Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286575 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  27 Iyul 2008, 15:39:45

                                             Boborahim Mashrab
                                                      (1653 - 1711)
Ulug’ o’zbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qo’lida o’qiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xo'ja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan (1711) dorga osiladi.

Majzub Namangoniyning "œTazkiratul-avliyo", Ishoq Bog’istoniyning "œTazkirai qalandaron", Maleho Samarqandiyning "œMuzakkiri asxob" kabi tazkiralarida, Hakimxon to’raning "œMuntaxabut-tavorix", Mirzo Olimning "œAnsobus-salotin" asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba "œQissai Mashrab" ("œShoh Mashrab", "œDevonai Mashrab" nomlari bilan ham uchraydi)dir. Uning ko’pgina qo’lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.

Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Shoir merosi "œQissayi Mashrab" orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.

"œMabdai nur" va "œKimyo" asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997 yilda "œMabdai Nur" (Jaloliddin Rumiy "œMasnaviyi ma’naviy"siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.

Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; o’zbek adabiyotshunoslari Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Mo’minov, G’afur G’ulom, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, A.Abdug’afurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari bor.



Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:44:27

                                                    Turdi Farog'iy

Turdi Farog`iy Buxoro adabiy muhitining yirik vakillaridan biridir. U XVII asr o`rtalari-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Turdining hayotiga oid ma`lumotlar juda kam saqlanib qolgan.
Turdining hayot yo`li o`sha davr shohlarining ichki nizolari tufayli ko`plab dilxiraliklar bilan o`tdi. U Rahimbiy va Norbo`tabiy kabi hukmdorlarni ko`rdi. Ulardan o`ziga, yurtiga, xalqiga saodat tilab, ko`p bora himmat va saxovat so`radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o`zga farog`at ko`rmadi.
Shoirning she`rlarida isyonkorlik ruhi kasb etishi o`sha davr muammolari bilan bog`liqdir. U amalda janggohga aylangan jamiyatda ko`rgan-kechirganlarini o`z she`rlarida yoritdi.
Turdi Farog`iyning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni, adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she`ri yaqqol tasavvur uyg`ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg`a bahri talotum Turdiman.
Qiriq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.
Rishtadek ming bor ro`ze chashmi so`zandan o`tar,
Bovujudi e`tibori chashmi mardum Turdiman.

Turdining hayotiy kechmishini aks ettiruvchi manbalardan biri uning Oqbo`tabiy hukmronligi davrida bitgan bitta turkiy muxammasidir.
Bizgacha Turdi ijodidan 434 misradan iborat ja`mi 18 ta she`ri yetib kelgan. Bu merosning tarkibi 5 ta muxammas, 12 ta g`azal, 1 ta farddan iboratdir.
Turdi zullusonayn shoir bo`lgan. Ya`ni, misralarining 397 tasi o`zbek tilida, 37 misrasi esa tojik tilida yozilgandir.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:53:56

                                      MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY
                                                        (XVIII asr)
Taniqli o’zbek shoiri, liro-epik she’riyat tarraqqiyotida alohida o’ringa ega. Xorazm (1701)da tug’ildi. Ijodiy merosidan lirik she’rlari va "œHusnu Dil" dostoni yetib kelgan. She’rlari "œG’azaliyot va muxammasoti Nishotiy", "œBayozi mutafarriqa", "œBayozi majmuai ash’or" kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan ko’chirilgan devoni (1903) O’R FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.

Yirik asari "œHusnu Dil" dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur bo’lib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, ko’ngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, G’amza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-ta’limiy g’oyalari ifodalangan. "œQushlar munozarasi" asari ham allegorik - majoziy harakterga ega bo’lib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning o’zaro bahsu-munozaralari orqali o’z qarashlarini bayon etadi.

Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixo’jaev, M.Qosimova v.b. tomonidan o’rganilgan.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:56:43

                                           XO’JANAZAR HUVAYDO
                                                      (1704 - 1780)
Xo‘janazar G’oyibnazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi o‘shlik bo‘lib, uning o‘zi Farg‘onaning Chimyon degan qishlog‘ida tug‘ilgan va umrining oxnrigacha shu yerda yashab, ijod etgan. Uning tug‘ilgan yili noma’lum. Huvaydo boshlang‘ich ta’limni Chimyondagi maktabda oladi, Qo‘qon madrasalarida o‘qiydi, muallimlik bilan shug‘ullanadi, to‘quvchilik san’ati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shoir Noseh Huvaydoni bunday tavsif etadi:

Tutub suhbat davom umrin boricha,
Bayoron ta’lim erdi fikru yodi.
Dabistonda sa’y aylab tunu kun,
Yozilg‘on necha tolibning savodi.
Muningdek olihimmat er anodin,
Du bora tug‘magay dar hech bilodi

Huvaydo taxminan 1780 - 1781 yillarda vafot etgan. Uning sulolasidan Sirojiy, Salohiddin Soqib, Samar Bonu kabi shoirlar yetishib chiqqan. Huvaydoning adabiy merosi «Devoni»da to‘plangan. Bu devondan shoirning 100 dan ortiq g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi, 1 musammani, 1 mustahzodi va 3 masnaviysi o‘rin olgan. Shoirning «Rohati dil» (didaktik (o‘git) hikoyatlardan tuzilgan masnaviy asar) dostoniga kirgan «Bayoni g‘addoriyi dunyo» hikoyati pandnoma xarakterida bo‘lib, unda aka-ukalarning fojiali qismati, mehnatsiz topilgan boylik hech kimga nasib qilmasligi bayon qilingan.

Adabiy merosi: «Na qildim sanga man...», «Hoki poyi yaxtilar bo‘l...» (bu g‘azal mazmun va g‘oyaviy yo‘nalishi hamda shakliy-badiiy xususiyatlari, hatto aynan bir so‘zning radif qilib olinishiga ko‘ra ham Turdi Farog‘iyning «Jismi qonundin nafas tori uzulmasdan burun» misrasi bilan boshlanuvchi turkiy muxammasiga hamohangdir), «Nafsing seni qattig‘ balo...», «Qoshingga sajda qildim...», «Topolmasman» kabi she’rlari, «Ibrohim Adham» qissasi va boshq.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:01:01

                                              Shermuhammad Munis
 
                                                          (1778 - 1829)
 
Yirik o’zbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlog’ida Avazbiy mirob oilasida (1778) tug’ildi. 1800 yilda otasi va og’a-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning o’g’li Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis "œFirdavsul-iqbol" nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha bo'lgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.

Munis "œMunisul-ushshoq" ("œOshiqlar do’sti") nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda ko’chirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari O’zFAShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning she’riy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning "œRavzatus-safo" asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi. 1804 yilda arab alifbosini o’rganishga bag’ishlangan "œSavodi ta’lim" nomli she’riy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya.G’ulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.




G’AZALLAR


Qilmangiz

Do’stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar bo’lsa bir mahbub ila bazmi nishot,
Mensiziz suhbat tuzarga maylu rag’bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yod etmay meni,
Zor ko’nglumni asiri dog’I furqat qilmangiz.

Men kibi yo’qdur aroda, mankubu maxmuri aysh,
Kimsaga mendin ziyoda boda shafqa qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jam’I nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do’st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do’stidin,
Munis ahvolin ko’rub tarki muhabbat qilmangiz.

 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:07:52

                                                 Jahon otin Uvaysiy
 
                                                           (1780 - 1845)
 
 
Atoqli shoira, o’zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Marg’ilonda tug’ilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo’lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qo’qonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Marg’ilonda vafot etadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin she’riy asarlari mavjud. Uning bir devoni O’R FA ShIda saqlanadi (inv.â„–1837). Unga shoiraning g’azal, muxammas, musaddas, murabba’lari va "œShahzoda Hasan" hamda "œVoqeoti Muhammadalixon" dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan."œShahzoda Hasan", "œShahzoda Husayn" kabi dostonlari mavjud, "œVoqeoti Muhammadalixon" nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. "œMajmuai shoiron" tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yo’nalishda o’rganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan o’rganilgan.


 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:09:28

                                             Amiriy (Amir Umarxon)
 
                                                         (1787 - 1822)
 
Yirik o’zbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qo’qonda tug’ilgan, Qo’qon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Marg’ilon hokimi (1807-1810), Qo’qon xoni (1810-22) bo’lgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. "œDevon" tartib bergan, "œUmarnoma" dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham e’lon qilingan, uning torshirig’i bilan "œMuhabbatnoma" majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.

"œDevon"ida Navoiy an’analarini davom ettirgan, she’riyatning 12 janrida qalam tebratgan. G’azallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda so’fiyona talqindagi g’oyalar ham mavjud. "œDevon"ning qo’lyozma va bosma nashrlari O’R FA ShIda 3642, 4419, 90, 9993, 5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99, 153 raqamlari ostida saqlanadi.

O’zbek adabiyotshunosligida Amir Umarxon ijodi Fitrat, Vadud Mahmud, P.Qayyumiy, A.Qayumov, M.Qodirova, A.Madaminov, H.Boltaboev tomonidan o’rganilgan, asarlari e’lon etilgan. O’zMU da tadqiqotchilar Z.Qobilova, M.Yuldasheva shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:11:27

                                                  Nodira (Komila)
 
                                                       (1792 - 1842)
 
 
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda o’sha paytda Marg’ilon hokimi bo’lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon o’rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo’qonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan so’ng o’g’li Ma’dalixon bilan birga Qo’qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning she’riy merosi bir nechta devonlarining qo’lyozmalari (inv. â„– 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.O’zbekcha she’rlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. G’azal, muxammas, ruboiy, fard kabi ko’plab janrlardan faol foydalangan. She’rlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil an’analarini davom ettirgan. Nodira g’azallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

  Nodira hayoti va ijodini o’rganish o’z davridanoq boshlangan. Hakimxon To’raning "œMuntaxabut-tavorix", Avazmuhammad Attorning "œTuhvatut-tavorix", Ishoqxon To’raning "œTarixi Farg’ona", Mushrifning "œAnsobus-salotin va tavorixi xavoqin" kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning "œVoqeoti Muhammadalixon", Nodir-Uzlatning "œHaft gulshan" nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.

Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohko’chalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qo’yilgan.
 
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:13:14

                                         Muhammadsharif Gulxaniy
 
                                                            (18 - 19)
 
Taniqli o’zbek adibi, o’zbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. O’ratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tug’ilgan, hayot yillari noma’lum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. "œZarbulmasal" asari Umarxonning torshirig’i bilan yozilgan. U haqda Fazliyning "œMajmuai shoiron", Vozehning "œTuhfatul-ahbob", Avazmuhammad Attorning "œTarixi jahonnoma" asarlarida ma’lumot bor.

"œZarbulmasal"da "œKalila va Dimna" va sharq mumtoz nasri an’analari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. "œZarulmasal" bir necha qo’lyozma va bosma nusxalari mavjud, ular O’R FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim she’rlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi o’zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qo’shjonov, M. Qo’shmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.



Nashr qilingan asarlari:
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
O’zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 16:14:30

                                                  Muhammad Rizo Ogahiy
 
                                                                (1809 - 1874)
 
Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. "œTa’vizul-oshiqin" ("œOshiqlar tumori") nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.

O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U "œRiyozud-davla" (1844), "œZubdatut-tavorix" (1845-1846), "œJome’ul-voqeoti Sultoniy" (1856), "œGulshani davlat" (1865), "œShohidi iqbol" (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z ishlarida foydalanishgan.

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning "œHaft paykar" (nasr bilan), Sa’diyning "œGuliston", Kaykovusning "œQobusnoma", Mirxondning "œRavzatus-safo", Muhammad Mahriy Astrabodiyning "œTarixi Jahonkushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "œBadoe’ul-vaqoe’", Mahmud G’ijduvoniyning "œMiftohut-tolibin", Muhammad Muqim Hirotiyning "œTaboqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshiyning "œTazkirayi Muqimxoniy", Rizoqulixon Hidoyatning "œRavzatus-safoyi Nosiriy", Husayn Voiz Koshifiyning "œAxloqi Muhsiniy", Muhammad Vorisning "œZubdatul-hikoyat", "œSharhi daloyilul-hayrot", Jomiyning "œYusuf va Zulayho", Badriddin Hiloliyning "œShoh va gado", Nizomiyning "œHaft paykar" kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.

O’zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodini ilmiy tadqiq etish, asarlarini chop etish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida G’.Karimov, S.Dolimov ishlari salmoqli. Shuningdek, Ogahiy ijodi bilan V.Abdullaev, R.Majidiy, A.Abdug’afurov, Q.Munirov, N.Komilov, A.Pirimqulov, M.Matyoqubova, Q.Sultonova, T.Matyoqubova, v.b. tadqiqot yaratganlar.



Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizul-oshiqin. —T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jaev v.b.) . — T.: 1999.
 

Qayd etilgan