Muallif Mavzu: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 171010 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #45 : 03 Yanvar 2008, 12:34:21 »
Jangnoma asar – tarixiy va afsonaviy shaxslarning sarguzashtlari, vatan ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan jangu jadallarini ko’tarinki ruhda, mubolag’ali hikoya qilib beruvchi epik asar. Jangnomalar, asosan, nasriy, ba’zan nasr va nazm aralashgan shaklda bitilgan. Jangnomalar xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot o’rtaisda turuvchi janr hisoblanadi. O’zbek, fors – tojik xalqlari o’rtasida “Jangnomai Amir Hamza”, “Jangnomai Jamshid”, “Jangnomai Sayyid Battoli G’oziy”, “Ahmad Zamjiy”, “Rustami doston” , “Abu Muslim jangnomasi”, “Hushang”, “Musaybnoma”, “Shohnomai Turkiy” kabi ma’lum va mashhur jangnomalar keng tarqalgan.

Zarbulmasal (masal orttirmoq, masalni masalga qo’shmoq) – maqol, matal va ramzli hikoya ma’nosini anglatuvchi so’z. Zarbulmasal maqol va matal keltirish ma’nosida ishlatiladi.

Ideal (grekcha, g’oya, tasavvur, tushuncha) – kishi qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan biror sohadagi o’sish – rivojlanishining eng yuqori bosqichi, orzu qilingan olijanob narsa va yaxshi niyatlar. Ideal qahramon – kishilarga o’rnak bo’ladigan va ahrakatlari bilan ilg’or adabiyot arboblarining olijanob insoniy ideallarini ifoalash va targ’ib etgan ijobiy obraz
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #46 : 03 Yanvar 2008, 12:35:15 »
Ideologiya – siyosat, fan, axloq va adabiyotda ifodalangan muayyan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi.

Ir (yir) – g’azal, maqom, kuy o’rnida ishlatiladigan so’z.

Ilmiy she’riyat – biror narsa va hodisa haqidagi qarashlarni, nazariy izlanishlarni nazmda(she’riy shaklda) bayon qilish. Misol: Gorasiy “She’riyat ilmi”, Munis “Savodi ta’lim”.

Komediya – kulgili voqealar tasvirlanadigan dramatik asar. Komediya so’zi yunoncha “Komos oda”, ya’ni xushchaqchaq to’da qo’shig’i so’zlaridan olingan. Komediya uchun asosiy bo’lgan xususiyat voqelikni, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni hajviy idrok etish va kulgili yo’sinda tasvirlash hisoblanadi. Komediya dastlab Gretsiyada eramizdan oldingi V – IV asrlarda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi Aristofandir. O’zbek komediyasi xalq o’rtasida muqllid, taqlid kabi janrlar sifatida uzoq zamonlardan mavjud edi. Biroq haqiqiy komediya janri XX asr boshlarida yuzaga keldi. Komediyaning o’zi ham fars (unga keng ommaviylik, hajviy ruhning ustunligi, fikrni  erkin bayon etish xos), vodevil (unda voqealar tez kechadi, kutilmagan yechim bo’ladi, vatanparvarlik, inqilob g’alabasi kuylangan), hazil singari qator janrlarga bo’linadi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #47 : 03 Yanvar 2008, 12:36:51 »
Klassik adabiyot (lotincha birinchi darajali so’z) – o’tmishning va hozirgi zamonning g’oyaviy – badiiy jihatdan yuksak, namuna bo’la olguvchi adabiyoti. Bu adabiyot mumtoz adabiyot deb ham yuritiladi.

Libretto (italyancha kitobcha) – katta musiqali sahna asari – opera, operetta uchun yozilgan badiiy asar matni.

Lirik parcha– epik asarlarda voqealar mazmunga g’oyaviy xulosa yasaydi, lirik asarlarda shoirning o’z qahramonlariga bo’lgan munosabatini ochib beruvchi parcha. Lirik parchalar asarning boshida, o’rtasida va oxirida kelishi mumkin.

Lirik qahramon – o’y – fikri, his – hayajonlari va kechinmalari lirik she’rda ifodalangan shaxs obrazi. Lirik qahramon deganda dastavval shorining o’z obrazini ko’zda tutamiz.


Lirik kirish – asar yoki epizodning boshida keluvchi lirik parcha.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #48 : 10 Yanvar 2008, 11:22:14 »
Lirik chekinish – muallif nutqining bir turi bo’lib, voqealar davomida keladigan lirik parcha. Muallif tili yoki nutqi ba’zan asarda qalamga olingan voqea bayoni bilan bog’lanmay qoladi, muallif voqea bayoni va kishilar xarakterini tasvirlashdan chekinib, o’zida tug’ilgan fikr, his va hayajonni lirik ifodalashga beriladi.

Lirik xotima – asar yoki epizodning oxirida keladigan lirik parcha.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #49 : 10 Yanvar 2008, 11:22:58 »
Ma’rifatchilik adabiyoti – kishilarni o’qish va bilim olishga da’vat etguvchi adabiyot. O’zbek adabiyotida ma’rifatchilik yo’nalishi dastlab Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Dilshodi Barno, Anbar Otin singari adiblar ijodida ko’ringan.

Majoz – adabiy asarda o’quvchiga noaniq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.

Memuar (fransuzcha, esdaliklar, xotiralar) – yozuvchi o’zi ishtirok etgan yoki shohidi bo’lgan voqealarni jonli tasvirlagan esdaliklar tarzida yozilgan asar. Misol: “Boburnoma”.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #50 : 10 Yanvar 2008, 11:24:07 »
Misra ( arabcha, “eshikning bir tabaqasi”) – bir qator she’r.

Modern adabiyot – “modern” so’zi fransuzcha bo’lib, “yangi, zamonaviy” degan ma’nolarni bildiradi. Modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o’xshashi emas, balki odamning ichki olamini,ruhiy kechinmalarini aks ettirishi muhim sanaladi. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o’z oti bilan atalmaydi.

Motiv – ijodkor ijodi yoki muayyan asarning asosiy g’oyasi, mavzusini to’ldirishga xizmat qiluvchi qo’shimcha mavzu yoki g’oya.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #51 : 10 Yanvar 2008, 11:25:50 »
Monolog – badiiy asarda ishtirok etgan shaxslarning o’z – o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqi. Monolog ichki va tashqi bo’ladi.

Munshaot (arabcha, yozilganlar) – yozuvchi tomonidan yozilgan maktublar, xatlar.

Mushoira (arabcha, she’r aytishuv) – shoirlar aytishuvi, musobaqasi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #52 : 10 Yanvar 2008, 11:26:45 »
Munojot (arabcha, yalinish) – go’yo “gunohkor” bandaning najot umidi bilan qilgan lirik murojaati, tavba va iltijolari.
Munozara – asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladigan adabiy janr. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo’ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning “Bang va Cho’gir”, Yaqiniyning “O’q va yoy”, Nishotiyning “Shahboz va Bulbul”, “Gul va Daf”, “Binafsha va Chang” munozaralari bu janrning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridir. Ammo Mahmud Koshg’aqiyning “Qish bilan yoz” munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi ekanligi alohida ahamiyatga ega. Munozara janridagi asarlar ko’proq jonlantirish san’ati asosiga quriladi.

Na’t – katta she’riy – epik asarlarda “hamd”, “munojot”dan so’ng payg’ambarlar sha’niga aytilgan an’anaviy she’r.
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #53 : 18 Yanvar 2008, 16:14:20 »
Novella (italyancha, hikoya) – hikoya hisoblanadi.

Nutq (arabcha) – kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo’lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig’ilishlardagi gapi yoki o’qib eshittiradigan so’zlari. Nutq ma’lum bir maqsad bilan so’zlanadi.

Nasihatnoma – biron tarixiy shaxs yoki muallifning o’ziga yaqin kishilariga bag’ishlab yoki o’z zamondoshlarini ko’zda tutib nasihat shaklida yozgan asari.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #54 : 18 Yanvar 2008, 16:15:15 »
Obrazli ifoda – narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holati, o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradigan shoirona ibora. Misol:     Kumush qishdan, zumrad bahordan,
                Qolishmaydi kuzning ziynati.             (Uyg’un)

Ocherk – epik tur janrlaridan biri bo’lib, voqea – hodisalarni, turmush dalillarini va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma’lum bir tarixiy davrda yuz bergan real tarixiy voqealar, real qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publisistik janrdir. Shuning uchun ocherk “hujjat adabiyoti” deb ham yuritiladi. Ocherkda badiiy to’qimaga keng yo’l qo’yilmaydi.

Pandnoma asar – axloq – odob, urf – odat va boshqa insoniyt xislatlar targ’ib qilingan, o’git – nasihat beruvchi kichik – kichik hikoyatlardan iborat asar. Misol: “Qobusnoma”, “Qutadg’u bilig”, “Hibatul haqoyiq”, “Guliston” va h.k.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #55 : 18 Yanvar 2008, 16:16:09 »
Pafos (grekcha, hissiyot, ehtiros) – jo’shqinlik hisoblanadi. Asar pafosi yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan g’oya, his va hayajonlardir.

Pamflet (inglizcha qo’ldagi varaq) – biror ijtimoiy tuzum voqelik va siyosiy partiya faoliyati, dasturi ustidan o’tkir hajv orqali kuluvchi kichik satirik asar.

Poema (grekcha) – liro – epik janrlardan biri bo’lib, she’riy rivoyat, she’riy qissa yoki she’riy hikoya hisoblanadi. Poemada shoir o’z qahramonlarining ish – harakatlari va kechinmalarini ifodalaydi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #56 : 18 Yanvar 2008, 16:16:51 »
Parodiya (grekcha, zid qo’yish) – satirik ijodning bir turi bo’lib, odatda, yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulguli yoki yaramas tomonlarini ko’rsatuvchi she’riy yoxud nasriy asar hisoblanadi.

Poetika (grekcha) – badiiy adabiyot haqidagi ilm, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari. Poetika she’riyat, she’r tuzilishining xususiyatlari ma’nosida ham qo’llanadi.

Proza (lotincha, bevosita qaratilgan nutq) – vazn va qofiyasiz, oddiy nutq bilan yozilgan badiiy nasriy asar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #57 : 18 Yanvar 2008, 16:17:32 »
Prototip (yunoncha, ilk, dastlabki nuqta, nishona) – badiiy umumlashtirilgan obraz, tip yaratishga asos, manba bo’lgan, hayoti va xarakteri yozuvchi tomonidan asar qahramoni qiyofasida mujassamlashtirilgan aniq hayotdagi kishi, konkret shaxs.

Peripetiya – yunon tilidagi “kutilmagan burilish” degan ma’noni anglatuvchi bu so’z antik davr dramaturglari va adabiyot nazariyotchilari tomonidan tragediyalardagi voqea yo’nalishining kutilmaganda birdan qarama – qarshi tomonga harakatini anglatuvchi ma’noda ishlatilgan. Peripetiya – antik davr fojianavislarining asarlarida mo’l qo’llanuvchi adabiy usul, san’atlardan biri.

P’yesa (fransuzcha, butun yoki umum) – xilma – xil sahna asarlari (tragediya, komediya,drama va boshqalarning ) umumiy nomi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #58 : 18 Yanvar 2008, 16:18:08 »
Publitsistika (lotincha, ijtimoiy) – keng ma’noda ijtimoiy – siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar. Tor ma’noda davlat va jamiyat hayoti masalalariga bag’ishlangan ijtimoiy – siyosiy va ilmiy adabiyot.

Radif (otning orqasiga ergashib boruvchi, izma – iz keluvchi) – qofiyadan so’ng butun she’r davomida aynan takrorlanib keluvchi so’zlar va so’z birikmalari. She’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o’quvchi e’tiborini asosiy g’oyaga jalb etib, shoirning g’oyaviy niyatini o’quvchi qalbiga to’laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so’z va so’zlar birikmasi radif deyiladi.
 Masalan:        Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
                         Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.     (Bobur)

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
« Javob #59 : 18 Yanvar 2008, 16:18:51 »
Raviy – so’z o’zagidagi qofiya asosini tashkil etadigan tovush. Masalan, “ko’zimdan”, “yuzimdan”, “o’zimdan” so’zlaridagi “z” tovush raviydir.

Ramz – anglash murakkabroq bo’lgan mavhum sifatni shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanadi.

Remarka (fransuzcha) – dramatik asarlarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 187
Ko'rilgan: 261120
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 12:19:15
muallifi Robiya
Abituriyentlarga yordam:chet ( English ) tilidan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Chet tillari

Javoblar: 119
Ko'rilgan: 91448
So'nggi javob 12 Mart 2010, 04:39:42
muallifi uzboy
Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 370
Ko'rilgan: 257526
So'nggi javob 30 Iyul 2008, 17:09:04
muallifi Robiya
Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 30246
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324977
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun