Obrazli ifoda — narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holati, o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradigan shoirona ibora. Misol: Kumush qishdan, zumrad bahordan,
Qolishmaydi kuzning ziynati. (Uyg’un)
Ocherk — epik tur janrlaridan biri bo’lib, voqea — hodisalarni, turmush dalillarini va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma’lum bir tarixiy davrda yuz bergan real tarixiy voqealar, real qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publisistik janrdir. Shuning uchun ocherk "œhujjat adabiyoti" deb ham yuritiladi. Ocherkda badiiy to’qimaga keng yo’l qo’yilmaydi.
Pandnoma asar — axloq — odob, urf — odat va boshqa insoniyt xislatlar targ’ib qilingan, o’git — nasihat beruvchi kichik — kichik hikoyatlardan iborat asar. Misol: "œQobusnoma", "œQutadg’u bilig", "œHibatul haqoyiq", "œGuliston" va h.k.