Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286791 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  28 Iyul 2008, 16:28:43

                                                    Oybek
 
                                                    (1905 - 1968)
 
 
Oybek 
Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug’ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. "œBolalik xotiralarim" (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabog’i, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
 
  1922 yildan unrining oxirigacha Oybek she’r, dostonlar yozdi. "œOnamning mozorida" (1924), "œOvchiga" (1924), "œYoshlik xotiralaridan" (1925), "œGunafsha" (1927) singari she’rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. "œFanga yurish" (1930), "œFikr" (1931), "œTansiq" (1935), "œDala yo’lida" (1935), "œQishloq qizi student" (1933), "œBrigadir ayol" (1935) singari she’rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir "œDilbar — davr qizi" (1932), "œO’ch" (1932), "œNavoiy" (1947), "œQizlar" (1947), "œDavrim jarohati" (1965) singari poemalar yozgan.

 Oybek poemalarining qahramonlari "œQutlug’ qon" (1940), "œNavoiy" (1944), "œOltin vodiydan shabadalar" (1949) singari romanlariga ham o’tgan. "œQuyosh qoraymas" (1954), "œUlug’ yo’l" (1963), "œNur qidirib" (1955), "œBola Alisher" (1967) — Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.

 Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Olim "œAdabiyot qoidalari haqida" (1926), "œAbdulla Qodiriyning ijodiy yo’li" (1936), "œTanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o’t ochaylik" (1939), "œMuqimiy asarlarida sotsial tiplar" (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.

U "œEvgeniy Onegin", "œSosunlik Dovud" kabi asarlarni o’zbek tiliga tarjima qildi.

Oybek 1968 yilning 1 iyulida vafot etgan, Chig'atoy qabristoniga dafn etilgan.

 Asarlari:
Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. Toshkent, "œFan", 1990-1995.
 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:32:50

                                                 Abdulla Qahhor
 
                                                      (1907 - 1968)
 
 
Talantli o’zbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qo’qonda tug’ildi. Oldin eski maktabda, "œIstiqbol" maktab-internatida, so’ngra Qo’qon pedtexnikumida o’qidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926-1930 yillarda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.

A. Qahhor o’rinli so’z qo’llash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. "œOlam yasharadi" nomli birinchi hikoyalar to’plami 1932 yilda bosilgan.
 
"œSarob" (1934), "œQo’shchinor chiroqlari" (1951) nomli romanlari, "œSinchalak" (1958), "œO’tmishdan ertaklar" (1965) kabi qissalari, "œBoshsiz odam", "œAnor", "œBemor", "œO’g’ri", "œDahshat", "œMillatchilar", "œSan’atkor", "œAdabiyot muallimi", "œO’jar", "œAsror bobo" kabi o’nlab hikoyalar yozgan.

"œShohi so’zana" (1949), "œOg’riq tishlar" (1954), "œTobutdan tovush" (1962), "œAyajonlarim" (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.

Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy yo’nalish ustivorlik qiladi.

Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.

Nashr etilgan asarlar.
Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). —T. : G’. G’ulom nomidagi nashriyot, 1987-1989. 

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 16:36:33

                                                Mirkarim Osim
 
                                                      (1907 - 1985)
 
 
Toshkentda ziyoli oilasida tug’ildi. "Shamsulurfon" maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) o’qidi. San’at, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim bo’ldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.

 40-yillarning oxirida qatag’onga uchradi, 50-yillarda ozodikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: "O’tror", "To’maris", "Temur Malik", "Aleksandr va Spitamen", "Astrobod", "œUlug’bek va Navoiy", "Zulmat ichra nur", "Aljabrning tug’ilishi", "Singan setor", "Mohlar oyim va Xonposhsha", "Karvon qo’ng’irog’i", "Elchilar", "Ibn Sino qissasi". Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985 yil fevralida vafot etdi.
 
 

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:35:52

                                           Maqsud Shayxzoda
                                                    (1908 - 1967)


Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub bo’lib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tug’ilgan. O’rta ma’lumotni Oqtoshda olgan 1921-1925 yillarda Boku dorulmualliminida o’qigan. Keyin Dog’istonning Darband, Bo’ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida sho’rolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sig’inish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.

1967 yilda vafot etgan.

1932 yilda "œO’n she’r" nomli birinchi she’rlar to’plami chiqqan. She’rlari falsafiy umumlashmalarga boyligi, mumtoz poetika ta’sirining kuchliligi bilan ajralib turadi. "œToshkentnoma" (1958) dostoni poytaxt haqida yozilgan badiiy faxriyadir.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:39:16

                                               Hamid Olimjon
                                                  (1909 - 1944)


Iste’dodli shoir. Lirik she’rlari bilan 20 asr o’zbek adabiyotiga munosib hissa qo’shgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limdan so’ng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. "œKo’klam" nomli birinchi she’riy to’plami 1928 yilda bosilib chiqqan. She’rlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.

"œHolbuki, tun", "œOfeliyaning o’limi", "œQamal qilingan shahar tepasidagi oy", "œIshim bordir o’shal ohuda" singari go’zal she’rlari mashhur. "œOygul bilan Baxtiyor" (1937), "œSemurg’" (1939), "œZaynab va Omon" (1938) kabi dostonlar va "œMuqanna" (1942), "œJinoyat" (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.


Nashr etilgan asarlari.
Mukammal asarlar to’plami (5 jildlik). Toshkent, "œFan", 1975-1984.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:41:05

                                                  Mirtemir
                                                   (1910 - 1978)


O’zbek she’riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.

Mirtemir she’riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she’rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she’riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she’riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she’rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:

Yaltirar suyri tepa, yaltirar qir uzunchoq,
Kelinlar taqinchog’i, uzuk ko’zlarimi yo?
Chor atrof sabzalarda jimir-jimir ko’zmunchoq,
Bo’y-bo’y dilrabolarning suzuk ko’zlarimi yo?
Yo’q bu giryon ko’zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi tag’in onam yig’labdi-da chamasi.

Mirtemirning "œShu’lalar qo’ynida" (1928), "œZafar" (1929), "œQaynashlar" (1930), "œKommuna" (1931), "œTong" (1932), "œKipriklarim", "œYodgorlik" (1978) va boshqa she’riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub "œDilkusho", "œSuv qizi", "œOysanamning to’yida", "œSurat" (1957) dostonlari va "œQoraqalroq daftari" she’riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.

Mirtemirning "œBetobligimda", "œBitta o’zim bilaman", "œToshbu", "œBulut", "œOnaginam", "œShudring", "œBarqut", "œYali-yali", "œRatti", "œArmon", "œChirildoq", "œSutdek oydin", "œMen kelgum", "œHayda", "œOna yurtim", "œOna tilim", "œKo’klamda" singari yuzlab she’rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.

Asarlari.
4 jildlik. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:42:48

                                                    Izzat Sulton
                                                       (1910 - 2001)


Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda O’sh shahrida tug’ildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan o’spirin "œNarimonov" nomli maktabda o’qidi, ta’lim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda o’qituvchi bo’ldi (1930). 1930 yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga o’qishga kirdi. "œBatrak" gazetasida mas’ul kotib bo’ldi (1931). 1932 yilda o’zining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini "œQizil O’zbekiston" gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi o’qishni (1934-1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qo’shib olib bordi: "œKambag’al dehqon" gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning qizg’in ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor o’rinbosari (1937-1942), O’zbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qo’mitasi raisi muovini (1942-1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943-1945), O’zbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari bo’yicha o’rinbosari (1945-1948), O’zbekiston FAning Til va adabiyot instituti direktori (1948-1950), MGUning SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi (1950-1953), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963).

Izzat Sulton hech qachon ilmiy va ijodiy faoliyatga befarq bo’lmadi. Ustozi Fitrat ta’sirida adabiyot nazariyasi bo’yicha mutaxassis bo’ldi: A. Sa’diy va Fitratdan keyin "œAdabiyot nazariyasi" (1939) maktab darsligini yaratdi. "œBurgutning parvozi" (1940) dramasini yozdi. 1980 yilda oliy o’quv yurtlari uchun "œAdabiyot nazariyasi" darsligini yaratdi.

Izzat Sulton 1947 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1954 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. "œNavoiyning qalb daftari" (1969) — I. Sultonov ilmiy ijodining cho’qqisi sanaladi. Bu asar 1979, 1985 yillarda rus tilida, A.Zirin tarjimasida chop etilgan. Olimning mumtoz falsafa va adabiyot sohasidagi bilimdonligi "œBahovuddin Naqshband abadiyati" (1994) monografiyasida yaqqol ko’rinadi.

Izzat Sultonov sal kam 40 yil davomida O’zbekiston FAning Til va adabiyot institutida sektor boshlig’I, maslahatchi sifatida faoliyat ko’rsatdi, Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi bo’ldi. U "œO’zbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari" ikki jildligi (1961-1962), "œAdabiyot nazariyasi" ikki jildligi (1978-1979), "œO’zbek sovet tanqidchiligi tarixi" ikki jildligi (1987)ning mualliflaridan biri, muharriri bo’ldi.

Izzat Sultonov — dramaturg: "œAlisher Navoiy (Uyg’un bilan hammuallif, 1942), "œImon" (1960), "œNoma’lum kishi" (1963), "œBilmayin bosdim tikanni", "œIstehkom", "œAbdulla Qodiriyning "œO’tgan kunlar"i singari dramalar", "œFidoyi", "œDahoning yoshligi", "œSenga intilaman" kinosenariylar, "œShoir qalbi" librettosi muallifi.

Izzat Sultonov "œO’zbekistonning san’at arbobi" (1964), O’zbekiston FAning muxbir a’zosi (1966), haqiqiy a’zosi (1995), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureatidir (1970). Izzat Sulton 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn qilingan.


Asarlari:
Izzat Sulton. Asarlar. 4 tomlik. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971-1974.
Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, "œO’qituvchi", 1980.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:43:46

                                                     Usmon Nosir
                                                        (1912 - 1944)


20 asr o’zbek she’riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tug’ildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qo’qondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Iste’dodli o’spirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi O’zbekiston davlat universiteti(O’zDU)ning filologiya fakultetida o’qidi.

Bolaligidan she’rlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor-yo’g’i o’n besh yilgina, ya’ni qamoqqa olinguncha astoydil shug’ullandi. Shu fursatda o’zining qanchalik nodir iste’dodiga ega ekanligini yaqqol ko’rsatdi. Yosh shoirning "œQuyosh bilan suhbat" (1932), "œSafarbar satrlar" (1932), "œTraktorobod" (1934), "œYurak" (1935), "œMehrim" (1935) kabi she’riy to’plamlari hamda "œNorbo’ta" (1932) va "œNaxshon" (1935) dostonlari bosildi. Usmon Nosir 1937 yilning 14 iyulida "œxalq dushmani" sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin bo’lmaydigan qiynoqlarga duchor bo’lgan shoir 1944 yilda Kemerovoda halok bo’ldi.

Usmon Nosir o’zbek she’riyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U she’rlarida alangali tuyg’ularini jilovlamas, dilida kechayotgan tug’yonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini po’rtanalar ichida ko’rsatardi. Shoirning:

Tingla, erkam, o’rtog’imsan,
Ko’nglimni ochay.
Qonim she’r bo’lib oqsin-da,
Men qayta ichay.

singari misralari bunga misoldir. O’zbek she’riyatida tuyg’ularni bor bo’yicha, dolg’ali ko’rsatish an’anasi yo’q edi. Milliy she’riyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qolirlarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir bo’ldi. Shoirning o’z tuyg’ularini:

Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o’pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko’ksidan,
Kim qalbidan qonlar to’kmagan?

tarzida tasvirlashi miqyosi, ko’lami va ta’sirchanligiga ko’ra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: "œIlhomimning vaqti yo’q selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob" shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.

Usmon Nosir she’riyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning "œYurak", "œNil va Rim", "œMonolog", "œNasimaga deganim", "œYana she’rimga", "œBegona", "œYoshlik" sigari o’nlab bitiklarida yorqin namoyon bo’lgan.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:45:04

                                                    Zulfiya
                                                    (1915 - 1996)

Zulfiya

O’zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950 yildan 1980 yilga qadar "œSaodat" jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.

1932 yilda "œHayot varaqlari" nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning "œYuragimga yaqin kishilar", "œYurak hamisha yo’lda", "œKamalak" singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi.

Xalq orasida "œOydinda", "œSensiz", "œYurak", "œFalak", "œBahor keldi seni so’roqlab", "œO’g’irlamang qalamim bir kun", "œBo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz" kabi she’rlari, "œO’g’lim, sira bo’lmaydi urush", "œMushoira" kabi she’rlari mashhur. "œUni Farhod der edilar", "œQuyoshli qalam", "œXotiram siniqlari" kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko’pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Nashr qilingan asarlari.
Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983-1986.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 14:49:55

                                                   Asqad Muxtor
                                                       (1920 - 1996)


Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Farg’ona shahrida tug’ilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida o’qigan. So’ng 1938 yilda Samarqanddagi O’zDU filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. 1943-1945 yillarda Andijon pedogogika institutida o’zbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir bo’lib ishlagan.

So’ngra u "œYosh leninchi", "œQizil O’zbekiston" gazetalari, "œSharq yulduzi", "œGuliston" jurnallarida ishladi. O’zbekistondagi birinchi haftalik gazeta - "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati"ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.

1996 yilning 17 aprelida vafot etdi.

"œPo’lat quyuvchi" (1947), "œHamshaharlarim" (1949), "œRahmat, mehribonlarim" (1954), "œChin yurakdan" (1956), "œ99 miniatyura" (1962), "œKarvon qo’ng’irog’i" (1964), "œShe’rlar" (1966), "œQuyosh belanchagi" (1971), "œSizga aytar so’zim" (1978) singari she’riy kitoblar yozdi. O’zbek she’riyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuyg’ular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida "œDaryolar tutashgan joyda" (1950), "œQoraqalpoq qissasi" (1958), "œBuxoroning jin ko’chalari" (1980), "œJar yoqasidagi chaqmoq" (1982), "œKumush tola" (1987) qissalari, "œOpa-singillar" (1955), "œTug’ilish" (1960), "œDavr mening taqdirimda" (1964), "œChinor" (1969), "œAmu" (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson ma’naviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.

Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr qilingan asarlari.
Tanlangan asarlar (to’rt tomlik). Toshkent: G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.

Qayd etilgan