Muallif Mavzu: Qur'oni Karim mo'jizalari  ( 18476 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Qur'oni Karim mo'jizalari
« : 27 Oktyabr 2007, 17:11:17 »
Ushbu mavzuda muqaddas kitobimizda barcha mo'jizalar bilan tanishishingiz mumkin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #1 : 27 Oktyabr 2007, 17:12:00 »
Kitobi ilohiyda ifoda etilgan kalimalarning hisob-kitobi aqllar lol qoladigan xulosalarni taqdim etadi.Unda:
“Dunyo” lafzi 115 marta, uning “hamroh”i “oxirat” so’zi ham shuncha marta; “maloika” so’zi 88 marta, “shayton” ham 88 marta; “hayot” lafzi 145 joyda, uning orqasidan yuruvchi “o’lim” ham xuddi shuncha miqdorda; “gunoh” so’zi 180 marta “solih amal” ham shuncha – 180 marta; “naf” va “zarar” so’zlari ham bir xil – 50 martadan; “nos”(odamlar) va “rasul” so’zlari 368 o’rinda; “rahmon” lafzi 57 joyda, “rahiym” esa undan ikki baravar ko’p 114 marta; “jazo” so’zi 117 marta,uning raqibi “mag’firat” so’zi 234 marta; “usr”(qiyinchilik) lafzi 12 joyda, “yusr”(yengillik) so’zi undan 3 baravar ko’p – 36 marta zikr qilingan.
  “Alloh haq bo’lgan kitobni va tarozi-adolatni nozil qilgan zotdir”(Sho’ro surasi,17-oyat) 
                                                            (“Musulmonlar taqvimi” dan olindi)

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #2 : 05 Dekabr 2007, 15:27:03 »
  Qur’on – kishilarni to’g’ri yo’lga boshlash uchun tushirilgan kitob, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda bahs yuritish uning vazifasi emas.Lekin unda shunday bir ilmiy haqiqatlar borki, Qur’onning ilohiy, mo’jizakor kitob ekanligiga yana bir karra dalildir.
  Ma’lumki, Muhammad alayhissalom Makkada o’sgan, u yerda ilm-ma’rifat, madrasa yoki ilmiy muassasa aslo bo’lmagan.Demak, payg’ambar alayhissalom ilmiy muhitdan mutlaqo bexabar edilar.Lekin yuqorida aytganimizdek, Qur’onda shunday ilmiy masalalar zikr qilinganki, uni na o’sha vaqtda va na undan keyingi vaqtlarda ham hech kim bilmagan.Faqat bizning asrimizga kelib ilm – fan nihoyatda taraqqiy etgan bir davrdagina Qur’ondagi ilmiy hikmatlarga izoh topila boshladi. “Anbiyo” surasida shunday deyiladi:
  “Kofirlar osmonlaru yer bir bo’lib turganini, biz ularni ajratganimizni va barcha jonzotlarni suvdan yaratganimizni bilmaydilarmi” (30 oyat)
  Bu oyatda aytilishicha, osmonlaru – yer aslida bir narsa bo’lib, keyin bir-biridan ajralgan, Qur’ondagi mo’jizalardan biri, uni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Olimlarning aytishicha, butun borliq bir gazdan iborat, keyin bo’laklarga bo’lingan. Quyosh galaktikasiga kiruvchi olam ham shu bo’linishdan kelib chiqqan. Buning dalili sifatida ulamolar aytishadiki, yerda 92 xil modda bo’lib, shundan 67 tasi Quyoshda ham bor. Demak, yerdagi moddalarning hammasi ham Quyoshda borligi ehtimoldan holi emas. Quyoshdagi ko’plab moddalar yerda ham uchrar ekan. Masalan: kislorod, azot, fosfor, temir va hokazo…
  Oyda ham yerdagi moddalar mavjudligi aniqlandi. Bundan chiqdiki, olamdagi barcha narsalarning asli, Qur’onda aytilganidek, bir ekan.
  Endi oyatning “va barcha jonzotlarni suvdan yaratdik” degan qismiga kelsak, bu – ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatdan eng kattasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
  Hayot va o’sish uchun zarur hisoblangan barcha kimyoviy o’zgarishlar, shubhasiz, suvsiz bo’lmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototlarning yashashi uchun asosiy moddadir. Yer yuzining to’rtdan uch qismi suvdan iborat. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil – mo’tadil saqlanib turishini ta’minlaydi. Axir bu – yer yuzida hayot bo’lishining bosh omili.
  Suvning xususiyatlari juda ko’p, ularning har biri Alloh taolo suvni o’zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalolatdir.
  Suv – muzlaganda zichligi kamayib, hajmi kattalashadigan yagona modda. Shu xususiyat sababli sovuq qattiq bo’lganida muz suvning yuzasiga ko’tariladi, boshqa qattiq modda suv tubiga cho’kishi muqarrar edi.Muz esa suvning ustida turib uning haroratini saqlab turadi. Bu suv hayvonlari uchun nihoyatda zarurdir.
 Past darajali haroratda suv o’ziga ko’p miqdorda kislorod tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat ko’tarilib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayoti saqlanadi.
 Qur’onning xizmatini qarangki, ozgina so’zlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlari bayon etiladi. Faqat mana shu oyatning o’zi ham Muhammad alayhissalomning haqiqiy payg’ambar, Qur’onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga katta dalildir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #3 : 06 Dekabr 2007, 08:01:47 »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #4 : 06 Dekabr 2007, 14:12:05 »
"Chudo Korana"  rus tilida e-manzili www.koranru.ru. Yaxshi kitob ekan.

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #5 : 19 Dekabr 2007, 11:42:55 »
Qur’ondagi “Fussilat” surasida shunday deyiladi: “Aytgin, sizlar yerni ikki kunda yaratganga kofir bo’lasizlarmi va uning sheriklari bor deysizmi. U – olamlarning parvardigoridir. U to’rt kunda yer yuzida tog’larni yaratgan, unga baraka urug’ini sochgan va unda yashovchilarning rizqini belgilab qo’ygan. Shundan so’ng osmonni qasd qildi, u esa tutun holiday edi. Alloh taolo osmonu zaminga xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham menga bo’ysuning, dedi. Ular biz o’z xohishimiz bilan bo’ysuhndik dedilar” (9 – 11 - oyatlar)
 Qur’onning mana shu oyatidan dunyo yaratilayotgan vaqtda osmon tutundan iborat ekanligi bilinib turibdi. Hozirgi ulamolar dunyoning yaralishi haqida turli fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, astronom olim Ser Jeyms Jins aytdiki:
 â€œBorliq yaralishidan avval undagi moddalar gazdan iborat bo’lgan va shu gazlarning o’zaro birikishi natijasida sayyoralar kelib chiqqan”.
  Doktor Jamu esa:
  “Dunyo vujudga kelayotgan vaqtda, u tartibli tarqoq gazdan iborat bo’lgan. Uning qalinligi va haroratini tasavvur qilib bo’lmaydi va shu gazda turli moddalarning aralashuvi natijasida atom parchalanishi vujudga keldi. Mana shu haddan tashqari issiq gazga qattiq bosimning ta’siri natijasida borliq vujudga kela boshladi. Issiq harorat pasaydi, gazlarning harakatlanishi natijasida bulutlar vujudga kelib, ular yulduz va boshqa sayyoralar sifatida shakllandi”, - deydi.
  Qur’onda borliqning yaratilishi tutundan bo’lgan deyiladi. O’sha vaqtdagi arablarga mana shu so’z (ya’ni, tutun) tanish bo’lgan. Bizga zamondosh olimlar esa tutunni “gaz” deb ataganlar , xolos. Mohiyati – bitta!
  Demak, yana savol tug’iladi: ilmiy muhitdan yiroq bo’lgan payg’ambarimiz Muhammad SAV inson zoti anglab yetmagan haqiqatni qayerdan olib aytgan? Payg’ambarimizga nozil bo’lgan oyat Alloh so’zi ekanligiga bu isbot emasmi?




«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #6 : 28 Dekabr 2007, 13:25:35 »
“Zariyat’ surasida shunday deyiladi: “Osmonni o’z qudratimiz bilan yaratdik va biz uni yana kengaytiruvchidirmiz.” (27 - oyat)
  Ushbu oyat borliqning chegarasi yo’qligiga, ayni choqda borliqdagi kengayish qonuniga ham dalil bo’ladi. Eynshteynning aytishicha: “Borliq milliardlab quyosh sitemasi kabi sistemalardan iborat. Har bir sistemada esa yuz minglab yulduz va sayyoralar bor”. Kengayish qonuniga kelsak, munajjimlar zarrabin (teleskop) da ko’rinayotgan osmon jismlari tartibli ravishda Quyosh sitemamizdan uzoqlashib borayotganini aniqlashgan. Demak, borliq tinch turgani yo’q, balki bamisoli sovun pufakchalari kabi kengayib bormoqda va shu bilan birga undagi jismlarning hajmi o’zgarmay turibdi.
  Bundan 15 asr muqaddam Qur’on aytib o’tgan bu haqiqatni inson faqat XX asrda tushunish imkoniyatiga ega bo’ldi.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #7 : 10 Yanvar 2008, 11:38:34 »
“Yerdan boshqa sayyoralarda hayot bormi? ”- degan savolga javob berish uchun munajjimlar ko’plab izlanishlardan keyin: “Ha, xuddi yerdagi kabi hayot bo’lishi mumkin”, degan fikrga keldilar. Tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, Marsda harorat yetarli, suv va kislorod bor. Bularning uchalasi hayotning zarur omillaridir.
  Ulamolar Marsda hayot bor, degan fikrga kelgan bo’lsalar, demak, borliqdagi milliardlab sayyoralardan ayrimlarida hayot borligini inkor etib bo’lmaydi. Qur’onga nazar solsak, hech shak – shubhasiz yerdan o’zga sayyoralarda ham hayot borligini tushunamiz.
  Qur’on oyatlaridan birida:
“Allohga yetti osmonu va yerda kim bo’lsa, barchasi tasbeh aytadi”, deyilgan (“Isro” surasi, 44 – oyat).
  Yana boshqa bir oyatda:
“Sening parvardigoring osmonlaru yerda kim borligini o’zi biladi”, deyilgan (“Isro” surasi, 55 - oyat).
  Yaqin kelajakda ulamolar o’zga sayyoralarda ham hayot borligini tasdiqlovchi ilmiy kashfiyotlar yaratsalar va bu bilan Qur’onning mo’jiza kitob ekanligini yana bir bor isbotlasalar ne ajab!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #8 : 18 Yanvar 2008, 16:09:34 »
  “Alloh Taolo kimni to’g’ri yo’lga solishni iroda qilsa, uning qalbini Islomga keng qilib qo’yadi va kimni adashtirmoqchi bo’lsa, uning qalbini xuddi osmonga chiqib ketayotgan odamnikidek tor qilib qo’yadi”, deyiladi “An’om” surasida (125 - oyat).
  Odamlar fazoga tayyora, havo shari va boshqa vositalar yordamida ko’tarila boshlagandan so’nggina, havoning yuqori tabaqalarida kislorodning kamayishini bilib oldilar. Yuqoriga ko’tarilgan sari nafas olish qiyinlashib, kishining yuragi siqila boshlashi hodisasini endilikda yosh bola ham biladi. Lekin bu haqiqatni, na kattalar va na allomalar anglab yetmagan bir zamonlarda Qur’onda aytilgan ekan – ku!
  Quro’n oyati kim osmonga ko’tarilsa, yuragi siqilishini sezadi, degan. Qolaversa, bu ham pasttekisliklardan iborat, tog’lari uncha baland bo’lmagan bir diyorda yashovchi savodsiz odamning ilmiy haqiqatimi?..
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #9 : 24 Yanvar 2008, 12:23:05 »
Qur’oni karimning “Yunus” surasida shunday oyat bor:
  “Sening parvardigoring yer yuzida va osmonda bir zarracha yoki kichikroq yoki kattaroq narsa ham maxfiy qolmaydi” (61- oyat)
  Kishi bilgan narsalarning eng kichigi zarra (atom) hisoblanadi. XIX asrgacha olimlar o’rtasida, atom bo’linmaydi, degan fikr bor edi. Bir necha o’n yillar davomida ko’pgina olimlar atom ham bo’linarmikan, degan tajribalar olib bordilar va natijada atomni parchalashga muvaffaq bo’ldilar.
  Atom – elektron, proton va neytronga bo’linar ekan.
  Qur’ondagi “zarradan, ya’ni atomdan kichikroq narsa ham Allohdan maxfiy qolmaydi” degani, atom ham bo’laklarga bo’linadi deganidir. Yana Qur’onda “osmonda ham” degan so’z bor, bundan kelib chiqadiki, yerdagi atomlar bilan osmondagi atomlarning xususiyatlari bir xil ekan.
  Insof bilan aytingchi, bundan 15 asr muqaddam Muhammad ismli savodsiz bir kishi atomning xususiyatlarini qayerdan o’rgangan? Atomning bo’linishi va uning osmonda ham, yerda ham bir xil xususiyatga ega bo’lishini qanday qilib bilgan? Mana shu dalil ham Qur’onning ilohiy kitob ekanligiga yorqin dalil emasmi?!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #10 : 25 Yanvar 2008, 18:14:49 »
Shayh MSMY hzning "Iymon" nomli kitoblarini yuklab olib o'qib chiqing.
Quronning odamlarni ojiz qoldiruvchi tomonini juda chiroylik va keng yoritib berilgan.

http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=37
« So'nggi tahrir: 25 Yanvar 2008, 20:22:08 muallifi Chustiy »

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #11 : 30 Yanvar 2008, 12:12:54 »
Qur’oni karimning “Nur” surasida shunday deyiladi: “Alloh taolo bulutlarni haydab kelib, ularni birlashtirganda, shu birlashgan bulutdan yomg’ir chiqishini bilmaysanmi? ” ( 34-oyat).
  Odamlar bu oyatni e’tiborsiz o’qib yurishgan.Lekin aslida u borliqdagi haqiqatlarning onasi ekanligini ilm kashf etdi. Chunki bulutlarning qo’shilishi turli zaryadlarga ega bo’lgan bulutlarning birlashuvini bildirar edi. Hech shubha yo’qki, bulutda zaryad bor. Buni Franklin degan olim 1752 yilda kashf etgan.
  Ma’lumki, qarama – qarshi zaryadlar bir – birini tortadi, bir xil zaryadlar esa bir – biridan qochadi. Bu aslida bulutlarni tarqatib yuborishi kerak. Lekin ularni shamol bir – biriga yaqinlashtiradi. Shunda bulut kattalashadi, yerdan borayotgan shamol musbat zaryadlarni olib boradi, ular fazodagi mavjud zaryadlar bilan birlashib, bug’ning suv tomchilariga aylanishiga sabab bo’ladi. Va nihoyat yomg’ir yog’adi. Yomg’irning hosil bo’lishiga asosiy sabab havodagi elektr zaryadi. Bu zaryadlarni esa shamol birlashtiradi. Qur’onda ushbu hodisa shunday bayon etilagan:
  “Biz shamolni bulutlarni qo’shish uchun yubordik va osmondan suv tushirib sizlarni suvga serob qildik” (“Hijr ” surasi, 22 - oyat).


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #12 : 13 Fevral 2008, 11:47:57 »
Qur’oni karimning “Hijr” surasida shunday marhamatr qilinadi: “Barcha narsaning kaliti bizning qo’limizda va har bir narsani ma’lum o’lchov bilan tushirganmiz” (21 oyat)
“ra’d” surasida esa: “Barcha narsa uning (Allohning) huzurida o’lchovlidir” – deyilgan. (8 oyat)
Haqiqatdan ham bu dunyodagi barcha narsa o’z o’lchovi bilan yaratilgan.
Havoda kisloroq 21 foizni tashkil etadi. Agar kislorod 50 foizni tashkil etib qolsa nima bo’lishini tasavvur qilib ko’raylik: dunyodagi barcha yonishi mumkin bo’lgan narsalarni o’t oladi. Barcha jonzotlar kislorod bilan nafas oladi va o’zidan karbonad angidrid chiqaradi. O’simliklar esa aksincha – karbonad angidrid olib, kislorod chiqaradi. Agar shu almashuv buzilsa, barcha jonzot va o’simliklarning hayoti buzilgan bo’lar edi.
Demak, agar kislorod bo’lmasa, jonzot bo’lmaydi, agar karbonad angidrid bo’lmasa – o’simliklar qolmaydi.
Quyoshning issiqligi yerga ma’lum miqdorda tushib turadi. Agar uning issiqligi hozirgisining yarmiga kamaysa, butun yer yuzi muzlab qoladi, aksincha yarmiga kamaysa, butun dunyo kuyib kul bo’ladi. Shu bois quyoshning ziyosi ham ma’lum o’lchoivda tushib turadi. Ilmiy tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’simliklarning o’sishi, gullashi uchun ham ma’lum bir miqdorda yorug’lik zarur. Mana shunday aniq o’lchovlar asosida yaratilgan tabiat hodisalari o’z-o’zicha bo’lib qolgan deyishlik ilmsiz odamlarga xosdir. Balki bunday “hisob-kitob”larning bari Allohning irodasi bilan bo’lgan deyish to’g’ridir.
Qur’oni karimda: “Yerni cho’zib qo’ydik. Uning ustiga tog’larni qo’ydik va unda o’lchog’lik narsalarni o’stirib qo’ydik ”, - deyilgan (“Hijr” surasi, 19 oyat). O’lchog’lik degan so’zga e’tibor berilsa, u bizning asrimizda ulamolar qo’lga kiritgan kashfiyotlarga qilingan ishora bo’ladi.
Kimyo va biologiya sohasidagi olimlarning aniqlashicha, har bir o’simlik ma’lum bir miqdordagi moddalardan tashkil topgan, buning o’lchovini faqat eng nozik o’lchov asboblari bilan o’lchash mumkin. Shunday moddalar turli o’simlikda turli miqdorda bo’lar ekan.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #13 : 20 Fevral 2008, 11:39:28 »
Qur’oni karimda: “Yerni o’lik holda ko’rasan, agar biz unga suv tuishirsak harakatga keladi va kattalashadi va har xil chiroyli juft narsalarni o’stiradi”, - deyiladi. (“Haj” surasi, 5 oyat.)
  Shundan ko’rinib turibdiki, yerga yomg’ir tushsa, u harakatga kelib, hajmi ziyoda bo’lar ekan. Bu ilmiy haqiqat. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yerda ba’zi bo’shliq joylar bo’lib, unda havo mavjud. Yerga suv tushganda esa o’sha joylardan havo chiqib, o’rnini suv egallaydi. Suv egallash jarayonida yerni harakatga keltirar ekan.
  Tuproqqa suv qo’shilsa uning kengayishini, namligi kamaysa – torayishini kimyo ilmi aniqladi.
  Shunday qilib, yerga suv tushsa, ya’ni yomg’ir yog’sa, u harakatga kelib hajmi kattalashishi ilmiy yo’l bilan ham isbot qilindi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qur'oni Karim mo'jizalari
« Javob #14 : 27 Fevral 2008, 09:21:51 »
Qur’oni Karimda: “Bu bir zulmatki, xuddi chuqur dengizga o’xshaydi. Uning ustida ham, ostida ham to’lqini bor. Eng yuqorisida esa bulut bor. Zulmat ustiga zulmat, agar undan qo’lini chiqarsa ko’ra olmaydi. Kimga Alloh taolo nur bermagan bo’lsa, u nursiz qoladi”, - deyiladi (Nur surasi, 40-oyat)
  Mazkur oyat to’lqinlar ostki va ustkiga bo’linishiga dalolat qiladi. Bu haqda Karson ismli dengizchi olim o’zining kitobida shunday deydi: “Okeandagi to’lqinlarning eng kuchlisi va xavfl;isi ko’rinmaydigan dengiz qa’rida bo’ladiganidir”.
  Ko’p yillardan buyon Shimoliy dengizga safar qiladigan kemalar yo’lni qiyinchilik bilan bosib o’tar edi. Endi ma’lum bo’lishicha, bunga ana shu ostki to’lqin qarshilik qilar ekan.
  1900 yilning boshlarida skandinaviyalik dengizchilar dengizning ostida ham to’lqin borligiga kishilar e’tiborini tortdilar. Hozirgi kunda ularning qayerdan kelib chiqishi noma’lum bo’lsa-da, borligi va keng tarqalganligi hammaga ayon. Bu to’lqinlar gohi suvosti kemalarini yo’ldan surib yuboradi.
  Qur’on oyati esa bu narsalarni necha asrlar burun aytib o’tgan. Yana shuni aytish kerakki, Qur’on tushgan joy – Muhammad alayhissalom tug’ilib o’sgan yerlarda bunday voqealar yuz bermaydi. Chunki u yerda okean va ulkan dengizlar yo’q, umuman dengizchilik to’g’risida tasavvur ham yo’q edi.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 31073
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 662957
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 30072
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 498534
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4999
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin