda Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi va shu yerda ishlay boshlaydi. U ilm yo’lini emas, badiiy ijod yo’lini tanlaydi. 16 yoshidan she’r yozishni mashq qilgan bo’lsa-da, ilk to’plami 1949 yilda bosildi.

1958 yilda bir jildlik, 1973 yilda 2 jildlik, 1981 yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997 yilda "œO’g’rini qaroqchi urdi" dramalar to’plami chop etildi. 1991 yilda rus tilida (Moskvada) "œKrik dushi" p’esalar to’plami bosildi.

Shukrullo nasrda ham barakali ijod qildi. 1977 yilda "œJavohirlar sandig’I" badia-kitobi, 1991 yilda "œKafansiz ko’milganlar", 1999 yilda "œTirik ruhlar", 2002 yilda "œOg’ir kunlar sevinchi" qissa va romanlari nashr etildi. Uning asarlari rus, nemis, qozoq, turk, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Shukqullo "œXatarli yo’l", "œTabassu o’g’rilari", "œUnsiz faryod", "œTo’ydan keyin tomosha", "œJanjal", "œO’g’rini qaroqchi urdi" singari she’riy, nasriy dramalar, "œAsr boshi", "œKo’ngil chirog’I", "œRossiya" kabi dostonlar muallifi. Shukrulloga "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berilgan.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:54:50

                                                  Mirmuhsin


Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqo’rg’on mahallasida kulol oilasida tug’ildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, "œQizil O’zbekiston" gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat "œSharq Yulduzi", "œMushtum" va "œGuliston" jurnallarining bosh muharriri bo’lgan.

Shoir Mirmuhsin ilk to’plamlari "œEr yurak", "œVatan"ni 1942 yilda chop ettirgan. U ko’plab she’rlar, "œUsta G’iyos", "œDo’lan" (1947), "œYashil qishloq" (1948), "œQadrdonlar" (1954), "œShiroq" (1967), "œNevara" singari dostonlar, "œAdib va Ziyoda" (1957) she’riy roman muallifi.

 O’zbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida o’ziga xos o’ringa ega. Uning "œDorbozlar" (1956), "œJamila" (1957), "œHikoyalar" (1959), "œQizil durralar" (1961), "œSozanda" (1963) singari hikoya va qissalar to’plamlari bor. "œArab hikoyalari", "œIskandariya ko’rfazi", "œMo’tilal", "œG’urbatdagi odam", "œChodrali ayol" hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi.

Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning "œChiniqish" (1964), "œDagrez o’g’li" (1973), "œUmid" (1974), "œMe’mor" (1974), "œChotqol yo’lbarsi" (1977), "œIldizlar va yaproqlar" (1981), "œTemur Malik" (1986), "œIlon o’chi" (1995), "œTuron malikasi" (1998) romanlari bir necha bor ko’p tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga "œUmid" va "œMe’mor" romani katta obro’ keltirdi. "œMe’mor" romanida hayot o’ta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning iste’dod va izlanishlari shu romanlarda ko’zga aniq tashlanadi.

Mirmuhsin O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1974), "œO’zbekiston xalq yozuvchisi" (1981).

Uning uch jildlik (1971-1973), to’rt jildlik (1981-1984) asarlari to’plami chop etilgan.

Asarlari.
Mirmuhsin. Me’mor. T.: "œSharq" — 2001.
Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va san’at — 1986.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:56:24

                                           Odil Yoqubov

Odil Yoqubov 1926 yili Qozog’istonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta ko’rsatib, Yaponiya frontiga jo’nagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda bo’ldi. 1951-1956 yillar mobaynida O’rta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da ta’lim olgan. "œLiteraturnaya gazeta"ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.

O. Yoqubovning "œTengdoshlar" nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi "œMuqaddas", "œTilla uzuk", "œBir feleton qissasi", "œLarza", "œQanot juft bo’ladi", "œMatluba", "œIzlayman", "œBillur qandillar" kabi pishiq qissalar e’lon qildi.

O. Yoqubovning "œEr boshiga ish tushsa...", "œUlug’bek xazinasi", "œDiyonat", "œKo’hna dunyo", "œOq qushlar, oppoq qushlar", "œAdolat manzili" asarlari o’zbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin bo’ldi. O. Yoqubov qalamiga mansub "œChin muhabbat", "œOlma gullaganda", "œYurak yonmog’i kerak", "œAytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim", "œFotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri", "œBir koshona sirlari" kabi dramalar o’zbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.

Asarlari.
O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985-1987.
O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.



Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:23:34

                                                    Pirimqul Qodirov

Pirimqul

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Turkiston tizma tog’i etagidagi Kengqo’l qishlog’ida tug’ildi. 1951 yildan O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.

Birinchi kitobi — "œStudentlar" 1950 yilda chop etilgan. Yangi avlod o’zbek ziyolilarining shakllanishi "œUch ildiz" romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959 yilda Moskvada rus tilida chop etildi.

Yozuvchi tug’ilgan tog’li qishloq hayoti "œQora ko’zlar" (1966) romanida aks ettirilgan. P. Qodirov "œQadrim" (1963), "œErk" (1969), "œMeros" (1975) qissalari, "œOlmos kamar" (1977) romani muallifi.

So’ng o’ttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uyg’otadigan "œYulduzli tunlar" (1978), "œAvlodlar dovoni" (1988), "œOna lochin vidosi" (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman o’zbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uyg’ur, turkman tillariga o’girilgan.

Olim P. Qodirov "œTil va dil" (1973), "œXalq tili va realistik proza" (1974) singari ilmiy, "œO’ylar" (1971), "œQalb gavhari" (2001) badia kitoblar muallifi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:27:44

                                             Ibrohim G'ofurov


Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G`ofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug'ildi. O`rta maktabni tugatgach, 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O`zMU) ning filologiya fakultetida o`qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o`rinbosari lavozimlarida ishladi.

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, ko`p tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qo`shdi. 1982-1995 yillarda "œO`zbekiston adabiyot va san`ati" gazetasida bosh muharrir o`rinbosari bo`lib ishladi.

1995 yilda "œMilliy tiklanish" demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo`ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), "œMilliy tiklanish" gazetasining bosh muharriri.

I.G`afurov "œGo`zallikning olmos qirralari" (1964) "œUnitilmagan bog`" (1965), "œJoziba" (1970), "œYonar so`z" (1973), "œYam-yashil daraxt" (1976), "œYurak -alanga" (1980). "œLirikaning yuragi" (1982), "œShe`riyat - izlanish demak" (1984), "œO`ttiz yil izhori" (1987), "œTil erkinligi" (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U "œDarvoza", "œHumo qushim", "œQaldirg`ochim" singari she`riy nasrlar yohud mansuralari bilan e`tibor qozondi.

Ibrohim G`afurov jahon adabiyotining "œJinoyat va Jazo", "œTelba", "œQimorboz" (Doatoevskiy), "œAzizim" (Mopassan), "œAlvido, qurol", "œChol va Dengiz" (E.Xeminguey), "œQiyomat", "œChingizxonnig oq buluti" (Chingiz oq buluti), "œYong`in" (V.Rasputin) singari asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

I. G`ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O`zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, "œDo`stlik" ordeni sohibi (1995). 1996 yildan u I va II chaqiriq O`zbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda "œMilliy tiklanish" eraksiyasi rahbari, 2000 yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qo`mitasi raisi o`rinbosari.

Asarlari
Yurak-alanga. T: Adabiyot va san`at. 1979.
She`riyat- izlanish demak. T: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1984.
O`ttiz yil izhori. T: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1987.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:37:41

                                                     Omon Muxtor


Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika bo’limini tugatgan. Bolalar gazetasi, O’zbekiston radiosi, Kino qo’mitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan "œSharq yulduzi" jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.

O. Muxtorning "œYog’du" (1979), "œMarvarid" (1985), "œShiddat" (1990) va boshqa she’r to’plamlari, tarjima kitoblari bosilgan. Bundan tashqari kattalar va bolalarga mo’ljallangan yangi ertaklar, xayoliy manzaralardan iborat bir necha kitoblari ham nashr etilgan. Adib qator hikoyalar va qissalar kitoblari muallifi, "œNigoh" (1968), "œQushlar va tushlar" (1971), "œShaharlik kelinchak" (1973), "œVazifa" (1988), "œO’lmagan jon" (1995) singarilar shular jumlasidan. Uning qahramonlari oddiy kasb-hunar kishilari. She’rlarida ham, hikoya va qissalarida ham yozuvchi birovga ergashmaydi, o’zi topgan aniq fikr bilan jonli manzara chizishga urinadi. Ayniy, Fitrat, G’afur G’ulom kabi ustozlardan saboq olgani sezilib turadi.

O. Muxtor dastlab "œYillar shamoli" (1976) va "œEgilgan bosh" (1989) degan ikki roman e’lon qildi. Bu romanlar keyinchalik "œBuxorolik bir yigit" (1998) va "œO’lmagan jon" (1995) kitoblarida qayta nashr etildi. Yozuvchining shundan so’ng "œTo’rt tomon qibla" trilogiyasi ("œMing bir qiyofa", "œKo’zgu oldidagi odam", "œTepalikdagi xaroba" romanlari) (2000) bosildi. U yana "œFfu", "œAyollar mamlakati va saltanati" (1997), "œAflotun" (1998), "œMaydon" ("œSharq yulduzi" jurnali 2001 yil 1-son) romanlarini yozdi.

Dastlabki ikki romani ma’lum darajada an’anaviy uslubda bo’lsa, keyingi romanlar o’z shakli va yo’nalishi bilan butunlay yangichadir. Ular asosan, o’zbek xalq ertaklari, qissalari, dostonlari va afsonalariga suyangan holda, bu kungi inson hayotini aks ettirish bilan birga, uning xayol olamiga, ruhiyatiga sayohatni eslatadi. Adib ijodiga xos bo’lib kelgan falsafaga moyillik bu romanlarda bo’rtib ko’rinadi. Inson qismati ham, uning ruh olami ham naqadar murakkab ekanligini aks ettiradi.

Asarlari:
Omon Muxtor. Ming bir qiyofa. Roman. Toshkent, "œSharq", 1994.
Omon Muxtor. Ko’zgu oldidagi odam. Qissa va roman. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1996.
Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati. Romanlar. Toshkent, "œSharq", 1997.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:41:53

                                              Halima Hudoyberdieva


Shoira Halima Hudoyberdieva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi "œTaraqqiyot" jamoa xo’jaligida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini "œSaodat" jurnalida bo’lim boshlig’iligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida "œIlk muhabbat" (1968) she’riy to’plami chop etildi. Shoiraning "œOq olmalar" (1973), "œChaman" (1974) to’plamlari izma-iz bosildi. Halima birdan o’ziga xos shoira sifatida tanildi. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida o’qidi. Shu yillarda shoiraning "œBeliye yabloki" (Sovetskiy pisatel, 1977), "œSuyanch tog’larim" (1976), "œBobo quyosh" (1977) to’plamlari bosildi.

H. Hudoyberdieva "œYosh gvardiya" nashriyotida bo’lim boshlig’i (1978-1982), "œSaodat" jurnalida muharrir o’rinbosari, 1984-1994 yillarda "œSaodat"ning bosh muharriri, 1991-1994 yillarda O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’ldi. Shoira she’rlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Hudoyberdieva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. "œMuqaddas ayol" (1987), "œBu kunlarga yetganlar bor" (1993), "œTo’marisning aytgani" (1996), "œSaylanma" (2000) shoiraning muhim asarlaridir.

H. Hudoyberdieva "œO’zbekiston xalq shoiri" (1992), Hamza nomidagi "œHurmat belgisi" ordeni sohibasi.

Asarlari.
Bu kunlarga yetganlar bor. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
To’marisning aytgani. Toshkent, "œSharq", 1996.
Saylanma. Toshkent, "œSharq", 2000.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:49:09

                                              Ozod Sharafiddinov


Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qo’qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tug’ildi. Toshkentdagi 14-o’rta maktabni, O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shug’ullandi, o’zbek she’riyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O’sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari "œZamon. Qalb. Poeziya" (1962) asarida o’z aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Cho’lpon hayoti va ijodini targ’ib qilishga intildi. O. Sharafiddinov o’zbek adabiyotining Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: "œIste’dod jilolari" (1976), "œAdabiy etyudlar" (1968), "œAbdulla Qahhor" (1988), "œBirinchi mo’jiza" (1979). Olim ijodida o’zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan "œYalovbardorlar" (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o’rin egallaydi. O. Sharafiddinov XX asrning 60- yillaridan XIX asrgacha bo’lgan o’zbek adabiy jarayonidagi holatlarni "œTalant — xalq mulki" (1979), "œAdabiyot — hayot darsligi" (1981), "œGo’zallik izlab" (1985), "œHaqiqatga sadoqat" (1988), "œSardaftar sahifalari" (1999), "œPrezident" (2003) singari asarlarida aks ettirdi.

Mustaqillik yillarida O. Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlani amalga oshirdi. "œCho’lpon" (1991), "œCho’lponni anglash" (1994) kitoblari, "œE’tiqodimni nega o’zgartirdim" (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O. Sharafiddinov o’zbek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o’nlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining ko’plab namoyandalari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. ["œKo’lmak suvda quyosh parchasi" (fransuaza Sagan), "œQadimgi xitoy nasri namunalari", "œMonumental targ’ibot" (Vl. Boynovich), "œAl-ximik" (Paulo Koel’o) singarilar]

O. Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o’rtalarigacha O’zbekiston Milliy universitetida professor bo’ldi. 1995-1997 yillarda "œTafakkur" jurnali bosh muharrir o’rinbosari vazifasini bajardi. U 1997 yildan beri "œJahon adabiyoti" jurnalining bosh muharriri. O. Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), "œBuyuk xizmatlari uchun" (1999), "œMehnat shuhrati" (1997) ordenlari sohibi. 2002 yil 23 avgustda O. Sharafiddinovga "œO’zbekiston qahramoni" unvoni berildi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:51:49

                                                       Erkin Vohidov


Taniqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o’qituvchi oilasida tug’ilgan. To’qqiz yoshida otasidan, bir yildan so’ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog’asi Karimboy Sohiboev qo’lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O’zMU)ning o’zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So’ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali "œYoshlik"ning asoschisi (1982).

U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O’zbekiston Oliy majlisining qo’mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi "œTong nafasi" 1961 yilda chop etildi. Shundan so’ng uning "œQo’shiqlarim sizga" (1962), "œYurak va aql" (1963), "œMening yulduzim" (1964), "œNido" (1964), "œLirika" (1965), "œPalatkada yozilgan doston" (1966), "œYoshlik devoni"(1969), "œCharog’bon" (1970), "œQuyosh maskani" (1972), "œTirik sayyoralar" (1978), "œSharqiy qirg’oq" (1981), "œKelajakka maktub" (1983), "œMuhabbat" (1984), "œHozirgi yoshlar" (1986), "œIztirob" (1991), "œYaxshidir achchiq haqiqat" (1992) kabi she’riy to’plamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilg’ash mushkul manzaralarini ta’sirchan aks ettiradi. Odamni komil ko’rmoq istagi uning she’rlari asosini tashkil qiladi.

 "œNido" (1964), "œPalatkada yozilgan doston" (1966), "œCharog’bon" (1970), "œRuhlar isyoni" (1980), "œKo’hinur" (1982) kabi dostonlar yozgan.

"œOltin devor", "œIstambul fojeasi", "œIkkinchi tumor" kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin, R. Hamzatov she’rlarini, Gyotening "œFaust" asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi.

Qayd etilgan