Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286731 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 20 B


Robiya  02 Iyun 2008, 20:35:58

                                      Ahmad Al-Farg'oniy (797-865)

Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.

Allomaning ijodiy faoliyati Bag‘dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan «Baytul hikma» bilan bog‘liq. Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqtsagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yudduzlar jadvali» dagi ma’lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998 yilda Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o‘rnatildi va istirohat bog‘i barpo etildi.

Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi’’ boshq.

Qayd etilgan


Robiya  02 Iyun 2008, 20:37:49

                                     Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.

Ma'lumotlarda  yozilishicha  uning 152  ta  kitobining  nomi  na'lum.  Bizgacha  ulardan  27  tasigina  yetib  kelgan.  Uning  bir  qancha  kitobi  tabiiyot  ilmiga  bag'ishlangan. Bu  sohaning  rivojlanishida  Beruniyning  tabiiyot  va  tabiat  hodisalarini  o'rganish  usullari  ,  harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi  hodisalar, modda  tuzilishi  haqidagi  ijodiy  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  bo'ladi.

Beruniyning  o'sha  davrda  yaratgan  kashfiyotlaridan  biri - globus  ixtiro etganligidir.

U  Quyosh atrofida  sayyoralar  aylanishini,  Yer  esa  ana  shu  sayyoralardan  biri  ekanligini  aytadi.

Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.

Qayd etilgan


Robiya  02 Iyun 2008, 20:41:14

                                        Abu Ali ibn Sino (980-1037)

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.

Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.

Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:14:08

                                          "Xamsa"chilik tarixidan

«Xamsa» - «beshlik» degani. U beshta mustaqil dostondan iborat bo‘lib, har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng hamda atroflicha masnaviy yo‘li bilan yoritib beradi. Har bir asar «Xamsa» atalmog‘i uchun:

a)    besh dostondan tashkil topmog‘i;
b)    birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i;
v)    ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i;
g)    uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i;
d)    to‘rtinchi doston Bahrom haqida bo‘lmog‘i;
e)    beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.

Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar «Xamsa» yaratishgan.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:21:53

                                                  NIZOMIY GANJAVIY
                             (1141 - 1143 yillar orasida tug‘ilgan, vafoti - 1209 yil)


Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan.

Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341 yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini Ogahiy tarjima qilgan. Navoiydan tortib barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan.

Asarlari: «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», 1173 - 1179 yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan), 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181, bu doston Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, muhabbat va qahramonlikni ifodalaydi), 3. «Layli va Majnun» (1188, unga 118 ta nazira bitilgan. Bu asar Shirvonshohlardan Axsatan 1 buyrug‘iga ko‘ra yozilgan), 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal», bu asar 1196 yilda Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan yuzaga kelgan. «Haft paykar» Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan asar bo‘lib, doston voqealariga bog‘lanmaydigan besh hikoya berilgan. Nizomiyning bu dostonidagi daraxt shoxiga osib qo‘yilgan it hikoyasida Bahromshoh xiyonatkorlikdan, adolatsizlik kuchayayotganidan ogohlantiriladi. Asar so‘nggida Bahrom ov izidan g‘orga kirib ketib qaytib chiqmaydi), 5. «Iskandarnoma» (1196-1201, bu doston 2 qismdan iborat: a) Sharafnoma b) Iqbolnoma).

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:25:54

                                                     XUSRAV DEHLAVIY
                                                             (1253 - 1325)


Yamuniddin Abulhasan Amir Xusrav ibni Amir Sayfuddin Mahmud Dehlaviy 1253 yilda Hindistonning Patyoli degan shaharchasida dunyoga keladi. Uning otasi asli shahrisabzlik bo‘lib, avlodi turkiy elatlarning lochin urug‘idan bo‘lgan. Ammo u mo‘g‘ullar hujumining dastlabki yillaridayoq tarki vatan etib, Dehli hukmroni Shamsiddin Eltutmish saroyiga xizmatga kiradi va 1261 yilda mo‘g‘ullarga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Xusrav Dehlaviy bobosi Imodulmulk qo‘lida tarbiyalandi, Qozi Sa’duddin Muhammad ta’limini oldi. 20 yoshida Xusrav iste’dodli shoir, qomusiy bilim sohibi - olim, sozanda va bastakor bo‘lib yetishdi. U umri davomida 7 hukmdorning dargohida xizmat qilib, umrining oxirgi 30 yilini Dehlida o‘tkazadi. Ulug‘ shoir 1325 yili Dehlida vafot etgan. Xusrav Dehlaviyning she’rlari 5 ta devonga jamlangan bo‘lib, u 400000 dan ortiq bayt ijod qilgan. Abdurahmon Jomiyning ta’kidlashicha, Xusrav Dehlaviy 99 ta kitob muallifidir. Dehlaviy Nizomiy «Xamsa» siga hammadan yaxshiroq javob aytgan shoirdir.

Asarlari: «Xamsa» (1299-1301, uning tarkibida quyidagi 5 doston mavjud: 1. «Matla’ ul-anvar» («Nurlarning boshlanmasi»), 2. «Shirin va Xusrav», 3. «Majnun va Layli», 4. «Hasht behisht» («Sakkiz jannat», Ogahiy tarjima qilgan. Husrav Dehlaviy "Hasht behisht" dostonining Nizomiy "Haft paykar" idan farqlari shundaki, unda kanizakning nomi Dilorom deb o‘zgartirilgan, yetti hikoya hind eposidan olingan), 5. «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi»)), «Tuhfat us-sig‘ar» («Yoshlik tuhfasi»), «Vasat ul-hayot» («Hayot o‘rtasi»), «G’urrat ul-kamol» («Kamolot ibtidosi»), «Baqiyai naqiya» («Saralarning sarasi»), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot cho‘qqisi»), «Qiron us-sa’oayn» (Ikki saodatli sayyoraning qo‘shilishi), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar kaliti»), «Xazoyin ul-futuh» («G’alabalar xazinalari»), «Duvalroniy va Xizrxon», «Nuh sipehr» («To‘qqiz qavat osmon»), «Tug‘uluqnoma», «Tarixi Dehli», «E’jozi Xusraviy («Xusrav mo‘jizasi») va boshq.

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyun 2008, 17:28:25

                                                   ABDURAHMON JOMIY
                                                       (1414-1492)
Ulug‘ fors-tojik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy 1414 yil 7 noyabrda Xurosonning Jom shahrida shayxulislom - Nizomiddin Ahmad oilasida tug‘ilgan. Jomiy go‘dakligida uning oilasi Hirotga ko‘chib boradi.

Shoir dastlab maktabda, keyin Hirotdagi Dilkash va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasalarida ta’lim oladi. Mavlono Junayd qo‘lida, keyinroq Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va Aloiddin Ali Samarqandiylardan ta’lim olgan.

Abdurahmon Jomiy Samarqandga kelib Qozizoda Rumiy darslariga qatnashgan. U til, adabiyot, falsafa, matematika, astronomiya, huquq va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. Din va tasavvufni sinchkovlik bilan o‘rgangan. Jomiy Shayx Sa’diddin Koshg‘ariydan tasavvuf bo‘yicha ta’lim olgan. Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan.

A. Jomiy Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonining muqaddimasida filga qiyoslab madh etilgan.

Asarlari: «Xaft avrang» («Yetti taxt», dastlab «Xamsa». Unga «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol» (1480-81), «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi», 1481-82), «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482-83), «Yusuf va Zulayho» (1483), «Layli va Majnun» (1483), «Xiradnomai Iskandariy (1485) kabi dostonlar kirgan), «Bahoriston» (o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf uchun yozgan), «Aruz haqida risola», «Arab tili darsligi», «Ruboiy sharhi», «Munshaot», «Qofiya haqida risola», «Naqshi fusus» («Javohirlar naqshi»), «Lujjat ul-asror» (qasida), «Nafohatul-uns («Do‘stlik tarovati») va boshq.

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 14:58:57

                                                        ALISHER NAVOIY
                                                          (1441 - 1501)
   
    Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning "œMantiqut-tayr" asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga "œmuqarrabi hazrati sultoniy" ("œsulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, "œIlk devon" (1464-65) tuzgan edilar, so’ngra "œBadoyiul-bidoya" ("œGo’zallikning boshlanishi"), "œNavodirun-nihoya" ("œNodirliklar nihoyasi") nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq "œXazoyinul-maoniy" nomli to’rt devon (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari "œoshiqona, orifona, rindona" (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, "œmajoz - haqiqat ko’prigi" aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidagi zohiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

"œNazmul-javohir" (1485) Hazrat Alining "œNasrul-laoliy" asarining turkiy nazmga solingani bo’lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta’limiy qarashlar o’z aksini topgan.

Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi "œXamsa" asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq "œXamsa" yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

"œXamsa" tarkibiga "œHayratul-abror", "œFarhod va Shirin", "œLayli va Majnun", "œSab’ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" kabi dostonlar kiradi.

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus "œLisonut-tayr" dostoni(1499)da, "œNasoyimul-muhabbat" manqabasi"(1495-96)da, "œTarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), "œArbain", "œMunojot" singari asarlarida aks etgan. (To'liqroq: www.literature.uz )
 

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 03:49:25

                                      ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
                                                  (1483 - 1530)
 
          Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.

Lirik merosi "œQobul devoni" (1519)ga, 1528-29 yillarda "œHind devoni" ga jamlangan. To’liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulug’ asari "œBoburnoma" bo’lib, uni "œVaqoe" deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. "œBoburnoma"ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. "œBoburnoma"ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to'ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

"œBoburnoma"ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida "œBoburnoma" 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan.

Yangi alifbo-"œXatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi "œMubayyinul-zakot" (1521), aruz vazni haqidagi "Risolai aruz" (1523-25) kabi asarlari bor. "œAruz risolasi"da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining "œVolidiya" asarini o’zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning "œHarb ishi", "œMusiqa ilmi" nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.
 

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2008, 03:54:30

                                                 SO'FI OLLOHYOR
                                                   (1644 - 1721)
   Yirik o'zbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlog'ida (1644) tug'ilgan. O'n yoshlarida Buxoroga o'qishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bo'lib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navro'z qo'lida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri o'sha yerda.

So'fi Ollohyorning "œMaslakul-muttaqiyn" ("œTaqvodorlar maslagi"), "œSabotul-ojizin", "œMaxzanul-mute'in" ("œMute'lar xazinasi"), "œMurodul-orifin" asarlari mavjud. "œBayozi alamkash"da 73 she'ri bor.

So'fi Ollohyorning mashhur asari "œSabotul-ojizin" bo'lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So'fi Ollohyorning o'zi uni o'zbek tiliga she'riy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq "œSabotul-ojizin" asarining tuzilishi ham o'ziga xos.

"œMaslakul-muttaqiyn" asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo'li (tarmog'i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.
 

Qayd etilgan