Abdulla Oripov
Atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o’ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi o’zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’. G’ulom singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sug’orilgan.
Abdulla Oripovning birinchi she’riy to’plami "œMitti yulduz" 1965 yilda chop etildi. Keyinchalik shoirning "Ko’zlarim yo’ligda" (1966), "œOnajon" (1969), "œChashma", "œRuhim" (1971), "œO’zbekiston" (1972), "œHayrat" (1974), "œYurtim shamoli" (1976), "œYillar armoni" (1984), "œIshonch ko’priklari" (1989), "œMunojot" (1992), "œHaj daftari" (1995), "œSaylanma" (1996), "œAsarlar" (4 tomlik — 2001) singari she’riy kitoblari nashr qilindi.
Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik jo’shqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uyg’unlashib ketgan.
Uning "Bahor", "œBirinchi muhabbatim", "œKuz", "œSaraton", "œO’zbekiston", "œMunojotni tinglab", "œOtello", "œSarob", "œDengizga", "œMalomat toshlari", "œOlomonga", "œYuzma-yuz", "œGenetika", "œChuvaladi o’ylarim sensiz" va boshqa qator she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.
Bu asarlar o’zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo’lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo’shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg’ularga boyligi bilan ajralib turadi.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov so’zi bilan aytiladi.
Millat ma’naviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi bo’lib, 1998 yilda "œO’zbekiston Qahramoni" degan yuksak unvonga sazovor bo’ldi.
U I va II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.