Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 B


Robiya  30 Iyul 2008, 15:53:39

                                                 Abdulla Oripov


Atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o’ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi o’zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’. G’ulom singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sug’orilgan.
 
Abdulla Oripovning birinchi she’riy to’plami "œMitti yulduz" 1965 yilda chop etildi. Keyinchalik shoirning "Ko’zlarim yo’ligda" (1966), "œOnajon" (1969), "œChashma", "œRuhim" (1971), "œO’zbekiston" (1972), "œHayrat" (1974), "œYurtim shamoli" (1976), "œYillar armoni" (1984), "œIshonch ko’priklari" (1989), "œMunojot" (1992), "œHaj daftari" (1995), "œSaylanma" (1996), "œAsarlar" (4 tomlik — 2001) singari she’riy kitoblari nashr qilindi.

Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik jo’shqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uyg’unlashib ketgan.

Uning "Bahor", "œBirinchi muhabbatim", "œKuz", "œSaraton", "œO’zbekiston", "œMunojotni tinglab", "œOtello", "œSarob", "œDengizga", "œMalomat toshlari", "œOlomonga", "œYuzma-yuz", "œGenetika", "œChuvaladi o’ylarim sensiz" va boshqa qator she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.

Bu asarlar o’zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo’lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo’shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg’ularga boyligi bilan ajralib turadi.

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov so’zi bilan aytiladi.

Millat ma’naviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi bo’lib, 1998 yilda "œO’zbekiston Qahramoni" degan yuksak unvonga sazovor bo’ldi.

U I va II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.




Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:55:42

                                               O'tkir Hoshimov

O`tkir Hoshimov

Taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Do'mbirobod mahallasida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo’mita raisi.

 "œCho’l havosi" nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e’tiboriga sazovor bo’lgan. "œUrushning so’nggi qurboni", "œYanga", "œMuhabbat", "œDehqonning bir kuni", "œUmr savdosi", "œQuyosh tarozusi", "œOq bulut, oppoq bulut" singari o’nlab hikoyalari, "œShamol esaveradi" (1968), "œBahor qaytmaydi" (1970), "œQalbingga quloq sol" (1973), "œDunyoning ishlari" (1982), "œIkki karra ikki-besh" (1987) qissalari, "œNur borki, soya bor" (1976), "œIkki eshik orasi" (1985), "œTushda kechgan umrlar" (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o’zbek xalqining ma’naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.

"œTo’ylar muborak", "œSizdan ugina, bizdan bugina", "œVijdon dorisi", "œInson sadoqati", "œQatag’on" singari pesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr etilgan asarlari:

Hoshimov O’. Bahor sog’inchi —T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001.
Hoshimov O’. Hadikli tushlar. —T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002.
Hoshimov O’. Saylanma (2 jildlik). T.: "œSharq", 1993.
Hoshimov O’. Bahor qaytmaydi. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
Xashimov U. Voyti i viyti... Roman. —Moskva. (per s uzb. ). 1988.
Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb. ) —T. Izd "œMolodaya gvardiya". 1970.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 15:59:52

                                                  Muhammad Ali


Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Bo`z tumanida tug`lgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi o`rta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Farg`ona viloyatlari maktablarida o`qituvchilik qilgan. Adabiyot va san`at nashriyotida muharrir, bo`lim mudiri, professor (1993-1994), Halqaro oltin me`ros hayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi (1992-2002) bo`lib faoliyat ko`rsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi.

Muhammad Ali 1992-2002 yillar davomida AQSHning Washington Universitetida O`zbek tili va adabiyotidan saboq bergan.

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada ko`plab asarlar ijod etgan. So`nggi 35 yil davomida 20 ta she`riy to`plami o`zbek, rus, qoraqalpoq tilllarida chop etildi. Uning besh dostoni "œBoqiy dunyo"(1979) she`riy romani ijodida muhim o`rin eqallaydi. Muhammad Ali o`zbek xalqininq XIII-XIV asrlardagi hayotini "œSarbadorlar"(1989) roman-dialogiyasida aks ettirdi. Bir necha yildan beri u Amir Temur xarakteri, u barpo etgan saltanat haqida asarlar yaratishni rejalashtirmoqda. 2003 yilda "Ulug` saltanat" romanining birinchi kitobi chop etildi.

"œO`z-o`zingni anglab yet" (1988), "œHaqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "œQafasdagi bulbullar" (1996), "œMen ko`rgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi "œRamayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "œShahriyor", "Mastonposhsho"ni (1985), R Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini ozbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali Ozbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureanti, Ozbekiston Xalq yozuvchi(1992), "Mehnat shuhrati "œ ordeni sohibi (1999).


Asarlari
Saylanma. T: Adabiyot va sanat nashriyoti. 1997.
Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti,1989.
Ulug saltanat. Roman T: "œSharq" NMK- 2003.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:02:01

                                                   Tohir Malik


Tohir Malik Abdumalik o’g’li Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tug’ilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki bo’limida o’qidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri O’zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir "œSharq" NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

 Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan "œHikmat afandining o’limi" dan keyin "œFalak" (1976), "œSomon yo’li elchilari" (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. "œChorrahada qolgan odamlar" qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. "œAlvido bolalik" (1989), "œQaldirg’och" (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik "œSo’nggi o’q" (1990), 4 qismdan iborat "œShaytanat" (1994-2001), "œOdam ovi" (2001), "œCharxralak", "œMurdalar garirmaydilar" (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yo’sinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining "œMehmon tuyg’ular" o’ylari, "œJinoyatning uzun yo’li" risolasi chop etildi. Tohir Malikka "œO’zbekiston xalq yozuvchisi" unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng ko’p adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari:
Tohir Malik "œFalak" Ilmiy-fantastik qissa. T.: "œYosh gvardiya", 1976, 4,75 b.t.
Tohir Malik "œSo’nggi o’q" qissa, hikoya. T.: "œYosh gvardiya", 1990 13,04 b.t.
"œShaytanat" 4 qism, T.: "œSharq", 1994-2001.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:03:48

                                               Tog'ay Murod

Tog’ay Murod — Tog’aymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xo’jasoat qishlog’ida tug’ilgan. Qishlog’idagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetida o’qigan (1966-1972). U respublika radiosida muharrir (1972-1976), "œO’zbekiston fizkulturachsi" gazetasida tarjmon (1976-1978), "œFan va turmush" jurnalida bo’lim muharriri (1982-1984) bo’lgan. 1985-1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida o’qigan.

 1976 yilda bosilgan "œYulduzlar mangu yonadi" nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979 yilda "œOt kishnagan oqshom", 1980 yilda "œOydinda yurgan odamlar" qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

1985 yilda yozuvchining "œMomo yer qo’shig’i" qissasi, 1993 yilda "œYoshlik" jurnalida "œOtamdan qolgan dalalar" romani chop etildi. Tog’ay Murod o’zbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1994 yilda "œO’zbekiston Xalq Yozuvchisi" unvoni berildi. 2001 yilda yozuvchining "œBu dunyoda o’lib bo’lmaydi" romani bosildi.

Asarlari:
Tog’ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Qissalar. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Roman. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi. Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: "œSharq", 2001.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:07:01

                                          Sharof Boshbekov

Sharof Boshbekov

Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi G’ubir qishlog’ida 1951 yil 4 yanvarda tug’ildi. 1974 yili San’at institutining musiqali aktyorlik bo’limini tugatdi. Toshkentdagi "œMuqimiy" musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat ko’rsatdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983-1985) O’zbekiston Milliy teatrida (1986-1987) adabiy xodim bo’ldi.

Uning "œTaqdir eshigi", "œEski shahar Gavroshlari", "œTemir xotin" kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib o’rin egallagan. Inchunin, "œTemir xotin" komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.

U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida "œYuzsiz", "œTilla bola", "œTemir xotin", "œMa’ruf va Sharif", "œMasxaraboz" kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, "œCharxpalak" teleseriali mashhur bo’ldi.

Sh. Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, g’aroyib xarakterlar va tilidadir.

"œTemir xotin" asari uchun dramaturg O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. O’zbek kino san’ati rivojiga qo’shgan hissasi uchun "œO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi" unvoniga loyiq ko’rildi (1999 yil). 2001 yilda "œMehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Asari:
Boshbekov Sh. "œEshik qoqqan kim bo’ldi". T.: Adabiyot va san’at, 1989.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:14:00

                                            Muhammad Yusuf
                                                       (1954 - 2001)


1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), "œToshkent oqshomi" gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, "œO’zbekiston ovozi" gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi. U "œTanish teraklar" (1985), "œBulbulga bir gapim bor" (1987), "œIltijo" (1988), "œUyqudagi qiz" (1989), "œHalima enam allalari" (1989), "œIshq kemasi" (1990), "œKo’nglimdagi yor" (1991), "œBevafo ko’p ekan" (1991), "œErka kiyik" (1992), "œYolg’onchi yor" (1994), "œOsmonimga olib ketaman" (1998) to’plamlarining muallifi. 1998 yilda unga "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda "œSaylanma" asarlari chop etildi. M. Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati — shoir she’rlari asosini belgilaydi.

M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:16:16

                                           Hayriddin Sultonov

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog’ida 1956 yil 18 yanvarda tug’ilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi (1972). U "œGuliston" (1974-1980), "œYoshlik" (1982-1985) jurnallarida, Adabiyot va san’at nashriyotida (1980-1982, 1985-1993) faoliyat ko’rsatdi.

1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Presidenti devonida mas’ul vazifada ishlab keladi. Uning "œQuyosh barchaga barobar" (1980), "œBir oqshom ertagi" (1985), "œOnamning yurti" (1987), "œUmr esa o’tmoqda" (1988), "Boburning tushlari" (1993) nasriy to’plamlari kitobxonlarga ma’qul bo’lgan. Uning "œSaodat sohili" (1981) qissasi, "œBoburiynoma" — yangi o’zbek nasridagi o’ziga xos ma’rifiy roman. Uni badiiylikka o’ralgan qiyosiy-ilmiy tahliliy asar deyish joiz.

Bobur 15 asrda yurtlardan yurtlarga qurol, askarlar bilan o’tgan. Xayriddin Sultonov 20 asrda Bobur yurgan yo’llardan yurdi. Kitobxon beixtiyor besh asr davomida odamlar tabiatida, ruhiyatida ro’y bergan o’zgarishlarni qiyoslay boshlaydi. "œBoburiynoma"ning qimmatli tomonlaridan biri inson tabiatidagi azaliy xususiyatlarning, insonlararo munosabatlarning kam o’zgarishidir.

X. Sultonov "œChangak", "œMoziydan bir sahifa", "œMehrobdan chayon", "œYozning yodgori", "œTushlarimda ko’raman seni" stsenariylar muallifi. U Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari haqida bir qancha badialar yaratgan.

Asarlari:
Sultonov Xayriddin. Bir oqshom ertagi. T.: Adabiyot va san’at, 1983.
Sultonov Xayriddin. Boburning tushlari. T.: Adabiyot va san’at, 1993.
Sultonov Xayriddin. Boburiynoma. Ma’rifiy roman. T.: "œSharq", 1997.


Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:18:37

DARS TUGADI.

Qayd etilgan


Robiya  26 Oktyabr 2008, 13:57:14

Assalomu alaykum!

Aziz abituriyentlar! Noyabr oyidan adabiyot fanidan tayyorlov kurslarini boshlaymiz, Xudo xohlasa. InshoALLOH, bu darslar ham sizlar uchun foydali bo'ladi.

Qayd etilgan