Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286755 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  27 Iyul 2008, 16:35:03

                                      Mahmudho'ja Behbudiy
 
                                                    (1875 - 1919)
 
 
Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida tog’asi Muhammad Siddiq huzurida ta’lim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, so’ngra muftiylik lavozimiga o’tadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targ’ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi "œRisolai jug’rofiyai umroniy", "œRisolai asbobi savod", "œKitobat ul-atfol", "œTarixi islom" kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi o’zbek dramaturgi va teatr arbobi. "œPadarkush" p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da ("œTuron" truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko’plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo'lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926-1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.



Nashr qilingan adabiyotlar:
Behbudiy. "œPadarkush". "œSharq yulduzi" jurnali, 1989, 7-son.
Behbudiy. "œEhtiyoji millat". "œSovet O’zbekistoni" gazetasi, 1989.
Behbudiy. "œBayoni haqiqat". "œFan va turmush". 1992, 5-son.
Behbudiy. "œYoshlarga murojaat", "œIkki emas, to’rt til lozim". "œTafakkur" jurnali, 1994, 1-son.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 15:51:16

                                                   Abdulla Avloniy
 
                                                         (1878 - 1934)
 
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tug’ildi. Madrasa ta’limini oldi.

1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi.
 
Abdulla Avloniy
1914-1915 yillarda advokat Ubaydulla Xo’jaev bilan "œSadoyi Turkiston" gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi she’r va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub.

U "œHijron" taxallusi bilan she’rlar yozdi. Maqolalarini esa "œMulla Abdulla", "œAvloniy", "œAbdulla Avloniy" nomlari bilan bosdirdi. So’ngroq uning ko’p ishlatgan laqablaridan biri "œIndamas" bo’lgan edi.

1909 yili usuli jadid maktablari ta’minoti uchun "œJamiyati xayriya" ochdi.
Avloniy "œTuron" jamiyati muassislaridan biri edi. Jamiyat qoshida "œTuron" teatr truppasi tuzildi. Birinchi bo’lib Behbudiyning "œRadarkush"i sahnalashtirildi.
 
Avloniy truppa uchun "œAdvokatlik osonmi?", "œPinak", "Biz va Siz", "œIkki sevgi", "œRortugaliya inqilobi" kabi dramalar yozdi.

Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin "œYashasin xalq jumhuriyati!" shiori ostida "œTuron" gazetasini chiqardi.

1910-yillarda u "œBirinchi muallim", "œIkkinchi muallim", "œMaktab gulistoni", "œTurkiy guliston yohud axloq", "œAdabiyot yoxud milliy she’rlar" kabi kitoblar yozdi.
 Nashr qilingan asarlari
Avloniy. "œToshkent tonggi". T., 1978.
Avloniy. O’son millat. T., 1993.
Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
Avloniy. Afg’on sayohati. Kundaliklar. "œSharq yulduzi", 1990, 7-son.
Milliy uyg’onish. T., 1993.
Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, "œMa’naviyat"., T., 1998 y.


 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 15:55:37

                                          Muhammadsharif So'fizoda
 
                                                           (1880 - 1937)
 
 
Muhammadsharif So’fizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tug’ildi.

So’fizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning "œG’ubor dardu alam", "O’ray" kabi lirik g’azallari, "œDakaning", "œBedanang" kabi hajviyalari, ma’rifat haqidagi "œO’qing onalar", "œGazeta to’g’risida", "œVatan", "œXonimlar isminda" kabi qator she’rlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida o’ziga xos yo’llanma bo’ldi. Shuningdek, 1893-1898 yillarda Qo’qonda yashab, Muqimiy to’garagida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining o’sishida o’ziga xos maktab bo’ldi.
 
1913 yilning oxirlarida Chustda yangi usuldagi maktab ochdi.

1935 yilning 29 yanvarida So’fizodaning tug’ilganiga 55 yil to’lishi munosabati bilan yubiley o’tkazilgan va 200 dan ortiq she’ri nashr etish uchun to’plangan edi
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 15:58:06

                                                          Tavallo
 
                                                            (1883 - 1937)
 
To’lagan Xo’jamyorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunyoga keldi. "œBeklarbegi" madrasasida, rus-tuzem maktabida o’qidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda she’r va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda "œNashriyot" shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa "œTuron" jamiyatida faoliyat ko’rsatadi.
 
Uning yagona she’riy to’plami "œRavnaq-ul Islom" alohida holda 1916 yili nashr qilindi. Ushbu to’plam 1993 yili professor B. Qosimov tomonidan so’zboshi va izohlar bilan qayta nashr qilindi.

Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta bo’ladi. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qildi. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan.

 U 20-yillarda "œMushtum" hajviy jurnalining faollaridan edi. "œMag’zava" imzosi bilan o’nlab hajviy she’rlari chop etilgan, ular yig’ilgan, o’rganilgan emas.

1937 yil 14 avgustda Tavallo aksilinqilobiy "œTuron", "œSho’royi islom" "œIttihodi taraqqiy", "œMilliy ittihod", "œMilliy istiqlol" tashkilotlarining a’zosi, "œMillionerning o’g’li", "œshe’rlarida millatchilik g’oyalarini ilgari surgan"likda ayblanib, qamoqqa olinadi va otib tashlanadi.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:00:59

                                             Sidqiy Hondayliqiy
 
                                                      (1884 - 1934)
 
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tug’ildi. 1903 yilda o’qishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda she’r mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shug’ullanadi.

Sidqiyning ilk she’rlari ishqiy she’rlar edi. Shoir "œShavkat" taxallusi bilan ikki to’plam ("œTuxfai Shavkat", T., 1913; "œSavg’oti Shavkat", T., 1914) nashr ettirdi. Bir qator she’rlariga "œShevan" ("œnola","fig’on") taxallusini qo’ydi. Lekin so’ngroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop etdi. Hatto eski g’azallarini ham tahrir qilib, "œSidqiy"ga o’zgartirgan, devoninini nomini "œDevoni Sidqiy" atagan edi.

Sidqiy 1934 yili vafot etdi.

Sidqiy serqirra, sermahsul ijodkor. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoir tarjima bilan ham jiddiy shug’ullangan ("œMing bir kecha", Sa’diy Sheroziyning "œBo’ston"i).

 Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy siyosiy she’rlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxo’r qozilar, ta’magir, tovlamachi amaldorlar, riyokor ruxoniylar haqida, ijtimoiy siyosiy she’rlari esa davrning muhim voqealariga bag’ishlangan. ("œMuxoraba", "œRabo(t)chilar namoyishi", "œRabo(t)chilar kelishi", "œToza hurriyat" kitobi).

Sidqiy nasriy asarlar ham yozdi. "œTazkirai Imomi A’zam", "œSad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy", "œMezoni shariat", "œZarbumasali Sidqiy" an’anaviy nasrda yozilgan. Shuningdek, u "œHikoyai latifa", "œBahrom va malikai Gulandom", "œKarimo tarjimasi", "œMing bir kecha", "œAjoyib ul-maxluqot", "œO’g’ri va qozi" kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi.

Mumtoz adabiyotimizda tarjimai hol harakteridagi asarlar yozish an’anasi qadimdan ma’lum. Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib, 1924 yili "œHoloti Sidqiy"ni yozdi va uni "œIktisob" asariga yetti bet hajmda ilova qildi.

 Nashr qilingan adabiyotlar:
Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. G’azallar, doston, hikoyalar, qaydlar. T., 1984.
Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (matn, so’zboshi, lug’at), 2-jild. T.: Ma’naviyat, 1998.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:04:10

                                               Abdurauf Fitrat
 
                                                       (1886 - 1938)
 
Fitrat O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
1886 yili Buxoroda tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, so’ng "œMir Arab" madrasasida o’qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So’ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo’ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909-1913 yillarda Istanbuldagi "œVoizon" madrasasida o’qiydi va bu yerda "œBuxoro ta’mimi (umumiy) maorif" jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. "œYosh buxorolilar" inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning "œHurriyat" (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o’zaro tenglik aloqalarini yo’lga qo’yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli "œbolshevik balosi" bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini "œYurt qayg’usi" deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni "œMilliy laylatulqadrimiz" deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u "œQo’qon voqeasi" nomi bilan tarixga kirdi.
Fitrat o'sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-20 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri "œChig’atoy gurungi" jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida "œTong" jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda "œChig’atoy gurungi" a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi.
 
1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug’ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o’qidi, professorlikka saylandi. Fitrat O’zbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U o’z hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo’yi matbuotida faol ishtirok etdi.

 1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi.

1909 yili "œMunozara" (Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi") asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili "œSayha" she’riy to’plami, 1912 yili "œSayyoh hindi" ("œBayonoti sayyohi hindi") bosilib chiqdi. "œRahbari najot" (1915), "œOila" (1916), "œBegijon" (1916), "œMavludi sharif" (1916), "œAbo Muslim" kabi asarlari nashr etildi.

Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. "œO’qu" (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan "œOna tili" (1918) darsligi, "œCho’zg’ilar" ("œUnlilar"), "œBitim yo’llari" (1919), "œBedil" (1923, 1924) "œO’zbek tili qoidalari", Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), "œAdabiyot qoidalari" (1926) kabi darslik-qo’llanmalari shular jumlasidandir.

Fitrat o’zbek dramaturgi sifatida "œO’g’izxon", "œTemur sag’anasi" "œChin sevish" (1920), "œHind ixtilolchilari" (1923) "œAbulfayzxon" (1924), "œShaytonning tangriga isyoni" (1924), "œArslon" (1926) kabi asarlarini yaratdi.

Ayni paytda, uning o’z ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan "œEng eski turkiy adabiyot namunalari" (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), "œO’zbek adabiyoti namunalari" (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), "œSharq shaxmati" (1928), "œO’zbek klassik musiqasi va uning tarixi" (1927), "œFors shoiri Umar Hayyom" (1929) kabi ko’plab tadqiqotlari e’lon qilindi.

Adabiyot nazariyasiga oid "œShe’r va shoirliq" (1919), "œAdabiyot qoidalari" (1926), "œSan’atning mansha’i" (1926), "œAruz haqida" (1936) asarlari bilan o’zbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga ko’tardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar bo’lgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.

Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.

Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta "œtanitish" 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili "œFitrat" monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev "œ20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi" (T., 1996), I. G’aniev "œFitrat dramalari poetikasi" (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda.

Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.

 


Nashr qilingan asarlari:
Fitrat. She’rlar. "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati", 1987 yil 11 dekabr.
Fitrat. She’rlar. "œSharq yulduzi", 1991, 6-son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. "œSharq yulduzi", 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. "œSharq yulduzi", 1992.
Fitrat. O’zbek klassik musiqasi tarixi. T.: "œFan", 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: "œMa’naviyat", 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: "œAdabiyot va san’at", 1996.
Fitrat. Najot yo’li. T.: "œSharq", 2002.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:06:53

                                             Hamza Hakimzoda Niyoziy
 
                                                           (1889 - 1929)
 
 
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.

1889 yili Qo’qon shahrida tug’ildi. Eski maktabda, madrasada va ovrupocha maktabda ta’lim oldi.

Hamza usuli jadid maktablarining faol tashkilotchilaridan. U 1910 yili Toshkentda, 1911 yili Qo’qonda, 1914 yili Marg’ilonda, shu yili yana Qo’qonda shunday maktablar ochadi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan shug’ullanadi.

10-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishadi. "œKengash" (1917), "œHurriyat" (1917) jurnallarini ta’sis etadi, ularga muharrirlik qiladi.

1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun o’zi dramalar yozadi. "œTarjimai hol"ida ta’kidlashicha, bu truppada o’zi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.

U Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida bo’lgan. Haj amallarini bajargan.

1920 yili Qo’qonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921 yil so’nggida Toshkentga va undan Xorazmga o’tadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’basida ishlaydi. Xorazmdan Xo’jayliga borib, 1924 yil iyulgacha o’zi tashkil etgan internatda faoliyat ko’rsatadi. 1925 yili Farg’onaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shug’ullanadi.

1928 yildan unga nisbatan ta’qib va tazyiq ko’rsatila boshlaydi. Moddiy va ma’naviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshbo’ron qilinib, vahshiylarcha o’ldiriladi.

Shoirning "œGul" (1913-1916), "œMilliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi" (1915-1917) she’riy to’plamlaridagi "œYig’la Turkiston", "œYaxshi holin yo’qotgan oqibatsiz Turkiston", "œKo’zni oching, qardoshlar", "œDarmon istariz" kabi she’rlarida milliy uyg’onish g’oyasi katta mahorat bilan ifodalangan.

Hamza dramaturg sifatida "œZaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" (1916), "œTuhmatchilar jazosi" (1919), "œBurungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (1926), "œParanji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi" (1927) kabi asarlari orqali o’zbek adabiyotini boyitdi. "œYangi saodat" milliy romani o’zbek nasrining ilk namunalaridan.

Ma’rifat, milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.

Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiya va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-o’qitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan o’z faoliyatida samarali foydalandi.

Hamza ijodi bilan O’zMU professori L. Qayumov ko’p yillardan beri shug’ullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.

Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.
Nashr qilingan asarlari:
Niyoziy H.H. To’la asarlar to’plami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990.


 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:09:11

                                              Abdulla Qodiriy
 
                                                     (1894 - 1938)
 
 
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.

U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904-1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908-1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917) ta’lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907-1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Eski shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), "œOziq ishlari" gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili "œMushtum" jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) o’qidi. 1919-1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi.

Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

  1914-1915 yillarda Abdulla Qodiriyning "œAhvolimiz", "œTo’y", "œMillatimga", "œFikr aylagil" kabi she’rlari, "œJuvonboz", "œUloqda", "œJinlar bazmi" kabi hikoyalari, "œBaxtsiz kuyov" dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman "œO’tgan kunlar"ni yaratdi (1919-1920). Asar 1922 yili "œInqilob" jurnalida, 1924-1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — "œMehrobdan chayon"ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib "œObid ketmon" qissasini yozdi.

Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning "œFizika" (1928), N.V. Gogolning "œUylanish" (1935), A.R. Chexovning "œOlchazor" (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan "œTo’la ruscha-o’zbekcha lug’at"ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.

Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan "œKalvak Maxzumning xotira daftaridan", "œToshpo’lat tajang nima deydir?" hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan.

 
Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning "œO’tgan kunlar", "œMehrobdan chayon", "œObid ketmon" asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy ishlar qilganlar.

O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’shjonov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

1991 yili O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib "œMustaqillik" ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

 Nashr qilingan asarlari:
Abdulla Qodiriy. To’la asarlar to’plami, 1-jild. She’rlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan, 1995.
Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:14:09

Cho'lpon
 
  (1897 - 1938)
 
 
Abdulhamid 
O’zbek yangi she’riyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.

Cho’lpon 1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida o’qigan. 1914 yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini "œSadoi Turkiston" gazetasi bilan bog’laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog’chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo’lib ishlaydi. So’ng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. O’sha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va o’zbek tilida chiqadigan "œBuxoro axbori" gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug’ullanadi. 1924-1926 yillarda Cho’lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O’zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.

Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho’lponni ham chetlab o’tmadi. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg’in ijodiy faoliyat bilan shug’ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktyabrda otib o’ldiriladi.

Cho’lponning "œO’zbek yosh shoirlari" (1923), "œGo’zal yozg’ichlar" (1925), "œAdabiyot parchalari" (1926) majmualarida chop etilgan she’rlari, o’z she’rlari asosida nashr qilingan "œUyg’onish" (1922), "œBuloqlar" (1923), "œTong sirlari" (1926), "œSoz" (1935) kabi to’plamlari yangi o’zbek she’iyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.

Uning "œKecha va kunduz" (1936) romani, "œDo’xtur Muhammadyor" (1914), "œQor qo’ynida lola", "œNovvoy qiz", "œOydin kechalarda" hikoyalari yangi davr o’zbek nasri rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.

 Cho’lponning "œYorqinoy" (1920), "œXalil farang" (1921), "œCho’rining isyoni" (1926), "œYana uylanaman" (1926), "œMushtumzo’r" (1928), "œO’rtoq Qarshiboev" (1928), "œHujum" (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi.

Milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Cho’lpon ijodining leytmotivini belgilaydi.

Cho’lpon Pushkinning "œDubrovskiy", "œBoris Godunov" asarlarini, Gorkiyning "œOna" romani va "œEgor Bulichev" pe’sasini, Lohutiyning "œEvropa safari"ni, Gotsiyning "œMalikai Turandot", Shekspirning "œHamlet" dramalarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shdi.

Cho’lpon ijodi bilan O’zMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Do’stqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Cho’lponga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning "œKecha va kunduz" romani asosida videofilm yaratilgan.

Nashr qilingan asarlari:
Cho’lpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va san’at. 1991.
Cho’lpon. Adabiyot nadir. T.: Cho’lpon, 1994.
Abdulhamid Cho’lpon. Go’zal Turkiston. T.: Ma’naviyat, 1997.
Cho’lpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:19:56

                                               G'afur G'ulom
 
                                                      (1903 - 1966)
 
 
G'afur G'ulom 
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. "œShum bola" (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

"œDinamo" (1931), "œTirik qo’shiqlar" (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular "œQish va shoirlar" (1929), "œNon" (1931), "œToshkent" (1933), "œQutbda saylov" (1937), "œMen Yahudiy" (1941), "œQish" (1941), "œXotin" (1942), "œAfsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi" (1945) singari she’rlarda aks etdi.

 "œBog’" (1934), "œSog’inish" (1942), "œKuz keldi" (1945), "œKuzgi ko’chatlar" (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan "œSen yetim emassan" (1942), "œSog’inish" (1942), "œBiri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950), "œSizga" (1947), "œBahor taronalari" (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

"œNetay" (1930), "œYodgor" (1936), "œShum bola" (1936-1962) qissalari, "œHiylai shar’iy" (1930), "œMening o’g’rigina bolam" (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini ("œNavoiy va zamonamiz" (1948), "œFolklordan o’rganaylik" (1939), "œJaloliddin" dramasi haqida" (1945), "œMuqimiy" (1941)) yoritib berdi.

G’afur G’ulom ijodi O’zbekiston yurtining betakror qiyofasini, o’zbek xalqining o’ta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi.

Shoir G’afur G’ulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn etildi.
 
Asarlari:
G’afur G’ulom. Asarlar. O’n tomlik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970-1978.
 

Qayd etilgan