Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 164985 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #60 : 18 Yanvar 2008, 16:19:36 »
Replika – dramada qahramonlar nutqi.

Risola (arabcha, tadqiqot, ma’ruza) – fan, adabiyot va san’atning biror sohasi yoki masalasiga oid, ilmiy, ilmiy-metodik xarakterdagi qo’llanma, kitob.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #61 : 18 Yanvar 2008, 16:20:39 »
Roman (“yangi” degan ma’noni bildiradi) – epik nasr usulida yozilib, hayot keng qamrovda ko’rsatiladi, hajm jihatdan hikoya,qissa va boshqa janrlardan ajralib turadi. Lotin tilida yozilgan asarlardan farqli o’laroq roman tillarida (fransuz, nemis va boshqalar) yozilgan har qanday asar dastlab roman deb atalgan. Keyinchalik markazida alohida bir shaxs taqdiri turgan, shu shaxs xarakterining shakllanish va rivojlanish jarayoni tasvirlangan asarlar roman deb yuritila boshlagan.
  Romanlar qamroviga, tuzilishiga, hajmiga ko’ra 3 xil ko’rinishda bo’ladi:
1.Dilogiya – ikki kitobdan iborat bo’ladi. Misol: P.Qodirov “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman – dilogiya Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidir.
2.Trilogiya – uch kitobdan iborat bo’ladi. Misol: S.Ahmad “Ufq” (a) “Qirq besh kun”, (b) “Hijron kunlarida”, (c) “Ufq bo’sag’asida”.
3.Epopeya – necha kitobdan iborat bo’lishiga qaramaydi, uning asosiy belgisi hayotni katta oqim sifatida ko’rsatish, bosh qahramon butun xalq bo’lishidir. S.Ayniyning “Qullar” romani o’zbek adabiyotidagi birinchi epopeya hisoblanadi. Epopeyalarga misollar: M.Avezov “Abay”, Tolstoy “Urush va tinchlik” va boshqalar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #62 : 24 Yanvar 2008, 11:59:37 »
Satirik asarlar – ayrim shaxslarning illatklarini kulguli tarzda keskin fosh etuvchi badiiy asarlar. Masalan: S.Ahmad “Qoplon” hikoyasi

Satira – hayotning ma’lum tomonidan yo ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozilgan hajviy asar. Satirada ijodkorning mavzuga qarashi o’z sezgi, his 0- hayajonlaridan ustun turadi.

Soqiynoma – Sharq mumtoz adabiyotidagi she’r shakllaridan biri.

Sayohatnoma – sayohat taassurotlari va tafsilotlarini tasvir etuvchi badiiy asar.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #63 : 24 Yanvar 2008, 12:02:16 »
Taxallus (grekcha, yolg’on ism) – muallif o’zining haqiqiy ismi o’rnida qo’llaydigan imzo, ism.

Takshut – turkiylarda she’r, bayt, nazm, manzuma ma’nolarida qo’llanuvchi so’z.

Tasavvuf – diniy va dunyoviy ta’limot bo’lib, undagi asosiy shior bo’lgan “Mo’minning mo’minga zulmi haromdir” qabilidagi shirlar Qur’on oyatlariga asoslangan. Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zohidlik davriga xos xususiyat Olloh yo’lida toat – ibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abdulloh Muborak shu oqim vakillaridandir. IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Endilikda xonaqohlar vujudga kelib, unda nazariy-ilmiy jihatdan ham yuksalish davri kuzatiladi. Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajraladi:
1.Shariat (ma’naviy komillikning ilk bosqichi)
2.Tariqat (“yo’l”, tasavvufning amaliy qismi). U albatta ustoz (pir, murshid) bilan egallanadi.
3.Ma’rifat (“bilmoq”, bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea – hodisada Olloh iroasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi).
4.Haqiqat (tasavvufning eng yuqori – oliy bosqichi). Haqiqat yo’li “Suluk”, bu yo’lga kirgan inson “Solik” (“Solih”) deb, birlik, Olloh bilan birlashish yo’li esa vahdat deb ataladi.

Tasavvuf oqimi o’z adabiyotni ham yuzaga keltirdiki, Muhammad G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratdilar. Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asaridan boshlab ifodalana va rivojlana boshlagan. Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviylar ham tasavvuf adabiyotining zukko bilimdonlaridir.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #64 : 24 Yanvar 2008, 12:02:50 »
Tazkira (arabcha, zikr qilmoq) – shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot, asarlaridan qisqacha namuna va tahlillar keltirilgan majmua. Birinchi tazkira hisoblanadigan Abu mansur as – Saolibiyning “Yatimat ud – dahr fi mahosini ahli asr” (“Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona”) asari (XI asr), Muhammad Avfiyning “Lubobul – albob ” (“Mag’izlarning mag’izi”, XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush - shuaro” (XV asr), turkiy adabiyotdagi birinchi tazkira A. Navoiyning “Majolis un - nafois” (Nafis majlislar, XV asr), Hasanfoja Nisroyning “Muzakkiri ahbob” (1566 yil), Maleho Samarqandiyning “Muzakkirul - ashob” (“Suhbatdoshlarning zikri, XVIII asr”, Fazliy Namangoniyning “Majmuatush - shuaro”, XIX asr va shu kabi boshqa asarlar tazkirachilikning yaxshi namunalaridir.

Tragediya (yunoncha, echki qo’shig’i) – qahramonlarning boshiga tushadigan eng og’ir holatlarni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan hayotda hamisha mavjud bo’lgan fojeaviylikni yorqin tasvirlaydigan asar. Yunonistonda milodgacha bo’lgan antik – qadimgi davrda har yil fevral oyida hosil va may xudosi – Dionis sharafiga xalq bayramlari o’kazilgan. O’sha tantanalarda Dionis kiyimidagi kishi tushgan aravaning orqasidan bir to’p qiziqchilar ergashib yurishgan. Ular o’sha davr odatiga ko’ra echki terisini yopinib olishgan. Bularni “tragoslar” deb atash rasm bo’lgan. Keyinchalik bu atama adabiyotga ko’chib, o’zining asl ma’nosidan uzoqlashgan. Birinchi tragediyaning vatani ham Yunoniston bo’lib, “tragediya otasi” Esxildir (er. Avv. VI – V asr). Misol: Shekspir “Otello”, “Hamlet”, Pushkin “Boris Godunov”, Fitrat “Abulfayzxon”, M.Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #65 : 24 Yanvar 2008, 12:03:41 »
Tarixiy romanlar – voqea – hodisalari va qahramonlari uzoq hamda yaqin o’tmishdan olib yozilgan, qalamga olingan davr va shaxslar haqida haqiqiy tasavvur beruvchi romanlar.

Tarixiy – biografik roman – birgina tarixiy shaxs hayoti asos qilib olingan roman.

Tarixiy – inqilobiy roman – inqilobiy davr voqealari asos qilib olingan roman. Misol: Oybek “Qutlug’ qon”.

Tarixiy – avtobiografik roman? – yozuvchining o’z hayoti asos qilib olingan roman.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #66 : 24 Yanvar 2008, 12:04:27 »
Tragikomediya (jiddiy komediya) – tragediya xususiyatlari va komediya elementlari birgalikda aks ettirilgan asar. Misol: Sh. Boshbekov “Temir xotin”.

Faxriya – shoirning o’z ijodi bilan faxrlanib aytgan so’zlari.

Fantastik asar – faraz, xayol, tasavvur qilish orqali ilmning so’nggi yutuqlariga tayanilgan holda yaratilgan asarlar. Gerbert Uells, Jyul Vern, Aleksey Tolstoy, Aleksandr Beleyev kabi yozuvchilar bu sohada mashhurdirlar.

Firoqiya (arabcha) – sharq mumtoz adabiyotidagi ayriliq, hijron alamlarini ifodalagan, yor va diyorni qo’msab aytilgan lirik she’rlar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #67 : 24 Yanvar 2008, 12:05:00 »
Sharh – biror asar yoki uning ma’lum bir qismini, ifoda va iboralarini tahlil va talqin etish, ba’zi o’rinlariga izoh berish, sharhlash.

Shlok – “Manzuma”, “madhiya” ma’nolarida ishlatiladigan so’z.

Shohbayt – she’rdagi mazmun va g’oyani umumlashtirgan bayt. Unda oldingi satrlardagi fikrlar tadriji oliy nuqta ko’tariladi. Misol:
          Ishq aro shohu gado tengdur, gado balki fuzun,
          Gar gadolig’ aylar o’lsa ishqning yag’mosidin.         A.Navoiy.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #68 : 24 Yanvar 2008, 12:06:26 »
Epigramma – kinoyali she’r.

Ekloga – qishloq hayoti haqidagi she’rlar.

Elegiya – g’amgin she’rlar.

Epitafiya – biror shaxsning o’limi munosabati bilan yozilgan she’rlar.

Epizod (grekcha voqe bo’lgandan ziyod) – poema, povest, roman, dramalar syujetida o’zaro bog’lanib kelgan va ma’lum darajada mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan voqea, asardagi ma’lum bir lavha, vaziyat.

Esse (lotincha, chamalayman) – erkin kompozitsiyaga ega bo’lgan, shaxsiy mulohaza va qarashlarini ifodalovchi asar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #69 : 24 Yanvar 2008, 12:08:26 »
Yumor – birmuncha yengil tanqidga asoslangan kulguli asar. Bunda kulgu illatning o’zidan qo’zg’otiladi. Misol: S.Ahmad “Sobir” hikoyasi.

Qissa – hayot va qahramonlarni aks ettirishdagi kenglik, chuqurlik, batafsillik jihatidan hikoya bilan romanning o’rtasida turadigan janr. Misollar: “Yulduzlar mangu yonadi”, “Gulliverning sayohatlari”, “Oq kema” va boshqalar.

Qofiya – she’riy misralarning muayyan bir o’rinda, ko’proq misra so’nggida so’zlarning ohangdosh bo’lib kelishi. Qofiya so’zi “Ergashtiruvchi” degan ma’noni bildiradi. Misol: “qon”, “fig’on”, “osmon” so’zlari qofiyadosh so’zlardir. Ba’zan qofiyalarda ulash (vasl) ham bo’ladi. Masalan: “ko’zimdan”, “yuzimdan”, “o’zimdan” so’zlaridagi “im” qo’shimchasi  qofiyadagi ulashdir
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #70 : 24 Yanvar 2008, 12:10:00 »
G’oya – hayot hodisalari haqida kishilarning tasavvurlari va o’sha hodisalarga munosabatlarini ifodalagan tafakkurlari.

Hikoya – kichik epik janr bo’lib, hayot hodisalari izchil ifoda etiladi va birgina voqea asosiga quriladi. O’zbek adabiyotida hikoya qadimda “hikoyat” nomi bilan ham yuritilgan. Bu janrning zamonaviy namunalari bizda XX asr boshlarida paydo bo’ldi. Misol: A.Qodiriy “Jinlar bazmi”, Cho’lpon “Novvoy qiz”, A.Qahhor “O’g’ri”, “Bemor”, “Dahshat”, G’G’ulom “Mening o’g’rigina bolam”, O’. Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni” va boshqalar.

Hamd (arabcha, maqtash) – o’tmishdagi adabiyotda xudo maqtoviga yozilgan alohida lirik she’r.


Keyingi mavzu:  O’zbek Adabiyoti tarixi:  Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #71 : 29 Yanvar 2008, 12:28:55 »
O’zbek adabiyoti tarixi
9-mavzu. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.

  Dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga tegishlidir. Ular O’rxun – Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo’lib, sug’d, turkiy run, arab va uyg’ur yozuvlaridagi bitiklardir. M. Koshg’ariy uyg’ur yozuvi haqida : … barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi”, - deb yozgan edi. Bu yozuv hatto arab yozuvi bilan yonma – yon holda XV asrgacha, Xitoydagi uyg’urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi. U so’g’d yozuvi asosida shakllangan bo’lib, unda 18 ta harf bor. Uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy – ta’limiy asarlar, yuridik – huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung “Oltin yorug’” asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg’ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, “O’g’uznoma”, “Muhabbatnoma (Xorazmiy), “Ltofatnoma” (Xo’jandiy), “Mahzanul-asror” (Mir Haydar) va boshqa ko’pgina asarlarning uyg’ur yozuvdagi nusxalari ham mashhurdir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #72 : 29 Yanvar 2008, 12:31:07 »
O’rxun – Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov, shved zobiti Ioann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga taqdim qilgan edilar. Daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklaridagi barcha harflarini o’qidilar. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o’rganmoqda. V. Tomson va Radlovlarda keyin S. Y. Malov, S. Y. Klyashtorning I. V. Stebleva, X. O’rxun, T. Tekin, Najip Osin, G. Aydarov o’zbek olimlaridan A. Ruastamov, R. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Bu yodgorliklar o’zbek tiliga bir necha marotaba o’girilgan. A. P. Qayumov “Qadimiyat obidalari” kitobida, G’ Abdurahmonov va A. Rustamovlar “Qadimgi turkiy til” kitoblarida o’sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan. Ularning qog’ozga turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo’lgan qoyalardagi yozuvlardir. Shuningdek, kumush ko’zalarga yozilgan runiy yozuvlar Sibir o’lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt – Peterburg) da saqlanayotgan 2 ta ko’zacha shu haqida ma’lumot beradi. Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to’qasi, qog’ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko’pdir. Turfon (Sharqiy Turkiston) dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud. Vena (Avstriya) muzeyida saqlanayotgan oltin idish-tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo’lib, ular bajnoq (pecheneg) tilida yozilgan. Yog’ochga yozilgan run bitiklari Ermitajda saqlanadi. O’rxun – Enasoy obidalarida nasr usuli yetakchilik qilib, ular syujetning o’ziga xos shakliga ega, tasvirdan ko’ra bayonchilik yetakchilik qiladi. Bitiktoshlarning asosiy mavzusi vatanparvarlik va qahramonlikdir. Qahramonlar ichki olami ularning ruhiy dunyosi tasviri hali ancha sodda tarzda namoyon bo’ladi. Bu mavjud an’analar hamda ijodiy tajribalarning o’sha davralardagi holati bilan izohlanadi. Qadimgi turkiy she’riyat asosida barmoq vaznida bitilgan. She’rlarda so’zlar takrori asosiy o’rin turib, bandlarning rang – barangligi ko’zga tashlanadi. Qofiyalarda fe’l so’z turkumiga oid so’zlar ko’proq uchraydi, bu turkiy tilining gap qurilishiga bog’liq. Keyingi asrlarda qadimgi an’analarning yangicha shakl va usullarda namoyon bo’lishini kuzatish mumkin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #73 : 29 Yanvar 2008, 12:35:16 »
Eramizdan oldingi V asr oxiri va VI asr boshlarida yashagan Ktesiy (430 – 354 yillar) ham bir rivoyatni yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlari tarixchi Apellodor (er. Avv. I asr) ning “Tarixiy kutubxona” asari orqali yetib kelgan. Bayondan ko’rinishicha, “Zarina va Stryaingiya” rivoyatining mazmuni “To’maris” rivoyatiga yaqin keladi. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan tarixchi Xores Mitilienskiy orqali “Zariadr va Odatida” afsonasi yetib kelgan. O’z tarjimalari bilan turkiy adabiyotga hissa qo’shgan adib Singku Seli Tutung bo’lib, u “Oltin yorug’” asarini nasriy usulda xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar X asrda Beshbaliqda yaratilgan. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyya – Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yo’llug’ Tegin kabi qadimgi ijodkorlarning nomlari yetib kelgan. Bulardan Aprinchur Teginning she’rlari Turfon matnlari orasida mavjud bo’lib, u moniylik dini g’oyalarini ifodalaydi. Uning “Bizning tengrimiz…” deb boshlanuvchi she’ri 12 misradan iborat bo’lib, to’rtliklar shaklidadir. Eng qadimgi she’riy asarlar muayyan urf – odatlar, marosim va e’tiqodlarga bog’liq holda yaratilgan. Masalan, “Tong tangrisiga madhiya” deb nomlanuvchi she’r qadimgi she’riyatning o’ziga xos namunasi bo’lib, unda so’zlar takrori yetakchi mavqe tutadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #74 : 06 Fevral 2008, 11:34:18 »
                                                   "Avesto"

“Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avestoda ham turkey, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari,yashash tarzlariga oid ma’lumotlar uchraydi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, undagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqlidir.Ular “Gotlar” va “Yasht”lar deb nomlangan. Beruniy (973-1048 y) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida “Avesto”ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan buyon “Avesto”ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. “Avesto” o’ttiz “nask” edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask “Avesto” bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir” deb ma’lumot bergan. “Avesto” o’sha davrlar tarixi, fan, madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asar bo’lib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Uning qisqartirilgan nusxasi “Zand Avesto” nomi bilan mashhur. “Avesto”da olam ikki asos, ya’ni yorug’lk va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda (Hurmuzd) bo’lib, u yomonlik xudosi yovuzlik ramzi Ahriman bilan kurashadi. “Avesto”da yozilishicha, zardushtiylikda qo’riq yer ochib, bog-rog’ qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurash 3-4 ming yillardan so’ng adolat, ezgulik g’alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta farishta tushadi va insoniyatni yomonliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganda qiyomat – qoyim bo’lib, barcha o’lganlar tiriladi. Xurmuzd va uning farishtasi yovuz ruh – Ahrimanni qaynab turgan ma’fanga tashlaydilar. “Avesto”da ifodalangan zardushtiylik diniga ko’ra, odam vafot etgach, to’rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroyilning boshqacha nomi) uning ruhini Chinvod qil ko’prigiga olib keladi. Yaxshiliklari ko’p bo’lgan odam qil ko’prikdan o’tib, jannat bog’lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi. “Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug’larini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash Mitra, Anahita, Qayumars, Yima (Jamshid), Gershaps, Elibek va boshqa obrazlarda mujassamlashtirilgan. “Avesto”ni o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilgan shoir Asqar Mahkamovning xizmatlari tahsinga sazovordir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 244717
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 87657
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 248549
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 29178
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 315862
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun