Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286669 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 20 B


Robiya  12 May 2008, 14:06:06

                                          Atoiy (XIV asr oxiri — XV asr I yarmi)

    Atoiy shirin kalom lirik shoir., majoziy ishq vasfidan ilohiy ishq lazzatini topolgan kishi. Xo’ja Ahmad Yassaviyning jiyani. A.Navoiy o’zining "œMajolis un-nafois" asariuda shunday yozadi: "œMavlono Atoiy Balxda bo’lur erdi, Ismoil ota farzandlaridandur, darveshvash va xushxulq, munosibat (ochiq ko’ngil) kishi erdi"¦"
  Atoiy Mirzo Ulug’bek saroyida xizmat qilgan. Hozirgi Qozog’istonning Turbat qishlo’gida unga nisbat berilgan qabr bor. Chamasi uning hayoti Sayram, Balx, Samarqand, Hirot shaharlarida kechgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, "œAto" (ota) deb olgan. Uning bizgacha bir devoni yetib kelgan bo’lib, 260 g’azalni o’z ichiga olgan. Atoiy g’azallari 1958 yilda nashr etilgan.
  G’azallari:  "œJamolin vasfini", "œHosili umrim"¦", "œQon bo’ldi ko’ngil"¦", "œManga", "œEy do’st", "œQora ko’zlar", "œUl sanamkim" va boshqalar.




Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:32:32

                HAYDAR XORAZMIY (XIV asrning II yarmi — XV asrning boshlari)

  Haydar Xorazmiy Xorazmda yashagan, og’ir vaziyatda hayot kechirgan. Hirotda birmuncha vaqt Umarshayxning o’g’li Sulton Iskandar huzurida falsafiy bilimlarni yaxshi bilgan. 1409-1414-yillari "œMahzan ul-asror" ("œGulshan ul — asror" deb ham ataladi) deb nomlangan falsafiy-didaktik dostonini yozgan va shahzoda Sulton Iskandarga bag’ishlagan. Doston hajmi 539 bayt bo’lib, asar 23 bob, 623 baytdan iborat. Dastlabki 7 bobi xudo, payg’ambarlar va xalifalar haqidagi a’anaviy gaplardan, Sulton Iskandar madhidan iborat. Qolgan 16 bobi maqolat, ma’viza va hikoyatlardan tashkil topgan. Unda "œPulini yo’qotgan kishi hikoyati", "œBo’z to’quvchi kampir va bazzoz hikoyati", "œHotami Toyi hikoyati", "œMahmud G’aznaviy haqida hikoyat", "œXorun bilan Bahlul hikoyati", "œTemurbek hikoyati" kabilar keltirilgan. BU doston asosan manba bo’lgan asar Nizomiy Ganjaviyning "œMahzanul-asror"idir. Asarning yaratilishi haqida shoir shunday deydi:


Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiddin olib choshni.


"œBo’z to’quvchi kampir va bazzoz hikoyati"da qalloblik va ta’nmagirlik qoralanadi. Bu hikoyatda Xoja haqparast darvishning istehzoli, kinoyali gaplaridan keyin haq yo’liga kiradi va tarkidunyo qiladi. Yangi ma’lumotlarga ko’ra "œGul va Navro’z" dostoni ham Haydar Xorazmiy qalamiga mansub.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:34:48

                                         "œGul va Navro’z " dostoni

  Navshodning keksa podshosi Farrux o’g’il ko’radi. Bola Navro’zda tug’ilgani uchun unga Navro’z deb ism beradilar. Navro’z aqlli, baquvat bo’lib yetishadi. U Farxor o’lkasining shohi Mushkinning qizi Gulni tushida ko’rib, sevib qoladi. Gul ham Navro’zni tushida ko’rib, uning ishqiga giriftor bo’ladi. Navro’z ko’p sarguzashtlarni boshidan kechirib, Farxorga yetib keladi. Biroq Mushkin Gulni Xitoy xoqoniga tortiq qilmoqchi bo’ladi. O’zaro ahdlashgan Gul bilan Navro’z Xitoy chegarasiga yaqinlashganda qochib ketadilar va sarguzashtlarni boshdan kechirib, bir daryoga keladilar. Dahshatli to’lqin sevishganlarni birbiridan ajratadi: Gul Adanga, Navro’z Yamanga tushib qoladi. Ikkalasi ham askar boshlig’i etib tayinlanadilar. Adam bilan Yaman o’rtasida urush boshlanadi. Yakkama-yakka jangda Gul Yamanlik pahlavon Bahromni yengadi. Jang maydoniga Navro’z chiqadi. U g’olib qahramon — Gul bilan olishishi kerak edi. Biroq Navro’z bilan Gul bir-birlarini tanib qoladilar, urush yarashga aylanadi. Navshod, Farxor, Adan va Yaman shohlari kengashadilar, to’rt davlatni birlashtirib, yagona davlat qilishga va Navro’zni shoh qilib ko’tarishga qaror qiladilar. Navro’z adolatli va ma’rifatparvar podsho bo’ladi.
  (Obrazlar: Yaldo (qish mavsumidagi eng sovuq, uzun bva qorong’u kecha), Farrux (go’zal, baxtli muborak, qutlug’ yuzli), Najd (yerning baland qismi, to’siq), Navro’z (yangi kun), Navjoz (xalqi go’zallik va chiroyi bilan mashhur bo’lgan shahar nomi), Farxor (orasta, chiroyli va shinam joy), Bahman (qishning eng ayozli kunlari)).


Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:35:38

                                       HUSAYN BOYQARO (1438-1506)

  Husayn Boyqaro ham shoh, ham shoirdir. U Alisher Navoiy bilan zamondosh bo’lib, Navoiyga homiylik qilgan. Husayn Boyqaro 1438 yil Hirotda tug;ilgan. Otasi Mirzo Mansur ham, onasi Firuzabegim ham Temur avlodidan edilar. Shu sababli Z.M.Bobur uni "œKarim ut-tarafayn" (ikki tomonlama ulug’) deb atagan edi. U 1457 yil Abulqosim Bobur Mirzo vafot etgach, taxt uchun kurashga kirishdi va 1469 yil Hirotni egallaydi hamda temuriylar saltanatini 1506 yilgacha boshqaradi. 1490 yilda Husayn Boyqaro Moskvaga elchi yuborib, do's’lik va inoqlik haqida shartnoma tuzishni taklif etgan. Husayn Boyqaro shaxs sifatida mard, shijoatli, adolatli bo’lib, qilichbozlikda temuriylar orasida unga teng keladigani bo’lmagan, adabiyotni, san’atni sevgan. Kamchiligi esa maishatparast edi. U "œHusayniy" taxallusi bilan she’rlar yozgan va undan bizga bir "œDevon’i va "œRisola" meros bo’lib qolgan. Devondagi she’rlarning ko’pchiligi ishq va may mavzusida bo’lib, g’azallarning hammasi bir vaznda — ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilun)da yozilgan.

Misol:    Qilmagay erdim, yuzin ko’rmak tamanno,koshki,
               Solmag’ay erdim ko’ngil mulkiga g’avg’o koshki.

  Husayniyning "œRisola"si 1485 yilda yozilgan bo’lib, Olloh inoyat etgan podshohlik shukronasi bilan boshlanadi, unda muallif A.Jomiyni, A.Navoiiyni hurmat bilan tilga olgan, ko’klarga ko’targan. Uning "œRisola"sida ma’lumot berilishicha, Hirot va uning atrofida mingga yaqin kishi she’r bilan mashg’ul bo’lgan. U turkiy tilda asarlar yozish haqida maxsus farmon chiqargan. A.Navoiy Husayn Boyqaro she’riyatiga yuksak baho beradi. "œMajolsi un-nafois" tazkirasida unga maxsus bir fasl ajratadi.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:36:13

                                    Muhammad Shayboniy (1451-1510)

  Asl ismi Shohbaxt bo’lgan Muhammad Shayboniyxon Shayboniy sulolasining asoschisidir. U turkiy va forsiyda she’rlar yozgan, surat chizgan, musiqa bilan shug’ullangan, xushovoz qiroatxona bo’lgan. Yoshligida otasi Shoh Budog’ vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo’lida tarbiya topdi. Buxoroda ikki yil madrasada o’qidi. 1499-1504 yillarida Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo’lidan tortib oldi. 1505 yilda Xorazmni, 1507 yilda Xurosonni egallab, temuriylar hokimiyatga barham berdi. 1510 yil 10 sentabrda Murg’ob daryosi bo’yidagi Ismoil Safaviy qo’shini bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi.
  Sahyboniyxondan bizga bir "œDevon" va "œBahr ul-hido" ("œHidoyat dengizi") nomli dostoni yetib kelgan. Uning devoni Istambulda To’pqori saroy muzeyida, 1508 yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Shayboniyxonning she’rlaridan namunalar Muhammad Solihning "œShayboniynoma" asarida keltirilgan. Sahyboniyxon Najmiddin Kubroga bag’ishlab "œShahi shuhado" ("œSahidlar shohi") degan tarix-she’r ham yozgan. Shoir she’rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko’tarinki ta’rif beriladi.


Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:38:41

                                  Majlisiy (XIV asr oxiri — XV asr I yarmi)

  Majlisiy asli Xorazmlik bo’lib, keyinroq Buxoroga ko’chib borgan. Ubaydullaxon va uning o’g’li Abdulazizxonov saroyida xizmat qilgan. "œMavlono Majlisiy — nadim va majlisaro kishi edi, - deydi Hasanxo’ja Nisoriy, - yaxshi ash’ori va marg’ub so’zlari bor. Qasidalari ko’p, yaxshi va lapar g’azallari bor." Shoirning she’rlari Boburga ham manzur bo’lgan. Uning 4 ming misralik "œQissai Sayfulmulk" nomli ishqiy-sarguzasht asari bizgacha yetib kelgan. Bu dostonning yetakchi mavzusi sevgi, vafo va sadoqat, do’stlik va ahillik, mardlik va qahramonlik kabi fazilatlarni madh etishdir. Asarni yaratishda shoir xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. Dostonning qahramonlari: Sayfulmulk, Misr shohi Osim, Yaman shohi Badeulasr, Sarondin shohi, Rabialmulk, Badeul jamol va boshqalar.


Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:39:24

                                                      Gadoiy

 "œXuloguxon zamonidin, sultoni sohibqiron temur Ko’ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo’ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidan ham xushtab’ salotine zuhurga keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiylardek".

                                                                                                    Alisher Navoiy.

  Gadoiy XV asrda yashab ijod etgan. Shoir haqida ma’lumot Navoiyning "œMajolis un-nafosi" tazkirasidagina mavjuddir. Bundagi ma’lumotlarga asoslanib Gadoiyni taxminan 806 (1403-1404) yilda tug’ilgan deyish mumkin. Gadoiyning yagona devoni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. Shoirning g’azallari asosan Surud vazni (ramali musammani maqsur) da bitilgan bo’lib, ularda sof muhabbat, vafo, visoldan g’oyat sevinish kabi insoniy tuyg’ular ifodalangan.


Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:40:21

                                                         Sakkokiy

  Atoqli lirik shoir Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz ma’lumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning o’z devonida, Navoiyning "œMajolis un-nafois" , "œMuhokamat ul-lug’atayn", "œXutbai devon" kabi asarlarida uning XV asrda yashab ijod qilganligi ma’lum bo’ldi. Shoir Yaqiniy o’zining "œO’q va yoy" munozarasida Sakkokiyni "œTurk shoirlarining mujtahidi(g’ayratlisi)" deb ta’riflaydi. Sakkokiy shoirning taxallusi bo’lib, "œSakkok" (pichoq) so’zidan olingan. Shoir ijodi Ulug’bek hukmronligi davrida kamol topdi. Sakkokiy Ulug’bekka bag’ishlab yozgan qasidasida shunday yozadi:

Salotin dunyoda ko’p keldiyu ketdi, seningtek bir,
Falakning gar tili bo’lsa,aytsunkim, qachon keldi?


Sakkokiy Muhammad Porsoga, Xalil Sultonga, Mirzo Ulug’bekka, Arslonxo’ja Tarxonga bag’ishlab qasidalar, oshiq yor va raqib obrazlari yaratilgan go’zal ishqiy g’azallar yozgan. Sakkokiy devonining bir necha qo’lyozma nusxalari ma’lum bo’lib, ular Londonda, Britaniya muzeyida, Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

Keyingi mavzu: Sharq uyg'onish davri qomusiy olimlari (IX-XII asr)

Qayd etilgan


Robiya  02 Iyun 2008, 20:32:51

Abu Nasr Forobiy (873-950)
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug‘ Tarxon Forobiy 873 yilda Forobda tug‘ilgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona yurtida olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qigan, Bag‘dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan.

Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.

Asarlari: «Arastu qonunlarining mohiyati haqida», «She’r san’ati haqida» (Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan risola), «Fozillar shahri aholisining‘ fikrlari», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» va boshq.
 
 

Qayd etilgan


Robiya  02 Iyun 2008, 20:34:27

                                             Al-Xorazmiy (780-850)

Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.

U  al-Farg'oniy  bilan  Bag'dodda  rasadhona  qurishga  boshchilik  qildi.  Rasadhonadagi  asboblar  yordamida  koinot  sirlarini  va  Yer  kurrasini  o'rgandi.  Al-Xorazmiy  va  Al- Farg'oniy  boshchiligidagi olimlar 1000 dan  ortiq  yulduzlarni  tekshirdilar  hamda  ularning  joylanish   xaritasini  tuzdilar. Yer  kurrasining  aylana  uzunligini  aniqladilar .

Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati")  nomli  kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit'alarini aniq   tavsiflagan. Koinot  sirlarini  o'rganishga  oid  ijodlari  uning  "Ziji"  ("Astronomiya")  kitobida  bayin  etilgan.

Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq.

Qayd etilgan