Qur'oni Karim mo'jizalari  ( 25070 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Chustiy  25 Yanvar 2008, 18:14:49

Shayh MSMY hzning "Iymon" nomli kitoblarini yuklab olib o'qib chiqing.
Quronning odamlarni ojiz qoldiruvchi tomonini juda chiroylik va keng yoritib berilgan.

http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=37

Qayd etilgan


Robiya  30 Yanvar 2008, 12:12:54

Qur’oni karimning "œNur" surasida shunday deyiladi: "œAlloh taolo bulutlarni haydab kelib, ularni birlashtirganda, shu birlashgan bulutdan yomg’ir chiqishini bilmaysanmi? " ( 34-oyat).
  Odamlar bu oyatni e’tiborsiz o’qib yurishgan.Lekin aslida u borliqdagi haqiqatlarning onasi ekanligini ilm kashf etdi. Chunki bulutlarning qo’shilishi turli zaryadlarga ega bo’lgan bulutlarning birlashuvini bildirar edi. Hech shubha yo’qki, bulutda zaryad bor. Buni Franklin degan olim 1752 yilda kashf etgan.
  Ma’lumki, qarama — qarshi zaryadlar bir — birini tortadi, bir xil zaryadlar esa bir — biridan qochadi. Bu aslida bulutlarni tarqatib yuborishi kerak. Lekin ularni shamol bir — biriga yaqinlashtiradi. Shunda bulut kattalashadi, yerdan borayotgan shamol musbat zaryadlarni olib boradi, ular fazodagi mavjud zaryadlar bilan birlashib, bug’ning suv tomchilariga aylanishiga sabab bo’ladi. Va nihoyat yomg’ir yog’adi. Yomg’irning hosil bo’lishiga asosiy sabab havodagi elektr zaryadi. Bu zaryadlarni esa shamol birlashtiradi. Qur’onda ushbu hodisa shunday bayon etilagan:
  "œBiz shamolni bulutlarni qo’shish uchun yubordik va osmondan suv tushirib sizlarni suvga serob qildik" ("œHijr " surasi, 22 - oyat).



Qayd etilgan


Robiya  13 Fevral 2008, 11:47:57

Qur’oni karimning "œHijr" surasida shunday marhamatr qilinadi: "œBarcha narsaning kaliti bizning qo’limizda va har bir narsani ma’lum o’lchov bilan tushirganmiz" (21 oyat)
"œra’d" surasida esa: "œBarcha narsa uning (Allohning) huzurida o’lchovlidir" — deyilgan. (8 oyat)
Haqiqatdan ham bu dunyodagi barcha narsa o’z o’lchovi bilan yaratilgan.
Havoda kisloroq 21 foizni tashkil etadi. Agar kislorod 50 foizni tashkil etib qolsa nima bo’lishini tasavvur qilib ko’raylik: dunyodagi barcha yonishi mumkin bo’lgan narsalarni o’t oladi. Barcha jonzotlar kislorod bilan nafas oladi va o’zidan karbonad angidrid chiqaradi. O’simliklar esa aksincha — karbonad angidrid olib, kislorod chiqaradi. Agar shu almashuv buzilsa, barcha jonzot va o’simliklarning hayoti buzilgan bo’lar edi.
Demak, agar kislorod bo’lmasa, jonzot bo’lmaydi, agar karbonad angidrid bo’lmasa — o’simliklar qolmaydi.
Quyoshning issiqligi yerga ma’lum miqdorda tushib turadi. Agar uning issiqligi hozirgisining yarmiga kamaysa, butun yer yuzi muzlab qoladi, aksincha yarmiga kamaysa, butun dunyo kuyib kul bo’ladi. Shu bois quyoshning ziyosi ham ma’lum o’lchoivda tushib turadi. Ilmiy tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’simliklarning o’sishi, gullashi uchun ham ma’lum bir miqdorda yorug’lik zarur. Mana shunday aniq o’lchovlar asosida yaratilgan tabiat hodisalari o’z-o’zicha bo’lib qolgan deyishlik ilmsiz odamlarga xosdir. Balki bunday "œhisob-kitob"larning bari Allohning irodasi bilan bo’lgan deyish to’g’ridir.
Qur’oni karimda: "œYerni cho’zib qo’ydik. Uning ustiga tog’larni qo’ydik va unda o’lchog’lik narsalarni o’stirib qo’ydik ", - deyilgan ("œHijr" surasi, 19 oyat). O’lchog’lik degan so’zga e’tibor berilsa, u bizning asrimizda ulamolar qo’lga kiritgan kashfiyotlarga qilingan ishora bo’ladi.
Kimyo va biologiya sohasidagi olimlarning aniqlashicha, har bir o’simlik ma’lum bir miqdordagi moddalardan tashkil topgan, buning o’lchovini faqat eng nozik o’lchov asboblari bilan o’lchash mumkin. Shunday moddalar turli o’simlikda turli miqdorda bo’lar ekan.


Qayd etilgan


Robiya  20 Fevral 2008, 11:39:28

Qur’oni karimda: "œYerni o’lik holda ko’rasan, agar biz unga suv tuishirsak harakatga keladi va kattalashadi va har xil chiroyli juft narsalarni o’stiradi", - deyiladi. ("œHaj" surasi, 5 oyat.)
  Shundan ko’rinib turibdiki, yerga yomg’ir tushsa, u harakatga kelib, hajmi ziyoda bo’lar ekan. Bu ilmiy haqiqat. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yerda ba’zi bo’shliq joylar bo’lib, unda havo mavjud. Yerga suv tushganda esa o’sha joylardan havo chiqib, o’rnini suv egallaydi. Suv egallash jarayonida yerni harakatga keltirar ekan.
  Tuproqqa suv qo’shilsa uning kengayishini, namligi kamaysa — torayishini kimyo ilmi aniqladi.
  Shunday qilib, yerga suv tushsa, ya’ni yomg’ir yog’sa, u harakatga kelib hajmi kattalashishi ilmiy yo’l bilan ham isbot qilindi.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:21:51

Qur’oni Karimda: "œBu bir zulmatki, xuddi chuqur dengizga o’xshaydi. Uning ustida ham, ostida ham to’lqini bor. Eng yuqorisida esa bulut bor. Zulmat ustiga zulmat, agar undan qo’lini chiqarsa ko’ra olmaydi. Kimga Alloh taolo nur bermagan bo’lsa, u nursiz qoladi", - deyiladi (Nur surasi, 40-oyat)
  Mazkur oyat to’lqinlar ostki va ustkiga bo’linishiga dalolat qiladi. Bu haqda Karson ismli dengizchi olim o’zining kitobida shunday deydi: "œOkeandagi to’lqinlarning eng kuchlisi va xavfl;isi ko’rinmaydigan dengiz qa’rida bo’ladiganidir".
  Ko’p yillardan buyon Shimoliy dengizga safar qiladigan kemalar yo’lni qiyinchilik bilan bosib o’tar edi. Endi ma’lum bo’lishicha, bunga ana shu ostki to’lqin qarshilik qilar ekan.
  1900 yilning boshlarida skandinaviyalik dengizchilar dengizning ostida ham to’lqin borligiga kishilar e’tiborini tortdilar. Hozirgi kunda ularning qayerdan kelib chiqishi noma’lum bo’lsa-da, borligi va keng tarqalganligi hammaga ayon. Bu to’lqinlar gohi suvosti kemalarini yo’ldan surib yuboradi.
  Qur’on oyati esa bu narsalarni necha asrlar burun aytib o’tgan. Yana shuni aytish kerakki, Qur’on tushgan joy — Muhammad alayhissalom tug’ilib o’sgan yerlarda bunday voqealar yuz bermaydi. Chunki u yerda okean va ulkan dengizlar yo’q, umuman dengizchilik to’g’risida tasavvur ham yo’q edi.



Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:36:56

Qur’oni karimda: "œYer yuzidagi barcha hayvonlar va qushlar ham sizlarga o’xshash ummatlardir" , -degan oyat bor("œAn’om" surasi, 38-oyat).
,  Bu oyatda olloh taolo hayvonlarni va qushlarni insonlarga o’xshash ummat ekanligi, ya’ni o’z ishlarini aql bilan ishlatishlarini eslatib o’tgan.
  Bu ilmiy haqiqat bo’lib, yaqinda ashyoviy dalillar bilan kashf etildi.
  Hayvonlar jamoat tarzida yashab, ularning orasida uzviy bog’lanish bo’lib, ba’zilari xuddi podsholikka o’xshab yashar ekan.Buni chumoli va asalari misolida ko’rish mumkin.   Ularning har bir jamoasining alohida tiib bo’lib, o’zaro bir-birini tushunishar ekan. Qadimgi odamlar qush yoki hayvonlarning aql-zakovati borligini inkor etishgan. Ularning fikricha, bu narsalar tirik mavjudot bo’lib, sezish tuyg’ulari bo-ru, aqlsiz hisoblangan. Hayvon va qushlar harakatidan ko’rinib turgan aqlga dalolat qilguvchi tasarrufotlarni esa ilhom yoki tug’ma hissiyot deganlar. Mana shu fikr yaqin vatqlargacha hukm surib kelgan.
  Dikarddek mashhur faylasuf ham hayvonlarni bir jonli narsa bo’lib, aqliy hayotdan yiroq, degan edi. Mana shu ta’rif mashhur bo’lib, ko’pincha olimlar shuni to’g’ri, deb tushunganlar va hayvonlarning aqli borligiga ishonmaganlar. Lekin XVIII — XIX asrga kelib hayvonlarning aqli borligini tan olishga majbur bo’ldilar. Buni birinchi bo’lib Dorun nomli olim kashf etdi. Uning aytishicha, hayvonda ham firklash qobiliyati bor-u, lekin insonnikidan kam ekan.
  Qur’on 15 asr avval e’lon qilgan bu haqiqat uning mo’jizalaridan biridir.
  Insonlar bu haqiqatga bir necha asr o’tib, ko’pgina olimlar o’z umrlarini shu ishga bag’ishlaganlaridan keyingina amin bo’ldilar.



Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  24 Mart 2008, 12:10:55

Assalamu alaykum
juda yahshi narsalar ekan katta rahmat
Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


lolo  13 Aprel 2008, 00:32:30

"œСизларни оналарингиз қоринларида учта қоронғулик ичида кетма-кет сратади..." (Зумар сураси, 6-ост)

Қуръони Карим "œУч қоронғулик" деб атаган қоронғуликлар қуйидагилар:

1) она қорнининг девори;
2) бачадон девори;
3) ҳомилани сраб турадиган қобиқ.

Бу қобиқ фақат ҳомиладорлик даврида пайдо бслади. У ҳомиланинг 4 — ойида тслиқ шаклланади ва шаклан кулчасимон. юмшоқ бслиб, ҳомила билан онани бир-бирига боғлайди ҳамда улар сртасида моддалар алмашувини таъминлайди. Бундан ташқари маълум даражада ташқи таъсир ва зарарлардан ҳам ҳимос қилиб туради. Бу қобиқ фаолистининг бузилиши турли асоратларга, ҳатто боланинг чала туғилишига олиб келиши мумкин. Бу қобиқ замонавий тиббиёт томонидан сқинда, сткир ултратовушли жиҳозлар пайдо бслганидан сснг аниқланди. Қуръони Карим бир қанча асрлар илгари, ҳали бундай жиҳозлар бслмаган даврда кашф стгани — инкор стиб бслмас мсъжизадир.

MANBA

Qayd etilgan