"œQutadg’u bilig" siymolari
Asarda to’rtta yetakchi qahramon bor. Bular quyidagilar:
ADOLAT _ Kuntug’di (chiqqan kun), davlat — vazir Oyto’ldi (to’lgan oy), aql — vazir o’g’li O’g’dulmish (aqlga to’lgan) va qanoat (ofiyat) — O’zg’urmish (uyg’ongan, xushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi). Muallif o’z fikr-mulohazasini obrazlarning o’zaro savol-javobi va munozaralari yo’li bilan ifoda etadi. Asar qahramonlarning o’zaro suhbati asosiga qurilgan. Unda Kuntug’di va Oyto’ldi dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi.
Yusuf Xos Hojib tasvirida
Kuntug'di "œqilmishlari to’g’ri, fe’lu tabiati rost, tili chin, yetuk, ko’zi va ko’ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi". Kuntug’di bir kuni uch oyoqli kumush kursi ustida, qo’lida pichoq, so’l tomonida urog’un (bir xil dori) va o’ng tomonida shakar qo’yilgan holda turadi. Oyto’ldi buning sababini so’raydi. Kuntug’di quyidagicha javob beradi: "œMen ustida o’tirgan kursining oyog’i uchtadir. Barcha uch oyoqli narsa siljimas, mustahkam bo‘ladi. Agar poyalardan birortasi siljisa, u kursi yiqiladi. Qo’limdagi pichoq esa qirquvchi va kesuvchi narsadir. Kim adolatimdan bahra olsa, shakardek chuchuk bo’lib ketadi-sevinadi. Zo’ravon, zolimlar esa urog’un ichgandek yuzi burishadi".
Oyto’ldi — vazir, ayni paytda davlat ramzi. Bir kuni Elig — hukmdor uni chaqirtirganda Oyto’ldi ko’zini yumib, yuzini o’girib, koptokning ustiga o’tirib oladi. Buning sababini Oyto’ldi quyidagicha tushuntiradi: "œSen o’rin berding, men esa avvaliga o’tirmadim, chunki mening o’rnim yo’q, buni bilib ol, demoqchi bo’ldim. Koptok menga o’xshaydi. U o’rinsiz dumalab yurgan kabi Davlat ham beqarordir. Iltifot qilganingda ko’zimni yumganligim va yuzimni o’girganligim mening qilmishlarim jafo, menga ishonma, deganim edi". Asarda Oyto’ldining vafot etishi ham bejiz emas.
O’gdulmish — asardagi eng faol qahramon. O’gdulmish "œaql bilan ziynatlangan deganidir. Undagi bosh fazilat har qanday hodisaga aql ko’zi bilan qarashdir. O’gdulmish bilimdon, donishmand kishi. U hayotning hamma sohalaridan puxta xabardor. O’gdulmish va O’zg’urmishning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga yetadi. Shunda ham O’gdulmish bosiqlik qiladi, aql bilan ish yuritadi, natijada O’zg’urmishni o’z g’oyalariga ishontiradi.
O’zg’urmish "œhushyor qiluvchi", "œsergaklantiruvchi" demakdir. Boshqalardan o’zib ketuvchi ma’nosi ham bor. Uning zohid qiyofasida ko’rinishida shu ma’noga uyg’unlik bor. U behuda ishlar bilan band bo’lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib qolishdan ogohlantiradi. Mudrab borayotgan tuyg’ularni sergaklantiradi. O’zg’urmish qat’iy fikrli inson. U Eligning shaharga saroyga taklifini rad etadi. Garchi bu taklif uch marta takrorlansa-da, u fikrni o’zgartirmaydi. Faqat O’gdulmishning oqilona tushuntirishlaridan so’ng, ziyorat maqsadidagina Elig huzuriga boradi. O’zg’urmish Eligga so’ngsiz tiriklik, ko’rmas yigitlik, doimiy sog’lik, tuganmas boylik kabi to’rt shart qo’yadi. ("œSaddi Iskandariy"da shahzoda Iskandarga shunday shartlar qo’yilgan.) So’ngra o’z manziliga — tog’ etagidagi g’orga qaytadi va shu yerda vafot etadi. O’zg’urmish — taqvodor inson. U din va diyonatni hamma narsadan ustun qo’yadi. U O’gdulmishga quyidagi fikrlarni aytadi: "œSen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshini yeyman. Uxlab tursak ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan, bunday ovqatlarga ruju qo'yishning nafi yo'q. Sen duxobalarga o’ranib yurasan. Men esa qopdan tikilgan to’n bilan kifoyalanaman. Ertaga o’lim kelsa, ikkimiz ham yalang’och ketamiz-ku! Demak, tanni emas, ruhni boyitish lozim".
Umuman, Yusuf Xos Hojib bu obrzlar timsolida Davlat, Adolat bva Aql bilan boshqarilmog’i kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Asardan parchalar:1.Senga kim qilarkan odamgarchilik,
Javob ber unga sen qilib yaxshilik.
Vafoga vafodir kishilik haqi,
Vafo qil, odil bo’l, nom ol mangulik.
2.Uquvli tirikdir, uquvsiz — o’lik,
Kelu, ey uquvsiz, uquv ol ulig (ulush, hissa)
3.Biliglik uqushlug’ kishi ul kishi,
Aningda naru barcha yilqi tushi.
Ma’nosi: Bilimli, zakovatli odam odamdir,
Undan boshqa barcha (kishi) yilqi tengdir.
4. Biliglig’ uqushlug’ bilar bilsa ish,
Biliglig’ uqushlug’ qilur qilsa ish.
(Bu baytda takrir, qofiya, radif kabi she’riy san’atlar qo’llangan)
Ma’nosi: Ishni bilsa, bilimli, zakovatli bo’ladi,
Ish qilsa, bilimli, zakovatli qiladi.