Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 176604 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 20 B


Robiya  21 Dekabr 2007, 09:38:24

Bayoz (arabcha "œoq" , "œoqlik") — she’rlar to’plami. Bunday to’plamlar ko’pincha bir necha shoirlarning she’rlaridan tuziladi. Bayoz odatda she’r ixlosmandlarining iltimosi yoki buyurtmasi bilan kotiblar tomonidan tuziladi.

Baxshi — xalq shoiri, oqin, oshiq, dostonchi va ertakchi. Xalq ijodkorlarini o’zbek xalqi baxshi va shoir, qozoq xalqi oqin, qoraqalpoqlar jirov, ozarbayjonlar oshiq deb ataydilar.

Bag’ishlov — shoirning o’z asari boshida uni kimga ataganini yoki qanday voqea sharafiga bag’ishlanganini ifodalab yozgan she’ri, lirik kirish — debocha.

Biografiya (grekcha turmushni yozaman) — kishining tug’ilgan kunidan boshlab o’tgan hayotidagi voqealarni izchillik bilan bayon etish, tarjimai hol.


Qayd etilgan


Robiya  21 Dekabr 2007, 09:41:35

Varvarizm (lotincha ajnabiy) — asar yozilgan tilga xos bo’lmagan va boshqa tillardan olingan chet tili so’zlari, iboralari.

Vul’garizm (lotincha dag’al) — adabiy tilda ishlatilmaydigan dag’al so’zlar, noto’g’ri tuzilgan jumlalar.

Gimn (grekcha tantanali qo’shiq) — qadimgi Gretsiyada afsonaviy xalq qahramonlari yoki xudolarni maqtab aytiladigan tantanali qo’shiq, she’r. Keyinchalik biror hodisa , shaxs yoki voqeani kuylovchi tantanali qo’shiqlar, millat, davlat va sinfning birligini ulug’lab kuylangan tantanali ashulalar ham gimn deb yuritila boshlangan.

Gumanizm (lotincha insoniy) — insonga muhabbat, odamgarchilik, kishiga g’amxo’rlik qilish va yordamga muhtoj odamlarni qo’llab — quvvatlash.

Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:26:39

Devon  (arabcha to’plam) — biror shoir she’rlarining qofiya yoki radiflariga ko’ra alifbe sirasi bilan tartib etilgan to’liq to’plami. Devonga ko’pincha birinchi o’rinda g’azallar va qasidalar, oxirida esa fard va muammolar kiritilgan. Rasmiy mukammal devon tuzishda lirik turga mansub asarlar muayyan tartibda joylashtiriladi, har bir janrga mansub asarlar radifi tugagan harfga binoan qat’iy alifbo tartibida tiziladi, har bir harf turkumi Alloh, uning payg’a,bari, chahoryoru boshqa diniy siymo hamda iloniy tushunchalar madhiga bag’ishlangan asarlar bilan boshlanadi, bunday devonda maxsus debocha bo’lib, devon maxsus nomlanadi.
 
Debocha (forscha, zar va durlar qadab tikilgan ipak kiyim) — badiiy prozaning o’ziga xos turi, mumtoz adabiyotda shoirning o’z devoniga yozgan "œso’z boshi", "œkirish so’zi".

Detektiv adabiyot (lotincha, ochish) — ayg’oqchilarning myrakkab sarguzashtlarini hikoya qiluvchi romanlar, qissalar va hikoyalardan iborat adabiyot.


Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:27:39

Dunyoviy adabiyot — diniy — mistik adabiyotga qaram — qarshi o’laroq, hayotga muhabbat bilan qarab, dunyoning nozu ne’matlaridan bahramand bo’lishga , yashashga chaqiruvchi, inson va hayot ishqini kuylovchi adabiyot.

Dialog — iki yoki undan ortiq kishining o’zaro suhbati.

Dramatik asar — sahnada namoyish etish uchun monolog va dialog shaklida bitilgan asar. Bunday asarlar pardalarga, pardalar ko’rinishlarga bo’linadi.

Drama — kulgili vaziyat yetakchilik qilmagan va qahramon yoki qahramonlarning halokati bilan tugamagan sahna asari. Dramaning lirik drama, ertak — drama, fantastik drama singari ko’rinishlari mavjud.


Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:28:34

Dramaturgiya — mazkur turda yaratilgan barcha janrga xos asarlar majmui.

Didaktik adabiyot (yunoncha, ibratli, saboq bo’larli, nasihatomuz) — o’z oldiga axloqiy — tarbiyaviy hamda ma’rifiy muammolarni badiiy tarzda tasvirlashni maqsad qilgan adabiyot.

Yodnomalar (memuarlar) — muallifning o’zi qatnashgan yoki o’z ko’zi bilan ko’rgan o’tmish voqealari haqidagi hikoyasi. Bayon qilish shakli, izchilligi jihatidan yodnomalar kundaliklarga yaqin tursa, materaiali, uning ishonchliligi, badiiy to’qimaning yo’qligi jihatidan esa ilmiy asarlarga yaqin turadi. O’zbek adabiyotida memuarlarni asosan ikki — tarixiy —yodnoma va badiiy — yodnoma asarlarga bo’lish mumkin. Lekin tarixiy — yodnoma asarlarda badiiylik, badiiy — yodnoma asarlarda esa tarixiylik ham bo’lishi mumkin. Yodnomalarda muallif — hikoya qiluvchi shaxs ishtirokchi yoki shohid sifatida voqealar markazida turadi. "œBoburnoma" XVI asr boshlaridagi o’zbek tarixiy — badiiy yodnoma nasrining va eski o’zbek adabiy tilining nodir namunasidir. S.Ayniyning "œEsdaliklar" , A.Qahhorning "œO’tmishdan ertaklar", Oybekning "œBolalik" asarlari hozirgi zamon o’zbek badiiy — yodnoma adabiyotiga misol bo’la oladi.


Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:34:21

Jangnoma asar — tarixiy va afsonaviy shaxslarning sarguzashtlari, vatan ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan jangu jadallarini ko’tarinki ruhda, mubolag’ali hikoya qilib beruvchi epik asar. Jangnomalar, asosan, nasriy, ba’zan nasr va nazm aralashgan shaklda bitilgan. Jangnomalar xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot o’rtaisda turuvchi janr hisoblanadi. O’zbek, fors — tojik xalqlari o’rtasida "œJangnomai Amir Hamza", "œJangnomai Jamshid", "œJangnomai Sayyid Battoli G’oziy", "œAhmad Zamjiy", "œRustami doston" , "œAbu Muslim jangnomasi", "œHushang", "œMusaybnoma", "œShohnomai Turkiy" kabi ma’lum va mashhur jangnomalar keng tarqalgan.

Zarbulmasal (masal orttirmoq, masalni masalga qo’shmoq) — maqol, matal va ramzli hikoya ma’nosini anglatuvchi so’z. Zarbulmasal maqol va matal keltirish ma’nosida ishlatiladi.

Ideal (grekcha, g’oya, tasavvur, tushuncha) — kishi qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan biror sohadagi o’sish — rivojlanishining eng yuqori bosqichi, orzu qilingan olijanob narsa va yaxshi niyatlar. Ideal qahramon — kishilarga o’rnak bo’ladigan va ahrakatlari bilan ilg’or adabiyot arboblarining olijanob insoniy ideallarini ifoalash va targ’ib etgan ijobiy obraz

Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:35:15

Ideologiya — siyosat, fan, axloq va adabiyotda ifodalangan muayyan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi.

Ir (yir) — g’azal, maqom, kuy o’rnida ishlatiladigan so’z.

Ilmiy she’riyat — biror narsa va hodisa haqidagi qarashlarni, nazariy izlanishlarni nazmda(she’riy shaklda) bayon qilish. Misol: Gorasiy "œShe’riyat ilmi", Munis "œSavodi ta’lim".

Komediya — kulgili voqealar tasvirlanadigan dramatik asar. Komediya so’zi yunoncha "œKomos oda", ya’ni xushchaqchaq to’da qo’shig’i so’zlaridan olingan. Komediya uchun asosiy bo’lgan xususiyat voqelikni, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni hajviy idrok etish va kulgili yo’sinda tasvirlash hisoblanadi. Komediya dastlab Gretsiyada eramizdan oldingi V — IV asrlarda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi Aristofandir. O’zbek komediyasi xalq o’rtasida muqllid, taqlid kabi janrlar sifatida uzoq zamonlardan mavjud edi. Biroq haqiqiy komediya janri XX asr boshlarida yuzaga keldi. Komediyaning o’zi ham fars (unga keng ommaviylik, hajviy ruhning ustunligi, fikrni  erkin bayon etish xos), vodevil (unda voqealar tez kechadi, kutilmagan yechim bo’ladi, vatanparvarlik, inqilob g’alabasi kuylangan), hazil singari qator janrlarga bo’linadi.


Qayd etilgan


Robiya  03 Yanvar 2008, 12:36:51

Klassik adabiyot (lotincha birinchi darajali so’z) — o’tmishning va hozirgi zamonning g’oyaviy — badiiy jihatdan yuksak, namuna bo’la olguvchi adabiyoti. Bu adabiyot mumtoz adabiyot deb ham yuritiladi.

Libretto (italyancha kitobcha) — katta musiqali sahna asari — opera, operetta uchun yozilgan badiiy asar matni.

Lirik parcha— epik asarlarda voqealar mazmunga g’oyaviy xulosa yasaydi, lirik asarlarda shoirning o’z qahramonlariga bo’lgan munosabatini ochib beruvchi parcha. Lirik parchalar asarning boshida, o’rtasida va oxirida kelishi mumkin.

Lirik qahramon — o’y — fikri, his — hayajonlari va kechinmalari lirik she’rda ifodalangan shaxs obrazi. Lirik qahramon deganda dastavval shorining o’z obrazini ko’zda tutamiz.


Lirik kirish — asar yoki epizodning boshida keluvchi lirik parcha.



Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:22:14

Lirik chekinish — muallif nutqining bir turi bo’lib, voqealar davomida keladigan lirik parcha. Muallif tili yoki nutqi ba’zan asarda qalamga olingan voqea bayoni bilan bog’lanmay qoladi, muallif voqea bayoni va kishilar xarakterini tasvirlashdan chekinib, o’zida tug’ilgan fikr, his va hayajonni lirik ifodalashga beriladi.

Lirik xotima — asar yoki epizodning oxirida keladigan lirik parcha.

Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:22:58

Ma’rifatchilik adabiyoti — kishilarni o’qish va bilim olishga da’vat etguvchi adabiyot. O’zbek adabiyotida ma’rifatchilik yo’nalishi dastlab Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Dilshodi Barno, Anbar Otin singari adiblar ijodida ko’ringan.

Majoz — adabiy asarda o’quvchiga noaniq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.

Memuar (fransuzcha, esdaliklar, xotiralar) — yozuvchi o’zi ishtirok etgan yoki shohidi bo’lgan voqealarni jonli tasvirlagan esdaliklar tarzida yozilgan asar. Misol: "œBoburnoma".

Qayd etilgan