Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286702 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 20 B


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:24:07

Misra ( arabcha, "œeshikning bir tabaqasi") — bir qator she’r.

Modern adabiyot — "œmodern" so’zi fransuzcha bo’lib, "œyangi, zamonaviy" degan ma’nolarni bildiradi. Modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o’xshashi emas, balki odamning ichki olamini,ruhiy kechinmalarini aks ettirishi muhim sanaladi. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o’z oti bilan atalmaydi.

Motiv — ijodkor ijodi yoki muayyan asarning asosiy g’oyasi, mavzusini to’ldirishga xizmat qiluvchi qo’shimcha mavzu yoki g’oya.


Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:25:50

Monolog — badiiy asarda ishtirok etgan shaxslarning o’z — o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqi. Monolog ichki va tashqi bo’ladi.

Munshaot (arabcha, yozilganlar) — yozuvchi tomonidan yozilgan maktublar, xatlar.

Mushoira (arabcha, she’r aytishuv) — shoirlar aytishuvi, musobaqasi.


Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:26:45

Munojot (arabcha, yalinish) — go’yo "œgunohkor" bandaning najot umidi bilan qilgan lirik murojaati, tavba va iltijolari.
Munozara — asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladigan adabiy janr. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo’ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning "œBang va Cho’gir", Yaqiniyning "œO’q va yoy", Nishotiyning "œShahboz va Bulbul", "œGul va Daf", "œBinafsha va Chang" munozaralari bu janrning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridir. Ammo Mahmud Koshg’aqiyning "œQish bilan yoz" munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi ekanligi alohida ahamiyatga ega. Munozara janridagi asarlar ko’proq jonlantirish san’ati asosiga quriladi.

Na’t — katta she’riy — epik asarlarda "œhamd", "œmunojot"dan so’ng payg’ambarlar sha’niga aytilgan an’anaviy she’r.
 

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:14:20

Novella (italyancha, hikoya) — hikoya hisoblanadi.

Nutq (arabcha) — kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo’lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig’ilishlardagi gapi yoki o’qib eshittiradigan so’zlari. Nutq ma’lum bir maqsad bilan so’zlanadi.

Nasihatnoma — biron tarixiy shaxs yoki muallifning o’ziga yaqin kishilariga bag’ishlab yoki o’z zamondoshlarini ko’zda tutib nasihat shaklida yozgan asari.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:15:15

Obrazli ifoda — narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holati, o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradigan shoirona ibora. Misol:     Kumush qishdan, zumrad bahordan,
                Qolishmaydi kuzning ziynati.             (Uyg’un)

Ocherk — epik tur janrlaridan biri bo’lib, voqea — hodisalarni, turmush dalillarini va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma’lum bir tarixiy davrda yuz bergan real tarixiy voqealar, real qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publisistik janrdir. Shuning uchun ocherk "œhujjat adabiyoti" deb ham yuritiladi. Ocherkda badiiy to’qimaga keng yo’l qo’yilmaydi.

Pandnoma asar — axloq — odob, urf — odat va boshqa insoniyt xislatlar targ’ib qilingan, o’git — nasihat beruvchi kichik — kichik hikoyatlardan iborat asar. Misol: "œQobusnoma", "œQutadg’u bilig", "œHibatul haqoyiq", "œGuliston" va h.k.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:16:09

Pafos (grekcha, hissiyot, ehtiros) — jo’shqinlik hisoblanadi. Asar pafosi yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan g’oya, his va hayajonlardir.

Pamflet (inglizcha qo’ldagi varaq) — biror ijtimoiy tuzum voqelik va siyosiy partiya faoliyati, dasturi ustidan o’tkir hajv orqali kuluvchi kichik satirik asar.

Poema (grekcha) — liro — epik janrlardan biri bo’lib, she’riy rivoyat, she’riy qissa yoki she’riy hikoya hisoblanadi. Poemada shoir o’z qahramonlarining ish — harakatlari va kechinmalarini ifodalaydi.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:16:51

Parodiya (grekcha, zid qo’yish) — satirik ijodning bir turi bo’lib, odatda, yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulguli yoki yaramas tomonlarini ko’rsatuvchi she’riy yoxud nasriy asar hisoblanadi.

Poetika (grekcha) — badiiy adabiyot haqidagi ilm, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari. Poetika she’riyat, she’r tuzilishining xususiyatlari ma’nosida ham qo’llanadi.

Proza (lotincha, bevosita qaratilgan nutq) — vazn va qofiyasiz, oddiy nutq bilan yozilgan badiiy nasriy asar.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:17:32

Prototip (yunoncha, ilk, dastlabki nuqta, nishona) — badiiy umumlashtirilgan obraz, tip yaratishga asos, manba bo’lgan, hayoti va xarakteri yozuvchi tomonidan asar qahramoni qiyofasida mujassamlashtirilgan aniq hayotdagi kishi, konkret shaxs.

Peripetiya — yunon tilidagi "œkutilmagan burilish" degan ma’noni anglatuvchi bu so’z antik davr dramaturglari va adabiyot nazariyotchilari tomonidan tragediyalardagi voqea yo’nalishining kutilmaganda birdan qarama — qarshi tomonga harakatini anglatuvchi ma’noda ishlatilgan. Peripetiya — antik davr fojianavislarining asarlarida mo’l qo’llanuvchi adabiy usul, san’atlardan biri.

P’yesa (fransuzcha, butun yoki umum) — xilma — xil sahna asarlari (tragediya, komediya,drama va boshqalarning ) umumiy nomi.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:18:08

Publitsistika (lotincha, ijtimoiy) — keng ma’noda ijtimoiy — siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar. Tor ma’noda davlat va jamiyat hayoti masalalariga bag’ishlangan ijtimoiy — siyosiy va ilmiy adabiyot.

Radif (otning orqasiga ergashib boruvchi, izma — iz keluvchi) — qofiyadan so’ng butun she’r davomida aynan takrorlanib keluvchi so’zlar va so’z birikmalari. She’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o’quvchi e’tiborini asosiy g’oyaga jalb etib, shoirning g’oyaviy niyatini o’quvchi qalbiga to’laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so’z va so’zlar birikmasi radif deyiladi.
 Masalan:        Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
                         Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.     (Bobur)


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:18:51

Raviy — so’z o’zagidagi qofiya asosini tashkil etadigan tovush. Masalan, "œko’zimdan", "œyuzimdan", "œo’zimdan" so’zlaridagi "œz" tovush raviydir.

Ramz — anglash murakkabroq bo’lgan mavhum sifatni shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanadi.

Remarka (fransuzcha) — dramatik asarlarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.

Qayd etilgan